Mavzu: 2 sinflarda matematika o'qitish og'zaki va yozma metodlardan foydalanish mundarija Kirish


“Yuzlik” mavzusida arifmetik amallarni o„rganish



Yüklə 323,83 Kb.
səhifə20/25
tarix31.12.2021
ölçüsü323,83 Kb.
#82161
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Mavzu 2 sinflarda matematika o'qitish og'zaki va yozma metodlar (1)

“Yuzlik” mavzusida arifmetik amallarni o„rganish.


Ushbu mavzuda amallarni o’rgatish bilan birga 1-sinfda sonni yig’indiga qo’shish va yig’indini songa qo’shish, sonni yig’indidan ayirish va yig’indini ayirish xossalari, 2-sinfda yig’indini yig’indiga qo’shish va yig’indidan ayirish xossalari qaraladi.

Bu xossalarni va tegishli hisoblash usullarini ochib berishdan avval tayyorgarlik ishini bajarish kerak, natijada o’quvchilar sonlar yig’indisi va sonlar ayirmasi kabi matematik ifodalarni o’zlashtiradi, qo’sh tengliklar, bir va ikki amalli ifodalarni qavslar yordamida yozishni o’rganadi, ikki xonali sonlarni o’nlik va birlik yordamida yoza oladilar.

«Yig’indi», «ayirma» tushunchalari bilan 4+3=7, 7-4=3 kabi misollarni yechishda tanishadilar. 10 ichida qo’shish va ayirishdayoq 5+4=5+2+2=9, 8-3=8- 1-2=5 kabi qo’sh tengliklarni ishlatib, qo’shish va ayirishning turli ko’rinishlarini

yoza oladilar, qavslar ishlatish yordamida 6+(3+1)=6+4=10 kabi hisoblash usullarini bilib olishadi.

Raqamlashni o’rganish davrida «qavs» belgisi bilan tanishadi, va «5 va 3 sonlari yig’indisiga 2 ni qo’shing» kabi og’zaki masalalarni yechadilar. Qo’shish va ayirishni o’rgatish quyidagi tartibda olib boriladi. Oldin nol bilan tugaydigan 2 xonali sonlarni qo’shish va ayirish o’rganiladi, so’ngra sonni yig’indiga qo’shish va ayirish o’rganiladi. Sonni yig’indidan ayirish, yig’indini songa qo’shish va yig’indini sondan ayirish qoidalari ham shu tartibda qaraladi.

Nol bilan tugaydigan sonlar ustida amallar bajarish: 60+20= ? 70–40 = ?

6 o’nli + 2 o’nli = 8 o’nli 7 o’nli – 4 o’nli = 3 o’nli

60 + 20 = 80 70–40 = 30

kabi ko’rinishda savollar bilan olib boriladi.

har bir qoida o’rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1 bosqich. Narsalar to’plami ustida amallar bajarib, o’quvchilar xossani ochishadi va ifodalashadi.


  1. bosqich. Xossani misollar yordamida har xil usullar, jumladan, qulay usul bilan yechishga tatbiq qiladi.

  2. bosqich. Arifmetik amallar xossalari asosida chiqariladigan hisoblash usullari o’rganish obyekti bo’lib xizmat qiladi.

  3. bosqich. O’rganilgan xossalarni va hisoblash usullarini taqqoslash natijasida bu xossalar va usullar umumlashtirishning yuqoriroq darajasiga ko’tariladi.

Misol: 36+23 = (30 + 6)+(20 + 3) = (30 + 20)+(6+3)=50 + 9=59.

Yig’indini sondan ayirishlar 100 ichida qo’shish va ayirishning barcha hollari uchun hisoblash usullari kiritiladi.

Nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo’shish va ayirishni ochib berishda bolalarga bunday sonlarni qo’shish va ayirish bir xonali sonlarga o’xshash bajarilishini ko’rsatish kerak.

Masalan: 60+20= yigindini topish uchun 6 o’nlikka 2 ta o’nlikni qo’shish yetarli.

60+20=? 70–40

6 o’nl+2 o’nl =8 unl 7 o’nl– 4 o’nl=3 o’nl

60+20=80 70–40=30

Har bir xossani o’rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda obyektlar to’plamlari ustida amallar bajarib, o’quvchilar xossani ochishadi va uni ifodalashadi.

Ikkinchi bosqichda o’quvchilar xossani maxsus tanlangan misollarni har xil usullar va xususan, qulay usul bilan yechishga tatbiq qilishadi, shuningdek, masalalarni har xil usullar bilan yechishga ham tatbiq qilishadi.

Uchinchi bosqichda arifmetik amallar xossalari, shuningdek, hisoblash usullarini taqqoslash natijasida bu xossalar va usullar umumlashtirishning yuqoriroq darajasiga ko’tariladi.

Birinchi bosqichda sonni yigindiga qo’shish qoidasini ochib berish ishida bolalar ongiga yig’indiga sonni uchta har xil usul bilan qo’shish mumkinligi va bularning hammasida bir xil natija chiqishi faktini yetkazish kerak.



Yüklə 323,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə