Mavzu : Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari. Reja


Moliya tizimining sohalari va bug’inlari



Yüklə 43,42 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü43,42 Kb.
#159401
1   2   3
1. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari.

Moliya tizimining sohalari va bug’inlari

Moliya tizimining alohida sohalar va bug’inlarga bо‘linishi YAIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’yektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bug’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning о‘ziga xos bо‘lgan shakllari va myetodlari tyegishlidir. Masalan, korxonalar Moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni yaratishga, uni korxonalar о‘rtasida taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining sosial guruhlari о‘rtasida qayta taqsimlanadi.


Moliya tizimi “Davlat Moliyasi va mahalliy Moliya” sohasining alohida bug’ini sifatida Davlat byudjeti о‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • respublika byudjeti;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.

О‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda Qoraqalpog’iston Respublikasiga bо‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bо‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini о‘z ichiga oladi. Shuningdyek, tumanlarga bо‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bо‘ysunadigan shaharlari bо‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bо‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.
Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti о‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak:

  • daromadlar bazasini (asosini) mustahkamlash asosida byudjet dyefitining darajasini kamaytirish;

  • mamlakat taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha byudjet xarajatlarini ryestrukturizasiya qilish;

  • byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;

  • byudjet assignovaniyalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish.

Davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bо‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag’lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu sosial ta’minot, tekin sog’liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi Shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tyegishlidir. Bu fondlar mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan о‘ziga xos bо‘lgan shakllar va myetodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni Moliya tizimining “Davlat Moliyasi va mahalliy Moliya” sohasining alohida bug’ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
Mablag’lardan foydalanishning maqsadli yо‘naltirilganligi belgisi bо‘yicha davlat maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin:

  • sosial mо‘ljallangan (yо‘nalishga ega bо‘lgan) davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar);

  • tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bо‘lgan davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar).

Ayrim holatlarda (hollarda) hududiy yо‘naltirilgan (mо‘ljallangan) davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) tashkil qilinishi (shakllantirilishi) mumkin.
Davlat maqsadli fondlari Moliya tizimi “Davlat Moliyasi va mahalliy Moliya” sohasining alohida bug’ini sifatida quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:

  • Respublika yо‘l fondi;

  • О‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash davlat qо‘mitasining maxsus hisob varag’i;

  • Ish bilan ta’minlashga kо‘maklaShuvchi davlat fondi;

  • О‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pyensiya fondi.

Davlat maqsadli fondlarida katta miqdordagi mablag’larning tо‘planganligi sharoitida davlat Moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag’lardan samarasiz foydalanishga va turli-tuman su’istyemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat Moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni Davlat byudjetiga jamlash (konsolidasiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda jamlangan (konsolidasiya qilingan) fondlarning maqsadli yо‘nalishi о‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi ta’minlanishi lozim.
Davlat krediti Moliya tizimi “Davlat Moliyasi va mahalliy Moliya” sohasining о‘ziga xos bug’ini hisoblanadi. Uning о‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag’larni jalb qilish bо‘yicha Moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, Yuridik va jismoniy shaxslar о‘rtasidagi pul munosabatlarining о‘ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat , asosan, mablag’larni qarzga oluvchi va Shuningdyek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi.
Davlat kreditida miqdoriy jihatdan mablag’larni qarz oluvchi sifatida davlatning faoliyati ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi opyerasiyalari, ya’ni davlat Yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bо‘lganda, ancha torroqdir (tor doiradadir). Shunday bо‘lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan Moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va tо‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin.
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat о‘z daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan Yuqori sur’atlarda о‘sishi bilan bog’liq bо‘lib, bu narsa byudjet defisiti sharoitida Rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va Moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan о‘zaro bog’liq holda amalga oshirilishi Moliya tizimining “Davlat Moliyasi va mahalliy Moliya” bug’ini tо‘g’risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda hamda uni zamonaviy tuShunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham о‘z tarkibiga qо‘shmog’i lozim.
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini Moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilmasi turlichadir. Masalan, kо‘pgina rivojlangan mamlakatlarda xususiy qurbonliklarning miqdori 1%dan (YAponiyada) 20%gacha (AQSHda) tyebranadi va о‘rtacha 11%ni tashkil etadi. Hukumat ajratmalarining salmog’i esa 26%dan (Gyermaniya) 71%gacha bо‘lib, uning о‘rtacha darajasi 48%ga tyengdir. Notijorat tashkilotlarining о‘zlari tomonidan ishlab topilgan mablag’larning salmog’i 23%dan (Vyengriya) 71%gacha tyebranib, uning о‘rtacha darajasi 41%dan iboratdir.
Notijorat faoliyatni Moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tyegishli qonunlari yordamida amalga oshiriladi. Ularni Moliyaviy jihatdan qо‘llab-quvvatlash tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarakterga ega bо‘lishi mumkin.
Notijorat syektorni davlat tomonidan tо‘g’ri (bevosita) qо‘llab-quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud:

  • tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) byudjet investisiyalari;

  • hamkorlikda Moliyalashtirish;

  • davlat sosial buYurtmasi.

Notijorat syektorni egri (bilvosita) Moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi tо‘lovlari va boshqa Shunga о‘xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tyez-tyez foydalaniladi. Egri (bilvosita) Moliyalashtirishning asosiy kо‘rinishlari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:

Bu yerda, о‘z navbatida, nosoliqli imtiyozlar quyidagi kо‘rinishlarda namoyon bо‘ladi:

  • notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, yer maydonlarini ajratish;

  • litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini о‘rnatish (belgilash);

  • aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni tо‘lashda imtiyozli tariflardan foydalanish;

  • va boshqalar.

Shuningdyek, soliqli imtiyozlashtirish quyidagi kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin:

  • hadya etuvchilar uchun imtiyozlar;

  • qurbonlik (homiylik) qiluvchi Yuridik shaxslar uchun imtiyozlar.

Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kyelayotgan bо‘lsa, xarajatlarning yо‘nalishiga о‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.



Yüklə 43,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə