Mavzu : Pul aylanmasi va uning tarkibi



Yüklə 37,56 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü37,56 Kb.
#138030
1   2   3
Mavzu Pul aylanmasi va uning tarkibi

3. Naqdsi
Naqd pulsiz pul aylanishi – banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir.
Naqdsiz pul aylanmasi quyidagi prinsiplar asosida tashkil etiladi:

  1. Naqdsiz pul aylanmasining me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. O‘zbekistonda naqdsiz pul aylanmasining qonunchilik asoslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonuni.
2. Naqd pulsiz hisob kitoblarni asosan banklarda ochilgan hisob raqamlar orqali o‘tkazilishi.
Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan to‘lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik hisob raqamlari mavjud:

  1. Vertikal vakillik hisob raqami

  2. Gorizontal vakillik hisob raqami

Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi.
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. Aniqrog‘i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasidaochilgan.
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda ularni o‘z majburiyatlarini pul mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi. Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki ekspertlari korxonalarning likvidligini baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni taklif qilishgan:
Joriy likvidlik koeffitsienti – (Jlk)
JA - joriy aktivlar
JP - joriy passivlar
Jlk = JA / JP
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsientining eng past normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan.
Iqtisodiy kontragentlar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
1) inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar;
2) akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar;
3) bo‘nak to‘lovlari shaklidagi hisob-kitoblar;
4) ochilgan hisobvaraq bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar;
5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar.
To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay uning pulidan olib qo‘yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘yilgan Inkasso topshiriqnomalar, sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni to‘lovchining roziligisiz amalga oshiriladi.
To‘lovlarning muddatliligi. Naqdsiz hisob kitoblarni to‘g‘ri amalga oshirilganligi ustida o‘tkaziladigan nazoratning mavjudligi
Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy javobgarligining mavjudligi.
Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4 shaklidan foydalanadi; To‘lov topshiriqnomalari; Cheklar; Hujjatlashtirilgan akkreditivlar; Inkasso.
Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan to‘lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik hisob raqamlari mavjud:

  • Vertikal vakillik hisob raqami.

  • Gorizontal vakillik hisob raqami.

Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi.
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. Aniqrog‘i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasida ochilgan.
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda ularni o‘z majburiyatlarini pul mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi.
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsentining eng past normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan.
To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay uning pulidan olib qo‘yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘yilgan Inkasso topshiriqnomalar, sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni to‘lovchining roziligisiz amalga oshiriladi.

  • To‘lovlarning muddatliligi

  • Naqdsiz hisob kitoblarni to‘g‘ri amalga oshirilganligi ustida o‘tkaziladigan nazoratning mavjudligi

  • Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy javobgarligining mavjudligi.

  1. Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4 shaklidan foydalanadi: To‘lov topshiriqnomalari; Cheklar; Hujjatlashtirilgan akkreditivlar; Inkasso.

2-rasmda: 1- to‘lovlarning oldi-sotdi shartnomasini tuzish; 2 - tovarlarni jo‘natish; 3 - tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni sotib oluvchiga jo‘natish; 4 - sotib oluvchi o‘z bankiga to‘lov topshiriqnomasini yozadi; 5 - sotib oluvchining banki to‘lov topshirig‘iga asosan to‘lovni amalga oshiradi; To‘lov summasini sotib oluvchi joriy hisob raqamidan olinib, mol etkazib beruvchining vostro hisob raqamiga o‘tkaziladi; 6 - sotib oluvchining banki mol etkazib beruvchining bankini; 5 - operatsiya bajarilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi; 7 - mol etkazib beruvchining banki to‘lov summasini mol etkazib beruvchining joriy hisob raqamiga o‘tkazadi; 8 - mol etkazib beruvchining joriy hisob raqamidan ko‘chirma.
To‘lov topshiriqnomalariga xos bo‘lgan asosiy avzallik bu tovarlarning sifatini nazorat qilishning mumkinligidir. Bu shakl quyidagi kamchiliklarga ega:

  1. To‘lov kafolatlanmagan.

  2. To‘lov topshiriqnomalarida tovarlar summasining ma’lum qismini oldindan to‘lab qo‘yish qo‘llaniladi. Bunda sifatsiz tovarlar etkazib berish va tovarlarni vaqtida etkazib bermaslik riski yuzaga keladi.

Evropa davlatlarida va AQSHda naqd pulsiz hisob kitoblarda tijorat banklarining kafolarlaridan foydalaniladi. Tijorat banki beradigan kafolatning 2 turi mavjud:

  1. Mijozning to‘lov majburiyatlari bo‘yicha beriladigan kafolat.

  2. Etkazib beriladigan tovarlarning sifati bo‘yicha beriladugan bank kafolati.

Taraqqiy etgan mamlakatlarda yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob kitoblarda hisob kitob cheklari keng qo‘llaniladi.
1-tovarlarni oldi sotdi shartnomasini tuzish; 2-sotib oluvchi o‘z bankiga chek yozish uchun yozma ko‘rsatma beradi; 3-sotib oluvchining banki chekni yozadi; 4-sotib oluvchining banki sotib oluvchiga uzatadi; 5-mol etkazib beruvchi tovarlarni jo‘natadi; 6-mol etkazib beruvchi tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni jo‘natadi; 7-sotib oluvchi mol etkazib beruvchiga chekni uzatadi; 8-mol etkazib beruvchi chekni o‘z bankiga uzatadi; 9-mol etkazib beruvchining banki chekni tekshiradi va qabul qilib oladi; 10-mol etkazib beruvchining banki sotib oluvchining bankiga to‘lov uchun jo‘natadi; 11-sotib oluvchining banki chekni to‘lab beradi.
Agar sotib oluvchining joriy hisob raqamida pul mablag‘lari bo‘lmasa chek qaytariladi. CHunki chek summasi taraqqiy etgan davlatlarda depozit qilinmaydi.
Evropa taraqqiyot va tiklash banki eksperti N. Akamatsuning tadqiqotlari ko‘rsatdiki, Evropa va AQSHda cheklar bo‘yicha to‘lovsizlik muammosining mavjud emasligi tijorat banklari kreditlari hisobidan cheklarning to‘lanayotganligi bilan izohlanadi. Hisob kitob cheklarining asosiy kamchiligi to‘lovning kafolatlanmaganligidir. Hisob kitob cheklarining avzalligi – tovarlarning sotilishini tezlashtiradi.
Hujjatlashtirilgan akkreditivning 5 ta asosiy shakli mavjud:
1. CHaqirib olinadigan akkreditivlar – bu akkreditiv uni ochgan bank tomonidan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
2. CHaqirib olinmaydigan akkreditivlar – bu akkreditivlar bekor qilinib bo‘lmaydi
3. Tasdiqlanadigan akkreditivlar - bu akkreditivlar 3-bank tomonidan tasdiqlanadi. Odatda kichik banklar tomonidan katta summaga ochilgan akkreditivlarni yirik banklar tan olmaydi. SHunda ular bu akkreditivni 3-bank tasdiqlashini talab qiladi.
4. Tasdiqlanmaydigan akkreditiv
5. Ta’minlangan akkreditivlar- bu shaklda O‘zbekistonda keng qo‘llaniladi. Bunda akkreditiv summasi mijozning joriy hisob raqamidan olinib, alohida schyotda deponent qilinadi.
Hozirgi vaqtda dunyo amaliyotida chaqirib olinmaydigan akkreditivlar keng qo‘llaniladi.
4-rasmda: 1-to‘lovlarni oldi sotdi qilish shartnomasini imzolash; 2-sotib oluvchi o‘z bankiga akkreditiv ochish to‘g‘risida ariza beradi; 3-akkreditivni ochish, sotib oluvchining banki mol etkazib beruvchining bankiga akkreditiv telegrammasini jo‘natadi. Bu akkreditivning ochilganligini bildiradi. Mana shu vaqtdan boshlab sotib oluvchining banki to‘lov yuzasidan kafilga aylanadi; 4-mol etkazib beruvchining banki mol etkazib beruvchini akkreditiv ochganligi haqida xabardor qiladi; 5-mol etkazib beruvchi tovarlarni jo‘natadi; 6-mol etkazib beruvchi tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni o‘zining bankiga uzatadi; 7- mol etkazib beruvchining banki hujjatlarni tekshiradiva qabul qilib oladi; 8-mol etkazib beruvchi banki tovar hujjatlarini sotib oluvchining bankiga to‘lov uchun jo‘natadi; 9-sotib oluvchining banki akkreditiv bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi; 10-sotib oluvchining banki sotib oluvchiga tovar hujjatlarini beradi; 11-sotib oluvchi banki mol etkazib beruvchi bankini to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi; 12-mol etkazib beruvchi banki to‘lov summasini mol etkazib beruvchining joriy hisob raqamiga o‘tkazadi; 13-mol etkazib beruvchining joriy hisob raqamidan ko‘chirma.
Pul-to‘lov aylanishi pul aylanishining bir qismi bo‘lib, unda pullar qanday shaklda taqdim etilganidan qat’i nazar to‘lov vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Boshqacha aytganda, bunday holda iqtisodiy subyektlar o‘rtasida naqd pullik va naqd pulsiz shaklda ayirboshlash vositasi sifatida amal qiladigan pul mablag‘lari ko‘rib chiqiladi.
Pul mablag‘lari harakatining har biri bo‘yicha muqobil harakat ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, pullarning aylanishi ko‘p yo‘nalishli bo‘ladi va xo‘jalik faoliyati subyektlarini qamrab oladi.
To‘lov aylanishi ushbu mamlakatda amal qiladigan to‘lov vositalarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir. Boshqacha aytganda, pul aylanishi deganda to‘lov vositalarining shaklidan qat’i nazar bunday barcha vositalarning majmui tushuniladi. Bevosita pul mablag‘larining harakati va cheklar, depozit sertifikatlari va veksellarning ko‘chib yurishi shunga kiradi. Pul aylanishi to‘lov aylanishining bir qismidir.
Pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul belgilarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir.
Pul muomalasi pul aylanishining naqd pul mablag‘lari muomalasi, pul belgilarining bir yuridik yoki jismoniy shaxslardan boshqa shaxslarga doimiy tarzda o‘tib yurishi bilan bog‘liq qismidir. Boshqacha aytganda, bu iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi muomalada qatnashadigan bevosita naqd pul massasidir. SHu tufayli pul muomalasini ba’zan naqd pullarning aylanishi deb ham atashadi. Pul-to‘lov aylanishi pul aylanishining bir qismi bo‘lib, unda pullar qanday shaklda taqdim etilganidan qat’i nazar to‘lov vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Boshqacha aytganda, bunday holda iqtisodiy subyektlar o‘rtasida naqd pullik va naqd pulsiz shaklda ayirboshlash vositasi sifatida amal qiladigan pul mablag‘lari ko‘rib chiqiladi.
Yüklə 37,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə