Ўзбек миллий бастакорлик санъати


- Laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə10/14
tarix29.11.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#142628
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
BASTAKORLAR IJODI MAJMUA

7- Laboratoriya mashg‘uloti:
Doni Zokirov, Ikrom Akbarov ijodiy faoliyati
DONI ZOKIROV
(1914-1985)
О‘zbekiston xalq artisti, sozanda, dirijyor, murabbiy, jamoat arbobi, kompozitor Doni Zokirov ajoyib qо‘shiq, romans musiqali drama, balet, simfonik va xalq cholg‘ulari orkestri uchun bastalagan musiqiy asarlari bilan XX asr о‘zbek musiqa madaniyatini boyitdi.
D.Zokirov Samarqand shahrida 1914 yilning 28 dekabrida tug‘ildi. Uning musiqaga bо‘lgan qiziqishi bolaligidan paydo bо‘ladi. Ijodkor о‘spirinlik davri haqida shunday xotiralarni aytib о‘tgan: «1926 yili о‘rta ta’lim maktabiga о‘qishga bordim va maktabdagi musiqa tо‘garagiga qatnashdim. 1928 yili Samarqandda kompozitor, dirijyor N.N.Mironov rahbarligida musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil topdi. Mazkur institutda 1929 yili kirganimda u yerda о‘qiyotgan Mutal Burhonov, Tolibjon Sodiqov, Manas Leviyev va Olimjon Halimovlar bilan dо‘stlashib, birga ustozlardan saboq olib, turli tadbirlarda faol qatnashar edik. О‘sha yili mohir san’atkor Ali Ardobus tashkil qilgan «Kо‘k kо‘ylak» nomli teatrlashtirilgan tо‘garakka bizlarni taklif qilishdi, Tolib jon Sodiqov esa musiqa rahbari bо‘ldi. Bu davrda, ya’ni 1929-1932 yillar institutda о‘qidim, 1929-1935 yillari respublika musiqali drama teatrida sozanda bо‘lib ishladim. Mazkur teatrni tashkil qilgan ulug‘ san’atkor Muhiddin Qoriyoqubov, Tamara -xonim, Usta Olim Komilov va boshqa mashhur san’atkorlar bilan tanishdim, birga ishladim. Institutda Ota Jalol, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdurahmon Umarov, Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umrzoqov, Matyusuf va Matyoqub Xarratovlar va boshqa san’at jamoalarida ishlagan ustozlardan saboq olganim men uchun katta maktab bо‘ldi.
1936 yilda Toshkentda О‘zbekiston davlat filarmoniyasi ochilib, uning qoshida T.Jalilov rahbarligida ashula va raqs ansambli tashkil topdi. Meni shu ansamblga konsertmeyster lavozimiga taklif qilishdi. Mazkur ansambl bilan el qatori 1937 yil Moskvada о‘tgan О‘zbek san’ati va adabiyoti dekadasida qatnashishga muyassar bо‘ldim. О‘sha yili Moskvadan qaytilgandan keyin Tamaraxonim filarmoniyada alohida ansambl tuzdi va meni shu ansamblga musiqa rahbari etib tayinlashdi. 1940 -1948 yillari Muqimiy nomidagi musiqali teatrda ikkinchi dirijyor lavozimida ishladim. 1948-1953 yillari О‘zbekiston davlat radioeshittirish komiteti qoshidagi О‘zbek xalq cholg‘u asboblar orkestrida dirijyor bо‘lib ishladim. 1930-yillardan buyon ijrochilikdan tashqari, turli mavzularda klassik va zamondosh shoirlarning she’rlariga qо‘shiq, ashula va spektakllarga musiqalar yaratib kelsam ham kо‘p ovozli musiqa vosita uslublarini, shakl va janrlarini, qoidalarini , G‘arbiy Ovrupo va rus klassik kompozitorlarining ijodiy aoliyatlarini о‘rganish, musiqa fanlaridan bilim olish niyatida
1940-1942 yil Toshkent davlat konservatoriyasining tayyorlov kursida о‘qidim. Lekin urush kasofati bilan о‘qishni tashlashga majbur bо‘ldim. 1947 yili tayyorlov kursida о‘qishni Hamid Rahimov va Dadaali Soatqulovlar bilan birga kompozitor B.B.Nadejdindan kompozitorlik mutaxassisligidan, Y.N.Tyulindan garmoniya, polifoniyadan, F.Kozlovskiydan cholg‘ulashtirish va dirijyorlikdan, I.A.Dulgarova va Yan Borisovich Pekkerdan musiqa tarixidan saboq oldik. 1948 yili konservatoriyaning asosiy kompozitorlik kulliyotida mazkur domlalarda о‘qishni davom etib, 1953 yili о‘qishni muvaffaqiyatli bitirdik. 1953 yili filarmoniya qoshidagi О‘zbek ashula va raqs ansambliga badiiy rahbar lavozimiga tayinlandim. 1957 yili О‘zbekiston radioeshittirish qо‘mitasi qoshidagi О‘zbek xalq cholg‘ulari orkestriga bosh dirijyor va badiiy rahbar lavozimiga tayinlandim», —deb sо‘zini tamomladi Doni Zokirov. Mazkur lavozimda 1983 yilga qadar faol ishladi va nafaqaga chiqdi.
D.Zokirov 1930-yillarda, teatr va ansambllarda sozanda bо‘lib ishlab yurgan paytlarida raqs kuylari, qо‘shiq va ashulalar bastalay boshlagan. Uning birinchi yirik ijodi 1934 yili Z.Fatxulinning «G‘unchalar» pyesasi uchun bastalagan musiqadir. Bu spektaklga musiqa tayyorlashda u xalq musiqasidan foydalanib, kо‘p qismlarni mustaqil ravishda yaratgan. U ilk ijodiy yutug‘idan keyin mumtoz va zamonaviy shoirlar she’rlariga qо‘shiq va ashulalar yaratadi. Shu jumladan urush yillari «Ona orzusi» (Mirtemir), «Zafar topib» (S.Abdulla), «Ol qasos» (M.Rahmonov), «Jangda bardam bо‘l» (S.Abdulla) kabi vatanparvarlik mavzusidagi q о‘shiqlar; Navoiyning she’rlariga «Orazi» va «О‘rtanur» fortepiano jо‘rligida qо‘shiqlar, simfonik orkestr uchun 1-syuita: о‘zbek xalq cholg‘ulari ansambliga 3 qismli «Mehnat fronti» nomli syuita, Chustiyning tojik tilida yozgan uchta she’riga «Jon mediham», «Intui» va «Chehrai xanded» lirik qо‘shiqlar; bastakor N.Hasanov bilan hamkorlikda «Orzigul» va mustaqil ravishda «Yoriltosh» spektakllariga musiqa bastaladi.
D.Zokirov musiqali sahna asarlar yaratishga katta e’tibor berdi. U B.F.Giyenko bilan «Sо‘nmas chiroqlar» (A.Bobojonov va M.Muhamedov pyesasi) musiqali dramani (1953y.) yozdi. 1954 yili S.Boboyev bilan «Dalada bayram» (SH.Sa’dulla pyesasi) musiqali komediya va 1956 yil «Vatan qirg‘oqlari» (SH.Sa’dulla va Z.Fatxulin pyesasi) musiqali drama; 1960 yil B.F.Giyenko bilan «Yoshlikda bergan kо‘ngil» (Z.Fatxulin pyesasi) musiqali drama; 1962 yil «Hayot mash’ali» (S.Ismoil pyesasi) musiqali drama; 1970 yil K.Jabborov bilan «Mening jannatim» (S.Abdulla pyesasi) musiqali drama; 1978 yili xalq ertagi asosida «Shahzoda va yetim qiz» (R.Hamroyev pyesasi) musiqali dramalari tomoshabinlar tomonidan yaxshi kutib olindi. A.Navoiy nomidagi opera va balet teatri sahnasida 1956 yili B.F.Giyenko bilan «Oynisa» (Litvinova librettosi) baleti; H.Olimjonning «Zaynab va Omon» dostoni asosidagi shoira Zulfiya librettosiga T.S odiqov «Zaynab va Omon» operasini boshlab qо‘ygan edi. Kompozitor vafot etgani sababli opera tugallanmay qolgan edi. 1958 yil ushbu opera musiqasini Y.Rajabiy, D.Zokirov, B.Zeydman bilan hamkorlikda tugatib, tomoshabinlarga havola etishdi.
D.Zokirov kompozitor M.Ziv bilan hamkorlikda quyidagi badiiy kinofilmlarga musiqa bastaladi: 1955 yil «Amirlikning yemirilishi» (rejissyor L.Fayziyev va V.Basov); 1956 yil «Qutlug‘ qon» (rejissyor A.Pann); 1964 yil «Ulug‘bek yulduzi» (rej.A.Pann); kompozitor A.Malaxov bilan hamkorlikda 1964 yili «Qaydasan, Zulfiya» yoki «Yor-yor» (rej.A.Hamroyev) D.Zokirovning shu filmga yozgan «Kо‘chalar» (T.Tо‘la sо‘zi) qо‘shig‘i mashhur bо‘lib ketgan. D.Zokirov simfonik orkestr uchun bir nechta asarlar yaratdi. Ularning orasida uch qismli simfonik syuita hamda «Hamza» nomli simfonik poemasi yaxshi baho olgan. D.Zokirovning ijodiy merosida qо‘shiq, romans, о‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri va yakka cholg‘ular uchun mо‘ljallangan musiqiy asarlar yetakchi о‘rinni egallaydi. Uning Navoiy she’rlariga bastalangan «Kо‘rmadim», «Ey, sabo», «Bо‘lmasa», «Ayb etmangiz», Turob Tо‘la she’riga «Bulbul» nomli romanslari simfonik orkestr jо‘rligida D.Mullaqandov, H.Nosirova, S.Qobulovalar ijrosida mashhur bо‘lib ketgan edi. Kompozitor turli mavzularda, yakkaxon, xor, turli cholg‘ular va orkestr jо‘rligida ijro etiladigan yuzdan ortiq qо‘shiq, ashula, ommaviy xor qо‘shiqlar yaratdi. Ular orasida «О‘zbekistonim» (A.Niyozmurodov sо‘zi), «Tinchlik qо‘shig‘i»,
«Paxtakor diyor», «Kosmos bizniki», (M.Qoriyev sо‘zlari); «Shifokorlarga», «Terimchilarga», «Dо‘stlarga», «Ona diyor» (A.Pо‘lat sо‘zlari); «Toshkent oqshomi» (Nazarmat sо‘zi); «Suv keldi, hayot keldi» (О‘.Rashid sо‘zi); «Dugonalarga» (Nilufar sо‘zi); «Dо‘stlik qо‘shig‘i», «CHо‘pon qо‘shig‘i», «Tinchlik qо‘shig‘i» xor uchun (P.Mо‘min sо‘zlari), «Ikki dil dostoni» (Z.Obidjon sо‘zi), «Yor istab» (Z.Furqat she’ri); «Hayot gulshani» (N.Narzullayev sо‘zi) kabi qо‘shiqlar yorqin misol bо‘la oladi. Ayniqsa, kompozitorning yakkaxon, xor va о‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun yozgan kо‘p qismli asarlardan: «Qarshi chо‘li gullari» (M.Qoriyev sо‘zi) 5 qismli vokal -syuitasi; «Asrlar sadosi» (Oybek sо‘zi) 4 qismli kantatasi; «Obi hayot» (О‘.Rashid sо‘zi) 4 qismli vokal-syuitalar olqishga sazovordir.
Shuni alohida aytish lozimki, о‘zbek klassik musiqa namunalarining ayrimlarini D.Zokirov mahorat bilan qayta ishlab, о‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri, yakka cholg‘ula r va orkestrga moslashtira olgani kompozitorning katta ijodiy yutuqlaridandir. Bular: orkestr uchun «Yovvoyi Chorgoh», g‘ijjak va orkestr uchun «Qaytarma», «Fig‘on», «CHо‘li Iroq», bolabon va orkestr uchun «Sharob», nay va orkestr uchun «Farg‘onacha», «Gadoiy», «Jazoir»; orkestr uchun «Navo», «Savti navo», «Ufari navo», «Garduni segoh», «Tasnifi dugoh», «Muxammasi iroq», «Nasrulloiy», «Mirzadavlat», «Yolg‘iz»; tanbur va orkestr uchun «Rajabiy». Mazkur asarlar respublikamizdagi professional orkestrlar repertuaridan keng о‘rin olishi bilan musiqa о‘quv yurtlarining xalq cholg‘ulari orkestri dasturiga ham kiritilgan.
D.Zokirov bolalar uchun P.Mо‘min she’rlariga «Sayohat —rohat», «Kungaboqar», «Oppoq otim», «Sirdaryo, Sirdaryo», «Kapalak va xandalak», «Bog‘da pishdi uzumlar», «Dо‘lona», U.Rahmonov sо‘ziga «Bolalar valsi», «Bahor valsi», R.Bobojon sо‘ziga «Olma», Y.Hamdam sо‘ziga «Badantarbiya», YO.Mirzo sо‘ziga «Maktabim», Y.Hamidiy sо‘ziga «Baxtiyor qо‘shig‘i», M.Haydar sо‘ziga «Yangi yil qо‘shig‘i» va «Beqiyos diyor» kabi qо‘shiqlarni bag‘ishlagan.
1950 yili «О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist», 1956 yili «О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi», 1965 yili «О‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvonlariga sazovor bо‘ldi. Orden va medallar bilan mukofotlangan.

Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə