Ўзбек миллий бастакорлик санъати



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə8/14
tarix29.11.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#142628
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
BASTAKORLAR IJODI MAJMUA

SULAYMON YUDAKOV
(1916-1992)
О‘zbekiston xalq artisti, Davlat mukofotlari sovrindori, kompozitor Yudakov Sulaymon Aleksandrovich XX asr о‘zbek musiqasi tarixida yorqin va teran iz qoldirdi. Bu nodir iste’dod sohibi, atoqli kompozitor butun hayoti va ijodiy faoliyatini о‘zbek musiqa san’atini rivojlantirishga bag‘ishladi.
Yudakov Sulaymon (Solomon) Aleksandrovich Qо‘qon shahrida 1916 yilning 14 aprelida tavallud topdi. О‘zining bolal ik chog‘larini eslab, shunday hikoya qilgan edi: «Onamga yordam berish uchun 7 yoshimdan boshlab Qо‘qonning markaziy kо‘chasida poyafzal tozalovchi bо‘lib ishlar edim. Oilaviy ahvolimni va kechki maktabga endigina borganimni bilib, Hamza Hakimzoda Niyoziy meni 1928 yili yetim bolalar uyiga joylashtirdi.
Bolalar uyida damli cholg‘u asboblar orkestri tuzilgan bо‘lib, orkestr rahbari menga fleyta chalishni va notani о‘rgatdi. U musiqiy qobiliyatimni sezgan bо‘lsa kerak, menga Moskvada о‘qishga maslahat va yordam berdi. 1932 yili Moskva davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqa ―Rabfakning fleyta sinfiga о‘qishga kirdim.
1934 yili «Rabfak»ni bekitishdi va konservatoriya qoshida Moskva davlat musiqa texnikumi ochildi. Meni kompozitor M.F.Gnesinning tavsiyasi bilan texnikumni nazariy, tarixiy, kompozit orlik bо‘limini birinchi kursiga qabul qilishdi. Texnikumda damli cholg‘ular orkestriga ham qatnashib turdim. Komp ozitsiyadan avval M.O.Mesnerda, ikki yildan sо‘ng M.F.Gnesinda saboq oldim. 1938 yili tuxnikumni muvaffaqiyatli bitirdim. О‘sha yili Moskva davlat konservatoriyasining professori, kompozitor R.M.Glier sinfida kompoziitsiyadan ta’lim ola boshladim. Kursni tamomlaganimda 1941 yili ikkinchi jahon urushi boshlandi va men
Toshkentga qaytib keldim. Urushdan keyin, qariya onamga qaraydigan odam bо‘lmaganligi sababli о‘qishimni davom ettira olmadim. Lekin о‘z ustimda doim ishladim, hamkasabalarim bilan ijodim haqida о‘rtoqlashib turdim.
S.Yudakov shu muhitda yashadi, о‘qidi, dunyoni tanidi, musiqa olamining mо‘jizakor sirlarini о‘rgandi, kompozitor bо‘lib shakllandi. Moskva konservatoriyasida о‘qib yurgan yillari turli cholg‘u asboblarga, ansambllarga musiqa yaratdi. Uning fortepiano uchun yozgan etyud, prelyudiya, variatsiya, sonatina, fleyta va fortepiano uchun yozgan «Rondo», «Lirik kuy», etyud, skripka va fortepinao uchun yozgan «Skerdso», «Sonatina», torli kvartet kabi Sharq musiqa ohanglari bilan sug‘orilgan asarlarini konservatoriyatalabalari qiziqib ijro qilishar edi. 1940 yili talaba-kompozitor S.Yudakov istisno tariqasida О‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi safiga qabul qilindi.
S.Yudakovning mustaqil ijodiy faoliyati Ikkinchi jahon urushi yillarida boshlandi. U 1941-1945 yillarda: о‘zbek о‘g‘loni, yurt qahramoni Qо‘chqor Turdiyevga bag‘ishlab «Oldinga bosing, о‘rtoqlar» va «Dо‘stlar» (A.Lohutiy sо‘zlari); «Chavandozlar qо‘shig‘i» (Mirtemir sо‘zi), «Jonga jon, qonga qon» (T.Fa ttoh sо‘zi) kabi vatanparvar ommaviy qо‘shiqlarni, «Habibi tu manam» (H.Yusufi sо‘zi) romansini (1942 y.), «Farzanad» (Ismoilzoda pyesasi) musiqali dramasini, torli kvartet uchun 3 ta pyesa va syuita, simfonik orkestr uchun «Syuita» asarlarini yaratdi. Ijod bilan birga S.Yudakov 1941-1942 yillarda Hamza nomidagi san’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim bо‘lib ishladi. 1943-1944 yillarda Tojikiston Davlat filarmoniyasida badiiy rahbar lavozimida ishladi. Tojik shoirlarining sо‘zlariga bir qator qо‘shiq va romanslar yaratdi. 1945 yili Tojikiston Davlat madhiyasini yozish uchun kо‘rik -tanlov e’lon qilindi. Mazkur tanlov uchun boshqa kompozitorlar qatorida S.Yudakov ham A.Lohutiy sо‘ziga madhiya yozdi. S.Yudakovning musiqasi tanlab olinib tasdiqlandi, hozirga qadar sо‘zi о‘zgartirilgan holda S.Yudakovning madhiyasi jaranglab kelmoqda.
1946 yili S.Yudakov Toshkentga qaytib keladi va ijodini davom ettiradi. T.Tо‘la sо‘ziga xor, solist va simfonik orkestr uchun «G‘alaba» (1945 y.) kantatasini yozdi. A.S.Pushkin sо‘ziga о‘zbek, tojik va rus ohanglarini payvasta qilgan holda «Kuylama sohibjamol», «Gurjiston tepaliklarida», «Bulbul», «Tungi mayin shabada», «Inozilya, men bu yerdaman» (1945 y.), A.Lohutiy sо‘ziga «Afsonai dil» va «Tasfiri tu» kabi romanslarini, skripka va fortepiano uchun «Sharq poemasi» (1946 y.)ni yaratdi.
Kompozitorning ―Sharq poemasi‖ va «Kuylama sohibjamol» romansi ijrochilarning turli avlodlari repertuarlaridan munosib va mustaqil о‘rin olgan bо‘lib, hozirga qadar ijrochi va tinglovchilarni maftun etib kelmoqda.
Skripka, violonchel va fortepiano uchun «Syuita» (1946); ikkita fortepiano uchun «Syuita» (1948 y.) simfonik orkestr uchun «Tantanavor uvertyura» (1949 y.); torli kvartet uchun «Syuita» (1949 y.), A.Navoiy sо‘ziga «Basandast» (1949 y.) romansi, M.Mirshakar sо‘ziga «Alla» va «Yangi g‘alabalar uchun» qо‘shiqlari, M.Tursun sо‘ziga xonanda, xor va simfonik orkestr uchun «O, qiz bola» qо‘shig‘i о‘lkamizning zamonaviy musiqa san’atiga yana bir iste’dodli, zabardast kompozitor mustaqil ravishda kirib kelganidan darak bergan edi. S.Yudakov asarlarida о‘zbek va tojik xalqlari musiqasining ta’siri bо‘lsa-da, ammo о‘z uslubiga xos musiqalar yaratishga katta e’tibor bergani ham yaqqol seziladi. 1951 -1953 yillarda S.Yudakov О‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi hay’atining maxsus kotibi bо‘lib ishladi.
S.Yudakov kasb mahoratini badiiy jihatdan yetilib borishi muhim davri 1950-1980-yillarga tо‘g‘ri keladi. A.Muxtor sо‘ziga yozilgan «Jon О‘zbekiston», «Mehnat shodligi», G‘.G‘ulom sо‘ziga «Qirg‘iziston paxtakorlariga», SH.Rashidov sо‘ziga «Dugonalar», «Olamda gullar yashar», T.Tо‘la sо‘ziga «Karnaval valsi», A.Surkov sо‘ziga «Hindi-rusi bxay-bxay», «Tinchliksevarlar marshi» kabi jozibali, jо‘shqin qо‘shiqlar fikrimizning dalilidir. Ayniqsa bu о‘rinda kompozitorni 1950 yili G‘.G‘ulom sо‘ziga yozgan, 1951 yilda esa Davlat mukofotiga sazovor bо‘lgan 6 qismli «Mirzachо‘l» nomli vokal-simfonik syuita, 1955 yilda T.Tо‘la sо‘zlariga yozilgan:
«Mening Vatanim» 4 qismli kantata, «Visol» (1965 y.) vokal poemasi, 1972 yil H.G‘ulom sо‘ziga yozilgan «Muborakbod» 5 qismli kantata (bolalar xor jamoasi ham qatnashadi), 1972 y il Mirtemir sо‘ziga solist, xor va raqs jamoalari uchun yozilgan «Alyor» vokal xoreografik syuitasi, 1973 yil E.Vohidov sо‘ziga solist, xor va simfonik orkestr uchun «О‘zbekiston» poema-kantatasi, 1975 yili T.Tо‘la sо‘ziga «G‘alaba» oratoriyasi yorqin misol bо‘la ola di. Shu nomli 1945 yilda yozilgan musiqa asosida yaratilgan mazkur oratoriya birinchi gal A.Navoiy nomidagi opera va balet jamoasi tomonidan kо‘tarinki ruhda muvaffaqiyatli ijro etildi. Shuni aytib о‘tish joizki, 1950-1970 yillarda Respublikada har yili ommaviy xor,qо‘shiq bayramlar о‘tkazilar edi. Bayramni о‘tkazishda xor jamoalarining birlashmasidan tashkil topgan 50 minglik xor, boshqa kompozitorlarning asarlari qatorida S.Yudakovning «Mirzachо‘l», 1955 yildan boshlab «Mening Vatanim» asarlari muntazam ijro etilar edi. 1972 yildan boshlab «Alyor» vokal-xoreografik syuita ham eng kо‘p ijro etiladigan asarlar qatoridan munosib о‘rin oldi.
S.Yudakovning «Maysaraning ishi» nomli birinchi о‘zbek komik operasi unga katta shuhrat keltirdi. 1958 yilda Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Davlat katta Akademik opera va balet teatrida sahna yuzini kо‘rgan mazkur opera teatrning asosiy repertuarlaridan biri bо‘lib, hozirga qadar ijro qilinmoqda. Hamzaning shu nomli komediyasi asosida S.Abdulla va M.Muxamedovlar librettosini tayyorlashgan. Bu opera 1959 yili Moskvada о‘tgan О‘zbekiston adabiyot va san’atining 10 kunligida Bolshoy teatrda sahna yuzini kо‘rgan. Tez orada Moskva davlat ― ROMEN lо‘lilar teatri rus tilida operani tomoshabinlarga havola etdi va uzoq yillar davomida teatr repertuarida saqlanib keldi. 1960-yillarda mazkur opera Boshqirdiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Samarqand opera va balet teatrlarida ham sahna yuzini kо‘rdi va katta muvaffaqiyat qozondi. 1974 yili esa Polshani Lodz shahri opera va balet teatrida ham tomoshabinlar qizg‘in kutib oldilar. Operaning birinchi ijrochilari: Halima Nosirova, Saodat Qobulova, Karim Zokirov, Sattor Yarashev, Jamol Nizomxо‘jayev, Husan Ismoilov, Mixail Davidovlarning ijrochilik ampluallarida yangilik bо‘ldi. Ular ijrosida komplekt grammofon plastinkalar million nusxada chop etildi. Shuni aytish joizki, butun dunyoda yaratilgan eng mashhur operalar tо‘ g‘risida ―Tanlangan 100 opera‖ nomli kitobda S.Yudakovning «Maysaraning ishi» operasi ham tilga olingan. Mazkur opera birgina kompozitorga emas, butun О‘zbekistonning zamonaviy musiqiy madaniyatiga ham shuhrat keltirdi.
S.Yudakov 1970 yillarda Sharqda mashhur bо‘lgan, latifa sarkardasi Nasriddin Afandiga bag‘ishlab «Nariddin Afandining yoshligi» nomli balet yaratgan edi. Baletning premyerasi 1997 yilda Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatri jamoasi ijrosida bо‘lib о‘tdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bо‘ldi.
Kompozitor S.Yudakov R.Hamrayev va M. Melkumovlar bilan hamkorlikda «Oq yо‘l» musiqali komediyasini yaratdi. «Shohi sо‘zana» (A.Qahhor pyesasi), «Ganga qizi» (R.Tagor asari), «Zuhraning maktubi», «Furqat» drama spektakllariga, «Qachon atirgullar ochiladi», «Temirchining bayrog‘i», «12 -soatli hayot» kinofilmlariga musiqa bastaladi. Uning qalami ostidan «Xorazmcha bayram yurishi», «Tantanavor uvertyura», «Yoshlar poemasi», «Festival uvertyurasi», «Xoreografik syuita» kabi simfonik musiqalari simfonik orkestrlar repertuarlaridan munosib о‘rin olgan. Kompozitorning simfonik musiqiy asarlari orasida ona xotirasiga bag‘ishlangan, mungli «Poema -rapsodiya» alohida о‘rin tutadi. U bir talay kamer-cholg‘u ansambl va orkestrlarga ham asarlar yaratdi.
S.Yudakov kо‘p qirrali ijodiy va jamoatchilik faoliyati bilan О‘zbekiston musiqa madaniyatining rivojlanish jarayoniga ulkan hissa qо‘shdi va boy musiqiy meros qoldirdi. Uning buyuk xizmatlari ordenlar, medallar bilan, «О‘zbektistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi» va «О‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvonlar bilan taqdirlangan. S.Yudakov Davlat va Respublika davlat mukofotlarining sovrindori.

Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə