Mavzu: Agrsanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solish va qo' llab-quvvatlash


Davlatning qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab – quvvatlashdagi asosiy vazifalari, ularni amalga oshirish



Yüklə 66,97 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü66,97 Kb.
#181384
1   2   3   4
Agrsanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solish va qo\' llab-quvvatlash

Davlatning qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab – quvvatlashdagi asosiy vazifalari, ularni amalga oshirish
shakllari va usullari

Milliy agrar iqtisodiyotining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda davlatning qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab - quvatlashdagi asosiy vazifalari sifatida quydagilarni belgilash mumkin:



  1. Huquqiy tartibga solish vazifasi – davlat agrar iqtisodiyot barqoror rivojlanishini va har bir xo`jalik yurituvchi subyekt teng sharoitlarda faoliyat yuritishini ta`minlashga imkon beruvchi me`yorlar hamda qonunlarni qabul qilish orqali, ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarninghuquqiy asoslarini yaratishni nazarda tutadi.

  2. Barqarorlashtirish vazifasi – agrar iqtisodiyotda innqirozli holatlarni bartarab etish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishning pasayishiga yo`l qo`ymaslik va agrosanoat majmui tarkibiningmutanosibligini ta`minlash bilan bog`liq.

  3. Tartibga solish vazifasi – xo`jalik yurituvchi subyektlarning samarali faoliyat yuritishlarini ta`minlash maqsadida bozor tuzilmalari bilan davlat boshqaruvining o`zaro manfaatliligi hamda uyg`unligini shakllantirishdan iborat.

  4. Rag`batlantirish vazifasi – milliy iqtisodiyot doirasida qishloq xo`jaligida fan – texnika taraqqiyotini, xususiy tadbirkorlikni, adolatli raqobat kurashini yoki boshqa ustivor yo`nalishlarni rag`bandlantirish va qo`llab – quvvatlash choralarini ifodalaydi.

  5. Taqsimlash vazifasi – ijtimoiy adolat va himoyalash vositasi sifatida daromatlarni qayta taqsimlash, shuningdek, ichki mahsulot tarkibini o`zgartirish maqsadida resurslar taqsimotiga tuzatishlar kiritish bilan bog`liq.

  6. Ijtimoiy kafolatlash vazifasi – qishloq xo`jaligida ta`minot va aholi nachor qatlamlarini himoyalashning samarali tizimsini yaratish, ishlab chiqarish va taqsimotning ijtimoiy yo`naltirilganligini ta`minlash, ta`lim, sog`liqni saqlash va madaniy tadbirlarga bo`lgan extiyojni qondirish bilan bog`liq chora – tadbirlarni o`z ichiga oladi.

  7. Muhofaza qilish vazifasi agrar ishlab chiqarishni salbiy xarakterdagi tashqa ta`sirlardan (masalan, atrof – muboshq.) saqlash, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni tashqi eksportyorlardan yoki jahon bozoridagi kuchli raqobatdan himoyalash kabi vazifalardan iborat.

  8. Nazorat etish vazifasi – qishloq xo`jaligida qonuniy – me`yoriy hujjatlar, hukumat qarorlari va davlat andozalarining bajarilishi ustidan nazorat o`rnatish bilan bog`liq.

  9. Tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish vazifasi – xalqaro bozorlar qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksportyorlarining manfaatlarini himoyalash, bojxona ta`riflari va soliqlar orqali eksportga yo`naltirilgan mahsulotlar yaratishni rag`bantlantirish, ular uchun qulay iqtisodiy muhit hosil qilish tadbirlaridan iborat.

  10. Istiqbolni belgilash vazifasi – qishloq xo`jaligini istiqbolda rivojlantirishning ustivor yo`nalishlarini belgilash, barqaror agrar taraqqiyotining samarali variantlarini izchil amalga oshirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.

Bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida davlatning qishloq xo`jaligini qo`llab – quvvatlashdagi eng muhim vazifalaridan biri – tadbirkorlik tashabbusi va tanlov erkinligiga, mustaqil xo`jalik yuritish huquqi va o`z xususiy mulkiga ega bo`lgan bozor xo`jaligining subyekti tadbirkorlarni shakllantirish hamda ularning sog`lom raqobat va teng xo`jalik yuritish o`aroitlarida faoliyat ko`rsatishini ta`minlovchi huquqiy – me`yoriy asoslarini yaratishdir. Davlat tadbirkorlarning butun ijobiy va mehnat qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi hamda ular xo`jalikni boshqarish jarayonlarini to`siqsiz amalga oshirishlari uchun zarur bo`lgan barcha shart – sharoitlarni, ya`ni tadbirkorlik va tanlov erkinligini qonunan mustahkamlab qo`yishi kerak. Shu bilan birga davlat tegishli qonuniy hujjatlar orqali bozor sharoitida xo`jalik yuritish qoidalrini belgilaydi.
Davlatning yana bir muhim vazifasi qishloq xo`jaligi mahsulotlariga barqaror talab va taklifning shakllanishini qo`llab – quvvatlashdir. Qishloq xo`jaligi mahsulotlariga barqaror talabni shakllantirish uchun aholining daromatlarini o`stirish va qayta taqsimlash, iste`mol uchun zarur bo`lgan ba`zi mahsulotlarning baholarini tartibga solish kabi tadbirlar qo`llaniladi. Davlat iste`mol uchun zarur bo`lgan hamda strategik ahamiyatga ega bir qator mahsulotlarga davlat buyurtmalarini shakllantirish orqali ham qishloq xo`jaligi mahsulotlariga barqaror talabni yuzaga keltirishga hissa qo`shadi.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlariga barqaror taklif hajmini qo`llab – quvvatlash bevosita xo`jaliklarda ishlab chiqarishni optimallashtirish, ularning moddiy – texnik salohiyatini oshirish, sohaga energiya va resurslarni tejash imkonini beruvchi ilg`or texnologiya hamda fan-texnika yutuqlarini joriy etish (baholar paritetini saqlash, soliq, moliya-kredit va sug`urta tizimi) orqali ishlab chiqarish – moliyaviy faoliyatda qulaylik hamda imtiyozlar yaratish orqali ta`minlanadi.
Davlatning uchunchi muhim vazifasi – qishloq xo`jaligi korxonalarining samarali faoliyat yuritishga yetaklovchi sog`lom raqobat muhitini shakllantirishdir. Buning uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozorining ochiqligini hamda adolatli raqobat muhitini yaratish, nosog`lom raqobat va monopoliyaga qarshi kurashning samarali vositalarini qo`llash choralari amalga oshiriladi.
Davlat qishloq xo`jaligi korxonalarining jahon qishloq xo`shjaligi va oziq-ovqat bozorlarida teng huquqli subyekt sifatida qatnashishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib bermog`i lozim. Buning uchun davlat:

  • Қишлоқ хўжалиги корхоналарининг экспортга йўналтирилган raqobatbardosh mahsulotlari yetishtirishga rag`batini oshirish;

  • Mahaliy bozorlarda ularni tashqi eksportyorlar raqobatidan yetarli darajada himoyalash (protensionizm) vositalarini ishga soladi.

Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida davlatning eng muhim vazifalaridan biri qishloq xo`jaligiga xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmalarni barpo etishga ko`maklashishdir. Bu vazifani amalga oshirish dehqonlarga moddiy – texnik resurslar yetkazib beruvchi, mahsulotlarni saqlash, tashish, qayta ishlash va sotishga ko`maklashuvchi xizmat ko`rsatuvchi korxonalar tarmog`ini yaratish, bank, moliya va qimmatli qog`ozlar bozori, fond birjalari va yaramarkalar, axborot – maslahat markazlari hamda dehqonlar manfaatlarini himoya qiluvchi uyushmalar, fondlarni tashkil etish va rivojlantirishni nazarda tutadi.
Davlatning qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab-quvvatlash borasidagi vazifalari ma`lum bir tamoyillarga tayanib amalga oshiriladi. Bu tamoyillarni quyidagicha tavsiflash mumkin:

  • Qishloq xo`jaligining iqtisodiy mohiyatini, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va aholini oziq-ovqat bilan ta`minlashda uning tutgan o`rnini va ahamiyatini ilmiy tushunish;

  • Zaruriyat va yetarlilik darajasidagi proteksionizm siyosati;

  • Qishloq xo`jaligini maqsadli – dasturiy tartibga solish;

  • Davlat homiyligining doimiy kafolatlanishi;

  • Qo`llab-quvvatlash tadbirlarining tabaqalangan holda qo`llanilishi;

  • Davlat aralashuvining rag`batlantirivchi yo`nalishga egaligi;

  • Davlat aralashuvining ijtimoiy yo`naltirilganligi.

Davlat o`zining qishloq xo`aligini tartibga solish va qo`llab – quvvatlashga oid vazifalarini turli shakl va usullarda amalga oshiradi. Tanlangan mezonning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni quyidagicha turkumlash mumkin:
Davlatning agrar soha iqtisodiy jarayonlariga ta`siri darajasiga ko`ra, tartibga solishning bevosita va bilvosita usullari mavjud. Davlatning qishloq xo`aligiga bevosita ta`sir ko`rsatishi xo`jalik yurituvchi subyektlarini o`z tanlov erkiligidan keli chiqib emas, balki davlat tomonida belgilangan qonuniy – me`yoriy qoidalar asosida boshqaruv qarorlari qbul qilishga majbur etadi. Bunga soliq qonunchiligi, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bo`yicha yo`riqnomalar va boshqalar misol bo`ladi.
Bilvosita usullar yordamida davlatning qishloq xo`jaligiga ta`siri takror ishlab chiqarishning makraiqtisodiy nisbatlarini ta`minlash maqsadida xo`jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini iqtisodiy dastaklar yordamida tartibga solishni ko`zda tutadi. Bunda davlat iqtisodiy subyektlar tomonidan qarorlar qabul qilish jarayoniga to`g`ridan – to`g`ri aralashmaydi, balki bu qarorlarni davlatning iqtisodiy siyosatiga mos bo`lishini rag`bantlantiradi.
Tashkiliy – institututsional mezonga ko`ra davlatni qio`loq xo`jaligini tartibga solishning ma`muriy va iqtisodiy usullari farq qiladi. Ma`muriy usullar xo`jalik yurituvchi subyektlar uchun qonuniy va me`yoriy shart – sharoitlarni vujudga keltirish bilan bog`liq huquqiy infratizimni shakllantirishga oid chora – tadbirlar majmuasini o`z ichiga oladi. Uning vazifasi tadbirkorlik faoliyati uchun barqaror huquqiy sharoitlar yaratish, raqobat muhitini muhofaza qilish kabi tadbirlardan iborat.
Qishloq xo`jaligini davlat tamonidan tartibga solish ma`muriy usullarning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
ular davlat hokimiyatining qudrati va salohiyatiga tayanadi;
ularni amalga oshirish bilan bog`liq qo`shimcha moddiy rag`batlantiruvchi choralar yaratishni shart qilib qo`ymaydi;
taqiqlash, ruxsat berish va majburlash tadbirlarini (kvotlash, litsenziya berish, me`yoriy normalarni belgilash va h. k.) o`z ichiga oladi.
Ma`muriy boshqaruv o`z tabiatiga ko`ra, bozorga xos tartibga solish harakatiga to`siqlik qiladi. Biroq rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma`muriy usullari o`z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo`lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ma`muriy usullar vositasida monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi.
Iqtisodiy usullar yordamida davlat bozor jarayonlarining rivojlanishini davlatning iqtisodiy siyosatiga mos yo`nalishga solish uchun ta`sir etish choralarini qo`llaydi. Iqtisodiy jarayonlarni davlat tamonidan tartibga solishning ma`muriy usullari bozor xo`jaligining o`z –o`zini boshqarish mexanizmiga qarshilik qilsa, iqtisodiy usullar ulardan faol foydalanishni rag`batlantiradi.
Iqtisodiyotni tartibga solish va qo`llab quvatlashning iqtisodiy usullari quydagilar kiradi.
-budjet – soliq siyosati;
-pul –ktidit siyosati;
-tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish;
-iqtisodiy rejalashtirish, dasturlash hamda istiqbolni belgilash.
Budjet - soliq tizimi xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tamonidan bevosita tartibga solishning samarali dastaklaridan biri hisoblanadi. Davlat budjetining xarajatlar qismi orqali daromadlarni qayta taqsimlash , qishloq xo`jaligi sohasida fan – texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish va ilmiy tadqiqotlar olib borish, agrar iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga davlat investitsiyalarini yo`naltirish hamda qishloqda ijtimoiy infratuzilmalarni barpo etish mumkin bo`adi.
Soliq tizimi orqali qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini rag`batlantirish (soliq imtiyozlar va boshq.) amalga oshiriladi. Chunki, progressiv soliq tizimidan noto`g`ri foydalanish,ya`ni uningme`yorini haddan tashqari oshirib yuborish iqtisodiy taraqqiyotga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bu, birinchi navbatda, yuqori unum bilan mehnat qilish va yuqori daromad olishga bo`lgan manfaatni, investitsiyalarga bo`lgan rag`batni yo`qqa chiqishi bilan izohlanadi.
Pul – kredit tizimi davlatning qishloq xo`jaligiga bilvosita ta`sir ko`risatish usullaridan biridir. Pul – kre dit tizimi orqali:
-maqsadli kreditlar berish;
-kredit berishning yuqori chegaralarini belgilash;
-bank foizlarining darajasi ustidan bevosita nazorat o`rnatish;
-kreditlar bo`yicha foiz stavkalarini tartibga solish;
-tijorat banklarini qayta moliyalash me`yorlarini tartibga solish kabi iqtisodiy rag`batlantirish choralari qo`llaniladi.
Iqtisodiy rejalashtirish, dasturlash hamda istiqbolni belgilash (prognozlash) orqali davlat iqtisodiy jarayonlarga bilvosita ta`sir ko`rsatadi va ular xususiy tarmoq subyektlari uchun tavsiya mazmuniga egadir. Davlat istiqbolni bashorat qilish orqali kelgusida ko`zda tutilgan vazifalarsamarali amalga oshirilishning optimal variantlarini izlasa, iqtisodiy dasturlar orqali ma`lum bir tarmoq, hudud yoki ustuvor vazifalarni rivojlantirish masalalarini hal etadi.
Davlat o`zining real hokimiyati kuchidan foydalangan holda qishloq xo`jaligini ma`muriy usullar yordamida tartibga solsa, iqtisodiy yoki institutsional usullar yordamida ularni qo`llab – quvvatlash choralarini amalga oshiradi. Erkin bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda davlatning ma`muriy usullar yordamida tartibga solish darajasi kamayib boradi. Ammo, uning ahamiyati saqlanib qoladi. Negaki, xususiy mulk va tadbirkorlik erkinligi daxlsizligini himoyalash monopoliyani cheklash, qonun ustuvorligini ta`minlash, ekologik muvozanatni saqlab turish kabi muhim tadbirlarni faqatgina kuchli davlat hokimyati va ma`muriy usullar orqaligini ta`minlash mumkin.
Shu bilan birga iqtisodiy va institutsional usullar orqali fermer xo`jaliklarini qo`llab – quvvatlash ko`proq ahamiyat kasb etib boraveradi.
Davlatning qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab – quvvatlash tadbirlari ilmiy – amaliy jihatdan asoslangan hamda ijobiy natijalarni ta`minlashga yo`naltirilgan bo`lsagina o`z samarasini beradi.



Yüklə 66,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə