Xonandalik san’atida ustoz-shogird an’analari. Mundarija: i-bob. An’anaviy xonandalik ijrochiligining kelib chiqish tarixi



Yüklə 2,99 Mb.
səhifə3/8
tarix23.06.2023
ölçüsü2,99 Mb.
#118710
1   2   3   4   5   6   7   8
XONANDALIK SAN’ATIDA USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI.

Kurs ishning tarkibiy qismi: Kirish, ikki bob, to’rt paragraf, xulosa, foydalanilgan adaboyotlar va ilovalar ro’yhatidan iborat.
I-BOB. AN’ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGINING KELIB CHIQISH TARIXI.
1.1. An’anaviy xonandalik.
An’anaviy musiqamiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, musiqa madaniyatimiz uzoq tarix bilan bog’langanligini ko’ramiz. X – XII asrlarda O’rta Osiyo musiqiy madaniyatida o’zgarishlar davri bo’lganligi manbalarda ko’rsatib 1 Begmatov Soibjon “Xofizlik san’ati” o’quv uslubiy qo’llanma “Musiqa” nashriyoti
o’tiladi. Lekin XV – XVII asrlarda ijod qilgan sozandalar, xofizlar va bastakorlarning nomlari va ularning ijodiy faoliyatlari xaqida juda kam ma’lumotlar saqlanib qolgan. VII – X asrlarda esa turli ma’rosim va mexnat mavzulari uzoq o’tmishdan bastakorlar ijodiyotida ustuvor o’rin egallab kelgan. Markaziy Osiyolik mashxur xonanda, sozanda va bastakor Borbad Marvaziyning ijodi xam bunga misol bo’la oladi. Zero, u o’z faoliyatini dastlab xalq orasida o’tkazib, muayyan urf – odatlar, ba’zi rivoyatlar va xatto yaxlit yil taqvimi tizimi bilan bog’liq mavzularni o’z asarlarida aks ettirgan. Eron shohi Xusrav II xam Parviz saroyida xizmat qilgan yillari esa, bastakorlik tarixidagi ilk ko’p qismli “Xusravoniy”2 turkumini yaratdi. Xusrav II bu turkumni yaratishi oqibatida bastakorlik ijodining yanada xam rivojlanishiga keng yo’l ochib berdi. Isxoq Mavsiliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa yozuvini ixtiro etishgan. Urmaviy esa ushbu yozuvni parda tizimiga moslashtirgan. Ayni shu davrda Markaziy Osiyaning qator voxalaridan Ramtin, Nakiso Changiy, Sarkash, ayollardan Ozodvor Changiy kabi Sharqda tan olingan bastakorlar yetishib chiqqan. Ota – bobolari Buxoro, Samarqand va boshqa shaxarlardan bo’lgan Ibn Surayj singari san’atkorlar xam Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida tanilgan. Demak, musiqa folklori, mumtoz musiqa, bastakorlik ijodiyati an’analari zaminida arablar istilosiga qadar shakllangan edi. Tabiiyki, asosan bastakorlik san’ati taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan va bularga o’xshash murakkab shaklli asarlarda davr xaroratigina emas, balki o’nlab ijodkorlar tafakkuri, dunyoqarashlari va badiiy umumlashmalari o’z aksini topgan. Shuning uchundir-ki, XVI – XVII asrlarga oid manbalar, xususan Boburning “Boburnoma”, Darvishali Changiyning “Tuxfat us-surur” musiqa risolasida bastakorlar ijodiga, ular yaratgan yuzlab asarlar ta’rifiga katta o’rin ajratilgan. Shu bilan birga badiiy adabiyotda xam noma, bayoz, munozara kabi janrlar vositasida nazmiy – musiqiy tafakkur uyg’unlashishi namunalarini uchratish mumkin. Musiqa san’ati axliga xomiylik bobida Temuriylar an’anasini Nodirabegim, Muxammad Raximxon Soniy, Amir Olimxonlar taxtda o’tirgan yillari davom ettirishdi. 3 An’anviy qo’shiq ijrochiligining tarixida yana ko’rishimiz mumkinki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o’lkamizda bu muqaddas san’atning butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvohi bo’lamiz. Ota Jalol Nosirov, Ota G’iyos Abdulg’ani, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Xalim Ibodov, Levi Boboxonov, Sodirxon xofiz Bobosharifov, Zoxidxon xofiz, Madali xofiz, Mulla To’ychi Toshmuhammedov, Matyoqub Xarratov singari zabardast xofizlar shular jumlasidandir. O’tmishda nota rivojlanmagan bo’lib, Ovrupa musiqa terminlari 2 “Xusravoniy” – bu ko’p qismli turkum asar. Bu asarni Xusrav II Eron shohi Parviz saroyida xizmat qilgan davrida yaratgan. 3 Farg’ona davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti “Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi Ulug’bek Rahmonov “O’zbek musiqa adabiyoti” fanidan o’quv qo’llanma o’rnida xofizlarimiz ovoz maromiga qarab “Gulligi”, “Binnigi”, “Shikami”, “Xonaqoxiy” deb atalmish nafas olish, chiqarish va ijro yo’llaridan foydalanishgan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib an’anaviy qo’shiqchiligimiz guldastasi navbatdagi avlod qo’liga o’tdi. Ulardan Orif xoji Alimaxsumov, Ochilxon Otaxonov, Orifxon Xotamov, Muxammadjon Karimov, Odiljon Yusupov, Fattoxxon Mamadaliyev, Tavakkal Qodirov, Murodjon Axmedov, Ro’zimat Jumaniyozov, Rasulqori Mamadaliyev, Faxriddin Umarov, Tolibjon Badinov, Quvondiq Iskandarov, Eson Lutfullayev, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Xamdamov, Tojiddin Murodov, Kamoliddin Raximov, Qobiljon Yusupov singari mashxur xofizlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.4 Bundan tashqari buyuk istiqlolimiz sharofati tufayli an’anaviy qo’shiqchilik san’atimiz rivoj topayotgan davrda ulug’ ustozlarimiz Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Komiljon Otaniyozov, Fattoxxon Mamadaliyev, Odiljon Yusupov, Tavakkal Qodirov, Otajon Xudoyshukurov, nomlari bilan o’tkazilayotgan respuplikalar va vohalar yosh xonandalari ko’rik tanlovlari, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa anjumanida xofiz va xonandalarimizning erishayotgan muvaffaqiyotlari, vatanimizni madx etuvchi qo’shiqlar ko’rik tanlovlarining xar yili an’anaviy tarzda o’tkazilishi qo’shiqchilik san’atimizning rivojlanishida muxim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda ustozlar an’anasini davom ettirishib, qator yosh san’atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Ular ustozlar maktabiga suyangan xolda o’zlariga xos ijro yo’llari va uslublari bilan qo’shiqchilik xazinasiga sezilarli xissa qo’shmoqdalar. Mana shunday ustozlar san’atini davom ettirib, ularning san’atini xozirgi yosh avlodga yetkizib kelgan, xatto xozirgi yoshlarimizga o’rgatib kelayotgan, moxir sozanda va xonanda, bastakor hamda O’zbekiston xalq artisti, professor Sultonali Mannopov xam bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Sultonali Mannopov o’z faoliyati davomida ustozi Tavakkal Qodirovdan o’rgangan ilmlarni, xamda asarlarni o’zidan keyin o’sib kelayotgan yosh avlodga o’rgatib kelmoqda. Sultonali Mannopovni ijodi dasturida “Ushshoq”, “Bayot”, “Qalandar”, “Abduraxmonbegi” kabi mumtoz ashula turkumlari, “Bog’aro” “Kirib bo’stonni kezdim” kabi katta ashulalar, “Ul kun jonon”, “Ul parivash” va boshqa shu singari yallalar, zamonaviy bastakorlar yaratgan A.Ismoilovning “Gulzorga qarasam”, K.Soliyevning “Vatanni sevmoq iymondandur” kabi qo’shiqlari xamda o’zi bastalagan “Qalandar ishqi”, “Vodiy taronasi”, “O’zbekistonim”, “Kelsa sanamim” va boshqa shunga o’xshash asarlari o’rin olgan. Bundan tashqari Sultonali Mannopovni o’zbek musiqasi mazuidagi ilmiy ommabop hamda badiiy risolalar mavjud. Bulardan “An’anaviy qo’shiq ijrosi”, “Tavakkal Qodirov”, “So’nmas Sultonali Mannopov “Navobaxsh oxanglar” singari to’plamlari ko’plab yosh avlod uchun xizmat qilib kelmoqda. 5 Sultonali Mannopov hozirda O’zbekiston Bastakorlar uyushmasi a’zosi, hamda Farg’ona davlat universitetida “Musiqa ta’limi” kafedrasi mudiri, professor kabi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Yana uni mohir dirijor, musiqashunos olim, yetuk sozanda va bastakor desak, mubolag’ada bo’lmaydi. Sultonali Mannopov o’zbek musiqa san’atini, jumladan, Farg’ona – Toshkent ijrochilik namoyondalari – Yunus Rajabiy, To’xtasin Jalilov, Muxtorjon Murtazoyev, Erka qori Karimov, Mamatbuva Sattorov, Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Rasulqori Mamadaliyev, Tavakkal Qodirov, Fattoxxon Mamadaliyev singari ustozlar an’analariga suyangan xolda, ular ijodini ilmiy asoslab, o’ndan ortiq risolalar yaratdi. Uning “O’zbek xalq musiqa madaniyati”, “O’zbek madaniyati va san’at tarixi” singari o’quv qo’llanmalari, xamda “So’nmas navolar”, “Qo’shiq olami yulduzlari”, “O’zbekiston bulbuli” singari monografiyalari buning yorqin isbotidir. Shuningdek, Sultonali Mannopov ustoz san’atkor Tavakkal Qodirov ijrochilik maktabini ilmiy tahlil etib, uning xayoti xamda ijodi xaqida xam kitoblar va qator maqolalar e’lon qildi.
Bugungi kunda O’zbekistonda zavq bilan tinglanayotgan, maroq bilan aytilayotgan ashula, yalla, katta ashula, doston, cholg’u kuylari va maqomlar o’zbek mumtoz musiqasining etuk janrlari hisoblanadi. Xalqimiz va uning namoyandalari yaratgan ana shu ma’naviy boyliklarimiz butun o’zbek xalqi madaniy merosi, qadriyatlarining tarkibiy qismidir. Manbalarga ko’ra, professional (ustozona) san’at bizning hududlarimizda milodning birinchi asrlarida yuzaga kelgan va rivojlangan. Mumtoz musiqa xalq musiqa ijodi namunalari negizida va ijrochilik madaniyatining rivoji, keyinchalik Sharq mumtoz she’riyati shakllanishi asosida tashkil topgan. Mumtoz musiqa deganda o’zbek xalqiga mansub, uning yetuk sozanda-bastakorlari tomonidan asrlar davomida yaratilgan musiqa san’ati namunalari (aytim-ashula va cholg’u musiqalari) ko’zda tutiladi. Ushbu musiqa boshqa musiqa ijodiyoti namunalaridan bir necha o’ziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi:
1. Og’zaki tarzlilik — mumtoz musiqa xalq tomonidan asrlar davomida yaratilib, og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga o’tib kelgan ijod mahsulidir. Ma’lumki, qadim zamonlarda ilk bor yuzaga kelgan folklor va mumtoz asarlar omma (xalq) tomonidan ijod qilingan va ijro etilgan. O’rta asrlarda esa iste’dodli (yetuk) sozanda, xonanda va bastakorlar tomonidan yaratilgan. Og’zaki an’anadagi mualliflik ijodi, ommaviy ijod singari, xalq hayoti va uning turli tomonlarini to’g’ri, aniq, badiiy jihatdan mukammal ifoda etishi, xalq didi va talabiga mos tusha olishi tufayli uzoq yashaydi. Demak, mumtoz musiqaning yaratilishi va tarqalishi jonli og’zaki an’ana bilan bog’liqdir.
2. An’anaviylik — mumtoz musiqa namunalari an’ana sifatida saqlanib, rivojlanib kelmoqda. An’ana deganda uzoq vaqt davomida xalq tajribasidan o’tib, odat tusiga kirgan tadbir yoki xususiyat tushuniladi. An’anaviylik asarlarning og’zaki tarzda yaratilishi, ijro etilishi va tarqalishida; asarlarning matnida (kuy va she’r), ijro uslublarida namoyon bo’ladi. Mumtoz asarlarning musiqiy- poetik matni janrlarga ko’ra uzoq muddat davomida doimiy ravishda takrorlanib turadigan qismlarga ega (tasvir vositalari, parchalar, obrazlar tasvirida namoyon bo’ladi). Ijro etishda (ma’lum uslublarning saqlanishida) ham an’anaviylik mavjuddir. 3. Professionallik — mumtoz musiqa asarlari yaratilishi va ijro etilishi professional sifatlar (keng diapazonli ovoz sohibi, mohir sozanda, musiqa va she’riyat qonuniyatlarini bilish va ularga rioya qilish, ma’lum voha va ijrochilik maktabi an’analariga bo’ysunish) ga va mahoratga ega bo’lishdir. Ushbu musiqa namunalari o’ziga xos ijod va ijro jihatlari tufayli professionallikni talab etadi.
4. Mualliflik — mumtoz musiqa ijodiyoti yetuk sozanda va bastakor mahsulotidir, u individual-mualliflik (ma’lum shaxs tomonidan yaratilgan) ijodga kiradi. To’g’ri, aksariyat asarlarning mualliflari noma’lum, ammo ayrim asarlarning nomlari ijodkor va ijrochining ismlari bilan yuritilgan, masalan, Abdurahmonbegi, Karimqulbegi, Ashkullo saqili, Sodirxon Hofiz Ushshog’i, Hoji Abdulaziz Ushshog’i va h.k. Ushbu asarlar o’zining kuy rivoji, shakl murakkabligi va ijro usullari mukammalligi bilan ajralib turadi. Ular «ustoz-shogird» ta’limotini o’tgan yetuk sozanda, xonanda, baxshi, shoir, katta ashulachi va maqomchilar tomonidan ijro etiladi. San’atkorlar xalqning orzu va umidlarini, sevinch va hayratlarini, quvonch va qayg’ularini, jamiki insoniy qalb ehtiyojlarini yuksak musiqiy idrok bilan tasvirlab berib, kishilarga hamisha ruhiy- ma’naviy ozuqa berishgan. Ular mumtoz musiqa orqali nafosat va ezgulik olamiga tinglovchini oshno qilish istagida bo’lib, o’lmas qadriyatlar bilan hamisha bahramand etib kelganlar.
5. Lokallik — mumtoz musiqa namunalari mahalliy ijro uslubiga egadir, shu tufayli Buxoro «Shashmaqomi», «Xorazm maqomlari» turkumi, Farg’onaToshkent maqomlari yoki katta ashula janri faqatgina Farg’ona vodiysida shakllangan, rivojlangan va tarqalgan yoki dostonchilik san’ati Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm ijro uslublari va an’analariga bo’linadi; ularning har biri o’z mavqei, mazmuni, kuy tuzilishi va rivoji, ijrochilik uslublari bilan bir-biridan farq qiladi. O’zbek musiqasida hozirga qadar ko’lami jihatidan 10 birmuncha kengligi, tarixan qadimiyligi, ijro xususiyatlari bo’yicha benazir, betakrorligi bilan asosan to’rtta mahalliy uslub tavsiflari alohida ajratilgan bo’lib, ularning har biri muayyan voha nomi bilan, ya’ni Farg’ona-Toshkent, BuxoroSamarqand, Qashqadaryo-Surxondaryo va Xorazm lokal (mahalliy) uslublari deb yuritiladi. Har biri jug’rofiy va madaniy muhiti, tarixan aholining turmush tarzi, musiqiy shevasi, musiqa janrlari va cholg’ularining tarqalishi hamda ijro uslublari bilan ajralib turadi. Har bir hudud yoki vohaning o’ziga xos mahalliy ijrochilik maktablari an’analarini saqlanib, rivojlanishida namoyandalarning xizmati katta bo’lgan. Mumtoz musiqa ijrochiligi sohasida san’atkorlar «ustoz-shogird»chilik an’anasini yuzaga keltirib, uni qadimdan bevosita qo’llagan holda faoliyat ko’rsatib kelishgan. Ular Markaziy Osiyoning turli vohalaridagi taniqli xonanda, sozanda va bastakorlar bilan o’zaro yaqin aloqalarda bo’lishgan.



Yüklə 2,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə