Ўзбек миллий бастакорлик санъати


Otajon Xudayshukurov ijodiy faoliyati



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə6/14
tarix29.11.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#142628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
BASTAKORLAR IJODI MAJMUA

Otajon Xudayshukurov ijodiy faoliyati


Otajon Xudoyshukurov (1944.4.10 — Toʻrtkoʻl — 1994.22.12) — xonanda; Qoraqalpogʻiston (1969), Oʻzbekiston (1977), Tatariston (1981) va Turkmaniston (1993) xalq artisti.
Ashula aytishni amakisi xonanda Y. Olloshukurovdan oʻrgangan, keyingi ustozlari Komiljon Otaniyozov, Nazir qori, J.Bekchonov va boshqa 1963-yildan Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda. Repertuaridan mumtoz ashulalar ("Feruz I—II", "Xorazm Segohi", "Bozurgoniy", "Qoʻshchinor", "Guluzorim", "Kurd Eshvoyi", "Samarqand ushshogʻi", "Toshkent Irogʻi" va boshqalar), Xorazm doston noma (qoʻshiq)lari ("Najab oʻgʻlon" dostonidan "Kimni sevar yorisan", "Bahrom va Gulandom"dan "Ayriliq", "Avazxon"dan "Qalandarim"), kompozitor va bastakorlar asarlari ("Koʻzlaring sening", "Oʻzbekistonim", "Raʼno boʻlayin deb", "Sogʻinib keldim" va boshqalar), shuningdek, turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq va qirgʻiz xalq qoʻshiqlari oʻrin olgan. O. Xudoyshukurov sozanda (torchi) va oʻzi aytadigan ("Mujgonlaring", "Olamda bir", "Birinchi muhabbatim" kabi 300 dan ortiq) qoʻshiqlarning bastakori sifatida ham tanilgan. O. Xudoyshukurov jozibali, chiroyli tembrli, keng, barcha pardalarda ravon va jarangdor ovoz sohibi. Uning ashulalaridagi ehtiros, shijoat va joʻshqinlik, mazmuniy teranlik kabi xislatlar tinglovchilar qalbidan chuqur joy olgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). 1999-yildan Otajon Xudoyshukurov nomida yosh xonandalarning Respublika tanlovi oʻtkazilmoqda. Ellikqalʼa va Toʻrtkoʻldagi koʻcha, xiyobon va bogʻlarga O. Xudoyshukurov nomi berilgan.[1] Hozirda To'rtko'l tumanidagi uning uyida u haqidagi muzey joylashgan borib be'malol tomosha qilishingiz mumkin.

О‘zbekistonda asrlar davomida shakllangan musiqiy mafkuraning xoslar davrasida rasm etilgan oliy turlari, ya’ni belgili klassik kuy va ashulalar, boshi butun maqom turkumlari hamda ular bilan yonma-yon rivojlanib kelayotgan mumtoz asarlar sirasi mо‘tabar urf-odatlar sifatida yashab kelmoqda. Afsuski radikalizm siyosati xukum surgan paytda “о‘zbek musiqasi” deganda, birinchi navbatda, endigina shakllana boshlangan kompozitorlik ijodiyoti tushunildi. Shu munosabat bilan azaliy milliy qadriyatlar, jumladan, asil klassik musiqa navlari ham xalq og‘zaki ijodiyoti darajasida kо‘rildi. Vaholanki, xalq ijodi muayyan toifa shaklida ommaviy mafkura, jamoa ijodiyoting samarasi. Xoslar maxsuli bо‘lmish klassik musiqa san’atini esa, xalq musiqasi ma’nosidagi ommaviy ijod turlariga tenglash notо‘g‘ri, albatta.


Holbuki, mumtoz urf-odatlar toifasiga kirgan musiqiy merosimizning qadimiy namunalarida “muallif”larning nomlarini sarlavhaga chiqarish odati bо‘lmasada, ular sozanda va muxlislar ongida mustahkam о‘rnashgan, xatga tushirilmagan bо‘lsa ham millat xotirasida “barqaror matn” sifatida, barxayot kuy va ashulalar tarzida yashab kelmoqda. Rost, Navo, Ushshoq kabi belgili maqom yо‘llari, Feruz, Suvora, Munojot va Tanovarlarga о‘xshagan mumtoz namunalar, xalq xotirasiga qat’iy bitilgan, gо‘yo notaga yozilgan sonata, simfoniya matnlaridek , kuy yо‘llari, usul zarblari yoki tasnifot muvodullari shaklida nasldan-naslga bezavol ravishda bekamu kо‘s о‘tib kelmoqda. Bu esa, о‘z navbatida, о‘zbek klassik musiqasi voqe’ligi ilmiy asosdagi qonun-qoidalar barqarorligi va ijodiy erkinlik mushtarakligida yashab kelayotganidan darak beradi.
Boshqacha qilib aytganda, ilmiy-nazariy asos klassik musiqaning asl qonuniyatlari, tarix esa ana shu qoidalarni amaliyot sifatida zamon va makonda namoyon bо‘lishini anglatadi. Shunga e’tiboran, tashqi atama va iboralar о‘zgarib borsa ham, tub qoidalar, ichki ma’no-mazmun nasldan-naslga uzluksiz о‘tib boraveradi. Musiqiyda ana shu nazariya hamda amaliyot mushtarakligini Temuriylar davrida “ilmi advor” va “fanni musiqiy” tushunchalari bilan ifodalangan. Amaliy ilmlarda bu munosabatlar boshqa iboralar bilan belgilanadi yoki ular Buxoro va Xorazmda ustozlar shevasidagi о‘zga atamalar bilan yuritilganligining guvoxi bо‘lamiz.
Shu bilan birga, amalda ustozlar muayyan maqom yо‘lini, butun boshli mumtoz kuy yoki ashulani xech qachon ikki marta bir xil ijro etmaganlar. Ichi sirli, tashqarisi maftunkor musiqiy san’at mо‘jizasiga nisbatan, odatda, “badiiy timsoli barqaror, tashqi unsurlari – ijro vositalari doimo yangilanuvchan, beqaror” degan naql xam ishlatiladi. Darxaqiqat, Xoji Abdulaziz, Domla Xalim, Mulla Tо‘ychilar Ushshoqlari, Xojixon Boltayev va Jо‘raxon Sultonov Feruzlari, Komiljon Otaniyozov va Rо‘zmat Jumaniyozovlarning Suvoralariyu, Turg‘un Alimatov va Abduxoshim Ismoilov Tanavorlari, Otajon Xudayshukurov va Ortiq Otajonovlar ijrosidagi azaliy Lazgi boshqa-boshqa ijro vositalari bilan boyitilib kelingan. Ammo, uslub beqarorligiga qaramasdan ularning badiiy timsoli barqaror: Ushshoq – Ushshoq, Feruz – Feruz, Suvora – Suvora, Tanavor – Tanavor, Lazgi – Lazgidir.
Demak, asar muallifining kо‘rsatilmasligi, yashiringanligi (benomligi, anonimligi) yoki kuyni matn tarzida xatga yozilmasligi, boshqacha aytganda, og‘zakilik yoki notasizlik musiqiy merosimiz namunalarining kamchiligi emas, aksincha, tabiiy yashash sharoiti. Bugun bunday ijod namunalarning ulkan va salobatli bir qismiga nisbatan “klassik” atamasi ishlatiladi. Chunki, maqomlar bilan yonma-yon Ushshoqu Feruzlar, Suvorayu Tanavorlar ham mumtoz ijod namunasidir. Sо‘ngi paytlarda, musiqiy istilohda, merosimizning mо‘tabar qadriyatiga aylanayotgan mazkur qatlamiga nisbatan о‘tmish musiqashunoslari qо‘llagan “mutaorif” (ya’ni, urf-odat doirasidagi erkin ijod, “improvizatsiya”) tushunchasi asta-sekin qayta rasm bо‘lmoqda.
Vaholanki, klassik musiqaga nisbatan mutaoriflik (ovropacha ma’nodoshi “traditsiya”, ya’ni muqaddas urf-odat) nisbatini berish endi paydo bо‘lgan emas. Forobiyning Katta musiqa kitobining kirish qismida klassik toifadagi musiqiy asarlarni eshituvchilar orasida qaror topishida, birinchi navbatda, bilim va ma’rifatning, qolaversa, mutaorifiy odatlarning ahamiyati qayd etilgan. Urf etilgan his-tuyg‘ular va ularning badiiy (gо‘zal) shakllaridan bо‘lmish ixtisoslashgan (professional) xos navlarini, Forobiy “ilmiy musiqiy san’at”, urf-odat tarzidagi erkin toifalarni “amaliy musiqa san’at” deydi.
Bundagi “musiqa” iborasining о‘zi aynan shu ixtisoslashgan aqliy (ilmiy-nazariy) va naqliy (amaliy) fanlar mushtarakligini, ya’ni bir butun tizim ekanligini nazarda tutadi. Zero, Qadim Yunon mutafakkirlari ham musiqani gо‘zal san’at parilari “muza”lar ilmi va amali deb tushunganlar. Yuqorida qayd etilganidek, tom ma’nodagi “musiqa” atamasi ham ana shu negizdan kelib chiqadi.
Katta musiqa kitobining kirish qismida ta’kidlanishicha, “musiqa san’atining ba’zi asoslari mutaorifiy ilmlardan olinadi, ba’zisi tabiat (fizika, akustika) ilmiga mansub, ba’zisi esa xandasa (geometriya) san’atidan, ba’zisi adad (arifmetika) va ba’zisi amaliy musiqa san’atidan kelib chiqadi. Ammo biz aytib bergan narsa urf-odat asoslari va nazariy ilmlardan olingani mana shundan ziyodroqdir”.
Mutaorifiy ma’naviyat (“traditsiya”) shunchaki, о‘z-о‘zidan avloddan-avlodga о‘tib boradigan oddiy odat emas, albatta. Musiqiydek nafosatli, aql-idrok bilan sug‘orilgan va hayotbaxsh san’atda, mutaorifiylik – muayyan qonuniyatlar asosida kechadigan ijod jarayonini anglatadi. Islomda ijod, yaratuvchilik muqaddas: “musavvir” – “yasovchi”, “naqqosh” – “naqshlovchi” Alloh sifatlari. Ehtiyoj (qonun-qoidalar) va yaratuvchanlik (ijodkorlik) mushtarakligi esa, doimiylik (barqarorlik) va erkinlik (о‘zgaruvchanlik) uyg‘unligida kechadigan barxayot musiqiy urf-odatlarning mustahkam poydevoridir.
Shunga kо‘ra, tom ma’nodagi о‘zbek musiqasini, ya’ni о‘zbek klassik musiqasini bir butun voqelik sifatida idroklash uchun, uning negizidagi ustuvor qonun-qoidalar tizimi hamda amaldagi yangilanish (rivojlanish) jarayonini aniq va atroflicha tasavvur etmoq taqozo qilinadi. Bu jarayonning hayotda qoldirgan izini, о‘tmish tarixini ishonchli dalillar asosida о‘rganish maqsadga muvofiq. Bizning sohada bunday ishonchli dalil va birlamchi manba bu – asrlar davomida muntazam ravishda avloddan-avlodga о‘tib, “oltin meros”ga aylanib borayotgan urf-odatlar va ularning bag‘rida sayqal topib, milliy qadriyat sifatida barqarorlashgan yuksak badiiy ijod, klassik musiqa namunalaridir.
Boshqacha aytganda, mutaorifiylik (ruschada traditsiya, endilikda Yevropada bu о‘rinda urf-odatlarga sadoqat ma’nosidagi conservation, lug‘aviy ma’nosi “saqlash” iborasi qо‘llaniladi), ya’ni о‘z-о‘zidan quvvat olib, oldinga intilib boradigan va uzluksiz kechadigan urf-odatlar oqimi. Darvoqe konservatoriya iborasi xam shundan kelib chiqadi Uning qa’rida о‘tmish va bugungi kun musiqiy odatlari bir butunlikda о‘tadigan uzluksiz jarayon tarzida mujassamlashadi.
1918 yilda Toshkentda ikkita konsrvatoriya tashkil qilingan edi. Bari milliy oqimdagi Eski shaxar konservatoriyasi, ikkinchisi Yevropa yо‘nalishidagi Vokzal oldi konservatoriyasi deb yuritilgan. 1921 yilda Buxoroda ochilgan mazmunan о‘xshash о‘quv muassasi, urf-odatlarga muvofiq Sharq musiqa maktabi deyilgan. Demak, gap ularning konsevatoriya yoki musiqa maktabi deb nomlanishida emas. Zero, bu ta’lim muassasalarining mazmun moxiyatida.
Kuy izmini nota matni shaklida yozish va barqaror qonun-qoidalarini ilmiy tushuncha, atama va nazariyalar sifatida ifodalash ushbu jonli jarayonning yonidagi yordamchi vositadir. Barqaror kuy va ashulalar sifatidagi musiqiy asarlarning tarxini (chizmasini, sudurini) matn tarzida tasavvur etish imkoniyatini beruvchi mukammal nota yozuvining ilk namunasi esa, bizda “tanbur chizg‘ilari” shaklida XIX asrning sо‘ngi choragida joriy etila boshlandi. Bu xam Farobiy va Fitratlarning ilmiy asarlari kabi, о‘zbek klassik musiqasining taraqqiyot yо‘lidagi yana bir jaxonshumul va benazir yutug‘idir.



Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə