Mavzu: Analizatorlar fiziologiyasi va uning yoshga bog’liqxususiyatlari: Ko’rish va eshitish analizatorlari



Yüklə 5,01 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#134113
Mavzu Analizatorlar fiziologiyasi va uning yoshga bog’liqxususi-fayllar.org


Mavzu: Analizatorlar fiziologiyasi va uning yoshga bog’liqxususiyatlari: Ko’rish va eshitish analizatorlari

Namangan Davlat Universiteti Matematika fakulteti amaliy matematika yo’nalishi ATI-BU-20 guruh talabasi Abdurashudov Nurmuhammadning Umumiy pedagogika va psixologiya fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI

MAVZU: Analizatorlar fiziologiyasi va uning yoshga bog’liqxususiyatlari: Ko’rish va eshitish analizatorlari.

R e j a :

 

1. Analizatorlarhaqidaumumiyma’lumot.

2. Ko’rishanalizatorivauningfiziologiyasi.

3. Eshitishanalizatorivauningfiziologiyasi.

Sezuvchanlik. Sezuvchanlik hamma analizatorlar uchun xos, ammo har xil turga mansub hayvonlardagi bir xil analizatorlar va bir turga mansub hayvonlardagi har xil analizatorlarning sezuvchanligi bir xil emas. Masalan, odam tovush tebranishlarining soni sekundiga 20 dan 20000 gacha bo’lganda, eshitgani holda, itlar esa tebranishlar soni sekundiga 40000 ga yetganida ham bemalol eshitaveradi. Alohida olingan har bir analizator retseptorlarining adekvat ta'sirotlarga javoban qo’zg’alish qobiliyati juda baland bo’ladi, deb yuqorida aytib o’tilgan edi

Irradiatsiya-markaziy asab tizimida qo’zg’alishning kelib chiqqan zonasidan po’stloqdagi boshqa hujayralarga tarqalishi, yoyilishidir. Irradiatsiya ayniqsa, ko’rish analizatorining po’stloq zonasida yaxshi kuzatiladi, chunonchi, qora joydagi oq qism irradiatsiya tufayli aslidagidan ko’ra kattaroq bo’lib ko’rinadi. Irradiatsiya ta'sirot kuchining nechogligiga bog’liq.

Adaptatsiya-ta'sirot ta'sir qilib turgan paytda analizatorlar turli zvenolari (retseptor, o’tkazuvchi, va po’stloq qismlari) qo’zg’aluvchanlik darajasining o’zgarishi, analizatorning shu ta'sirotga moslasha borishidir. Boshqacha aytganda, adaptatsiya ta'siri uzoq davom etadigan ta'sirotga nisbatan sezgirlikning kamayishi yoki kuchayishi bilan ifodalanadi. Masalan, odam birdan qorongi joyga kirganda, avval hech narsani ko’rmaydi, bir ozdan keyin narsalarni gira-shira ko’ra boshlaydi. Ko’rish analizatorining qo’zg’aluvchanligi qorongulikda oshib, ravshan yorug’likda pasayadi.

Iz qoldirish. Analizatorda paydo bo’lgan qo’zg’alish uni keltirib chiqargan ta'sirot to’xtashi bilanoq, so’nib qolmaydi. Qo’zg’alish bir oz vaqt davomida asta sekin sunib boradi, o’zidan keyin bir muncha vaqt uchmay turadigan iz qoldiradi. Shu sababli bo’linib-bo’linib ta'sir etadigan (yorug’lik kvantlari, tovush to’lqinlari va boshqalar) ma'lum ritmdagi ta'sirotlar uzluksiz sezgini keltirib chiqaradi (buyum va hodisalarni uzluksiz ko’ramiz, tovushni u tugaguncha uzluksiz eshitamiz va boshqalar). Analizatorning bu xususiyati retseptor apparatining o’ziga xos tabiati tufayli kelib chiqadi.

Ko’zning tuzilishi. Odam va hayvonlarning ko’zi o’ziga xos tuzilish va funksional xususiyatlarga ega bo’lib, bir necha qismlardan tashkil topgan, nihoyatda murakkab organdir. Ko’z kalla suyagining ko’z kosasi ichida joylashgan, u ko’z soqqasi (olmasi) , ko’ruv nervi va yordamchi himoya apparat (ko’zning muskullari, fasciyalar, tomirlar va nervlardan) tashkil topgan. Ko’z kosasi ko’zni turli-tuman ta'sirlardan himoya qiladi. Ko’z soqqasining kapsulasi va yadrosi bor. Yadrosi - suyuqlik, gavhar, va shishasimon tanaga bo’linadi. Kapsulasi tashqi (oqsil parda), o’rta (tomirli) va ichki (to’r) pardalardan iborat.

1-ko’ruv asabi; 2-ko’ruv asabining so’rg’ichi; 3-ko’z olmasining tomirli pardasi; 4-sklera (fibroz qavatning orqa qismi) 5-to’rparda; 6-optik o’qi; 7-kiprikli o’simtalar; 8-kiprik litana; 9- ko’zolmasiningkamerasi (bo’limi) 10-ko’zolmasiningoldingikamerasi (bo’limi); 11-gavhar; 12- randorparda; 13-shoxparda; 14-kon’yuktiva; 15-kipriklitanamushaki; 16-sinovalboylami; 17- ko’risho’qi; 18-shishasimontana; 19-markaziychuqurcha; 20-sariqdog’.

Ko’zning himoya moslamalariga ko’z kosasi, kipriklar bilan qurollangan qovoqlar va ko’z yosh apparati kiradi. Qovoqlar yopilib-ochilib turadi. Shu bilan ko’zni turli-tuman zararli agentlardan himoya qiladi. Qovoqlarning qirralarida kipriklar bor. Kipriklarning ildiz qismida sezuvchi nerv uchlari joylashgan bo’lib, ular kipriklarga kelgan ta'sirotlar tufayli qo’zg’aladi va qovoqlarning reflektor ravishda yumulib-ochilishiga sabab bo’ladi. Har ikkala qovoq bir vaqtda yumulibochiladi, qovoqlarning chetlarida shilliq suyuqlik ajratadigan Meyboniy bezchalari joylashgan. Bu bezchalarning suyuqligi ko’z yosh suyuqligi bilan birgalikda konyuktiva yuzasi va shox pardani qurib qolishdan saqlaydi. Ko’z yosh apparati ko’z yosh bezlari, ularning yo’llaridan, ko’z yosh haltachasi va burun – ko’z yosh yo’lidan iboratdir.



http://fayllar.org
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə