Mavzu: ( must’e davri madaniyati)asosiy arxeologik yodgorlik



Yüklə 8,36 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü8,36 Kb.
#151413
( MUSTE DAVRI MADANIYATI)ASOSIY ARXEOLOGIK YODGORLIK


MAVZU: ( MUST’E DAVRI MADANIYATI)ASOSIY ARXEOLOGIK YODGORLIK
R e j a:
Must’e davrining boshlanishi.
Olovning kashf etilishi va uning ahamiyati.
Must’e davri yodgorliklari va ularni o’rganilishi.
Dastlabki diniy tasavvurlar.
Must’e davri–asheldan keyingi, xronologik jihatdan muzlikning riss bosqichiga muvofiq keladigan davrdir. Bu bosqich bir necha 10 ming yillar davom etgan bo’lib, taxminan 40 ming yillar burun tugagan va u Frantsiyadagi Must’e g’or-makoni nomi bilan atalgan.
Must’e madaniyati–neandertal odamlar hayoti, faoliyati, maishiy munosabatlarining aks etishidir. Bu davrda neandertallar keng territoriyaga yoyilgan, tabiat bilan ilk paleolit odamlariga nisbatan faolroq munosabatga kirishgan. Tabiiy sharoit sovub, Evropa, Osiyo, Amerika shimoliy viloyatlarining katta qismini ulkan muzliklar qoplagan. Sharqiy Evropa hududlariga ham muz qatlamlari siljigan (uning markaziy Skandinaviya bo’lgan) va qalinligi 2 km.ni tashkil etgan. Xatto must’e bosqichida O’rta va xarbiy Sibirni ulkan muzlik qatlami qoplagan. Shimoliy-Sharqda esa markazi Chukotka bo’lgan muzlik qoplagan. Umuman, million km2 ni muz qoplab, bu joy inson faoliyat ko’rsata olmaydigan hududga aylangan.
Must’e davrida – mamontlar, shimol bug’ilari va boshqa hayvonlar keng tarqalgan.
Muzlikning siljishi natijasida ob-havoning sovushi qadimgi odamlarni tabiiy sharoitga moslashishiga turtki bo’ladi. Qadimgi odamlar tabiatning dahshatli sinovi (sovug’i)ga chidash uchun yashash zaruriyatining turli formalarini topishga harakat qiladi. Bu harakat (sovuqdan saqlanish, kiyim kiyish, ehtiyojni qondirish) natijasida insoniyat o’z taraqqiyotida hal qiluvchi asosiy qadamlardan birini tashladi.
Insonning rivojlanish jarayonida ongning taraqqiysi asosiy hal qiluvchi omillardan biridir. Must’e davrida yashagan va antropogenez jarayonida 2 chi asosiy hal qiluvchi bosqich hisoblangan – neandertallar dunyoni bilish, tabiat to’g’risida, undagi o’zgarishlar va real voqealarcha munosabat borasida ma’lum fikrga kela boshladi. O’z faoliyati davomida bilimga ega bo’lish va fikrlash ko’nikmalarini sekin-asta egallanishi odamni (insonni) rivojlantiradi. Natijada tabiatdagi voqealarning sehrli tuyulishi ta’sirida dastlabki diniy tasavvurlar paydo bo’ladi. Ya’ni hayratlanish, o’zgarishlarni sehr sifatida idrok etilishi . . . murdalarni ko’mish – chuqur kovlash, murda yoniga uning qurollarini quyilishi... va hakozolar «narigi dunyo» yoki ruh haqidagi tushunchalarni paydo bo’lganligidan dalolat beradi.
Must’e davrida tabiatning keskin o’zgarishi odamlar faoliyatida, hayotida katta muammolarni keltirib chiqardi. Avvalgi issiq iqlim o’rniga muz sovug’i - havoning keskin o’zgarishi yashash zaruratini qiyinlashtirdi. Ko’plab odamlar sovuqdan qirilib ketadi. Tabiat bilan kurashib, mol terilaridan kiyimlar tikib, ochiq manzilgohlardan baland g’orlarga joylashgan odamlar jon saqlab yangi sharoitga ko’nika boshlagan.
Gorlarga joylashgan odamlarni uzoq vaqt kollektiv mehnat faoliyati bog’lab kelgan. Ularning asosiy xo’jalik mashg’uloti – ovchilik bo’lib, u ehtiyojni qondirishdagi asosiga aylandi. Odamlarning birgalikda yashashi va uning zaruriyatga aylanishi («kollektivda» yoki g’or ichida) ichki maishiy munosabatlarni shakllanishiga olib keladi.
Must’e bosqichi ibtidoiy jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda o’zining ishlab chiqarish funktsiyalariga ko’ra turli tuman bo’lgan tosh qurollar paydo bo’ladi. Hozirgi kunda must’e madaniyat qurollarining 60 turi topib o’rganilgan. Chaqmoqtosh qurollar yasashning yangi texnikasi must’e davrida keng yoyildi. Qurollar yasashning yangi usuli yorma texnika deb ataladi. Bu usul orqali tosh qurolning bosh tomoni urib uchirilib, tekis maydonga hosil qilinadi. U zarb maydonchasi deb ataladi. Shunday maydoncha hosil bo’lgandan keyin uning chetlaridan avvalgi texnika usuli vositasi bilan hosil qilish mumkin bo’lmagan yupqa tosh parchalarini birin-ketin uchirib olishga imkon tug’ilgan. Tosh parrakchalar uchirib olinib bo’lgach, nihoyat tosh bo’lagidan boshqa uchirib bo’lmaydigan, tashqarisi tarashlangan o’zak qolgan.
Bu o’zak nukleus bo’lib, urib uchirish uchun ishlatiladigan yaxlit tosh esa ushatgich deb atalgan. Must’e uchun ikki asosiy qurol turi: o’tkir uchli qurollar va tarashlagichlar xarakterli bo’lib, ular uch burchakli plastinkalardan yasalgan; bu plastinkalar yangi sindirish texnikasini qo’llanib, disk (gardish) shaklidagi nukleuslarga (yadro) otboynik (tosh) bilan urib hosil qilingan. Qisqa va keng qurollar tayyorlangan. O’tkir uchli qurolning asosiy ishni bajaradigan qismi-o’tkir cho’qqisi, tarashlagichning asosiy qismi esa–uch burchakli plastinkaning yoysimon tagidir. Must’e davrida shakli jihatdan tarashlagichga o’xshab ketadigan bo’lsa ham, lekin ishni bajaradigan chetidagi chuqurchasi bilan farq qiladigan o’roq randa paydo bo’lgan. Bu asbob bilan randalashgan, po’stloqni shilib olishgan. Qurollar ko’pincha chetlari o’tkir, yupqa bo’laklarga yorilishi mumkin bo’lgan qattiq chaqmoqtoshdan yasalgan. Tabiatda chaqmoqtosh keng tarqalgan. So’nggi must’eda ahyon-ahyonda istisno tariqasida suyakdan qurollar yasala boshlagan. Eng qadimgi odamlar har narsani eyaveradigan bo’lganlar: o’simliklardan tayyorlangan va go’shtli ovqatlar iste’mol qilgan. Odamzodning tongida o’simlik oziq-ovqatlar ko’proq iste’mol qilingan bo’lsa kerak. Odamlar bunday oziq-ovqatni tabiatdan tayyor shaklda olishgan. Ular o’simlik ildizlarini, mevalarini, zamburug’larni iste’mol qilgan.
Demak, must’e o’ziga xos arxeologik bosqich bo’lib, u miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklarni o’z ichiga olib, kishilik madaniyati rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan.
O’tgan ma’ruzada inson omil davrida olovdan foydalanganligi haqida gapirgan edik. Lekin must’e davriga qadar u faqat tabiiy olovdan foydalangan. Olov turli yo’llar bilan uzoq vaqt o’chirilmay saqlangan. Must’e davrida odamlar yog’ochni-yog’ochga ishqalash yo’li bilan sun’iy olov hosil qilgan. Xatto qirish yoki tarashlash tufayli yog’och qipig’ini hosil qilishgan, qipik ishqalanish tufayli qizib, tutagan. Uning ustiga tez o’t oladigan yog’och qovuqlari tashlanib, puflash orqali yondirilgan.
ADABIYOTLAR:
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz-kelajak yo’q. T., O’zbekiston, 1998.
Gulomov Ya. O’zbekistonda arxeologiya. T.1956. 37-38 bet.
Al’baum L.I. «Balaliktepa». Tashkent, 1960
Gerasimov M. «Lyudi kamennogo veka». M.,1964
Masson V.I. «Poselenie Djaytun». M., 1971
Mirsaotov G. «Drevnie shaxti Uchtuta». T., 1973
www.ziyonet.uz
Yüklə 8,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə