Ўзбек миллий бастакорлик санъати


- Laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə12/14
tarix29.11.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#142628
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
BASTAKORLAR IJODI MAJMUA

8- Laboratoriya mashg‘uloti:
Abdusharip Otajanov, Rustam Abdullayev, Ulug‘bek Musayev ijodiy faoliyati
ABDUSHARIP OTAJONOV
(1924-1997)
О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, sozanda va kompozitor Abdusharip Otajonov 1924 yilning 1 yanvarida Xiva shahrida dunyoga keldi. Uning bobosi va otasi «sozchi usta» nomi bilan tanilgan surnaychi edilar. Ular Abdusharipda tug‘ma musiqiy qobiliyat borligini sezib, musiqadan saboq bera boshladilar va u tez orada «mо‘jizakor» g‘ijjakchi va surnaychi nomiga ega bо‘ldi.
1932 yili boshlang‘ich о‘rta ta’lim maktabida, sо‘ngra yoshlar maktabida о‘qidi, 1937 yili Xiva qishloq xо‘jaligi texnikumiga о‘qishga kirdi. Mazkur о‘quv dargohida musiqa tо‘garaklariga ham qatnashdi. О‘zining ijrochiligi bilan obrо‘-e’tiborga ega bо‘lgan 15 yoshli Abdusharip 1939 yili Xiva shahridagi viloyat teatriga ishga taklif qilindi va shu paytdan uning mehnat faoliyati boshlandi.
1942 yili A.Otajonov harbiy xizmatga chaqirildi va Kalinin, 2-Belorusiya frontlarida jang qildi. 1944 yili 23 iyun kuni og‘ir yarador bо‘lib, bir oyog‘idan ajraldi. Gospitallarda davolangandan keyin 1945 yili armiya safidan ozod etilib, Vataniga qaytdi. 1945 -1951 yillarda A.Otajonov Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama va komediya teatrida sozanda, musiqa bо‘limi maslahatchisi bо‘lib ishladi. Yoshligidan ijrochilik ila musiqa bastalashga qiziqqan va mashq qila boshlagan Abdusharip zamonaviy Ovrо‘po nota tizimini kо‘p ovozli musiqa qoidalarini о‘rganish ehtiyoji bilan 1951 yili Hamza nomidagi Toshkent musiqa yurtining musiqa nazariyasi bо‘limida K.Otaniyozov, M.Yusupov va S.Hayitboyevlar bilan birgalikda о‘qidi.
Bu el-yurt orasida obrо‘-e’tiborga sazovor bо‘lgan san’atkorlarga о‘quv yurti dir yektori I.Hamroyev sharoit yaratib bergan edi. 1955 yili о‘qishni bitirib, A.Otajonov Xiva shahrida bolalar musiqa maktabini tashkil etdi. Unga rahbarlik qilish bilan bir vaqtda Xiva shahar madaniyat boshqarmasi teatri musiqa bо‘limining emakdoshi vazifasida ishladi. 1959-1964 yillarda u Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama va komediya teatri direktori va dirijyori lavozimlarida ishladi, ayni paytda Toshkent davlat konservatoriyasida kompozitsiya bо‘yicha sirtqi bо‘limda professor B.I.Zeydman sinfida о‘qidi. 1964 yili A.Otajonov chang va simfonik orkestr uchun konsert bilan konservatoriyani muvaffaqiyatli bitirdi.
Oliy ma’lumotli mutaxassis Urganch musiqa bilim yurti direktori lavozimiga tayinlandi. 1967 -1973 yillarda u Ogahiy nomidagi teatr direktori va dirijyori, 1973 -1980 yillarda musiqa bilim yurti direktori bо‘lib ishladi. 1980 -1986 yillarda teatrga qaytib, bosh dirijyor vazifasida ishladi va nafaqaga chiqdi.
A.Otajonov ijodiy merosida rang-barang, turli mavzularda yozilgan qо‘shiq, xor va orkestr uchun kо‘p qismli musiqiy asarlar, musiqali drama va komediyalar muhim о‘rin egallaydi. U о‘z ijodining dastlabki davrida cholg‘u musiqasiga nisbatan qо‘shiqchilikka kо‘proq ahamiyat berdi. Zamondosh shoirlarning she’rlariga mehnatni va mehr-muhabbatni kuylovchi, odamlar xulqi va jamiyatda uchrab turadigan ayrim nuqsonlarni hazil ila tanqid ostiga oluvchi rang-barang, jozibali qо‘shiqlar, lirik ashulalar, hajviy laparlar yaratdi.
Jumladan, 1957 -1964 yillarda «Mehnat zavqi» (M.Abdurahimov sо‘zi), «Rohati bir jon yetishdim» (M.Rahmonov sо‘zi), «Gaz keldi, gaz» (E.Eshmonov sо‘zi ), «Salom mardu mardonlarimga» va «CHо‘pon yigit qо‘shig‘i» (A.Pо‘lat sо‘zlari), «Mash’al elim» (R.Bekniyoz sо‘zi) kabi mehnatni va Vatanni ardoqlaydigan qо‘shiqlarni, «Kuylaydi tabiat» (H.Sharipov sо‘zi), «Keldi yorim qoshimga» (X.Saidov sо‘zi), «Kezarman» (K.Ahmadiy sо‘zi), «Intizormikin», «Ayrilma mani», «Jonginam shartingni ayt» (R.Bekniyoz sо‘zlari), «Oshiq nolasi» (Dilafkor sо‘zi), «Kel, kel jonim» (Shuhrat sо‘zi) kabi lirik qо‘shiqlarni, «Biri binafsha, biri Ravshan» (Bobur sо‘zi) lirik yallasini, «SHо‘x oshpaz» (Porloq sо‘zi), «Pochtachiman, pochtachi» (K.Ahmadiy sо‘zi), «Uzuk taqsam bilagingga», «Boboyjonim», «Aravakash» va «О‘zi bilsa, bilsin» (R.Bekniyoz sо‘zlari), «Har kishining bо‘lsa ikki xotini» (Maxtumquli sо‘zi), «Kaminangiz komendant» (E.Rahim sо‘zi), «Suratchiman, suratchi» (Xurshid sо‘zi) kabi hazil, satirik, laparsimon aytishuvlarni yaratib xonandalar repertuarlarini boyitdi. Hozirga qadar ayrimlari konsert dasturlarida yangramoqda.
A.Otajonovning ijodiy merosida shoirlar bilan hamkorlikda mehnat, tinchlik, dо‘stlik, ishchi-dehqon yoshlar, Vatan kabi mavzularda yakkaxon, xor va orkestr uchun bastalagan kо‘p qismli yirik asarlari ham oz emas. Ular qо‘shiqlari kabi yorqin ohangdorligi, joziba va rang-barangligi bilan ajralib turadi.
Kompozitor qalamidan quyidagi asarlar bunyodga keldi: «Xorazm» (E.Rahmon sо‘zi, 1968y.), «Shodiyona» (1968y.), «Mahallada tо‘y», «Sumalak oqshomi» (1971y.), «Zamon an’anasi -nikoh tantanasi» (Xurshid sо‘zlari, 1973y.), «Oltin qо‘llar» (Mirtemir sо‘zi, 1973 y.), «Ulug‘ kun» (Xushnud va O.Matchon sо‘zlari, 1967 y.), «Aqlda dono qizlar» (E.Rahim sо‘zi, 1982y.) vokal-xoreografik syuitalari, yakkaxon, xor va orkestr uchun poema, xor va orkestr uchun «Ofarin» va «Oq oltin» (O.Matchon sо‘zi, 1967 y.), xorazm «Yor -yor»ini akapella xori uchun qayta ishlagan; «Avazim» Xorazm xalq qо‘shig‘i asosida cholg‘u ansambl uchun pyesa, «Qudalar bahsi» (Nurmatov sо‘zi, 1974 y.) yakkaxon, xor uchun xoreografik kompozitsiya, aralash xor va orkestr uchun syuita, «Paxtakorman» (Xurshid sо‘zi, 1982y.) yakkaxon va cholg‘u ansambli uchun qо‘shiq; «Xorazmda bayram» (X.Abdullayev sо‘zi, 1983 y.) vokal-xoreografik manzara va boshqalar.
A.Otajonov ijodida musiqali drama va komediya janrlari muhim ahamiyatga ega. Dramaturglar bilan hamkorlikda Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama va komediya teatrida quyidagi asarlar sahna yuzini kо‘rdi: «Oq nilufar» (R.Tagor as ari, Avinnikov, S.Ospos va A.Bobojonovlar tarjima va inssenirovkalari, 1958y.), R.Olloberganov bilan hamkorlikda «Oshiq G‘arib va Shohsanam» (Y.Yusupov pyesasi, 1958 y.) hamda «Ma’rifat qurbonlari» (E.Rahim pyesasi, 1958 y.) dramalari; «Ishq bilan о‘ynashma» (A.Xayrullayev va K.Ahmadiylar pyesasi, 1960 y.); «Kim aybdor» (I.Ahmedov va U.Ismoilovlar pyesasi, 1960 y.); «Sensiz yasholmayman» (R.Bekniyoz pyesasi, 1961 y.); «Tog‘ qizi»
(R.Hamzatov pyesasi,1963 y.); «Tosh teshar» (A.Jamol, 1964 y.) «Ikki о‘t о‘rtasida» (R.Bekniyoz pyesasi, 1964 y.); «Xо‘ja Nasriddin» (Azimzoda pyesasi, 1965 y.) «Maxtumquli» (Matrizayev pyesasi, 1966y.); «Mavlono Ogahiy» (Y.Yusupov pyesasi, 1968 y.); «Mehribonlar» (A.Jamol pyesasi, 1970 y.); «Tuzoq» (A.Jamol pyesasi, 1972 y.); «Ali masxaraboz» (A.Bobojonov pyesasi, 1972 y.); «Qizlar isyoni» (Y.Yusupov pyesasi, 1973 y.); «Sо‘ngi pushaymon» (A.Jamol pyesasi, 1974 y.); «Toshlar tilga kirganda» (P.Telegenov pyesasi, tarjimon N.Komilov, 1976 y.); «Fotima kampirning lotoreyasi» (O.Matchon pyesasi, 1977 y.); «Munozar a davom etadi» (Q.Mirzoyev pyesasi, 1981 y.); «Orzu» (X.Rasul pyesasi, 1984 y.);
«Javohir» (E.Samandarov pyesasi, 1984 y.). A.Otajonov «Bahor» (M.Tamsaxib pyesasi, 1961y.), «Bо‘ronli yillar» (О‘.Umarbekov pyesasi, 1963y.); Shohning boshi bormidi, yo....» (A.Muxt or pyesasi, 1985y.) dramalariga ham musiqa bastalagan. Kompozitorning musiqiy merosida fortepiano, о‘zbek xalq cholg‘ulari va orkestr uchun turli asarlar mavjud.
Abdusharip Otajonov 1969 yili «О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist» faxriy unvoni, medallar, О‘zbek iston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.



Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə