3- mavzu: xalqaro va davlatlararo standartlashtirish reja



Yüklə 17,2 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü17,2 Kb.
#159843
  1   2
Стандарт а. 3-мавзу 8-20 cиртки


3- MAVZU: XALQARO VA DAVLATLARARO STANDARTLASHTIRISH
Reja:
1. Standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot.
2. Standartlashtirish sohasidagi asosiy atamalar va ta’riflari.
3. Davlatlararo tandartlashtirish.

Standartlashtirishning asosiy maqsadi aholining sog’ligi, hayoti va xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini tashqi atrof-muhit ta'sirlaridan himoya qilishdir.


Hozirgi paytda metrologiya, sertifikatlashtirish, standartlashtirish bo’yicha qonun-qoidalar va me'yorlarni yaratish bilan shug’ullanadigan ko’pgina xalqaro standartlashtirish tashkilotlari mavjuddir. Shular jumlasiga ular ichida eng ko’p aniq bo’lgan va tan olingan tashkilotlarga standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot (ISO), Xalqaro elektrotexnik komissiyasi (IEC), metrologiya bo’yicha qonunlashtiriluvchi Xalqaro tashkilot (MOZM) va Evropa iqtisodiy komissiyasi (EEK) kiradi.
Standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot 1946 yil 14 oktyabrda Evropa iqtisodiy komissiyasining tashabbusi bilan tashkil etilgan bo’lib, bu konferentsiyada 25 ta davlat ishtirok etdi. Standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilotning ustaviga bog’liq holda, standartlashtirishni tashkil etishning maqsadi, jahon masshtabida xalqaro almashtirish va o’zaro yordam, shu bilan birgalikda ilmiy, texnik va iqtisodiy faoliyatda hamkorlik qilishni kengaytirish va osonlashtirish maqsadida standartlashtirishni rivojlantirishdir.
Standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilotning asosiy faolligi xalqaro standartlarni yaratish va ularni ko’paytirish, hamda keng ko’lamda targ’ib etishdir. Standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilotning hujjatlari uch xil ingliz, frantsuz va rus tillarida chop etiladi. Xalqaro standartlashtirishning loyihalarini yaratishda ishchi idoralar, ya'ni texnik qo’mitalar tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik qo’mitalarning ichidagi barcha savollar ko’pchillik ovoz bilan hal qilinadi. Standart loyihalari standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilotning Soveti tomonidan tasdiqlanadi, undan keyin xalqaro standartlar standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilotning barcha a'zolari, hamda bu tashkilotning markaziy kotibiyati tomonidan chop etiladi va tarqatiladi.
Standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilotning ustaviga binoan Bosh Assambleya, Sovet va uning qo’mitalari, prezident va vitse-prezident, bosh kotib, markaziy kotibiyat, texnik bo’limlar va texnik qo’mitalar tuziladi.
Bosh Assambleya-standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilotning qonunlashtirilgan idorasi hisoblanib, o’z atrofida qo’mita-a'zolari tomonidan belgilangan va tasdiqlangan delegatlardan tashkil topgan. Qoidaga asosan, ular uch yilda bir marotaba chaqiriladi. Bosh Assambleyaning sessiyasida standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilotning ish faoliyati, ish yakuni muhokama qilinadi va keyingi ish faoliyati belgilanadi.
Standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilotning mavqei yildan yilga ortib bormoqda, standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot xalqaro standartlari ko’rsatkichlarni birxillashtirishga ega bo’lib, jahon fani va amaliyotining zamonaviy yuksalishiga o’z hissasini qo’shmoqda. Buning hisobiga standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilotning mahsulotga bo’lgan standartlari jahon bozorlarida yuqori talab darajasiga erishilmoqda.
Shu sababli, ko’pgina xalqaro standartlarni yaratishda boshqa faoliyatdagi metrologlar va mutaxassislarning ishtirokini talab etadi, hamda standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot qonunlashtirilgan metrologiya bo’yicha Xalqaro tashkilot, Xalqaro elektrotexnik komissiya va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Standartlashtirish bo’yicha shug’ullanadigan Xalqaro tashkilotning texnik qo’mitalari barcha ilmiy-texnik, iqtisodiy va sotsial faoliyatda Xalqaro standartlarning loyihalarini yaratish bilan shug’ullanadi. Eng ko’p e'tibor kimyo, neft-kimyo, mashinasozlik, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoati, metallurgiya va tog’ ishlari, mashinasozlik transportiga, qurilishga katta e'tibor beradi. ISO 9000, ISO 9001 va ISO 9004 standartlar raqamida O’zbekiston Davlat standartlari sifatida qabul qilingan. 11000 dan ortiq standartlar «O’zstandart» agentligining so’rov-yo’riqnoma jamg’armasida o’z o’rnini egallab kelmoqda.
Standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot a'zolari standartlashtirish bo’yicha Milliy tashkilotlar deyiladi. A'zolari bo’lib, har bir mamlakatdan bir kishi ishtirok etadi. Bosh Assambleyaning yig’ilishida standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot a'zoligiga har bir tashkilotdan uchtagacha delegat ishtirok etadi. Bunga bog’liqsiz ravishda har bir qo’mita standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot a'zoligiga bir kishi ovoz bilan saylanadi.
1970 yil 14 oktyabrdan boshlab, Xalqaro standartlashtirish kuni deb e'lon qilindi.
1972 yilgacha Xalqaro standartlar «standartlash bo’yicha Xalqaro tashkilot tavsiyasi» degan nom bilan yuritilgan. Standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilotning tavsiyasiga binoan 1970 yil Anqara shahrida VIII Bosh Assambleyaning standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilotida «Xalqaro standartlar» deb qabul qilindi va 1972 yildan boshlab kuchga kirdi.
Xalqaro standartlar xalqaro savdodagi barcha texnik to’siqlardan chetlashtirishda samarali vosita bo’lib hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, bu tashkilot ilmiy-texnik miqyosini va mahsulot sifatini aniqlaydi.
Keyingi paytlarda standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot va Xalqaro elektrotexnik komissiya bilan hamkorlikda me'yoriy hujjatlarni yaratish bo’yicha ish olib bormoqda.
Xalqaro standartni ko’pchillik mamlakatlar o’zgarishsiz milliylik sifatida qabul qilmoqdalar, chunki, xalqaro savdo va mamlakatlar o’rtasida o’zaro kelishuvchanlikning rivojlanishiga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo’yicha regionlararo Assotsiatsiyasiga «O’zstandart» agentligini tanitdi.
Milliy idoralarning muvofiqlik faoliyati uchun savdodagi texnik to’siqlarni olib tashlash maqsadida, Boltiqbo’yi mamlakatlaridan tashqari bo’lgan barcha muhitda 1992 yil standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha MDHdavlatlari orasida Xalqaro Davlat Kengashi yaratildi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha quyidagi Ozarbayjon Respublikasi, Belorussiya Respublikasi, Gruziya, Qirg’iziston Respublikasi, Rossiya Federasiyasi, Latviya, Litva, Moldaviya Respublikasi, Ukraina, Turkmaniston, Turkiya Respublikalari bilan uch tomonlama hamkorlik shartnomalari tuzildi.

Yüklə 17,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə