Xonandalik san’atida ustoz-shogird an’analari. Mundarija: i-bob. An’anaviy xonandalik ijrochiligining kelib chiqish tarixi


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 2,99 Mb.
səhifə2/8
tarix23.06.2023
ölçüsü2,99 Mb.
#118710
1   2   3   4   5   6   7   8
XONANDALIK SAN’ATIDA USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI.

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:
Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi bo'lgan musiqiy nafosat tarbiyasi masalalarini muvaffaqiyatli hal qilishga katta ahamiyat berishmoqda. Shuningdek, milliy qadriyatlarimizdan bo’lgan ustoz-shogird an’analarini tatbiq etib, yoshlarni san’antga qiziqtirish bilan birga estetik ta’lim tarbiyasini shakillantirish ko’zdatutilgan. Mustaqil O'zbekistonimizda ta'lim borasidagi islohotlar tobora keng quloch yoymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, jumladan, yosh avlod ta'lim-tarbiyasida ham keskin o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Ma'naviyatimizni uchinchi renessans davrida qayta tiklash, yanada boyitish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy kamoloti yosh avlodning sa'y – harakatlariga bog'liq ekanligi hammaga ma'lumdir. O'sib kelayotgan yosh avlod va ularning kelajagini ta'lim-tarbiyada jiddiy e'tibor berish asosida to'g'ri yo'naltirish mumkin. Yoshlarimizning ta'lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o'qituvchi-tarbiyachi va murabbiylarning vatan oldidagi muqaddas burchidir. Olib borilayotgan islohotlarning vazifasi respublikamizda o'sib kelayotgan yosh avlodning orzu-istaklariga monand ta'lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to'g'ri hal etishga qaratilgandir.
Kurs ishi mavzumizning aynan dolzarbligini stoz shogird an’analarini tarixi, ahamiyati va o’quvchilarni musiqaga muhabbat ruhida tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari orqali ochib berish maqsad qilib olindi.
Kurs ishining maqsadi: Ustoz shogird an’analarini yosh avlodga singdirish hamda ularni musiqaga muhabbat ruhida tarbiyalash yuzasidan ilmiy ishlarni o’rganish va uni tajribada sinab ko’rish va amaliyotga tatbiq etish.
Kurs ishning vazifalari:
1. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlardan, ilmiy tadqiqot materiallaridan, dastur, darslik va ishlanmalardan foydalanish
2. Tajribali o'qituvchilarni, olimlarning ish tajribalarini o'rganish.
3. Buyuk, san’at namoyondalari, bastakorlar yozgan asarlari, bildirgan fikrlari, olimlarning ilmiy tadqiqot ishlaridan foydalanish.
4. O’quvchilarni musiqaga qiziqishlarini oshirish orqali ularning tafakkurini, dunyoqarashini rivojlantirish.

Yüklə 2,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə