Mavzu: Agrsanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solish va qo' llab-quvvatlash


O`zbekiston Respublikasining agrar siyosati va uni



Yüklə 66,97 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü66,97 Kb.
#181384
1   2   3   4
Agrsanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solish va qo\' llab-quvvatlash

O`zbekiston Respublikasining agrar siyosati va uni
takomillashtirish yo`llari

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat agrar siyosati birinchi navbatda mamlakatda mustahkam oziq – ovqat bazasini, yer va suvdan oqilona foydalanish shart – sharoitlarini yaratish, mulkchilikda davlat monopoliyasini keskin cheklash va xususiy mulk egaligi hamda mulkchilikning boshqa shakllariga keng yo`l ochish, turli mulkchilik shaklidagi qishloq xo`jaligi korxonalariga teng rivojlanishiga erishish va ularni har tomonlama qo`llab – quvvatlash masalalariga qaratilgan.


O`zbekistonda qishloq xo`jaligini davlat tomonidan tartibga solish va qo`llab – quvvatlash borasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

  • qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatining me`yoriy – huquqiy negizini takomillashtirish;

  • qonunda ko`rsatilgan huquqlari buzilishiga yo`l qo`ymaslik;

  • ularning ichki faoliyatiga aralashuvning har qanday ko`rinishiga yo`l qo`ymaslik;

  • qishloq xo`jaligida maqbul baho siyosatini yuritish, doimiy ravishda qishloq xo`jaligi va sanoat tovarlar orasidagi baholar paritetini saqlab borish;

  • daromadlar pasayib ketishiga yo`l qo`ymaslik;

  • ilg`or texnologiya va texnikalar bilan ta`minlash tizimini takomillashtirish;

  • fqoralar tadbirkorlik faoliyati bilan erkin shug`ullanishlari va undan manfaatdorligining kafolatlari va sharoitlarini ta`minlash, ularning ishbilarmonlik faolligini oshirish hamda qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish;

  • moliya – kredit tizimini takomillashtirish hamda korxonalarning kredit manbalari va sarmoyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

  • ishlab chiqarishga xizmat ko`rsatuvchi infratuzilmalarni kengaytirish va rivojlantirish;

  • ulgurji va mayda ulgurji savdoni rivojlantirish, korxonalarning xomashyo, axborotlar va texnologiyalardan erkin va o`rta biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni iyaki va tashqi bozorlarda sotish tizimini takomillashtirish;

  • qishloq xo`jaligi hisobi va tahlili tizimini takomillashtirish, ular uchun davlat statistika, buxgalteriya va soliq hisobotining soddalashtirilgan tartibini joriy etish;

  • kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;

  • pul – kredit tizimining barqaror faoliyatini ta`minlash uchun sug`urta tizimi ahamiyatini oshirish;

  • Yerga mulkchilik, yer va suvdan samarali foydalanish mexanizmini shakllantirish.

O`zbekistonda qishloq xo`jaligini tartibga solish, muvofiqlashtirish va qo`llab – quvvatlash ishlari bilan tegishli davlat boshqaruvi organlari, Qishloq va suv xo`jaligi Vazirligi, Dehqon va fermer xo`jaliklari uyushmasi hamda boshqa tuzilmalar shug`ullanadilar.dehqon va fermer xo`jaliklarini qo`llab –quvvatlash jamg`armasi, Biznes – fond, Bandlikka ko`maklashish jamg`armasi, tijorat banklari, “Madad”, “Birjasavdosug`urta”, “Agrosug`urta” sug`urta agentliklari va boshqa institutsional tuzilmalar korxonalarga biznes-reja tuzish, imtiyozli kreditlar olish va ularni amalga oshirishga ko`maklashadilar. Bunda tijorat banklari, turli jamg`armalar imtiyozli kredit ajratish bilan yordam bersa, sug`urta agentliklari kredit xatari va boshqa favqulodda holatlardan sug`urtalaydi.
Qishloq xo`jaligida islohatlarning huquqiy – me`yoriy bazasini yaratish karxonalarning iqtisodiy erkinligini taminlash hamda ularning qonuniy biznes bilan shug`ullanishlariga imkon beruvchi huquqlari va imtiyozlarini kafolatlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
O`zbekistonda qishloq xo`jaligi karxonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va muvofiqlashtirish borasida musahkam huquqiy – me`yoriy asos yaratilgan. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Fuqoralik Kodeksi”, “Yer kodeksi”, “Soliq Kodeksi”, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi, “Shirkat xo`jaligi to`g`risida”gi, “Fermer xo`jaligi to`g`risida”gi, “Dehqon xo`jaligi to`g`risida”gi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa me`yoriy hujjatlar respublikamizda qishloq ho`jaligi karxonalari faoliyatining turli jihatlarini tartibga solib turadi va ularning xo`jalik faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarning hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarning aralashuviga yo`l qo`yilmaydi. Davlat tadbirkorlarning erkinligi, huquqlarini himoya qiladi va ularning faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklab turadi.
Respublikamiz qishloq xo`jaligida xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish maqsadida fermer xo`jaliklarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi “Fermer xo`jaligi to`g`risida”gi qonunining 29- moddasi: “Davlat qishloq xo`jaligi mahsuloti yetishtirish va uni realizatsiya qilish bilan shug`ullanuvchi fermer xo`jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi”, - deb e`tirof etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi 347- sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish hamda hisobga qo`yish tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi qarori bilan tadbirkorlik subyektlarini, jumladan, fermer xo`jaliklarini davlat ro`yxatiga olish va hisobga qo`yishning yengillashtirilgan tadbiri joriy etildi. Unga ko`ra, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatiga olish “bir yo`la” tamoyili asosida, ularni avtomatik tarzda hisobga qo`yish bilan amalga oshiriladi. Qarorga muvofiq tuman hokimiyatlari tarkibida davlat ro`yxatiga olish bo`yicha maxsus xizmat tashkil etilgan bo`lib, uning xodimlari tadbirkorlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish bilan bog`liq barcha hujjatlarni tayorlash, ularni yo`l fondi, mehnat, bandlik va ijtimoiy ta`minot bo`limi, soliq hamda statistika organlarida hisobga qo`yish ishlarini o`zlari amalga oshiradilar.
Fermer xo`jaligini yer ijrosi bilan bog`liq barcha xujjatlar tayyor bo`lgan taqdirda davlat ro`yxatiga olishning umumiy muddati (ichki ishlar bo`limidan muhr hamda burchak shtampini tayorlashga ruxsat olishni ham qo`shib hisoblanganda) 12 kundan oshmasligi lozim.
Kuzatkichlarning ko`rsatishicha, fermer xo`jaliklarini davlat ro`yxatiga olishning bu yengillashtirilgan tartibi joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Chunki, qaror qabul qilingunga qadar fermer xo`jaligi tashkil etish istagida bo`lgan fuqoralarni ro`yxatga olish ishlari asossiz ravishda, tutsrli ma`muriyatchilik va sansolarlik tufayli cho`zib yuborilar edi.
Fermer xo`jaliklari qonunda belgilab berilgan tartibda hisob va hisobot ishlarini yuritadilar. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 febraldagi “Kichik va o`rta biznes korxonalaruchun hisobotlar yuritilishini qisqartirish hamda soddalashtirish chora – tadbirlari to`g`risida”gi 65 – sonli qaroriga muvofiq 2000 yilning 1- choragidan fermer xo`jaliklari uchun maksimal qisqartirilgan va soddalashtirilgan hisob shakli hamda uni taqdim etish belgilab berilgan.
Respublikamizda fermer xo`jaliklarini huquqiy jixatdan himoya qilish bilan bir qatorda ularni iqtisodiy dastaklar orqali har tomonlama rag`batlantirish choralari ham amalga oshirilmoqda. Davlatning iqtisodiy rag`batlantirish choralari quydagi mexanizmlardan tashkil topadi :
moliya – kiridit tizimi orqali qo`llab- quvvatlash;
tabaqalangan va imtiyozli soliq tizimidan foydalanish;
baholar paritetini saqlash;
tashqi iqtisodiy faoliyatni rag`batlantirish va boshqalar.
Davlatning fermer xo`jaliklari faoliyatini iqtisodiy dastaklar orqali qo`llab – quvvatlash choralari fermer xo`jaliklarining rivojlanishiga qulay shart – sharoitlar yaratish maqsadida davlat tomonidan beriladigan iqtisodiy rag`batlantirish choralaridan tashkil topadi. Bunday chora-tadbirlar sarasiga soliqlar to`lashda yengilliklar berish, imtiyozli shartlar va foizlarda kreditlar berish, davlat buyurtmasi bo`yicha xarid qilinadigan mahsulotlarga kafillangan baholar belgilash, eksport-inport operadsiyalarida qulay tariflar va to`lovlar o`rnatish kabi iqtisodiy dastaklar kiradi.
Fermer xo`jaliklariga soliq to`lashda sezilarli yengilliklar joriy etilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq ular dastlab tashkil etilganidan boshlab 2 yil mobaynida yagona yer solig`i to`lashdan ozod etilgan. Keyingi yillarda esa ular boshqa qishloq xo`jaligi korxonalari bilan teng sharoitlarda yer maydonining joylashgan o`rni va tuproqning unimdorligi darajasidan kelib chiqib belgilanadigan ball-bonitetlar asosida yagona yer solig`i to`laydilar.
Fermer xo`jaliklarini moliya-kredit tizimi orqali qo`llab-quvvatlash birinchi navbatda imtiyozli kredit berish mexanizmini qo`llash hamda kafolatlash jarayonini rivojlantirish bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda “Kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash davlat dasturi” doirasida dehqon va fermer xo`jaliklariga davlat mablag`lari, tijorat banklarining imtiyozli jamg`armasi hamda aynan shu maqsadlar uchun tashkil etilgan budjetdan tashqari jamg`armalar mablag`lari hisobidan imtiyozli kreditlar berish amalda qo`llanmoqda. Bunday imtiyozli kreditlar uchun foiz to`lovlari Markaziy bank (MB) tomonidan qat`iy belgilanib, MB qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan yuqori bo`lmaydi. Shuningdek, dehqon va fermer xo`jaliklari uchun kreditning garov ta`minotini yaratishda davlat yoki budjetdan tashqari jamg`armalarning kafolat tizimini yaratishga ham e`tibor berilmoqda.
Davlatning fermer xo`jaliklari rivojlanishiga ko`maklashuvchi institutsional va infratuzilmalarni qo`llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu vazifani amalga oshirish fermer xo`jaliklariga moddiy – texnik resurslarini etkazib beruvchi, mahsulotlarni saqlash, tashish, qayta ishlash va sotishga ko`maklashuvchi hizmat ko`rsatuvchi korxonalar tormog`ini yaratish, bank, moliya va qimmatli qog`ozlar bozori , fond birjalari va yarmarkalar, axborot-maslahat markazlari hamda fermerlar manfaatlarini himoya qiluvchi uyushmalar, fondlarni tashkil etish va ularni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Davlat bu yo`l bilan fermerlikni rivojini bilvosita qo`llab-quvvatlaydi. Keyingi yillarda bu yo`nalishda bir qator muhim qarorlar qabul qilindi va amalga oshirilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qaroriga muvofiq fermer xo`jaliklariga aylantirilayotgan xo`jaliklar xududida barpo etilayotgan bozor infratuzilmasi obyektlarining ishlab chiqarish, moliyaviy va moddiy – texnika bazasini rivojlantirishni rag`batlantirish maqsadida fermer xo`jaliklarini mineral o`g`itlar va yonilg`i – moylash materiallari bilan ta`minlash bo`yicha bo`linmalar mulk solig`i va yer solig`i to`lashdan, suvdan foydalanuvchilar uyushmalari hizmatlari qo`shilgan qiymat solig`i, foyda va mulk solig`i hisoblanishi va to`lanishidan 2 yildan muddatga ozod qilindi.
Fermer xo`jaliklari sifatida qayta tashkil etilayotgan qishloq xo`jaligi korxonalari xududida tuzilayotgan muqobil mashina – traktor parklari solig` solish shartlari va qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarga ko`rsatilayotgan xizmatlar (yer xaydash, ekish, ishlav berish, hosilni yig`ishtirish va boshqalar) uchun hisob – kitoblar bo`yicha “O`zagromashservis” uyushmasi viloyat birlashmalarining mashina – traktor parklariga tenglashtirildi. Shuningdek, fermerlar va boshqa qishloq xo`jaligi korxonalariga lizing xizmati ko`rsatuvchi korxonalarga ham bir qator imtiyozlar berilgan xususan, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 2 noyabrdagi “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo`jalik texnikasi bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 424-sonli qarori bilan “O`zqishloqxo`jalikmash-xolding” kompaniyasi korxonalari tomonidan zamonaviy qishloq xo`jalik texnikasini fermerlarga va boshqa qishloq xo`jaligi korxonalariga kamida 7 yillik muddat bilan lizingga berish va kompaniyasi daromadi (marjasi) ning imtiyozli stavkasi Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori bo`lmasligi belgilab qo`yildi. Bunda traktorlar va o`rim-yig`im texnikasi qiymatining 15 foizi avans sifatida fermer xo`jaliklari tomonidan o`z mablag`larihisobiga va qolgan 85 foizi “Qishloq xo`jaligini texnika bilan ta`minlashni davlat tomonidan qo`llab – quvvatlash jamg`armasi” qarz asosida beradigan mablag`lar hisobiga mablag` bilan moliyaviy ta`minlanadi. Kichik va o`rta biznesni zamonaviy texnologiya, uskinalar bilan jihozlashda, shuningdek, mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayorlab chiqarilgan asbob-uskina va texnikalarini sotishda lizing faoliyati rolini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi “lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni bilan 2002yilning 1 sentyabiridan boshlab lizing to`lovlari qo`shilgan qiymat solig`idan, lizingga berish uchun O`zbekiston Respublikasi hududiga olib keladigan texnologiya uskinalari vakil bankning tegishli tasdig`i mavjud bo`lgan tag`dirda bojxona to`lovidan va qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilindi. Shu bilan birga, lizing oladigan xo`jalik yurituvchi subyektlar lizingga berilgan mulkka soliq to`lashdan lizing shartnomasi amal qiladigan muddatgacha ozod qilinadigan va lizing beruvchini soliqqa tortishda u lizingga berish uchun mulk xarid qilishga olgan kreditlar foizi hamda belgilangan boshqa to`lovlarning summasi uning jami daromadidan chegirib tashlanadigan bo`ldi. Buning ijobiy tomoni shundaki, endilikda fermerlar bir tamondan, zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikalarini ancha yengil shartlarda va arzon to`lovlar evaziga lizingga olish imkoniyatiga ega bo`lsalar, ikkinchi tomondan, lizing beradigan korxonalar ham lizing xizmati sifati va samaradorligini muayyan darajada oshirishga muvaffaq bo`ladilar.
Ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta`minlash mamlakat iqtisodiy siyosatning ustivor yo`nalishidir. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning davlat tamonidan tartibga olinib turilishini talab qiladi. Bozor sharoitida ishlab chiqarish davlat tamonidan iqtisodiy dastaklar yordamida tartibga solinib turiladi.
Qishloq xo`jaligi o`z xususiyatlariga ko`ra davlat tomonidan tartibga solinib turishga ayniqsa muhtoj. Gap shundaki, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan juda ko`plab korxonalar shug`ullanadi. Natijada ma`lum ma`noda ideal raqobat muhiti vujudga keladi. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining tabiy muxitga bog`liqligi ham davlat tamonidan aralashuvni talab qiladi. Aks holda juda ko`plab korxonalar ishlab chiqarish natijalariga ko`ra, zara ko`rishi mumkin.
Qishloq xo`jaligiga davlat juda ko`p dastaklar orqali ta`sir ko`rsatadi. Davlat tamonidan ishlab chiqarishni tartibga solish jarayoni yildan-yilga takomillashtirilib borilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. Yüklə 66,97 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə