Ўзбек миллий бастакорлик санъати



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə13/14
tarix29.11.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#142628
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
BASTAKORLAR IJODI MAJMUA

RUSTAM ABDULLAYEV
(1947)
О‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, Respublika Davlat mukofoti sovrindori, kompozitor Rustam Abdullayev zamonaviy о‘zbek musiqa san’atining zabardast ijodkorlaridan biridir. Vatanimiz musiqa madaniyatining rivojiga samarali hissa qо‘shib kelmoqda. Uning yaratgan qо‘shiq va romanslari, opera va baletlari, simfonik va vokal simfonik asarlari ijro jamoalar va yakka ijrochilar repertuaridan munosib о‘rin olgan.
R.Abdullayev Xorazm viloyati, Xiva shahrida 1947 yil 12 fevralda tug‘ildi. Maktabda о‘qib yurgan yillari musiqaga qiziqib 1957 yili rubob chalishni о‘rganish uchun musiqa maktabiga qatnadi.
1962 yil Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtiga xalq cholg‘ulari bо‘limiga о‘qishga kirdi. О‘quv yurtining nazariy bо‘limida, avval tayyorlov kursida о‘qidi. U R.Vildanovdan kompozitorlik mutaxassisligidan saboq oldi. 1965 -1972 yillarda Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida R.Vildanov va B.Giyenko sinflarida tahsil oldi va fortepiano uchun konsert bilan о‘qishni muvaffaqiyatli bitirdi. 1972 yilda yosh kompozitor va pianinochi sifatida Qozog‘istonda bо‘lib о‘tgan О‘zbekiston adabiyoti va san’ati kunlarida fortepiano konsertini simfonik orkestr bilan ijro etdi, Gruziyada о‘tkazilgan festivalda yapon shoirlarining she’rlariga yaratgan «Xirosima faryodi» nomli vokal turkumini fortepiano jо‘rligida atoqli xonanda Maxset Xajaniyazov bilan ijro qilib, musiqa jamoatchiligi diqqatini jalb etdi. 1977 yil «Hijron» (Zulfiya she’ri) vokal turkumi uchun u Moskva shahrida о‘tgan yosh kompozitorlar kо‘rik-tanlovida laureat unvoniga sazovor bо‘ldi.
R.Abdullayev 1974-1976 yillarda Toshkent davlat konservatoriyasi assistentura-stajirovkasida professor B.I.Zeydman sinfida kasb malakasini oshirdi. 1976 yildan boshlab M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi bastakorlik kafedrasida о‘qituvchi, katta о‘qituvchi, dotsent va professor lavozimlarida ishlab kelmoqda. 1976 yilda u Bastakorlar uyushmasiga qabul qilindi. 1985 yildan uyushma hay’at raisi о‘rinbosari, 1995 yildan esa О‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
R.Abdullayev shu kunga qadar turli janrlarda qator musiqiy asarlar yaratdi. Bular orasida Samarqand opera va balet teatrida 1981 yil sahna yuzini kо‘rgan O.Matchon librettosiga «Sadoqat» nomli operasi alohida ajralib turadi. Bu asarda о‘zbek xalqining sevimli shoirlari Zulfiya va Hamid Olimjonlarning siymolari gavdalanadi. 1985 yili Navoiy nomidagi Davlat Katta akademik opera va balet teatrida sahna yuzini kо‘rgan «Quyoshga ta’zim» (О‘.Umarbekov asari, A.Rahimov librettosi) balet -oratoriyasini yozdi. 1987 yilda «Xiva» operasi (E.Samandarov va F.Safarovlar librettosi) sahnalashtirildi. 2015 yilda ―Qilkо‘prik‖ kamer operasini (A.Slonim librettosi) yozdi.
Kompozitor R.Abdullayevning ijodida simfonik, vokal-simfonik, ayniqsa, fortepiano musiqasi asosiy о‘rin egallaydi. U simfonik orkestr va fortepiano cholg‘usi imkoniyatlarini puxta bilganligi sababli ularga muntazam murojaat qilmoqda. Torli orkestr uchun «Simfoniya», fortep iano va simfonik orkestr uchun 5 ta konsert: № 1 (1972y.), № 2 «Navrо‘z taronalari» (1988y.), № 3 «Tay ohanglari» (1991y.), № 4 (1995y.), № 5 (1996y.), skripka va simfonik orkestr uchun Konsert (2012), qashqar rubobi va simfonik orkestr uchun Konsert (2013), violonchel va simfonik orkestr uchun Konsert (2013), 10 ta simfonik poema, Navoiyga bag‘ishlangan simfonik poema, ukrain shoiri T.Shevchenkoga bag‘ishlangan vokal -simfonik poema, ―Hijron‖ (Zulfiya), ―Qalb hayqirig‘i‖ (N.Narzullayev), ―Xirosima‖ (yapon shoirlari she’rlarig a), ―Bahor‖ (Zulfiya) vokal turkumlari, fortepiano uchun bir necha «Prelyudiya va fuga», «Prelyudiya va tokkata» 9 ta variatsiya, «Polifonik eskizlar», fortepiano uchun ―Sonata‖, skripka, violonchel va fortepiano uchun ―Trio‖, turli shakl va hajmli pyesalar fikrimizning dalilidir.
R.Abdullayev Peterburgda bо‘lib о‘tgan «Yosh kompozitorlar»ning I - festivali (1971 y.), «Yosh kompozitorlarning II - festivali» (1976 y.), 1977 yilda Moskvada о‘tgan О‘zbekiston musiqa haftaligida ijrochi sifatida, 1991 yilda Ukrainada о‘tgan О‘zbekiston adabiyoti va san’ati о‘n kunligida о‘z asari bilan qatnashdi. Moskvada о‘tgan musiqiy festival dasturida P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva konservatoriyasining katta zalida Belorussiya simfonik orkestri bilan 2-fortepiano konsertini ijro etishga sazovor bо‘ldi. 1991 yil Shvetsiyada о‘tkazilgan «Shved kuzi» nomli festivalda qatnashdi. Buyurtmaga asosan tay xalq kuylari asosida kompozitor 3-fortepiano konsertini yaratdi va 1993 yilda Bangkok shahrida bо‘lib о‘tgan xalqaro musiqa festivalida ijro etildi. 1994 yil Janubiy Koreya buyurtmasi
asosida yozilgan 4-fortepiano konserti Seulda о‘tgan xalqaro musiqa festivalida ijro etildi va olqishlarga sazovor bо‘ldi. 1995 yili Bangkok shahrida bо‘lib о‘tgan musiqa festivalida kompozitor 5 -fortepiano konserti taqdimotini о‘tkazdi. 1996 yili esa sh u shaharda kompozitor о‘zining 1-fortepiano konserti bilan qatnashdi.
R.Abdullayev qо‘shiq va romans janrlarida ham barakali ijod qilmoqda. О‘zbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova ijrosida yangragan «Tо‘ylaring muborak» (N.Narzullayev she’ri), «Turon turnalari» (Y.Muqimov she’ri), «Vatan» (A.Oripov sо‘zi), «Hur о‘zbek qiziman» (N.Narzullayev sо‘zi), «Xush kelibsiz» (J.Jabborov sо‘zi) qо‘shiqlari, «Sog‘inch» (O.Matchon she’ri) romansi, Dutorchilar ansambli ijrosida «Piyola» (E.Vohidov sо‘zi), О‘zbekiston xalq artisti Ismoil Jalilov ijrosida «Gо‘zal Vatanim» (N.Narzullayev she’ri), iste’dodli xonanda SH.Otaboyeva ijrosida ―О‘zbekiston‖ (H.Olimjon she’ri) va ―О‘zbekiston‖ (M.Yusuf she’ri) qо‘shiqlariyuqori baho olgan. Shu bilan bir qatorda A.Oripov sо‘zlariga 24 ta romans turkumi, Hofiz Sheroziy sо‘zlariga 6 ta romangs, Rо‘dakiy sо‘zlariga 6 ta romans, «Bulbulcha» bolalar xor jamoasi uchun mazmundor va shirali qо‘shiqlar yaratib kelmoqda. Bular orasida: «Toychoq» (H.Muhammad sо‘zi), «Olam gulga tо‘laversin» (P.Mо‘min sо‘zi), «Qoshiq-qoshiq» (H.Muhammad sо‘zi), «Oftob chiqdi olamga» (T.Tо‘la sо‘zi), «Parvozdagi qushchalar» (M.Mirzo sо‘zi), «Yurtim bahori» (SH.Qо‘shnazarov sо‘zi), «Boychechak» xor jamoasiga
«Mustaqillik lolalari», «Dо‘stlik taronasi» (N.Narzullayev sо‘zi), «Shodlik va tinchlik» (P.Mо‘min sо‘zi) va boshqalar. Harbiy vatanparvarlik mavzusida ham bir talay jangovar qо‘shiqlar, damli cholg‘ular orkestri uchun marshlar yaratdi. Buyurtma asosida koreys kuylari asosida torli kvartet uchun 3 ta miniatyura yaratdi Rustam Abdullayev turli xil festivallar, konsert va tanlovlarning ishtirokchisi hamda tashkilotchisi, hozirgi zamon о‘zbek va jahon musiqa ijodiyoti yutuqlarining targ‘ibotchisi sifatida tanildi. Kompozitorning asarlari AQSH, Germaniya, Misr, Rossiya, Tailand, Janubiy Koreya, Vyetnam, Shvetsiya kabi qator xorijiy mamlakatlarda muvaffaqiyatli ijro etildi. Masalan, «Bolalar uchun albom» va «Tay ohanglari» deb nomlangan uchinchi fortepiano konserti bir necha bor Tailandda, bolalar qо‘shiqlari esa Turkiyada yangragan.
Kompozitor Rustam Abdullayev О‘zbekistonning zamonaviy musiqa san’ati rivojidagi xizmatlari uchun 1997 yilda «О‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi» faxriy unvoniga, 1987 yili Respublika Davlat mukofotiga sazovor bо‘ldi.

Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə