Ўзбек миллий бастакорлик санъати



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə14/14
tarix29.11.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#142628
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
BASTAKORLAR IJODI MAJMUA

ULUG‘BEK MUSAYEV
(1948-2000)
О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, Respublika Davlat mukofoti sovrindori Ulug‘bek Musayev hassos ijodkor, rahbar va jamoat arbobi sifatida yurtimizda keng tanilgan.
Ulug‘bek Razzoqovich Musayev 1948 yil 12 sentabrda Xorazm viloyatining Urganch shahrida tavallud topdi. yoshligidan musiqaga mehr qо‘ygan Ulug‘bek 1962 yilda M.Xarratov nomidagi Urganch musiqa bilim yurtiga о‘qishga kiradi. 1964 yili О‘zbekiston davlat Konservatoriyasining tayyorlov kursiga о‘qishga kirib, kompozitsiya ixtisosligi bо‘yicha professor Boris Giyenko sinfida tahsil oldi.
О‘zining iste’dodi va bilimi bilan konservatoriya о‘qituvchilari va talabalari orasida hurmat qozondi. bu davr mobaynida U.Musayev qо‘shiqlar, romanslar, turli cholg‘u asboblari va fortepiano uchun pyesalar, Lutfiy sо‘zlariga «g‘azallar» vokal-simfonik turkumi, simfoniya-poema va boshqa kо‘pgina asarlar yaratdi.
U.Musayev yaratgan bir qator asarlar respublika va xalqaro tanlovlarda sovrinli о‘rinlarni egallagan. xususan, 1968 yilda yaratilgan «Navoiy xotirasiga» fortepiano triosi yosh kompozitorlarning respublika tanlovida birinchi о‘rinni, skripka maqola muallifi Habibulla Rahimov va fortepiano uchun yozilgan 3 qismli sonatinasi esa 1969 yilda Moskvada о‘tkazilgan tanlovda sovrinli о‘rinni egalladi.
1972 yilda U.Musayev konservatoriyani E.Rahim librettosi asosida yozilgan «Mangulik» operasining muqaddimasi bilan muvaffaqiyatli tamomladi. keyinchalik bu opera tо‘liq kо‘rinishda Navoiy nomidagi opera va balet teatrida sahnalashtirildi. Operaning alohida lavhalari О‘zbekiston bastakorlar uyushmasi plenumida ham muvaffaqiyat bilan ijro etilib, Davlat mukofotiga sazovor bо‘ldi.
Yosh kompozitor mustaqil ijodkorlik ishini muallimlik faoliyati bilan bog‘lab bordi. dastlab Urganch musiqa bilim yurtida, 1975 yildan esa Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida о‘qituvchilik qildi. 1982-1991 yillarda U.Musayev О‘zbekiston bastakorlar uyushmasi kotibi, 1992-1995 yillarda esa rais vazifasida faoliyat yuritdi.
Kompozitor turli janrlarda sara asarlar yaratdi. birin-ketin yaratilgan «Bayramona» simfonik poemasi, fortepiano va orkestr uchun «poema», turli cholg‘ular tarkibi uchun kamer asarlar, romanslar, qо‘shiqlar, «xalqqa qasida», «g‘alabaga qasida», «shon-sharaf» qasidalari kompozitorning ijodiy yetuklik davrini tashkil etadi.
U.Musayev ayniqsa musiqali teatr sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. «Mangulik», «Robiya» operalari, SH.Rashidovning «Kashmir qо‘shig‘i» dostoni asosida «Hind dostoni», «Tо‘maris», Navoiy «Xamsa»si asosida «Poetik miniatyuralar», «Elektra» baletlari kompozitorning yirik sahna asarlari qatoriga kiradi. ayniqsa, uning baletlari xalqaro miqyosda shuhrat qozongan.
Kompozitorning «Afsonalar vodiysi» baleti 1978 yilda opera va balet teatrida sahnalashtirildi, keyinchalik esa Moskva Katta teatrida «Hind dostoni» nomi bilan Y.Grigorovich rahbarligida baletmeysterlar R.Papko va Y.Skot tomonidan qayta qо‘yilib, tomoshabinlar va san’at ahli tomonidan yuqori baholandi.
O.Uzoqov librettosi asosida yaratilgan «Tо‘maris» baleti esa birinchi marotaba 1981 yilda Qirg‘izistonda Katta opera va balet teatrida bosh baletmeyster Uran Sarbagishev tomonidan sahnalashtirildi. 1984 yilda esa baletmeyster I.Yusupov tomonidan Toshkentda qо‘yildi. Kompozitor yaratgan har bir sahnaviy asar Respublikaning musiqiy hayotida katta quvonchli voqeaga aylanardi.
Bunga nafaqat yuqorida tilga olingan baletlar, balki «Poetik miniatyuralar» baleti ham yorqin misol bо‘la oladi. Bu balet ham «Tо‘maris», «Hind dostoni» singari Navoiy nomidagi opera va balet teatri balet truppasi tomonidan Germaniya, malayziya, Avstraliya, Rossiya, Qozog‘iston kabi kо‘pgina mamlakatlarda namoyish etildi.
Ulug‘bek Musayev hozirgi zamon о‘zbek professional musiqa san’atiga ulkan hissa qо‘shgan ijodkorlardandir. U 1981 yilda «О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan San’at arbobi» faxriy unvoni va 1983 yilda Respublika Davlat mukofotiga musharraf bо‘ldi.
Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə