Mavzu : Metall, vakuum va gazlardagi elektr toki



Yüklə 144,61 Kb.
səhifə22/27
tarix29.11.2023
ölçüsü144,61 Kb.
#142521
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Fizika mustaqil ish 1

SEGNETOELEKTRIKLAR Tajribalarda aniqlanishicha, bir qator kristall dielektriklar tashqi maydon bo‘lmaganda o’z-o’zidan (spontan) qutblanish xossasiga ega ekan. Bu hodisa dastlab segnet tuzi (vino kislotasining ikkilangan kaliy-natriy tuzi: NaKC4H6O·4H2O) deb ataladigan kristallda aniqlangani uchun shu moddalarning barchasi segnetoelektriklar deb yuritiladi. Segnetoelektriklar oddiy dielektriklardan bir qator xarakterli xossalari bilan farq qiladi. Birinchidan, oddiy dielektriklarda dielektrik singdiruvchanlik bir necha birlikka, ba’zilarida bir necha o‘nga (masalan, suv uchun 81) teng bo‘lgan vaqtda, segneto- elektriklarning dielektrik singdiruvchanligi bir necha mingga yetishi mumkin. Masalan, uy temperaturasida segnet tuzi uchun ning qiymati 10000 ga yaqin. Ikkinchidan, oddiy dielektriklarning har biri uchun dielektrik singdiruvchanlik muayyan bir qiymatga ega bo‘lgani holda segnetoelektriklarning dielektrik singdiruvchan- ligi tashqi
maydon kuchlanganligiga bog‘liq bo‘ladi: maydon kuchlanganligi ortib borishi bilan ham ortib boradi. Uchinchidan, segnetoelektriklarning qutblanishi faqat tashqi maydon kuchlanganligiga bog‘liq bo‘lmay, balki yana segnetoelektrikning maydonga kiritishdan avvalgi holatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu shunga olib keladiki, bunda tashqi maydon kuchlanganligi nolga teng bo‘lganda moddaning qutblanishi to‘la yo‘qolmaydi, qoldiq qutblanish yuzaga keladi. Qoldiq qutblanishni yo‘qotish uchun segnetoelektrikni qutblantiruvchi maydonga teskari yo‘nalishda bo‘lgan maydonga kiritish kerak.Segnetoelektrik xossalari temperaturaga kuchli bog‘liq bo‘ladi. Har bir segnetoelektrik uchun shunday temperatura mavjudki, bu temperaturadan yuqoriroq temperaturada modda o‘zining segnetoelektrik xususiyatini yo‘qotadi va oddiy dielektrikka aylanadi. Bu temperaturani Kyuri nuqtasi deb ataladi. Masalan, segnet tuzining ikkita Kyuri nuqtasi bor: —15°C va +22,5°C. Bu temperaturalar bilan chegaralangan temperaturalar intervalidagina segnet tuzi segnetoelektrik xususiyatga ega bo‘ladi.

Yüklə 144,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə