Mavzu : Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari. Reja


Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat Moliya tizimi



Yüklə 43,42 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü43,42 Kb.
#159401
1   2   3
1. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari.

2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat Moliya tizimi

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat Moliya tizimi Moliyaviy munosabatlarning quyidagi bug’inlaridan iborat:



  • Davlat byudjeti tizimi;

  • davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, fyedyerativ davlatlarda esa – fyedyerasiya a’zolarining krediti;

  • maxsus nobyudjet fondlar;

  • davlat korporasiyalari Moliyasi.

Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog’liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bug’indan iborat:

  • Davlat byudjeti;

  • kо‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti).

Mahalliy byudjetlar unitar davlatlarda о‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan Davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi.
Fyedyerativ davlatlarda byudjet tizimi uch bug’indan tarkib topgan:

  • Davlat byudjeti, yoki fyedyeral byudjet, yoki markaziy hukumat byudjeti;

  • fyedyerasiya a’zolari byudjetlari (AQSHda – shtatlar byudjeti, Kanadada – provinsiyalar byudjeti, GFRda – yerlar byudjeti, SHvyeysariyada – kantonlar byudjeti va h.k.);

  • mahalliy byudjetlar.

Mahalliy byudjetlar о‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan fyedyerasiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, о‘z navbatida, davlat fyedyeral byudjetining tarkibiga kirmaydi.
Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar Moliya tizimining yetakchi bug’inlaridan biri Davlat byudjetidir. U davlat va о‘z-о‘zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va vazifalarini Moliyaviy ta’minlashga mо‘ljallangan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish va unday foydalanishning shaklidan iboratdir.
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy Moliyaviy Rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi – parlamyent tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar davrida) hukumat Davlat byudjetining mablag’lariga tayanadi va ular yordamida о‘sib boruvchi davlat xarajatlarini qoplaydi.
YEtakchi xorijiy mamlakatlarning Davlat byudjeti ular MDini qayta taqsimlashning asosiy instrumyentidir. Moliya tizimining bu bug’ini orqali mamlakat MDining 40% gacha bо‘lgan qismi qayta taqsimlanadi.
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bо‘lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90% gacha va ayrim davrlarda undan ham kо‘proq qismi shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, korporasiyalarning foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qо‘shilgan qiymat solig’i va bojxona bojlari Davlat byudjetiga biriktirilgan.
Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mо‘ljallangan xarajatlar, iqtisodiyotga aralaShuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, sosial xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning о‘zida, Davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat Moliya tizimining barcha bug’inlariga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
YEtakchi xorijiy mamlakatlar kо‘pchiligining Davlat byudjetlari uchun doimiy ravishdagi byudjet defisiti xos bо‘lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining о‘sishiga olib kyeladi. Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qо‘shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat.
Hududiy Moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar Moliya tizimining ikkinchi bug’inidir. Bu fyedyerativ davlatlarda fyedyerasiya a’zolarining Moliyasi va fyedyerasiya a’zolari hamda munisipalityetlarga tyegishli bо‘lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar Moliyasidan iborat.
Fyedyerasiya a’zolarining daromadlari tо‘g’risidagi masala har bir mamlakatda о‘ziga xos tarzda yechiladi. Masalan, AQSHda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar va eng avvalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan bо‘lsa, GFRda asosiy tо‘g’ri (bevosita) soliqlar bо‘yicha tuShumlar – aholidan olinadigan daromad solig’i va korporasiyalardan olinadigan foyda solig’i 50%:50% nisbatda fyedyeral byudjet va yerlarning byudjeti о‘rtasida bо‘linadi.
Xulosa
Mahalliy byudjetlar о‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan fyedyerasiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, о‘z navbatida, davlat fyedyeral byudjetining tarkibiga kirmaydi.
Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar Moliya tizimining yetakchi bug’inlaridan biri Davlat byudjetidir. U davlat va о‘z-о‘zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va vazifalarini Moliyaviy ta’minlashga mо‘ljallangan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish va unday foydalanishning shaklidan iboratdir.
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy Moliyaviy Rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi – parlamyent tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar davrida) hukumat Davlat byudjetining mablag’lariga tayanadi va ular yordamida о‘sib boruvchi davlat xarajatlarini qoplaydi.


Foydalanilgan internet saytlari
Aim.uz
Arxiv.uz
Ziyo.net


Yüklə 43,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə