Mavzu: 2 sinflarda matematika o'qitish og'zaki va yozma metodlardan foydalanish mundarija Kirish



Yüklə 323,83 Kb.
səhifə10/25
tarix31.12.2021
ölçüsü323,83 Kb.
#82161
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Mavzu 2 sinflarda matematika o'qitish og'zaki va yozma metodlar (1)

Matematika o’qitishda kuzatish.

O’quvchilar bilan matematik faktlarni kuzatish muhim ahamiyatga ega. Natural sonlarning xossalari, arifmetik amallarning xossalari, geometrik figuralarning xossalarini va hokazolarni kuzatish o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stiradi. Arifmetik amallar va sonlarning ko’pgina xossalarini quyi sinflarda kuzatish bilan tushuntirilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, 1-sinf o’quvchilari qo’shishining o’rin almashtirish xossasini kuzatish orqali tez bilib oladi.

5+3= , 3+5= , 6+1= , 1+6= , 2+7= ,7+2

Shunday misollarni 1-sinf o’quvchilari echgandan keyin bir qatorning yechimlarini tenglashtirishni o’qituvchi tavsiya etadi.

5+3=8 va 3+5=8. Natijada quyidagi xulosani keltirib chiqaradi. Xulosa (misollar nima bilan o’xshash).

Bir xilda qo’shish amali bajariladi. 5 va 3 bir xil qo’shiluvchilar.

8 va 8 bir xildagi natijalar. farqi ( nima bilan farqlanadi)

qo’shilvchilarning qo’shish tartibi farq qiladi.

Shunga o’xshash boshqa misollarni ham yechib o’quv-chilar quyidagi umumiy xulosaga keladilar: qo’shiluvchilarning qo’shish tartibini o’zgartirgan bilan yig’indi o’zgarmaydi.

Qaralgan holda kuzatish metodini qo’llash, shuningdek, o’qituvchi tomonidan bilimlarni bayon qilishda ham, hisoblashga doir masalalar yechishga doir bosqichlarda ham katta ahamiyatga egadir.



Suhbat metodi.

O’qituvchi biror metodni, masalan, suhbat metodini qo’llaganda o’quvchilarning bilish faoliyatini har tomonlama o’stirish mumkin. Masalan: 100 ichida raqamlashni o’qitishda o’quvchilarga qanday sonlar bir xonali va qanday sonlar ikki xonali ekanligini, undan keyin ikkita raqam bilan ifodalangan sonlarni ikki xonali sonlar deyilishini aytib o’tish lozim. Shuningdek, suhbat jarayonida nechta raqam bilan nol ifodalanilishini va 1 dan 9 gacha nechta son, 10 dan 99 gacha nechta son borligini bayon qilish kerak.




Yüklə 323,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə