Ўзбек миллий бастакорлик санъати


- Laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə5/14
tarix29.11.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#142628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
BASTAKORLAR IJODI MAJMUA

5- Laboratoriya mashg‘uloti:
Komiljon Otaniyazov, Otajon Xudayshukurov ijodiy faoliyati
(1917-1975)
О‘zbek musiqa san’atining mashhur namoyandalaridan biri Komiljon Otaniyozov 1917 yilda Xorazm viloyati Shavot tumanining Bо‘yrachi qishlog‘ida tug‘ildi. U tо‘liqsiz о‘rta maktabni tugatib, Urganchdagi pedagogika kursida о‘qiydi. О‘qishni tugatib, Urganchda о‘qituvchilik qiladi. 1936-1942- yillarda kolxoz-sovxoz teatrida ishlaydi. 1942-1949-yillar Xorazm viloyat teatrida yakkaxon solist, keyinchalik musiqa rahbari bо‘lib xizmat qiladi. Bu davrda Komiljon Otaniyozov Respublikaning hamma viloyatlarida ijodiy safarda bо‘lib, musiqa shinavandalari olqishiga sazovor bо‘ladi.
1951 yilda Toshkentdagi Xamza nomidagi musiqa bilim yurtiga о‘qishga kiradi. 1955 yilda о‘qishni tugatib, konservatoriyada о‘qishni davom ettiradi. Keyinchalik “Lazgi” ashula va raqs ansambliga rahbarlik qiladi. Juda kо‘p shogirdlar yetishtiradi. 1955 yilda Hindiston, Afg‘oniston, Birma davlatlarida ijodiy safarda bо‘lib, о‘zbek milliy san’atini targ‘ibot qiladi, tomoshabinlar olqishiga sazovor bо‘ladi. Uning bastakorlik ijodi nihoyatda sermahsuldir. U 200dan ortiq ashula, 4ta musiqali dramaga kuy bastalab, juda katta musiqiy meros qoldirdi. “Bо‘lmasa bо‘lmayin netay”, “Kо‘rsat jamoling”, “Ishqing о‘tida kuygali keldim”, “Bilib bо‘lmas”, “Ayshi kamolini kо‘ring”, “Ayrilmasin nigoridin”, “Oshiq bо‘lmisham”, “Kо‘ring”, “Bormi yoronlar”, “Aziz Vatanim”, “О‘zbekiston”, “Salom senga Xorazmdan”, “Vatan”, “Xush endi” va boshqa kо‘plab ashulalari xalq mulkiga aylandi.
Komiljon Otaniyozov ijodining bosh yо‘nalishi rivojlangan shakli va murakkab kuy-ritm tuzilmalari ashulalardan iborat bо‘lib, ularda og‘zaki kasbiy ijodiyot an’analarining davomini kо‘ramiz. Ushbu guruhni “Dog‘man”, “Bо‘lmasa bо‘lmasin netay”, “Aziz Vatanim”, “Ishqing о‘tida”, “Ayrilmasin nigoringdan” kabi ashulalar tashkil etadi.
“Dog‘man” - original qо‘shiqchilikning yorqin namunasidir. Noqis qalamiga mansub ishqiy-lirik mavzudagi satrlar bastakorga ilhom keltirib, nafis va falsafiy musiqiy ashula paydo bо‘lishiga sababchi bо‘ldi. Ushbu ashula Komiljon Otaniyozovning bisotidagi eng jozibali, insonga zavq bag‘ishlaydigan yuksak ijodiy izlanishlaridan biridir. She’riy matndan ustalik bilan foydalanib, kuyga singdirilish salohiyati, sо‘z matni bilan sehrli ohanglar mushtarakligi, erkin uslubdagi keng ta’sirchan avjlari ovoz va sozlarga mos tushgan milliy qochirimlarning mohirlik bilan ishlatilishi ashulaga badiiy betakror sifat keltirgan.
Komiljon Otaniyozov safdosh bastakorlar orasida sermahsulligidan tashqari tenggi yо‘q hofiz, xassos sozanda, ajoyib shoir, dunyoqarashi ancha keng, xususan, hayotiy muhim voqea va hodisalarga nisbatan hozirjavob ustoz san’atkor edi.
Uning mashhur san’atkor bо‘lib yetishishida XX asr Xorazm yetuk maqom musiqasining ustoz hofizi, oqsoqoli Hojixon Boltayevning о‘rni katta bо‘ldi. Uning ta’siri va ta’limi asosida Komiljon Otaniyozovning ijrochilik faoliyati, badiiy dunyoqarashi shakllandi va bastakorlik faoliyatiga ham zamin yaratildi.
“Lazgi” ansambli 1957 yilda О‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, bastakor, ustoz san’atkor Komiljon Ota tashabbusi bilan О‘zbekiston davlat filarmoniyasi qoshida tashkil qilindi. Komiljon Otaniyozov ansamblni tashkil qilish, xalq orasidan yosh talantlarni izlash, ularni о‘rganish, jamoaga jalb qilish ishlarini muvaffaqiyatli olib bordi, biroq yangi tashkil topgan ijodiy jamoa oldida keng, sermazmun repertuar tanlash vazifasi turardi.
Ansambl avvalo, Xorazm musiqa san’atini о‘zida mujassam qildi, milliy raqslar va qо‘shiqlarga salmoqli о‘rin berdi. Lekin biz bu bilangina cheklansak repertuar doirasini toraytirgan bо‘lamiz. “Xorijiy xalqlar musiqa san’atining eng yaxshi namunalarini tanlab, repertuarga kiritishimiz kerak”, degan edi Komiljon Otaniyozov. Uning fikri qо‘llab-quvvatlandi.
Katta mehnat, izchil harakatu ijodiy izlanishlar tufayli, rang-barang repertuar yaratildi. Milliy qо‘shiqlar va raqslar bilan birga, ozarbayjon, turkman, tojik, uyg‘ur, qoraqalpoq xalq qо‘shiqlari va raqslari, shuningdek, xorijiy xalqlar: hind, afg‘on, eron, arab va boshqa xalqlarning musiqa asarlaridan namunalar о‘rganila boshlandi.
Ansamblga О‘zbekiston xalq artistlari Komuna Ismoilova, Quvondiq Iskandarov, Bekjon Otajonov, Otanazar Abduniyozov singari iste’dodli san’atkorlar, xalqqa endi tanila boshlagan yoshlar uyushgandi. Ansamblning ijodiy safarlari muvaffaqiyatli о‘ta boshladi. Respublikamiz bо‘ylab qilingan ijodiy safarlar, mehnatkashlarga namoyish etilgan turli konsertlar ansambl jamoasining ijrochilik mahorati uchun sinov bо‘ldi.
Tez vaqt ichida ansambl о‘zining tо‘liq jamoasiga ega bо‘ldi. Ansamblga Olmaxon Hayitova, Ortiq Otajonov, Sharif Sultonov, Gulchehra Ismoilova, Ibodulla Abdullayev kabi istiqbolli yosh kuchlar kirib keldi. “Lazgi” ashula va raqs ansamblining bosib о‘tgan oydin yо‘li, ijodiy muvaffaqiyatlari Komiljon Otaniyozov о‘ziga xos katta ijodiy maktabning asoschisi, muallimi ekanligi natijasidir. Maktab о‘z darsxonasiga, talabalariga, kelajagiga ega. U maktabda tahsil kо‘rgan, san’atda yangi-yangi kamolot pog‘onalariga kо‘tarilgan iste’dodli xonandalar: Hamza nomidagi О‘zbekiston davlat mukofotining sovrindori, О‘zbekiston xalq artistlari Otajon Xudoyshukurov, Komuna Ismoilova, Bobomurod Hamdamov, San’at Devonov, Olmaxon Hayitova, Ortiq Otajonov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar - Sharif Sultonov, Jumanazar Bekjonov, Shermat Fayzullayev kabi о‘nlab xonandalar Komiljon Otaniyozovni о‘zlariga ustoz, deb biladilar.
Komiljon Otaniyozov og‘ir xastalikka yо‘liqib, 63 yoshida bandalikni bajo keltirdi. Uning musiqiy merosi qisman yaqin о‘tmishimizdagi ma’naviy hayotimizning muayyan bо‘lagi sifatida tarix sahifalariga kо‘chdi. Komiljon Otaniyozov bunyod etgan о‘lmas navolar mumtoz musiqiy shohsupadan о‘ziga munosib о‘rin egallab, el ardog‘iga sazovor bо‘lmoqda.



Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə