Mavzu : Borliq falsafasi



Yüklə 7,86 Kb.
səhifə7/7
tarix15.01.2022
ölçüsü7,86 Kb.
#82888
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Borliq falsafasi-hozir.org

XX asrda bu borada ayniqsa katta yutuqlarga erishildi. Asr boshida modda diskret zarralardan iborat qandaydir uzluksiz narsa sifatida, maydon esa uzluksiz moddiy muhit sifatida tushunilar edi. Endilikda, kvant fizikasi, nisbiylik nazariyasi va boshqa tabiiy-ilmiy g‘oyalarning rivojlanishi bilan modda va maydon o‘rtasidagi farq nisbiy tus oldi, kashf etilayotgan elementar zarralar esa o‘zining rang-barangligi bilan kishini hayratga solmoqda. Bu sohada yechilmagan muammolar hali bisyor bo‘lsa-da, fan materiya tashkil topishining «subelementar» darajasini o‘rganib, elementar zarralarning yagona tabiatini tushunishda sezilarli darajada yutuqqa erishdi. Bu yerda so‘nggi yillarda plazma, materiyaning alohida holati sifatidagi fizik bo‘shliq hodisalari va materiyaning cheksizligi haqidagi g‘oyani tasdiqlovchi boshqa jarayonlar kashf etildi va o‘rganilmoqda.

Hozirgi davrda materiyaning uch tarkibiy darajasi farqlanadi: - mikrodunyo – atomlar va elementar zarralar dunyosi. ( bunda ...dan tashkil topadi» tamoyili amal qilmaydi) - megadunyo – koinot dunyosi (sayyoralar, yulduzlar komplekslari, galaktikalar, megagalaktikalar); - makrodunyo – barqaror shakllar va insonga mos kattaliklar dunyosi (unga molekulalarning krisstallashgan komplekslari, organizmlar, organizmlarning hamjamiyatlari ham kiradi);



http://hozir.org
Yüklə 7,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə