Xonandalik san’atida ustoz-shogird an’analari. Mundarija: i-bob. An’anaviy xonandalik ijrochiligining kelib chiqish tarixi


O’ZBEKISTONDA USTOZ SHOGIRD AN’ANALARINING KELIB CHIQISH TARIXI



Yüklə 2,99 Mb.
səhifə4/8
tarix23.06.2023
ölçüsü2,99 Mb.
#118710
1   2   3   4   5   6   7   8
XONANDALIK SAN’ATIDA USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI.

1.2. O’ZBEKISTONDA USTOZ SHOGIRD AN’ANALARINING KELIB CHIQISH TARIXI.


Ustoz-shogird an’analari eng qadimgi davrlardan mavjud bo’lib, ularni mazmunmohiyati yillar o’tishi, jamiyat ijtimoiy informatsiyalarining o’zgarishi asosida o’zgarib davr talablariga moslashtirib boriladi. Akademik S. Rajabov tahriri ostida chop etilgan "Pedagogika" kitobida ta’kidlanishicha, ibtidoiy jamoa davridayoq mehnat taqsimoti erkak va ayollar o’rtasida yuz bergan bo’lib, bolalar kattalardan ibrat olib ulg’aygan. Xususan erkaklar o’g’il bolalarni o’zlari bilan ovga olib chiqqanlar. Ular oilaga yegulik masalliq topib kelishda bolalik davridan boshlab ishtirok etib kelganlar. O’z qabilalarini turli dushmanlardan asrash, yovga qarshi kurash ham asosan yigitlar va yoshi katta erkaklar, o’g’il bolalar zimmasiga yuklatilgan. Qiz bolalar esa asosan onalari panohida o’sib ulg’ayganlar. Ular onalari kabi oilada erkaklar ovdan keltirgan masalliqlardan oila azolariga taom tayorlash bilan mashg’ul bo’lganlar. Shuningdek, ular bolaligidan taomga yaroqlik o’tlardan yig’ib kelish, kasal yoki jarohatlangan erkaklarni davolash bilan shug’ullanganlar. Ibtidoiy jamoa davri qachon boshlanganligi hali fanga malum bo’lmay, u eramizdan avvalgi bir necha yuz yilliklarni o’z ichiga olganligi taxmin qilinadi. 1 S. Rajabov “Pedagogika”, Eramizdan avvalgi bir necha o’n asrliklar davrida yozilib bizgacha qoldirilgan yagona kitob "Avesto"da qadimgi Movaraunnahrdagi hayot tarzi, mintaqamizdagi talim-tarbiya yani ustozshogirdlik ananalari juda qadimda rivoj topib kelganligidan dalolat beradi.2 "Avesto"da bayon qilinishicha , "otga suvliq solish", "otni egarlash" odatlari qadimda malum bo’lib, o’smirlik davridanoq o'rgatib borilgan. Unda takidlanishicha, xayot uchun zarur bo’lgan barcha odatlar ota-onalar yoki maxsus kishilar tomonidan o’rgatib borilgan. Barcha xunar va kasblar o’quvli kishilar tomonidan o’rgatilgan. Chorvachilik bilan shug’ullangan qabilalarda o'g’il bolalarga ko’proq qoy va mollarni boqib kelish malakalari singdirilgan bo’lsa, qiz bolalar charx va urchuqlarda yung yigirib ip qilish va ulardan liboslar to’qish kasbi o’rgatilgan. O’g’il bolalar uchun oilalarni va qabilalarni turli yirtqichlardan va yovuzlardan himoya qilish uchun o’ttiz ikki hil harbiy hujum bilimlari shart bo„lgan va ular bu sohada orttirgan malakalari bo„yicha imtihon topshirganlar. Qizlar 15 yoshda, o’g’il bolalar esa 17 yoshida "magomzadan" va "Zan zadan" imtihonlaridan o’tkazilganlar. Imtihonni topshira olgan qizlarga "kad bonu" yani uy bekasi, o’g’il bolalarga "kad xudo" yani uy xojasi xuquqi berilgan. Alohida iqtidorli bo’lgan yigitlar harbiy ishlar bilan shug’ullanganlar. Ajdodlarimiz hunarmandlik sohasida ham ustoz-shogird an’analaridan foydalanganligi shu davrda yasalgan 50 dan ortiq harbiy anjomlarning mavjud bo’lganligi guvohlik beradi. Zardushtiylik dini paydo bo’lgandan so’ng esa ibodatxonalar - otashkidalar huzurida podsholik tomonidan maktab va madrasalar tashkil qilinib ularda matematika, astronomiya, tib bilimlari, tarih, huquq, gigiyena, huquqshunoslik kabi fanlar bo„yicha talim berilgan. Shuni alohida takidlash lozimki qadimda musiqa - matematika fanlari qatorida kiritilgan. "Avesto"da yaxshi ustozlar haqida aniq va boy malumotlar berilgan. Adabiyotshunos olim H. Hakimov bu masalaga keng to’htalib, ustoz-shogird ananalariga alohida tahlil berib o’tgan. "Yaxshi ustozlar" sog’lom aql-hushli farzandlarni, elni balo-qazolardan himoya eta oladigan o’g’lonlarni, yaxshi hayot, porloq kelajakni ravshan ko’z bilan ko’ra oladigan avlodni tarbiyalaydi. U yoshlar qalbida o’z dini, xalqi, yurtiga mehr uyg’otadi, ularni halol mehnat evaziga rizqu-ro’z topib yashashga o’rgatadi, do’stligu-hamkorlik, hamjihatligu-hushravonlik, odamlarga faqat yaxshilik istash eng ezgu g’oyalardandir. O’quvchilarga donishmandlik ustozlardan yuqadi, yodgorlik bo’lib qoladi. Shuning uchun ham ustozlarni "Shahar-u qishloqlarda, butun mamlakatda ma‟naviyatdan talim beradigan, ota yo„lini tutganlari tufayli xonadonlariga yangi anjomlarni olib kiradigan, xalq ardog’iga sohib bo’lgan toifalar sifatida olqishlaymiz". Tangri g’aflatdan yiroq, uyquni o’ziga "xarom" biladigan, Zardusht ongini o’ziga singdirgan ustozlarni yoqtiradi, chunki ular o’z donoligi, hunarmangligi bilan Yazdonga yaqin kishilar hisoblanadilar, uning qalbini haqiqat nuri bilan yoritadi. Har bir mazdoparast kishilarni rost yo’lga boshlashi, yaxshilik yo„lida rahnamolik qilmog’i, yoshlar qalbiga xayotga muhabbatni singdirishi lozim. "Qo’shiq" haqidagi so’z birinchi bor ilmiy manba sifatida "Avesto"da ishlatiladi. Demak, kuy qo’shiq "Avesto"gacha bo’lgan davrda ham mavjud bo’lgan va u xalqning xursandchilik kunlarida foydalanilgan. "Avesto"da yaxshi va yomon ustozlarga tarif berilar ekan bu o’z navbatida musiqa va ashula o’rgatuvchi, musiqadan talim beruvchi ustozlarga ham bevosita bog’liq ekanligini his etamiz. "Avesto"da yaxshi ustozlar bilan bir qatorda yomon ustozlar ham bo’lishi va u elga naf keltirish o„rniga yoshlar ongiga yomonlik urug„ini sepishlari haqida izoh berib o„tiladi. "Yomon ustoz, - deb yoziladi "Avesto"da, - hayot chirog’ini so’ndiradi. Ular johillarni buyuk qilib, eng mo„tabar ayol-u erkaklarni tangri yo’lidan qaytaradilar. Ular o’z nodonliklari bilan xalqni eng yaxshi hislatlaridan yuz o„giradilar, jahon xalqlari hayotini yolg’on gaplar bilan parishon qiladilar". Asarda ustozning o„quvchi oldidagi burchi va shogirdning ustoz oldidagi majburiyatlari haqida batafsil fikr beriladi. Bu ananalar musiqa bo’yicha yakka dars olib boradigan o„qituvchilarga bevosita bog’liq ekanligini unutmagan holda ular o’z bilimini oshirishi, shogirdlarga bilim olishning to’g’ri yo’lini ko’rsatib bera olishga alohida etibor berishlari lozimligi taqozo etiladi. Ta’limga oid muhim g„oyalarni ilgari surgan mutafakkirlar: Abu Nasr Farobiy (873-952) - "Fozil odamlar shahri" , "Aql ma‟nolari xaqida risola", “Kitobi axloq”, “Namunali o„qish xaqida” kabi asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradi: quvvat, fikriy quvvat kabilar inson mohiyatini belgilab beruvchi muhim omil ekanligi; 3aqliy tarbiyani ilmiy nazariy psixologik asoslab, aql bir tomondan ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan tashqi ta’sir ta’lim-tarbining natijasi ekanligi; ta’lim-tarbiya jarayonida individual yondashishning mazmuni va mohiyati; o’qituvchining kasbiy-shaxsiy xususiyatlariga qo’yiladigan talablar. Farobiy ustoz qiyofasida quyidagi fazilatlar mujassam bo„lmog„i lozim deb hisoblaydi: o’tkir va uzoqni ko’ra oladigan aql sohibi; o’z bilimlarini o’quvchilarga bera olishi va bu faoliyat hamrohi bo’lgan mashaqqatli mehnatdan xormasligi va tolmasligi; haqiqat va unga intiluvchilarni sevishi; yolg’on va uni shior qilib olganlardan g’azablanishi; mag„rur ruhga ega bo’lishi va o’z sha’nini yuksak tutishi; o’z shogirdlariga adolatli munosabatda bo’lishi; qo’yilgan maqsadga erishishda qat’iylik ko’rsata olishi va boshqalar. Abu Layz Samarqandiy (917-1003) – “Bo’stonul-orifiyn” (Oriflar bo’stoni), “Tanbexul orifiyn” (G’aflatdan uyg’otish) asarlarida talimning diniy va dunyoviy ahamiyati va shogirdda bilim egallashga rag„bat uyg„otish va uni kuchaytirish, ilm o„rganish usullari: eshitganlarini yozib olish, munozara, shogird odobiga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqdi. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) - “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “Kitob as-Saydona” kabi asarlarida: o’qitishda yodlashtish emas, balki tushunish, mantiqiy fikrlash, hulosalar chiqarish yo’liga amal qilish ta’lim jarayonida o„quvchining qiziqishi va intilishini hisobga olish va xushmuomalalikning zarurligi: o’qitishda turli usullarning rang-barangligiga amal qilish; ta’limning dunyoviylik xarakterini hisobga olish; ilmiy bilishda kuzatish va tajriba natijalarini tekshirish, tahlil etish, umumlashtirish va qayta tajribadan o„tkazish kabilarga aloxida e‟tibor qaratish; amaliyotgina bilimlarning ahamiyatliligini ta‟minlashi; bilimlar mohiyatini ongli o’zlashtirish kabi g’oyalarni ilgari suradi. Ibn Sino (980-1037) – “Risolatut tayr” (Qush risolasi) “Donishnoma” asarida quyidagi g’oyalarni ilgari suradi: aqliy tafakkur va uning xissiy bilishdan farqi; aqliy tafakkurning afzalligi; tafakkur yuritishda irodaning ahamiyati; ta’limda nazariya va amaliyot birligi, ilmiylik, ta’limda muayyan tamoyillarga tayanish, ilmiy ma’ruzada dalillash, isbotlash, xulosalash, qiyoslash kabi usullarni qo’llash. Amir Unsurulmaoliy Kaykovusning farzand tarbiyasiga bag„ishlangan «Qobusnoma» risolasining o’ttiz oltinchi – «Hofiz va sozandalik zikrida» nomli bobida bayon etilishicha, musiqa ilmining ustodlari ushbu muallif yashagan davrda xalqning har bir tabaqasi tabiatiga mos ravishda kuylar tuzishgan ekan. Bunday tabaqalardan biri esa yosh bolalar va nozikta’b kishilar, ya’ni ayollar bo’lishgan. «Bu qavm uchun – deb uqtiriladi asarda, – taronani ishlab chiqdilar, toki bu qavm ham bahra olsinlar, rohat qilsinlar. Chunki hamma vaznlarning orasida taronadin yoqimli vazn yo’qdur». Allomalarimiz ustoz odobining sakkiz shartini sanab o’tganlar. Birinchidan, o’quvchilarga nisbatan shafqatli bo’lishi va ularga o’z bolalari kabi muomalada bo’lishi; ikkinchidan, ustoz ilm o’rgatish va tarbiya berish uchun haq talab etmaslik; uchinchidan, o’quvchiga qilinishi lozim bo’lgan nasihatlardan hech birini qoldirmasligi; to’rtinchidan, ta’lim san’atining nozik jihatlaridan biri, muallim o’quvchining yomon axloqini oshkora emas, balki imkoni boricha o’ziga ko’rsatish yo’li bilan tuzatishi; beshinchidan, ilmlardan ba‟zilarini o’rganayotgan o’quvchiga boshqa ilmlarni yomon ko’rsatmasligi; oltinchidan, o’quvchiga ilmni fahm-farosati va qobiliyatining ko’tarishiga qarab o’rgatishi; yettinchidan, zehni past o„quvchiga o’ziga xos bo’lgan ilmlarni o’rgatishi va sakkizinchidan, ustoz o’z ilmiga amal qilishi lozimligiga urg’u berilgan. O’z kasbining mohir ustalari bo’lgan hofiz, sozanda va bastakorlar ijodi tufayli maqom dildagi niyat, amalga oshishi mumkin bo„lgan mavhum musiqiy g’oyadan kuy yoki ashulalarga Beruniy “Tanlangan asarlar” aylanadi. Barhayot musiqiy an’analar har kanday faoliyat kabi uchta asosiy tamoyilga tayanadi: tinglovchi, ijrochi va yaratuvchi. Ana shu uchta tamoyil negizida musiqa san‟atining mushtarak jarayoni yuzaga keladi. Og’zaki an’analar sharoitida ijro bilan ijod faoliyatining chegaralarini belgilash qiyin. Chunki haqiqiy ijroning o’ziyok, ijod demakdir. Cholg’uchi yoki hofiz o’z hunarining siru asrorlarini o’zlashtirishda ma‟lum bir darajaga erishgandagina Ustoz degan nomu nishonga musharraf bo’ladi. Aynan shu chinakam ustoz sozandalar maqomni yuksak san‟at darajasiga ko’tarishga qodirlar. Ularning ijodiy shuhrati porloq yulduzlar kabi musiqa madaniyatini nurafshon etadi. Ana shunday yorqin yulduzlarning shu‟lalari klassik musiqa merosimizga turli uslublarining cheksiz qirralarini yoritib kelmoqda. O’zbekiston xalq xofizi Mahmudjon Tojiboyev ham mana shunday yorqin yulduzlardan biri bo’lib, u xaqiqiy ustoz maqomiga ega bo’lgan bilimdon maqomdon edi. Uning ustoz sifatida o’zbek maqomlarining tiklanishiga, rivojlanishiga va amaliyotda joriy etilishiga qo’shgan xissasi juda katta bo’lgan. Sharq mafkurasida qadim zamonlardanoq musiqaning ijro va ijod jixatlari bir butun uzviy holda ko„rilgan. Sozanda mahorat yo„lida ma‟lum yutuklarni ko„lga kiritganda erkinlik kashf etib, o„z ijodiy qiyofasini belgilay boshlaydi. Ana shunday yuksak cho„qqiga yetgandagina, ijod qirralarining qay biri o„ziniki va qay biri o„zganiki ekanini ajratish juda qiyin. Shuning uchun ustoz sozandaning o„zidan qo„shgani asrlar osha kelayotgan barqaror an‟analarni inkor etmaydi. Aksincha, uning ijodiy hissasi tabiiy ravishda umumiy merosga qo„shilib ketadi. Buyuk faylasuf va musiqiyshunos olim Abu Nasr Forobiy musiqiy iqtidorni uch bosqichga ajratadi: G„ariza (tabiiy kuch, instinkt), his va aql. Rariza – insondagi sozga bo„lgan moyillik, uning kuy eshitish, chalish yoki aytish qobiliyati. Xis etish (intuitsiya) – kuyni ruhiy holat sifatida o„zlashtirish10. Masalan, sozanda kuy chalayotganda qaysi parda, qaysi ohang ekanligini o„ylab o„tirmaydi. Kuy sozanda qalbida pishib yetiladi va undan keyin ma‟lum tovushlar sifatida ijro etiladi. Aql (intellekt) darajasi shundan iboratki, unga erishgan sozanda kim uchun qanday kuy chalayotganligini, uning tuzilishini, g„oyasini, shakl va mazmunini idroklashga qodir bo„ladi. Ana shu yuksak kamolot bosqichida sozanda ongli ravishda tushunib yetib kuy yaratishga erishadi. Shuning uchun ham Forobiy kuyni idroklash va yaratish iktidorini musiqa ilmining eng mukammal bosqichi deb qaragan. Muomalada esa sozandalik hunarining ana shunday yuqori darajasi “ustoz” degan faxriy daraja bilan belgilanadi. Mazkur uyg„un tushunchaning shartli ravishda ikki: ma‟naviy xamda amaliy jihalarini kuzatish mumkin. Ma‟naviy tarafdan ustoz har bir xunarning e‟tiqod ramzi, uni mukddaas tutib inson kasb - koridan baraka topib, yuqori martabaga erishmog„i. Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug„” degan nakl bor. Har bir namozda salovot o„qilganda, avval payg„ambarlarga (Odam Atodan Muxammad sallalloxu a‟layhi vasallamgacha) so„ngra ustozlar va undan keyingina ota-onalar haqiga duo qilinadi. Amaliy nuqtai nazardan ustoz – muayyan ixtisos sohasining siru asrorlarini puxga egallagan va hunar o„zlashtirishni oliy darajaga yetkazgan komil inson. Masalan, musiqada ustoz – kuy chalib, o’zidan bir narsalar ko„shib, mahoratini nafis san’at maqomiga ko’targan sozanda. Ustoz tomonidan u muqadadas qobiliyat sifatida avaylab-asraladi. O’zlashtirilgan san‟at sirlarini faqat aziz farzandlar va eng sadoqatli shogirdlar bilan baham O. Matyoqubov “Maqomot”, ko„rish mumkin. Kasb-xunarning siru asrorlarini begona qilish yoki nomaqbul shogirdlarga ravo kurish gunoh hisoblangan. Xunarni oyoq osti qilish esa piri-arvohlar g’azabini uyg’otadi degan e’tiqod bo’lgan. Shuning uchun ham tarixiy tajribadan ma‟lum bo’ladiki, ustoz-shogird silsilasida oilaviy an’analar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Odatda, sozandalar oilasidan yetishib chiqqan, tashqaridan kelgan shogirdlar ishonchni oqlab, unga sadoqat bildirgandagina ustozlar ularga mehr qo’ya boshlaydi. Ana shu tariqa maqom ijrochilarining asrlar davomida shakllangan maktab va uslublari zaminida yangi oqimlar paydo bo’ladi. O’z navbatida bu yangiliklar ham silsilaga aylanib maqom an‟analarida vorisiylik rishtalari uzluksiz davom etib boraveradi. O’zbekiston xalq xofizi Mahmudjon Tojiboyev ustoz – shogirdlik borasida o„z uslubiga ega, ammo umumiy an‟analarga sodiq bo„lgan. Shogirdlarini ham ana shu an‟analargamos ravishda tarbiyalay olgan ustozdir. Buni uning bugungi kundagi faoliyat olib borayotgan va o„zlari ham shogirdlarni tarbiyalayotgan shogirdlari misolida ko„rishimiz mumkin. Sozandalar kamolot sari intilishida muqarrar uchta bosqichni bosib o„tadilar. Birinchisi, biron-bir yetuk san‟atkor, ustozning iziga ergashish, uning dasturi (kuy va ashulalari) va uslubini o„zlashtirish. Ikkinchisi, bilim va malakalarini kengaytirish, o„zga maktab vakillarining ijodidan bahramand bo„lish. Uchinchisi, erishgan bilim va tajribalar asosida o„z uslubini shakllantirish. Ana shu murakkab ijodiy jarayonda uz yo„lini topishda ustozning ahamiyati eng muhim tayanch bo„lib xizmat qiladi. Ustoz timsoli, uning xurmat va e‟tibori an‟analarning o’ziga xos iymoni va vijdoni vazifasini bajaradi. “Ustoz ko„rmagan shogird har maqomga yurg’alar”, degan makol bu hikmatni aniq va londa izhor etadi. Ko’pni ko„rgan ustozlarning aytishicha, kuy g„oyasi dilda paydo bo’ladi va uning mo’jizakor ruhi ham yurakda saqlanadi. Shuning uchun ham kuy sozandaning dilidan chiqib, tinglovchining qalbiga yetib boradi. Cholg„uchining qo„llari yoki hofizning ovozi – kuy ruhining xizmatkorlaridir. Ular faqat qalb amri bilan ichkaridagi tuyg’ularni tashqariga chiqarishi, sadolantirishi mumkin. Bu “xizmatkorlar” o’z xunarini qancha mahoratli, bilintirmasdan namoyish etsa (tashqariga chiqarsa), shuncha “sadoqatli” hisoblanadi. Kuyning ravon harakati sozandaning say‟-intilishlari va “mashaqqati" evaziga yuzaga keladi. Ammo tinglovchi oldida bu “mashaqqat” ko„rinmasligi kerak. Aks holda lazzatli soz jarayoni xushilhom emas, oddiy “mehnat”ga aylanib qoladi. Doimiy ijodiy izlanish – haqiqiy sozanda ruhiyatining asl tabiiy holati. Xattoki chinakam sozanda bir kuyni ikki marta bir xil chalmaydi. Unga bir kuyni takrorlab o„tirishning, umuman, hojati yo’q. Chunki ustozlarning dasturida bir kancha kuy takrorlanmasdan ijro etilishi mumkin bo’lgan boy zaxira mavjud. Bordi-yu, bir narsani qayta ijro etish hojati tug„ilib qolsa, sozanda uni avvalgidan boshqacharoq talqin etadi. Bor holatni takrorlamoq zerikarli va uning badiiy jozibasi xam past bo„ladi. Bu esa ustoz sha‟niga munosib narsa emas. Bunday cheksiz ijodiy izlanishni beboshlik deb xulosa chiqarish mumkinmi? Yo„q, albatta! Musiqiy g„oyaning talqinida erkinlik qay darajada bo„lmasin, uning asosida qatiy o„zak – asrlar davomida sozanda va tinglovchi muloqotida shakllangan qonun-qoidalar mavjud. Tajribali tinglovchining kulog„i, uning badiiy ongi beboshlikni erkin ijodiy badihadan, mahoratli san‟atkorning nozik ilhomini tajribasiz shogirdning qiliqlaridan darhol ajratib oladi. Shuning uchun ham uch tamoyil: yaratuvchi, ijrochi va eshituvchi uyg„unligida tinglovchiga alohida o’rin ajratiladi. Zero eshituvchi soz muhitini, kuy yoki ashula tinglash ehtiyojini belgilovchi va pirovardda sozandaga xolis baho beruvchi hisoblanadi. Malakali musiqa tinglovchilari, odatda, muxlis yoki shinavanda deyiladi. Bunda birinchisi – soz va musiqa san‟atiga havas kuygan muxlis. Shinavanda kuy va ashulani idroklaydigan, tushunadigan tinglovchi. Shinavanda (tushunuvchi) - musiqiy muhitda yuzaga kelgan maxsus atama. U musiqa haqida ma‟lum tushunchalarga ega bo„lgan va unga isbatan alohida ishqibozlik bildiruvchi xos muxlislikni nazarda tutadi. Tarixdan ma‟lumki, maqom san‟atining tulaqonli hayot kechirishida shinavandaning ahamiyati sozanda va xonanda shaxsiyatining o’zi kabi muhim va e’tiborlidir. Bizda maqom shinavandachiligining o’ziga xos an‟analari shakllangan. Bu san’atning taraqqiyotida muhim o„rin tuggan nafosatli soz majlislarining markazida aynan shu malakali shinavandalar turgan. O’zbekiston xalq xofizi Mahmudjon Tojiboyev shinavandalarga alohida ehtirom va xurmat ko„rsatar edi. Chunki, oddiy (avom) eshituvchiga qaraganda xos shinavanda jonli musiqa jarayonining bevosita ishtirokchisi bo„lib maydonga chiqadi. Kuy va ashulalarning bilimdoni sifatida shinavanda eshitayotgan asarni ichidan o„tkazib boradi va go„yo tovush chiqarmasdan o„zi ham qo’shilishib ijro etayotgandek bo„ladi. Mahmudjon Tojiboyev ijro jarayonida buni qalban his qilib, shogirdlarini ham tinglovchilar ruhiyatini his qilishga o„rgatar edi. Ustoz aytardiki: “.... shinavanda hamisha hofiz yoki sozanda bilan bir qatorda xayolan ijod jarayoniga qo„shiladi, kechirilayotgan his-tuyg’ularga sherik bo’ladi hamda kuyning har bir unsuri – vazni, ohangi, usuli va boshqa jihatlarini ongli ravishda nazorat qilib o’tiradi”. Shuning uchun haqiqiy shinavanda, sozanda yoki xofizning ijodiy ilhomidan, uning badihalaridan zavq olib, huzur qiladi. Ijrochining har bir ijodiy intilishi shinavandaga rohat baxsh etadi, aksincha, har qanday g„aliz chekinishi, barqaror konun- qoidalarga putur yetkazishi esa uning g’ashiga tegadi. E’tiborli tinglovchilar ijro etilayotgan asarning eng nozik tomonlarigacha kuzatib boradi va bundan xofiz yoki sozanda o„zini chinakam shinavandalar davrasida ekanligini yaxshi his qiladi. Xullas, xofiz yoki sozanda va shinavandaning ittifoqi (muloqoti), ijodiy ehtiyoj va ixtiyorning mutanosib holatga kelishi klassik musiqa san‟atining rivojlanishi uchun eng qulay sharoitdir. Eshituvchining hissiyotiga ta‟sir eta bilish, uning fikru hayolini qamrab olish va musiqiy holatga buysundirish xofiz yoki sozandaning bilim va mahorati, ma‟lum ruhiy qudratga erishganligidan dalolat beradi. Ana shunday ustalik darajasiga yetgan ijodkorlar tinglovchilarni sehrlab qo„yishga, musiqiy holatga to„la-to„kis bo„ysundirishga qodir bo„ladilar. Musiqiy g„oya girdobida o„zlikni tark etish esa haqiqiy xofiz va shinavanda uchun ham eng oliy lazzat hisoblanadi. Shunday qilib, ijrochi va eshituvchining jonli ijodiy muloqotida mushtarak, ammo ikki yunalishga qaratilgan jarayonni kuzatish mumkin. Unda, bir tarafdan, barqaror qonun-qoidalar mavjud. Ikkinchi tomondan, ana shu qonun-qoidalardan tashqariga chiqish, badiha qilish, bunyodkorlik kashf etish ehtiyoji borligidir. Masalaning eng nozik va ayni chog„da chigal tomoni shundaki, qat’iy bir nota matni bo„lmagan jonli og„zaki musiqa jarayonida ijro va ijod chegaralarini aniq belgilash amrimahol. Ular doim bir-biriga tutashib, biri ikkinchisini to„ldirib boradi. Ijro va ijod munosabatlarida bir ijrochiniki ikkinchisiga o„xshamaydi va bu ikki jihatning o’lchovi, mezonini topish qiyin. Va, nihoyat. Ijod yunalishini oldindan belgilash ham mushkul. U hatto ijrochining o’zi xohlagan M. Tojiboyev bilan shaxsiy suhbatdan takdirda ham chiqmasligi mumkin. Shuning uchun xofiz yoki sozanda ilhomini g’oyibdan keladigan ilohiy qudrat deb biladilar. Ustozning eng yuqori darajasi sifatida bir qator talab, bilim hamda amaliy unsurlarni o„zida mujassam etadi. Albatta birlamchi jarayon bu – ta‟lim berish, bilimdir. Ikkinchi jarayonni saboq, tarbiya bilan bog’lash mumkin. Uning natijasida bilim, ustozning ta’lim bilan bog„liq ilm darajasi namoyon bo’lishi lozim. Ya’ni, ijro mahorati, so’z talaffuzi, ohang tarannumi, meros va ijodiy munosabat. Buning zaminida esa o’zbek amaliy san’atida eng muhim hisoblangan omil ustoz-shogird an‟anasi yotadi. Ushbu an‟ana mumtoz san‟at rivojining garovi sifatida azal-azaldan xalqimiz amaliyotida katta ahamiyat kasb etib kelgan. Ustoz-shogird an‟anasi negizi esa, ilm o’rganish demakdir va unda bir qator saboq mezonlarini o„tash taqozo etiladi. Jumladan: xonandalik san’ati; ijrochilik san’ati; ovoz imkoniyatlari va talqini bilan bog’liq qonuniyatlar; matn hamda talaffuz masalalari; so’z va ohang; ijro madaniyati; repertuar tanlash asoslari. Ustoz-shogird an’anasining ushbu jihatlari o„tmishdan xonandalar ijrochilik an‟analarida shakllangan vamukammal talqin uchun zarur bo’lgan iste’dod, saboq va mahoratlarining amaliyotda sinalgan mezonlariga aylangandir. Shu bois bo„lsa kerak, musiqa san’ati, azaldan ijrochilikning mavjud barcha sohalarida ibratli tarmoq ekanligini namoyon etib kelgan. Ustoz Mahmudjon Tojiboyevning o’zbek mumtoz musiqasi, maqomlarimizniyoshlarga o’rgatish borasida o’ziga xos yo’nalishlari bor edi. Ular bo’lajak xonandalarga nafaqat asarning ijro etilishini o’rgatar edilar. Balki har bir shogirdidan bilimdonlikni, sozandalikni (hech bo’lmasa bitta, imkoni bo’lsa 2 yoki 3 ta chog’uni chalishni bilishi lozim), mahorat va adabiyotga muhabbatni talab etar edilar. Mana shularning barchasini o’zida mujassam etgan maqom xonandasi albatta xalqning yuragidan joy oladi, der edilar.


Yüklə 2,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə