Mavzu: 2017 yilda O’zbekistonda keng qo’lamli iqtisodiy keng qolamli isloxatli dasturni qabul qilish va uni axamyati Reja



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#142749
  1   2
2017 yilda O’zbekistonda keng qo’lamli



Mavzu: 2017 yilda O’zbekistonda keng qo’lamli iqtisodiy keng 
qolamli isloxatli dasturni qabul qilish va uni axamyati
Reja;
1.2017 yilda O’zbekistonda keng qo’lamli iqtisodiy tadbirlar. 
2. Keng qolamli isloxatli dasturni qabul qilish va uni axamyati 
3.
O‘zbek hukumati asosiy iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni tatbiq etish 
Xulosa 
Foydalangan abaiyotlar 
 
 
 


O‘zbekistonda yangi rahbar boshqaruvi ostida bir yil o‘tdi. Ushbu davr 
mobaynida mamlakatda massiv iqtisodiy islohotlar va dinamik o‘zgarishlar ro‘y 
berdi. O‘zbekiston o‘ziga xalqaro siyosiy va biznes doiralar, shu jumladan Forbes, 
The Wall Street Journal, Bloomberg kabi yetakchi chet el ommaviy axborot vositalar 
e’tiborini qarata boshladi. Endilikda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar 
jarayoni va natijalari xalqaro media platformalar diqqat markazida bo‘lmoqda va 
Toshkent Markaziy Osiyoda asosiy yangilik va xabarlar beruvchi shaharga aylandi. 
Shu bilan birga O‘zbek jamiyatining mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga 
bo‘lgan munosabati ancha o‘zgardi, xalqning islohotlarga qo‘shishi mumkin bo‘lgan 
hissasi har doimgidan ko‘ra ahamiyatli. Bundan tashqari butun mamlakatni qamrab 
olayotgan siyosat va jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni televideniedagi har 
kungi ijtimoiy muhokamalari g‘oyalar generatori bo‘lib davlatning rivojiga o‘z 
hissasini qo‘shmoqda. Sh.Mirziyoyevning keng ko‘lamli islohotlari iqtisodiy sohada 
ham boshlandi. Mamklakat Senati raisning birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga 
ko‘ra, yuqori iqtisodiy o‘sish va O‘zbek iqtisodining o‘sib borayotgan 
raqobatbardoshligini ta’minlash milliy rahbariyat uchun birinchi darajali masalaga 
aylandi. Prezidentlikning birinchi kunlaridan boshlab Shavkat Mirziyoev davlatning 
investitsion iqlimini rivojlantirish va milliy iqtisodning chet el investorlari uchun 
yanada ko‘rkamligini ta’minlash yo‘lida siyosat olib bordi. O‘zbek hukumatining 
moliya, savdo, soliq va investitsiya sohalarida olib borayotgan siyosat orqali boshlab 
yuborgan iqtisodiy liberalizatsiyasi Jaxon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, YeTTB, 
OTB kabi xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan ma’qullandi. Sentabr oyidagi 
milliy valyutaning to‘liq konvertatsiyasi shu sohada qo‘yilgan muhim qadamlardan 
biri bo‘ldi. Iqtisodiy liberalizatsiya va jamiyat modernizatsiyasi O‘zbekistonning 
yangi realligiga aylandi. Ushbu islohotlarni xalqaro ekspertlar “Toshkent butun 
e’tiborini o‘ziga qaratgan izolyatsion holatga tushib qolgan edi, endilikda esa u 
qo‘shnilar 
va 
dunyo 
uchun 
ochilmoqda”, 
deya 
baholashmoqda. 
Bugungi kunda O‘zbek hukumati asosiy iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni 
tatbiq etish yo‘lida chet el konsalting kompaniyalari, investitsion banklar va boshqa 


xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishlamoqda. Mamlakat Prezidenti tashabbusi 
bilan 
2017-2021 
yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi barcha islohotlarni tartibga soladigan 
va yo‘l xaritasi sifatida xizmat qiladigan hujjat hisoblanadi. 
Strategiya mamlakat rivoji uchun muhim hisoblangan beshta yo‘nalishni aniqlab 
beradi: davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish; qonun ustuvorligini 
ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; iqtisodiyotni rivojlantirish va 
liberallashtirish; ijtimoiy sohani rivojlantirish; xavfsizlik, millatlararo totuvlik va 
diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va 
amaliy tashqi siyosat olib borish. Strategiyada alohida e’tibor davlat suvereniteti va 
erkinligini kuchaytirishga, uning xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi 
sifatida o‘sib borayotgan o‘rni, rivojlangan demokratik mamlakatlar qatoriga kirib 
borishi, atrofida xavfzlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, 
mamlakatni xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan. Shu munosabat bilan, 
BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Fraser strategiya va uning 
asosida qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan yangi tashqi siyosat yondashuvi nafaqat O‘zbekiston, balki butun 
Markaziy Osiyoning kelajakdagi farovonligi va barqaror rivojlanishining kafolati 
ekanini ta’kidladi. Bundan tashqari, xalqaro ekspertlarning fikricha, Harakatlar 
strategiyasini qabul qilish va amalga oshirish suveren O‘zbekistonni rivojlantirishda 
yangi 
ustun 
ekanligini 
anglatadi. 
Strategiyaning mazmun va mohiyatiga tayanib, uning asosiy xususiyatlarini 
hisobga olishimiz kerak. Birinchidan, Strategiyani qabul qilish bugungi O‘zbek 
jamiyatida jiddiy muammolar mavjudligini tan olish ekanini anglatadi. Bunday 
holatda, ushbu muammolarni yechish ham ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinishidan 
boshlanadi. O‘zbekistonning yangi rahbariyati Harakatlar Strategiyasi doirasida 
keng ko‘lamli va tarixiy islohotlarni yo‘lga qo‘yish orqali muhim qadamni qo‘ydi. 
Ikkinchidan, birinchi marta bunday keng ko‘lamli dastur Hukumat va xalq o‘rtasida 


to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot orqali qabul qilindi. Avval uni qabul qilish 
strategiyasining loyihasi ommaviy axborot vositalarida va Internetda e’lon qilindi 
va har bir fuqaro o‘z fikrini bildirish, qarashlari bilan bo‘lishish va unga o‘zgartishlar 
kiritishga imkon yaratdi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda o‘zbek xalqi, jumladan, 
ekspertlar hamjamiyati vakillari, xususiy sektor, tadbirkorlar, nodavlat tashkilotlar, 
hatto xorijiy ekspertlar ham strategiyaning hammualliflari bo‘lishdi. Shu orqali xalq 
qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish uchun haqiqiy imkoniyatni qo‘lga 
kiritdi 
va 
bu 
umummilliy 
muhokama 
mavzusiga 
aylandi. 
Uchinchidan, Strategiya nafaqat hujjat, balki haqiqiy harakatlar va aniq choralar 
uchun yo‘l xaritasidir. Bu balandparvoz gaplar yoki PR kampaniyasining populist 
deklaratsiyasi emas. Shu bois bugun biz O‘zbekistonda ijobiy va dinamik 
o‘zgarishlarni kuzatmoqda O‘zbekistonda hokimiyat o‘zgarganidan so‘ng o‘tgan 
bir yil davomida, bu sobiq SSSR hududidagi eng «vazmin» davlat imijning keskin 
o‘zgarishi bilan hayratga soldi, umumiy qabul qilingan xalqaro shakllarda istalgan 
sheriklar bilan hamkorlikka ochiqligi haqida ma'lum qildi. Yangi prezident Shavkat 
Mirziyoyevning Ashxobod, Ostona, Moskva, Pekin, Anqara va Seulga 
muvaffaqiyatli tashriflari, Toshkentning tashqi iqtisodiy faoliyatini maksimal 
diversifikatsiya qilish bo‘yicha siyosatini tasdiqladi. O‘zbekiston oldida turgan 
vazifalar, 
istiqbollar 
haqida 
EADaily 
nashri 
An'anaviy 
madaniyatlar 
markazi O‘rta va Markaziy Osiyo geomadaniyati va geoiqtisodiyoti bo‘yicha 
direktori o‘rinbosari Baxtiyor Ergashev (O‘zbekiston) bilan suhbatlashdi. 
Toshkent tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu 
mamlakatni rivojlantirishdagi inqilobiy bosqichmi yoki rivojlanishning bir 
modelidan boshqasiga o‘tishmi? Iqtisodiy sektorda valyuta bozori katta 
o‘zgarishlarga yuz tutdi. 
O‘zbekiston 
bir 
yil 
ichida 
qanday 
o‘zgardi? 
Valyuta bozorini erkinlashtirishni umumiy iqtisodiy siyosatdan ajratgan 
holda ko‘rish to‘g‘ri emas. Umumiqtisodiy vaziyat qanday? Mamlakat iqtisodiyotini 
import o‘rnini bosish modelidan eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish yangi modeliga 


o‘tish bo‘yicha tizimli ish ketmoqda. Aynan shu bilan qator islohotlar, jumladan 
valyuta bozorining erkinlashtirilishi bog‘liq. Bu eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish 
siyosatining iqtisodiy o‘sishi yangi modelini yo‘lga qo‘yishning muhim 
bosqichi. Va bu siyosatni valyuta konvertatsiyasi mexanizmi va valyuta kurslarini 
bir xil qilmasdan tasavvur etib bo‘lmaydi. Albatta, bundan so‘ng milliy valyuta 
- so‘mning devalvatsiyasi yuz berdi - deyarli ikki barobarga. Biroq so‘mning 
kuchsizlanishi eksport va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashda ish berdi. Shu bilan 
birga, yuridik shaxslar erkin konvertatsiyani qo‘lga kiritishdi, jismoniy shaxslar esa 
qisman konvertatsiyadan foydalanishi mumkin. Hamda konvertatsiyaning 
bosqichma-bosqich evolyutsiyasi bo‘yicha bu variant – bu to‘g‘ri evolyutsion yo‘l. 
Ushbu 
islohotlarning 
kamchiliklari 
qanday? 
Kursni bir xil qilish so‘mning qadrsizlanishiga olib kelishi kutilgandi. Va aholining 
daromadlari dollarda hisoblaganda ikki martaga kamayib ketdi. Albatta, bunday 
kursni joriy etish importchilarga zarba bo‘lib tushdi. Import kutilganidek 
qimmatlashdi. Biroq falokatli ssenariydan qochishning uddasidan chiqildi.
Valyutadan tashqari, boshqa qanday muhim islohotlar amalga oshirildi? 
Bu haqda kam gapirishmoqda, biroq mamlakatda juda jiddiy o‘zgarishlar yuz 
berdi. Mening fikrimcha, prezidentning davlatning yanada ochiqligi siyosatini 
amalga oshirish bo‘yicha taklifi davlat boshqaruvi tizimi, davlat hokimiyati 
organlari tizimi faoliyati va boshqaruvda katta o‘zgarish bo‘ldi. Gap faqat virtual 
qabulxonalar haqida emas, u bilan birga «xalq qabulxonalari» ham ko‘paydi. Aholi 
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, xalqning mamlakat rahbariyati bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aloqasi mexanizmining joriy etilishi shunga olib keldiki, pastroq darajadagi 
amaldorlar aholi oldida hisobot berishning yangi shakllarini o‘zlashtirish, muloqot 
olib borish va noqulay savollarga javob qaytarishga majbur bo‘ldi. 
Qarorlarni qabul qilish tizimini takomillashtirish, davlat siyosatini amalga oshirish 
doirasida elektron hukumatning yangi shakllarini tatbiq etish bo‘yicha jiddiy ish 
ketmoqda. Inson, fuqaro, tadbirkor uchun ma'lumot ochiqroq bo‘ldi. Hattoki xorijda 
ham shuni tan olishdiki, O‘zbekiston elektron hukumat va boshqaruv sohasida 
loyihalarni amalga oshirish sur'ati bo‘yicha yetakchilardan biriga aylanmoqda. 


Barcha deyarli har hafta elektron hukumatning yangi shakllari va ko‘rinishlari tatbiq 
etilayotganini ko‘rmoqda: elektron kadastr tizimi, elektron sudlar va hokazo. Hamda 
bu juda muhim – davlat, jamiyat va biznesning o‘zaro aloqasi jarayonlarini 
optimallashtirish bo‘yicha haqiqiy mexanizmlar paydo bo‘lmoqda. Fuqaro uchun 
ma'lumot 
olish 
huquqi 
texnologik 
yechimni 
olayapti. 
Ba'zi kuzatuvchilarga ko‘ra, islohot loyihalari uchun mablag‘ yetmayapti... 
Juda keng ko‘lamli vazifalar qo‘yilgan, ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha jiddiy 
loyihalar va dasturlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlarda muhandislik-
kommunal infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha loyiha va dasturlarning o‘zi 
juda katta mablag‘lar hamda yangi shakllarni talab qiladi (xususiy-davlat 
sherikchiligi mexanizmlarini tatbiq etish bo‘yicha loyihalar). Men shunga 
qo‘shilamanki, bu barcha loyiha va dasturlarni bir vaqtning o‘zida bajarish byudjyet 
uchun juda kuchli yukdir. Albatta, dastur va loyihalarni amalga oshirishda ustuvor 
yo‘nalishlar belgilab olinadi. Hammasini birdaniga qilish imkonsiz. 
O‘zbekiston Markaziy Osiyo strategiyasi doirasida qo‘shnilar bilan 
munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Qozog‘iston, Turkmaniston bilan hammasi 
tushunarli. 
Tojikiston? 
Shavkat 
Mirziyoyevning 
Dushanbega 
tashrifi 
tayyorlanmoqda, hamda shu bilan birga, Tojikiston hukumati «mojaroli» Rog‘un 
GESni 
qurishda 
davom 
etmoqda. 
O‘zbekiston 
rahbariyatining 
bu 
masala bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgardimi? Turkmaniston, Qozog‘iston bilan avvalgi 
bosqichda yaratilgan asos tufayli munosabatlar iliqlashdi va hamkorlik masalalarida 
oldinga siljish ro‘y berdi. Mintaqada o‘ziga xos o‘zak tashkil topdi: Turkmaniston-
O‘zbekiston-Qozog‘iston. So‘nggi bahli masala hal etildi – chegaraning Ustyurt 
qismi bo‘yicha nuqta qo‘yildi. Noyabrda davlat chegaralarining tutashish nuqtasi 
tumani 
bo‘yicha 
muddatsiz 
uch 
tomonlama 
kelishuv 
imzolandi. 
Qirg‘iziston bilan ba'zi kelishuvlarga kelindi, biroq hali o‘z yechimini 
kutayotgan masalalar talaygina. Qirg‘iziston O‘zbekiston uchun muhim – «Xitoy-
Qirg‘iziston-O‘zbekiston» transport yo‘lagi bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish 
lozim, buni avtomobil qismini qurishdan boshlab, temir yo‘l magistralini qurishga 
o‘tish orqali qilish kerak. Bu loyiha Xitoydan Yaqin Sharq va Janubiy Yevropa 


portlariga katta transport yo‘lagining asosiy qismi bo‘ladi. Ya'ni, XQO‘ 
loyihasi hisobga olinsa, Turkiyadan Xitoyning dengiz portlariga qadar transport-
kommunikatsiya 
magistrali 
yaratiladi. 
Kelajakda bu yo‘l Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi mojaroga olib 
kelmaydimi? 
Qozog‘istondan ekspertlar darajasidagi ilk xavotirlar 2000-yillar o‘rtalarida 
bildirilgandi. O‘shanda Qirg‘iziston temir yo‘li yo‘nalishini shunday qurishni taklif 
qilganki, o‘zida Shimolni Janub bilan birlashtirmoqchi bo‘lgan. «Xitoy-
Qirg‘iziston-O‘zbekiston» transport yo‘lagi loyihasiga qarshi RF avvaliga jiddiy 
qarshi chiqqan. Qozog‘iston transport loyihalarini o‘z hududi orqali amalga 
oshirishdan manfaatdor bo‘lgan («G‘arbiy Xitoy-G‘arbiy Yevropa» loyihasi) 
va XQO‘ loyihasiga qiziqish bildirmagan. Faqatgina so‘nggi yillarda, Qozog‘iston 
mintaqaviy ahamiyatdagi transport-logistik xab roliga da'vogarlik qilishni 
boshlaganidan so‘ng, qozoq ekspertlari orasida «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» 
transport loyihasi yuk tashuvlarining bir qismini XQO‘ yo‘lagiga ketib qolishiga 
olib 
kelishi 
mumkinligi 
haqida 
fikr 
bildirila 
boshlandi. 
Albatta, yuklarning ma'lum qismi uchun bu janubiy yo‘nalish 
muddatlar va masofa bo‘yicha optimaldir. Yuklar Xitoyning dengiz portlaridan 
Janubiy Yevropa, O‘rta Yer dengizi va Yaqin Sharq portlariga yuboriladi. U 
yuklarni Xitoydan O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya 
orqali O‘rta Yer dengizidagi Mersin portiga yetkazish imkonini beradi, Mersin esa 
O‘rta va Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalarini 
ta'minlaydi. Biroq agarda yuklarni Xitoydan, aytaylik, Bremenga yetkazish bo‘lsa, 
ularni O‘zbekiston orqali olib o‘tishmaydi, sababi Qozog‘iston orqali tranzitdan 
foydalanish 
qulayroq. 
Hammasi 
ishlab 
chiqaruvchilar, 
eksportchilar va importchilarning logistik manfaatlari bilan aniqlanadi. Hamda 
asosiy oqimlar esa baribir Qozog‘istonda qoladi. XQO‘ga tranzitning 10-15 foizidan 
ortig‘i to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun men yangi yo‘nalishning qurilishi 
Qozog‘iston 
bilan 
ziddiyatga 
olib 
keladi, 
deb 
o‘ylamayman. 


Prezident Mirziyoyev nima uchun Tojikistonga borishga shoshilmayapti? Tashrif 
haqida anchadan beri aytiladi, biroq muddat hali noma'lum. Gap Rog‘un GESdami? 
Bu sabablardan biri. Markaziy Osiyodagi muammolar va rivojlanish istiqbollariga 
bag‘ishlangan Samarqand konferensiyasida prezident Shavkat Mirziyoyev 
mintaqada suvdan foydalanish muammosi hamon hal etilmaganini aytdi. BMTning 
Markaziy Osiyoda suv masalalari bo‘yicha Konventsiya loyihasi bor va O‘zbekiston 
uni qo‘llab-quvvatlaydi hamda O‘zbekiston aynan shu konvensiya asosida 
bundankeyin 
ham 
ishlashga 
rozi. 
Tojikiston rahbariyati uchun vaziyat shundayki, O‘zbekiston bilan samarali 
hamkorlikdan qanday foydalar kelishiga qaramay, ular bu g‘oyadan (Rog‘un GES 
qurilishi) voz kecha olmaydi. Bu afsuslanarli, lekin fakt. Rog‘un qurilishda davom 
etadi, hamda bu, albatta, O‘zbekiston bilan munosabatlarni yaxshilashga turtki 
bermaydi, har holda bu Dushanbe o‘zida Amudaryoning quyi oqimida joylashgan 
barcha mamlakatlar salbiy munosabatda bo‘layotgan bu loyihadan voz kechishga 
kuch topa olganida bo‘lishi mumkin bo‘lgan sur'atlar va dinamikada yuz bermaydi. 
O‘zbekiston prezidentining Dushanbega tashrifi davomida bu masala muhokama 
etiladimi? 
Kun 
tartibida 
yana 
qanday masalalar bo‘lishi mumkin? 
Ikki davlat rahbarining Dushanbedagi uchrashuvida Rog‘un GES qurilishi 
masalasi muhokama qilinadimi? Albatta, muhokama etiladi. Biroq bu 
muzokaralardan effekt savollarni keltirib chiqaradi. Aftidan, chegara masalalari tilga 
olinadi. 
Hozir 
davlatlararo 
chegaraning 
70-80 
foizini 
delimitatsiya 
qilish bo‘yicha hujjatlar imzolanishi mumkin. Qolgan 20 foizi, xuddi Qirg‘iziston 
bilan bo‘lgani kabi, murakkabdir. Bu qismlar aholi zich joylashgan 
tumanlarda bo‘lib, ular bo‘yicha oson yechim yo‘q. Gap gaz yetkazib berishni 
tiklash haqidagi ham borishi mumkin – yiliga taxminan 900 mln kubometr. Boshqa 
real 
loyihalar 
yo‘q. 
O‘zbekistonning bugungi kunda asosiy tashqi savdo sherigi kim? Avvalgidek 
Xitoymi, yoki Rossiya vaziyatni o‘zgartirishning hamda yetakchilikka chiqishning 
uddasidan 
chiqdimi? 
Katta ehtimol bilan joriy yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston tashqi savdo sheriklari 


ro‘yxatida Rossiya birinchi o‘ringa qaytadi, u bu pozitsiyani 2015 yilda 
yo‘qotgandi. Toshkentning jahon kuch markazlaridan bir xil masofani saqlash 
siyosati ishlamoqda. Ba'zilar bu to‘siqlarga chap berish siyosati ekanini 
aytmoqda. Biroq siyosat – to‘siqlardan qochish san'atidir. Hamma gap bu senda 
qanday yuz berishi va nimalarni berishida. U esa ko‘p narsa beradi: Rossiya bilan 
15,5 mlrd dollarlik sarmoyalar va savdo kelishuvlari Xitoy bilan 22 mlrd dollarlik 
savdo va investitsiya kelishuvlari bilan to‘ldirildi. Bu O‘zbekiston YaIM yarmidan 
ko‘p. Shu bilan birga, kimdir oldinga o‘tib ketgani, kimdadir ko‘proq imkoniyatlar 
borligi haqida gapirmagan bo‘lardim. Toshkentning strategik vazifasi – Xitoy, 
Rossiya va G‘arb o‘rtasida ham siyosiy, ham iqtisodiy munosabatda muvozanatni 
saqlash. Toshkentning istalgan turdagi va mintaqadan tashqaridan bo‘lgan xohlagan 
davlat tomonidan taklif etiluvchi integratsion birlashmaga kirmaslik bo‘yicha qat'iy 
pozitsiyasini ham Pekin, ham Moskvada tushunishmoqda. Rossiyada shuni 
tushunishmoqdaki, biz – Xitoy tomonidan ilgari surilayotgan ShHT doirasida Erkin 
savdo zonasiga qarshimiz. Boshqa tomondan, ham G‘arbda, ham Pekinda 
O‘zbekiston 
Rossiya 
tomonidan 
ilgari 
suriluvchi 
intergatsiya 
loyihalari bo‘yicha aniq pozitsiyaga ega, - O‘zbekiston na KXShT, na YeOIIga 
kirishni 
mo‘ljallamayapti. 
Rahbariyatning 
bunday 
pozitsiyasi to‘g‘ri tushunilmoqda. O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qandaydir 
ittifoqlar, alyanslar shakllari bilan cheklanmagan ikki tomonlama aloqalarni 
rivojlantirish 
tarafdori. 
Iqtisodiyotning qanday yo‘nalishlari Rossiya-O‘zbekiston hamkorligida eng 
istiqbolli? 
Bizda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning ijobiy, ishonchli dinamikasi bor. 
O‘zbekiston 
RFdan 
noenergetik 
eksport 
(mashinasozlik, 
stanoksozlik) 
bo‘yicha 
yetakchiga 
aylandi. 
Bu katta o‘zgarishlar, rossiyalik ishlab chiqaruvchilar 2030 yilgacha 
modernizatsiya va texnik qayta jihozlanish jiddiy dasturini amalga oshirayotgan va 
Rossiya texnologiya uskunalarini jiddiy xaridoriga aylanayotgan O‘zbekiston bilan 
ishlashidan darak beradi. Shuningdek, Rossiyaga o‘zbek meva-sabzavot mahsuloti 


eksporti ancha o‘sganini ta'kidlab o‘tmoqchiman. Joriy yilda u minimum 2 
barobarga oshadi. Hamda bu chegara emas – ijobiy kayfiyat Rossiya bundan 
manfaatdor ekani bilan mustahkamlangan. Siz RJD qandaydir davlat uchun tariflarni 
50 foizga kamaytirganini eshitganmisiz? O‘zbekiston uchun bu qilindi. Bizda 
Rossiya bilan tashqi savdoda jiddiy disbalans hamda biz uni hozir o‘zgartirishimiz 
kerak: hozir Rossiyadan O‘zbekistonga, O‘zbekistondan Rossiyaga qaraganda 
qariyb bir milliard dollarga ko‘proq tovarlar olib kiriladi. Xitoy bilan ham shunday 
vaziyat. Biz eksport-import ko‘rsatkichlarini tenglashtirishimiz, xomashyo hajmini 
emas, 
balki 
boshqa 
mahsulot 
eksportini 
oshirishimiz 
kerak. 
2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda 
respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim 
yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan 
majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zAda xabar berildi. 
Mamlakat Prezidenti o‘z ma'ruzasida mavjud hal bo‘lmagan muammolar va to‘liq 
ishlatilmagan zaxiralarni batafsil va har tomonlama muhokama qilgan holda 2017 
yildagi respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim strategik vazifalari 
va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha taklif kiritdi. Ustuvor vazifalar qatorida “Xalq 
bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida 
aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni rivojlantirishga, aholi turmush darajasi va 
sifatini, uning moddiy farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatni faol 
davom ettirish masalalari markaziy o‘rinni egalladi. 
Hukumat, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi 
hokimiyat organlari rahbarlari oldiga tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishdagi 
kamchiliklarni bartaraf etish hamda iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur'atlarini saqlab 
qolish, faol investitsiya siyosatini davom ettirish, mamlakatning eksport salohiyatini 
oshirish, hududlarni kompleks va intensiv ravishda rivojlantirish, tadbirkorlikning 
huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, iqtisodiyotni boshqarishdagi 
davlat rolini bosqichma-bosqich kamaytirish va uning organlari ishini tubdan 


takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi. 
Shahar va qishloq joylarida aholi turmush sharoitini yaxshilashni ta'minlovchi arzon 
uy-joylarni qurish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish borasida qabul qilingan yangi 
maqsadli dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifa va choralar belgilandi. 
Majlisda kun tartibini muhokama qilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziri va uning o‘rinbosarlari, qator vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari 
rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, 
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hisobotlari eshitildi. 
Yo‘l qo‘yilgan xatolar va kamchiliklar, tashabbussizlik uchun ayrim rahbarlar ularni 
bartaraf etish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarni yanada jadal 
rivojlantirish bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali ijrosini 
ta'minlashda shaxsan javobgar ekanliklari haqida ogohlantirildilar. 
O‘tkazilgan majlis yakunlari bo‘yicha mamlakat Prezidenti tomonidan hukumat, 
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hokimliklar rahbarlari oldiga quyidagi 
aniq ustuvor vazifalar va talablar qo‘yildi: 
Birinchi – 2017 yilgi iqtisodiy va ijtimoiy dasturning o‘n bitta eng muhim ustuvor 
vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish; 
Ikkinchi – iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlarida ishlarning 
holatini tizimli tanqidiy tahlil qilish va shu asosda iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari hamda ustuvor vazifalariga tegishli 
tuzatishlar kiritish; 
Uchinchi – yakuniy ish natijalari, qattiq intizomga rioya qilish hamda tobora ortib 
borayotgan zamonaviy talablarga muvofiq boshqaruv tizimi samaradorligini 
kuchaytirish borasida rahbarlar va mansabdor shaxslarning shaxsiy mas'uliyatini 
oshirish. 


Muhokama yakunlari bo‘yicha respublika hukumati qarori qabul qilinib, 2017 yilda 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yo‘nalishlari va 
ustuvor vazifalari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi. 
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar va asosiy makroiqtisodiy 
ko'rsatkichlar 
haqida 
ma'lumotlarni 
keltirib 
o'tdi. 
"Mamlakatimizda olib borilayotgan jadal va keng ko'lamli islohotlar yurtimizda 
yangi 
davrni 
– 
yangi 
O'zbekiston 
davrini 
boshlab 
berdi. 
Bugun yurtimizda tarixan qisqa fursatda butunlay yangicha siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, ilmiy-ma'rifiy va madaniy muhit paydo bo'ldi, deb aytishga barcha 
asoslarimiz 
bor. 
Xalqaro valyuta jamg'armasi va nufuzli reyting agentliklari tahlillariga ko'ra, 
hozirgi qiyin va murakkab sharoitda O'zbekiston jahonning sanoqli mamlakatlari 
qatorida moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarini 
tiklash 
va 
iqtisodiy 
faollikni 
oshirishga 
erishib 
kelmoqda. 
Mana, yaqinda Amerika Qo'shma Shtatlarining “J.P.Morgan” investitsiya banki 
tomonidan e'lon qilingan “O'zbekiston: yuksalish yo'li” nomli tahliliy hisobotda ham 
ayni 
shu 
fikrlar 
bayon 
etilgan. 
Shu o'rinda iqtisodiyotimizdagi tarkibiy islohotlar va asosiy makroiqtisodiy 
ko'rsatkichlar haqida ayrim ma'lumotlarni keltirib o'tishni zarur, deb bilaman. 
2017-2020 yillarda mamlakatimizning iqtisodiy o'sish darajasi 18,3 foizni tashkil 
etib, yalpi ichki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi. Bu haqda gapirganda, tashqi 
savdo aylanmasi 2016 yildagi 24 milliard dollardan 2020 yilda 36 milliard dollarga 
ko'payganini ta'kidlash lozim. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 369 trillion 
so'mni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 23,4 foizga o'sdi. Natijada sanoat 
mahsulotlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 19,5 foizdan 27,4 foizga ko'tarildi. 
Iqtisodiy sohani, jumladan, bojxona tartiblarini liberallashtirish tufayli 2020 
yilda eksport hajmi 15,1 milliard dollarni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 25 foizga 
o'sdi. 
Islohotlarimiz samarasining turli xalqaro reytinglarda tan olinishi 


mamlakatimiz uchun xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatini yaratdi. 
Jumladan, joriy yilda 635 million dollarlik va 2,5 trillion so'mlik davlat 
yevroobligatsiyalari, Ipoteka bankining 785 milliard so'mlik va “O'zavtomotors” 
aksiyadorlik jamiyatining 300 million dollarlik korporativ obligatsiyalari chet el 
investorlariga 
sotildi. 
Sarmoyadorlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga bo'lgan ishonchini keskin 
oshirishga muvaffaq bo'ldik. Investitsiyalarning umumiy hajmi qisqa muddatda 
2,1 martaga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobarga yaqin o'sgani 
ham buning isbotidir.O'tgan uch yil mobaynida soliq sohasida yangi tizim joriy 
etildi. Soliqlar soni sezilarli darajada kamaytirildi, aylanma mablag'dan olinadigan 
soliqlar bekor qilindi. Qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha 
pasaytirilib, 
ushbu 
soliq 
zanjirining 
yaxlit 
tizimi 
yaratildi. 
2017-2020 yillarda banklarimiz kapitalini 5,7 barobar yoki 5 milliard dollargacha 
oshirishga erishdik.Elektroenergetika, neft-gaz, kommunal sohalarda amalga 
oshirilgan tarkibiy o'zgarishlar natijasida davlat boshqaruvi va xo'jalik funksiyalari 
bir-biridan ajratildi, raqobat muhitini yaratish uchun muhim qadamlar tashlandi. 
Ayni paytda yangi-yangi infratuzilma tarmoqlari barpo etildi. Minglab kilometr 
uzunlikdagi yangi yo'llar, elektr va gaz tarmoqlari qurildi va ta'mirlandi. 
Jamoat transporti izchil rivojlanmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida 2 ta yangi 
metro stansiyasi hamda qariyb 12 kilometrlik yer usti metro liniyasi foydalanishga 
topshirildi.“Sergeli” yo'nalishi bo'yicha 6,2 kilometrlik qurilish ishlari yakunlandi. 
Ayni paytda O'zbekistonda ko'plab yirik investitsiyaviy loyihalar amalga 
oshirilayotganini alohida ta'kidlash joiz. Shular qatorida yaqinda Olmaliq kon-
metallurgiya kombinatining qiymati 2 milliard AQSH dollariga teng bo'lgan 3-mis 
boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo'yilganidan barchangiz xabardorsiz. 
Kuni kecha Navoiy viloyatining Karmana tumanida 110 million dollar investitsiya 
hisobidan ishga tushirilgan quyosh elektr stansiyasi O'zbekiston energetika tizimida 
birinchi 
ulkan 
qadam 
bo'ldi. 
Ayni paytda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ikkita yangi zavod – azot 


kislotasi hamda ammiak va karbamid ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. 
Umumiy qiymati 1,5 milliard dollar bo'lgan ushbu loyihalar evaziga “Navoiyazot”da 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga oshadi. Iqtisodiy islohotlar - xoʻjalik 
yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish 
yoʻllari va usullarida yirik qayta qurishlar, oʻzgartirishlar samaradorligi past 
muayyan iqtisodiy tizimni takomillashtirish yoki eski tizimdan yangisiga oʻtish 
maqsadlarida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tizimning samaradorligi qoniqarsiz 
boʻlgan, iqtisodiy tangliklar yuz bergan, iqtisodiyot kishilarning ehtiyojlarini yetarli 
qondirmagan hollarda, mamlakat oʻz taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada 
qolgan sharoitlarda oʻtkaziladi. I.i. larzalarsiz, aniq maqsadlar koʻzlangan holda, 
parlament qabul qilgan qonunlarga bi-noan va davlat raxbarligida oʻtkaziladi. I.i. 
evolyusion rivojlanishni taʼminlaydi. 20-asr oxiri va 21-asr boshlaridagi I.i. 
umumbashariy boʻlib, de-yarli hamma mamlakatlarda oʻtkazildi. Bozor iqtisodiyoti 
qaror topgan mamlakatlarda I.i. iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan boʻlib, 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, iqtisodiyot subʼyektlari 
mustaqilligini kuchaytirish, monopoliyalar faoliyatini nazorat qilish, erkin narxlarga 
yoʻl berish, xullas bozor mexanizmining toʻlaroq amal qilishiga sharoit yaratib 
berishga qaratildi. Yangidan mustaqil boʻlgan yosh mamlakatlarda (sobiqsotsialistik 
mamlakatlar va SSSR tarkibidagi respublikalar) I.i. 2 yoʻnalishda bordi: 1) milliy 
mustaqillikni iqtisodiy jihatdan taʼminlashni koʻzlagan islohotlar; 2) rejali 
iqtisodiyotdan bozor tizimiga oʻtishga qaratilgan, yaʼni bozor islohotlari 
yoʻnalishlarida amalga oshirildi. Birinchi yoʻnalish boʻyicha milliy pulni 
muomalaga kiritish, mustaqil bank, byudjet va soliq ti-zimlarini joriy etish, bojxona 
xizmatini tashkil qilish va milliy iqtisodiy chegaralarni oʻrnatish, 
i.ch. tuzilmasini oʻzgartirish kabilar amalga oshirildi. Ikkinchi yoʻnalish boʻyicha 
mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, bozor in-fratuzilmasini 
yaratish, rejali davlat narxlaridan erkin bozor narxlarga oʻtish, agrar sohadagi 
oʻzgarishlar, tashki iqtisodiy faoliyatni bozor talablariga mos ravishda qayta qurish, 
monopoliyalarni cheklash, chetdan kapital kiritishni ragʻbatlantirish kabi 
choratadbirlar joriy etildi. 


I.i. bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va davom etadi, iqtisodiyotni 
erkinlashtirishni taʼminlaydi. I.i.ga umumiylik va milliylik xos. Ularning 
umumiyligi — I.i. yoʻnalishlarining bir xil boʻlishi va yagona bozor tizimining karor 
topishidir. Milliylik har bir mamlakatning oʻziga xos sharoitini hisobga 
olish va shunga qarab islohot tamoyillarini qoʻllashdan iborat. Oʻzbekistonda 
1991—2002-yillar davomida amalga oshirilgan I.i. tanlangan milliy modelga binoan 
oʻtka-zildi va bu jarayon davom etmoqda (qarang Bozor iqtisodiyoti, Bozor 
islohotlari, Bozor shtisodiyotiga oʻtish). 
O‘zbekistonda yangi rahbar boshqaruvi ostida bir yil o‘tdi. Ushbu davr mobaynida 
mamlakatda massiv iqtisodiy islohotlar va dinamik o‘zgarishlar ro‘y berdi. 
O‘zbekiston o‘ziga xalqaro siyosiy va biznes doiralar, shu jumladan Forbes, The 
Wall Street Journal, Bloomberg kabi yetakchi chet el ommaviy axborot vositalar 
e’tiborini qarata boshladi. Endilikda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar 
jarayoni va natijalari xalqaro media platformalar diqqat markazida bo‘lmoqda va 
Toshkent Markaziy Osiyoda asosiy yangilik va xabarlar beruvchi shaharga aylandi. 
Shu bilan birga O‘zbek jamiyatining mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga 
bo‘lgan munosabati ancha o‘zgardi, xalqning islohotlarga qo‘shishi mumkin bo‘lgan 
hissasi har doimgidan ko‘ra ahamiyatli. Bundan tashqari butun mamlakatni qamrab 
olayotgan siyosat va jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni televideniedagi har 
kungi ijtimoiy muhokamalari g‘oyalar generatori bo‘lib davlatning rivojiga o‘z 
hissasini qo‘shmoqda. 
Sh.Mirziyoyevning keng ko‘lamli islohotlari iqtisodiy sohada ham boshlandi. 
Mamklakat Senati raisning birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga ko‘ra, yuqori 
iqtisodiy o‘sish va O‘zbek iqtisodining o‘sib borayotgan raqobatbardoshligini 
ta’minlash milliy rahbariyat uchun birinchi darajali masalaga aylandi. 
Prezidentlikning birinchi kunlaridan boshlab Shavkat Mirziyoev davlatning 
investitsion iqlimini rivojlantirish va milliy iqtisodning chet el investorlari uchun 
yanada ko‘rkamligini ta’minlash yo‘lida siyosat olib bordi. O‘zbek hukumatining 
moliya, savdo, soliq va investitsiya sohalarida olib borayotgan siyosat orqali boshlab 
yuborgan iqtisodiy liberalizatsiyasi Jaxon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, YeTTB, 


OTB kabi xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan ma’qullandi. Sentabr oyidagi 
milliy valyutaning to‘liq konvertatsiyasi shu sohada qo‘yilgan muhim qadamlardan 
biri bo‘ldi. Iqtisodiy liberalizatsiya va jamiyat modernizatsiyasi O‘zbekistonning 
yangi realligiga aylandi. Ushbu islohotlarni xalqaro ekspertlar “Toshkent butun 
e’tiborini o‘ziga qaratgan izolyatsion holatga tushib qolgan edi, endilikda esa u 
qo‘shnilar va dunyo uchun ochilmoqda”, deya baholashmoqda. 
Bugungi kunda O‘zbek hukumati asosiy iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni tatbiq etish 
yo‘lida chet el konsalting kompaniyalari, investitsion banklar va boshqa xalqaro 
moliyaviy institutlar bilan ishlamoqda. Mamlakat Prezidenti tashabbusi bilan 2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi barcha islohotlarni tartibga soladigan va yo‘l xaritasi sifatida xizmat 
qiladigan hujjat hisoblanadi. 
Strategiya mamlakat rivoji uchun muhim hisoblangan beshta yo‘nalishni aniqlab 
beradi: davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish; qonun ustuvorligini 
ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; iqtisodiyotni rivojlantirish va 
liberallashtirish; ijtimoiy sohani rivojlantirish; xavfsizlik, millatlararo totuvlik va 
diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va 
amaliy tashqi siyosat olib borish. Strategiyada alohida e’tibor davlat suvereniteti va 
erkinligini kuchaytirishga, uning xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi 
sifatida o‘sib borayotgan o‘rni, rivojlangan demokratik mamlakatlar qatoriga kirib 
borishi, atrofida xavfzlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, 
mamlakatni xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan. 
Shu munosabat bilan, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Fraser 
strategiya 
va 
uning 
asosida 
qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni 
mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangi tashqi siyosat yondashuvi 
nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning kelajakdagi farovonligi va 
barqaror rivojlanishining kafolati ekanini ta’kidladi. Bundan tashqari, xalqaro 
ekspertlarning fikricha, Harakatlar strategiyasini qabul qilish va amalga oshirish 
suveren O‘zbekistonni rivojlantirishda yangi ustun ekanligini anglatadi. 


Strategiyaning mazmun va mohiyatiga tayanib, uning asosiy xususiyatlarini hisobga 
olishimiz kerak. Birinchidan, Strategiyani qabul qilish bugungi O‘zbek jamiyatida 
jiddiy muammolar mavjudligini tan olish ekanini anglatadi. Bunday holatda, ushbu 
muammolarni yechish ham ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinishidan boshlanadi. 
O‘zbekistonning 
yangi 
rahbariyati 
Harakatlar 
Strategiyasi 
doirasida 
keng ko‘lamli va tarixiy islohotlarni yo‘lga qo‘yish orqali muhim qadamni qo‘ydi. 
Ikkinchidan, birinchi marta bunday keng ko‘lamli dastur Hukumat va xalq o‘rtasida 
to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot orqali qabul qilindi. Avval uni qabul qilish 
strategiyasining loyihasi ommaviy axborot vositalarida va Internetda e’lon qilindi 
va har bir fuqaro o‘z fikrini bildirish, qarashlari bilan bo‘lishish va unga o‘zgartishlar 
kiritishga imkon yaratdi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda o‘zbek xalqi, jumladan, 
ekspertlar hamjamiyati vakillari, xususiy sektor, tadbirkorlar, nodavlat tashkilotlar, 
hatto xorijiy ekspertlar ham strategiyaning hammualliflari bo‘lishdi. Shu orqali xalq 
qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish uchun haqiqiy imkoniyatni qo‘lga 
kiritdi va bu umummilliy muhokama mavzusiga aylandi. 
Uchinchidan, Strategiya nafaqat hujjat, balki haqiqiy harakatlar va aniq choralar 
uchun yo‘l xaritasidir. Bu balandparvoz gaplar yoki PR kampaniyasining populist 
deklaratsiyasi emas. Shu bois bugun biz O‘zbekistonda ijobiy va dinamik 
o‘zgarishlarni kuzatmoqdamiz. O‘zbekiston viloyatlariga ko‘plab tashriflar aholiga 
Prezident bilan muloqotga kirishish imkonini bermoqda. Hukumat va mintaqaviy 
darajada tez-tez o‘zgarishlar, shuningdek, islohotlarga moyil bo‘lgan yosh vazirlarni 
tayinlash O‘zbekiston rahbariyatining modernizatsiya qilishga qaratilgan jiddiy 
e’tiborini tasdiqlaydi. 
To‘rtinchidan, O‘zbekiston Markaziy Osiyo bo‘yicha demografik ko‘rsatkichlari 
eng yirik bo‘lgan davlat hisoblanadi. Mintaqaning deyarli yarim aholisi O‘zbekiston 
fuqarosi hisoblanadi. Mustaqillikdan buyon O‘zbekiston aholisi 50 foizga (20 
milliondan 32,5 milliongacha) oshdi. Bir so‘z bilan aytganda, mintaqadagi har 
ikkinchi odam O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Shunday qilib, 
Markaziy Osiyo aholisining yarmi rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tdi. 


Shu munosabat bilan, Strategiyani amalga oshirish nafaqat O‘zbekistonga, balki 
butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston 
mintaqaning barcha davlatlari, jumladan, Afg‘oniston bilan chegaradosh. 
O‘zbekistonning faol mintaqaviy siyosati va butun dunyoga ochiqligi Markaziy 
Osiyoda yangi siyosiy voqea bo‘ldi. 
BMT Bosh Assambleyasining 2017 yil sentabridagi murojaatida Sh.Mirziyoev 
O‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ta’riflab, 
Markaziy Osiyo mintaqasi asosiy ustuvor yo‘nalish ekanligini ta’kidladi va buni 
"ongli ravishdagi tanlov" deb atadi. U "tinch va iqtisodiy jihatdan gullab-
yashnayotgan Markaziy Osiyo bizning eng muhim maqsadimiz va asosiy 
vazifamiz", deb ta’kidladi. Bundan tashqari, Prezident Markaziy Osiyo davlatlari 
rahbarlarining sammitini tashkillashtirish tashabbusi bilan davlatlararo aloqalarni 
kuchaytirishga alohida urg‘u berdi. U ta’kidlaganidek, "Prezidentlar muntazam 
maslahatlashuv uchrashuvlarini o‘tkazish" qo‘shnilar bilan yaqinlashish 
tendensiyasini mustahkamlashga yordam beradi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlarni tasdiqlab, Prezidentlikning dastlabki kunlaridan 
Sh.Mirziyoyev qo‘shnilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga, 
Markaziy Osiyo davlatlarining barcha rahbarlari bilan ishonchli aloqalarni 
o‘rnatishga qaratilgan qat’iy va aniq qadamlar qo‘ydi. 
2017 yilning dekabrida o‘tkazilgan Parlament majlisidagi tarixiy nutqida Shavkat 
Mirziyoyev tashqi siyosat sohasida o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston xorijiy 
davlatlar bilan, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro 
manfaatli aloqalarni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishganini ta’kidladi. 
Bundan tashqari, Toshkent "O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor 
yo‘nalishi - Markaziy Osiyo" tamoyilini amalga oshirishga kirishdi. Natijada 
mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, o‘zaro ishonch va yaxshi 
qo‘shnichilik asosida aloqalar mustahkamlandi. 
Turkmaniston va Qirg‘iziston bilan Strategik hamkorlikka asoslangan aloqalar 
tuzildi. Qozog‘iston bilan strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun bir 
qator muhim hujjatlar qabul qilindi, 2 milliard dollarga teng bo‘lgan iqtisodiy 


bitimlar 
imzolandi. 
Tojikiston 
bilan 
hamkorlik 
mustahkamlanmoqda. 
Toshkent va Dushanbe o‘rtasida havo aloqalari qayta yo‘lga qo‘yildi. Shu ma’noda 
Qirg‘iziston bilan Davlat Chegarasi to‘g‘risidagi Shartnomani imzolash Markaziy 
Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishidagi jiddiy qadam bo‘ldi. 
Juda qisqa vaqt ichida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 
hajmi 70 foizga, Tojikiston bilan 85 foizga, Qozog‘iston bilan esa 30 foizga oshdi. 
Qo‘shni Afg‘oniston bilan muhim va o‘zaro manfaatli bitimlar imzolandi, yangi 
iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan. 
Markaziy Osiyo bo‘yicha tahlilchi Ketrin Pus, "The Diplomat" gazetasida 
yozilishicha, ikki tomonlama aloqalarni tiklash jumboqning faqat bir qismidir, 
ikkinchisi - Toshkentning ko‘p tomonlama hamkorga aylana olishi. O‘zbekistonning 
mintaqa bilan kirishishga qaratilmagan va tashqi kuchlarga nisbatan muvozanatli 
tashqi siyosati Markaziy Osiyoda geosiyosiy muvozanatni, geosiyosiy plyuralizmni 
saqlab qolishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Tadbirning ochilish marosimida 
O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston hech qanday harbiy blokning tarkibiga 
kirmasligini, chet eldagi harbiy bazalarning mamlakat ichida joylashtirilishiga yo‘l 
qo‘ymasligini, chet eldagi harbiy operatsiyalarda qatnashmasligini tasdiqladi. 
2017 yilda Prezidentimizning 21 ta oliy darajadagi tashriflari bo‘lib o‘tdi. Prezident 
60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan uchrashdi. 
Natijada 400 dan ziyod bitimlar tuzildi va umumiy hajmi 60 milliard AQSh dollariga 
teng savdo-sotiq shartnomalari imzolandi. Qabul qilingan hujjatlarni o‘z vaqtida 
tatbiq etish uchun xorijiy sheriklarimiz bilan birgalikda amalga oshirilayotgan 40 ta 
"yo‘l xaritalari" ishlab chiqildi. 
O‘zbekiston Prezidenti so‘nggi 12 oy mobaynida respublikaning strategik 
hamkorlari, jumladan, Rossiya, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, 
Turkiya va boshqa davlatlarga rasmiy tashrif buyurdi. 


Xulosa
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qayta tiklandi va Yevropa 
investitsiya banki bilan hamkorlik o‘rnatildi. Jaxon Banki, Xalqaro Valyuta 
Jamg‘armasi, Osiyo Taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki kabi xalqaro moliya 
institutlari bilan o‘zaro hamkorlik dinamik xususiyat kasb etmoqda. Mamlakatdagi 
bu kabi ijobiy o‘zgarishlar xalqaro maydonda O‘zbekistonning nufuzini 
oshirmoqda. 
Xulosa o‘rnida eslatib o‘tish joizki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan 
bunday keskin o‘zgarishlar Toshkent bilan uning mintaqaviy va xalqaro hamkorlari 
o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ishonchli poydevor yaratdi. O‘zbekiston 
hukumati o‘z innovatsion va samarali ichki va tashqi siyosatini tasdiqladi, bu nafaqat 
O‘zbekiston uchun, balki barqaror va ravnaq topgan Markaziy Osiyo uchun 
manfaatdor xorijiy sheriklar uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston hukumati 
tasdiqlagan innovatsion va samarali ichki va tashqi siyosat nafaqat O‘zbekiston 
uchun, balki rivojlanayotgan va barqaror Markaziy Osiyoga qiziqish bildirgan 
xorijiy hamkorlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. 


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə