Mavzu: Arion-630


Arion-630 traktori moylash va sovutish tizimlari



Yüklə 106,04 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü106,04 Kb.
#134351
1   2   3   4   5
Arion-630 traktori moylash va sovutish tizimlari ish jaroyoni loyihasini ishlab chiqish

2.2. Arion-630 traktori moylash va sovutish tizimlari
Moylash tizimida uchraydigan nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari. Ish jarayonida dvigatel karteridagi moy satxi kamayib, sifati o'zgaradi. Bular dvigatelning buzilishiga va boshqa nosozliklarni keltirib chiqarishga olib keladi. Dvigatelning ishlash jarayonida moy sifati yomonlashishiga sabab, uni metall zarrachalari, oksidlanishi va yonilg'i qo'shilib ifloslanishidandir. Shuningdek, moyga yaxshi moylanish sifatini beruvchi qo'shimchalarning moy tarkibida miqdorini kamayib borishi, moy sifatini pasaytiradi. Mexanik aralashma, qo'shimchalar metall zarrachalaridan iborat bo'lib, bular ikki ishqalanuvchi sirt sirpanishidan hosil bo'ladi. Mineral aralashma (qum, chang) lar, havo bilan (dvigatel) moyiga qo'shilib, moyning moylash xossasini kamaytiradi. Moy tarkibida, mexanik aralashmaning miqdori 0,2% dan oshmasligi kerak. Havodagi kislorodning ta'siri bilan moy oksidlanib qoladi va karterga tushib, qizigan va kirlangan moy bilan aralashib ketadi. Kislotalar oksidlovchi modda hisoblanib, silindrlar devorini, porshen halqasining yemirilishida va zanglashga uchrashida asosiy omil hisoblanadi. Shuningdek, bu modda podshipniklarda ishqalanishga qarshilik ko'rsatuvchi muhit yaratadi. Smolalar esa porshenda va porshen halqasida laksimon cho'kma hosil qiladi hamda ularni qo'zg'aluvchanligini keskin kamaytiradi. Mayda kolloid holda va erigan yoki quyqa ko'rinishida karterga tushuvchi (qattiq aralashmalar, ya'ni: karbon, karboid va kokslar) moy kanallari va naychalaridan o'tib (moy aylanib o'tishini sustlashtirib) ishqalanuvchi sirtga ta'sir etib, qirilgan, chizilgan yuzali (obraziv) yeyilish hosil qiladi.
Tizimdagi moy bosimining kamayib ketishiga sabab, karburatorli dvigatellarni, sovuq holatda yurgizish natijasida, silindrlar devori orqali, karterga benzin o'tib ketishi yoki reduksion klapan plunjerining yeyilishi yoki kirlanib qolishi natijasida, ochiq qolishidir. Moy nasosi reduksion klapanining plunjeri yeyilib yoki kirlanib qolsa (berkilib qolib), tizimdagi moy bosimining oshib ketishiga sabab bo'ladi. Moy tarkibida 4-6% dan oshiq yonilg'i bo'lsa, bunday moy tizimdan to'kib tashlanib, yangisiga almashtiriladi. Dvigatel karterida moy sat-
xining kamayishiga tizimning jips mahkamlanishining kamayishi tufayli moyni salnik va boshqa birikmalardan sizib chiqishi va kuyishi sabab bo'ladi. Porshen halqasining yeyilishi tufayli, yonish kamerasiga o'tib ketadigan moy, yonilg'i bilan qo'shilib, kuyib-yonadi. Bundan tashqari, dvigatelning ish jarayonida, mayin va dag'al moy filtrlari ifloslanib qolib, moyni tozalash qobiliyati kamayadi, buning natijasida tirsakli valning yelkalarini va podshipnik (vkladish) larini yeyilib ketishi jadallashadi. Moylash tizimining nosozliklarini aniqlashda, uni quyidagi tashqi belgilariga e'tibor beriladi. Masalan: karterdagi moy satxi moy ko'rsatuvchi shupdagi "MIN" belgicidan kam bo'lsa, hamda tirsakli valni o'rtacha aylanishida, moy bosimi 0,1-0,15 MPa dan kam bo'lsa, yoki dvigatel (500 ob/min) salt ishlaganda, moy bosimi 0,05 MPa dan kam bo'lsa, moylash tizimi nosoz hisoblanadi. Bundan tashqari, moy tarkibiga yonilg'ining qo'shilib borishi moy qovushqoqligini va moyning bosimi kamayib ketishiga sabab bo'ladi (bu manometr orqali aniqlanadi). Moyning sifati, qorayib ketganligi, bosma qog'ozga tomizib aniqlanadi. Bundan tashqari (jips mahkamlangan joyni bo'shab qolishidan), moy sizib oqsa hamda mayin va dag'al filtrlar tez-tez kirlanib qolsa, bu ham moylash tizimi nosozligidan darak beradi.
4. TXK da karterdagi moy satxi va sifati tekshiriladi, zarur bo'lsa, me'yoriga yetkazib, moy quyiladi. Shuningdek, filtrlar tozalanadi, filtrlovchi elementlari va ishlatib bo'lingan moy almashtiriladi. Dag'al moy tozalash filtri, ustidagi dastasining aylanishi tekshiriladi. Bundan tashqari (ma'lum davrdan keyin) alohida moylash qurilmalari va mexanizmlarni moylab turish zarur. Shabadalatgich parragining vali va suv nasosining podshipnigi (konsistent, plastik 1-13 yoki YANZ-2 moyi bilan) hamda generator podshipnigi va elektr jihozlarining moylash joylari moylanadi. Bundan tashqari, yana havo filtrining (moy vannasidagi) moyi almashtiriladi. Dvigatel karteridagi moy satxi, avtomobil tekis maydonda turganda, dvigatel ishlashdan to'xagandan keyin 3-5 daqiqa o'tgandan so'ng tekshiriladi. Dvigateldagi moy sifati mexanik aralashma va yonilg'i miqdori (me'yori) ga qarab aniqlanadi. Moy iflosligini avvalambor, moy o'lchovchi shup bilan, rangi va tiniqligiga qarab ham aniqlash mumkin. Agar shunda moyning qoramtir va qora rangdaligi aniqlansa, bunday moyni almashtirish zarur. Dvigateldagi moyni almashtirish (uni ishlash vaqtiga, detallarning yeyilish darajasiga, moy sifatiga, yo'l va iqlim toifasiga bog'liq bo'lib) 1.5 dan 10 ming/km gacha masofani yurib o'tgandan keyin bajariladi. Hozirda xorijiy firmalar (SHELL, MOBIL, KOSTROLL, TEKSAKO va h.k.) tomonidan ishlab chiqarilayotgan moylarning resurslari 10-50 ming km. ni tashkil etadi. Moyni dvigatel qizigan vaqtda almashtirish tavsiya etiladi. Ishlatib bo'lingan moy dvigateldan to'kib yuborilgandan so'ng, moylash tizimi kam qovushqoqligi vereten moyi, dizel yonilg'isi hamda dizel yonilg'isi bor moy aralashmasi yoki 90% uayt spirti hamda 10% atsetonli yuvish aralashmasi bilan yuviladi. Dvigatel karteriga (moylash tizimining sig'imiga bog'liq holda) 2,5-3,5l yuvish suyuqligi quyiladi, dvigatel yurgizilib, uni tirsakli valning minimal (600-800 ob/min) aylanishda salt holatda 4 va 5 daqiqa ishlab bo'lgandan so'ng, yuvish suyuqligi to'kib yuboriladi va yangi moy quyiladi.
Eslatma: YAMZ-236, YAMZ-238, KamAZ-740, NEXIA, DAMAS va boshqa turdagi dvigatellarining karterlariga 6l dizel moyi va 10l dizel yonilg'isi konsentratsiyasida aralashma tayyorlanib, bu aralashmasi kerakli miqdorda (karterga quyiladigan 2/3 moy xajmida) quyilib, moylash tizimi yuviladi. Maxsus qurilma va yuvish moyi (industrialnoye-20) yordamida dvigatelning moylash tizimini yuvish yaxshi samara beradi.
Moylash tizimi, dvigatel salt ishlaganda yuviladi. Bu qurilmada mayin tozalash filtri mavjuddir. Yuvish moyi bir necha marta (filtrdan o'tkazib) tozalangandan so'ng, kelgusida foydalanish mumkin. Moylash tizimi 6-10 ming km masofani yurgandan so'ng (navbatdagi 2-TXK paytida), hamda mavsum almashish paytida, albatta yuviladi. 1-TXK paytida, mayin moy filtridan (almashuvchi filtrlovchi elementidan) quyqa to'kib yuboriladi. Karburatorli dvigatellarda, moy almashtirilganda, filtrlovchi elementlar ham almashtiriladi. Ma'lum muddatda (5-6 ming km dan so'ng), karterning shamollatish yo'llarini, detallarining mahkamlanishi, klapanlar va naychalarda quyqaning yo'qligi tekshiriladi va quyqalar har 10-12 ming km dan so'ng tozalanadi. Dvigatel karterining shamollatish yo'llari kirlanib, ifloslanib qolganda, bosim ortib ketadi, natijada karter salnik (qistirma) laridan moy sizib chiqa boshlaydi. Dvigatel moyini almashtirishda, karterning shamollatish tizimidagi havo filtrining korpusi kerosin bilan yuviladi, so'ngra filtr vannasiga ma'lum ko'rsatilgan sathgacha moy quyiladi.
NEKSIYA turidagi avtomobillarda matordagi moy har 10000 km da yoki 1 yilda 2 marta almashtirib turiladi. TXK davrida doimo moyning satxi nazorat etilib, agarda moyning satxi "MIN"belgidan pastda bo'lsa, u me'yoriga keltiriladi. Zavod ko'rsatmasiga muvofiq SG 5W/30, SAE 10W/30, SAE 10W/40 va SAE 15W/40 turidagi moytor moylaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dvigatelga moy quyishda moy tarqatish moslamasi va jihozlaridan foydalaniladi. Bunday moslamalar o'rnatilishiga qarab, qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas bo'ladi, moy berish usuliga qarab: pnevmatik va mexanik shuning-dek, uzatmasi turiga qarab, qo'lda va elektr mexanik, yuritmali va berilayotgan moyning o'lchash turiga qarab, hajmli va tezkor (skorostnoy) bo'ladi. Hozirgi paytda, elektr mexanik uzatmali, tezkor, qo'zg'almas (kolonka) dastgohdan keng foydalanib kelinmoqda.
1-TXK va 2-TXK da moylash ishlari 17 - 30% ni tashkil etib, avtomobilda motor, transmissiya, industrial, veretyon va surkov moylari, hamda ishchi suyuqliklar ishlatiladi. Moylash ishlari har bir avtomobil uchun moylash xaritalari asosida bajariladi. Suyuqlik moylarini taqsimlovchi jihozlarning ishlab chiqarish qobiliyati 10-15 l/min. ni bosimi 1,5MPa.ni, surkov moylari uchun jihozlarda bosim 10 MPa ni, ishlab chiqarish qobiliyati 200 g/min. ni tashkil etadi.
Transmissiya, boshqarish va yurish qismlari Litol-24 surkov moyi bilan (mexanizatsiya va qo'l bilan) moylanadi.
Trasmissiya moylarini almashtirishda 6 - 20 ming km.da karterga 1,5-2 l yuvish suyuqligi quyiladi va 1,5-2 min ishlatiladi va to'kib tashlanib yangisi quyiladi.
Ma'lumki dvigatyel ishlayotganda, ayniksa ish yuli takti bajarilganda, yukori xaroratga ega bulgan gazlarni ta'sirida silindrlar, silindrlar blokining golovkasi, klapanlar, porshenlar kizib ketadi. Agarda kizigan detallarni sovutilmasa ishkalanuvchi yuzalar orasidagi moy kuyib, ishkalanish xaddan tashkari oshib ketadi. Kizishdan detallar kengayadi. Ayniksa alyuminiyli kotishmadan tayyorlangan porshen kengayib silindr ichida kadalib kolishi mumkin. Shu sababli dvigatyelning kizigan detallarini uzluksiz ravishda sovitib turish lozim. Lekin, dvigatyelni xaddan tashkari sovitib yuborish xam zarar. Chunki sovik dvigatyelda moy kuyuklashib, uning karshiligini yengishga sarflanadigan dvigatyelning kuvvati ortadi. Undan tashkari yonuvchi aralashma yaxshi buglanmaydi, kisman buglangani esa sovuk detallarga urilib tomchiga aylanadi va silindrlar devoridagi moyni yuvib tushiradi. Natijada, silindr-porshen guruxiga kiruvchi detallarning yeyilishi ortadi. Yonuvchi aralashmaning yaxshi buglanmaganligidan uning yonish tyezligi sustlashadi va dvigatyelning kuvvati pasayadi.
Demak dvigatyelning kizib ketishi yoki xaddan tashkari sovib kolishi uning effektiv kuvvatini kamaytirib, tyejamkorligini yomonlashtiradi. Sovitish tizimi dvigatyelning ishlashi uchun kulay bulgan issiklik rejimini kerakli xolda (85-900 S) saklab turish vazifasini bajaradi.
Avtomobil dvigatyellarida, suyuklik yoki xavo bilan sovitish tizimlari kullaniladi. Sanokli dvigatyellarda xavo bilan sovitish tizimi kullanilgan bulib, bunday tizim ayrim afzalliklarga ega, ular kuyidagilardan iborat: konstruktsiyasi nisbatan oddiy tuzilgan, tizimda suv nasosi, radiator, suv trubalari, tyermostat va boshkalar yuk; dvigatyelda suv gilofining bulmaganligi sababli u muzlab kolmaydi; suv yuk joylarda xam dvigatyelni ishlatish mumkin. Suyuklik bilan sovitish tizimi xavo bilan sovitishga nisbatan afzal xisoblanib shovkinsiz ishlaydi, sovik kunlari dvigatyelni yurgazib yuborishni tyez amalga oshiradi. Shu sababli dvigatyellarda , asosan, suyuklik bilan sovitish tizimlaridan foydalaniladi.
Bunday tizim odatda, silindr bloki va uning golovkasidagi sovitish giloflari , radiator kopkogi bilan, nasos, tyermostat, birlashtiruvchi shlanglar va patrubkalardan iborat.
Xozirgi vaktda dvigatyellarda kullaniladigan suyuklik bilan sovitish tizimi yopik tizim xisoblanadi. Chunki tizim bushligi atmosfera bilan boglik emas. Bunday tizimda,(1-rasm) suyuklik kuyiladigan radiator10 bakining bugzi, ikkita klapanga ega bulgan kopkok 9 bilan jips berkitilgan. Tizim bushligi atmosfera bilan kopkokdagi klapanlar orkali boglangan bulib unda (45-100 kPa) ortikcha bosim saklab turiladi. Ortikcha bosimni saklab turilishi suyuklikni kaynash xaroratini 110-120 S gacha kutaradi. Bu esa uz navbatida suyuklikni kam buglanib bexuda sarflanishidan saklaydi.
Dvigatyel ishlaganda radiator 10 da sovitilgan suyuklik patrubok va shlang orkali nasos 3 yordamida suv tarkatuvchi truba 2 orkali silindrlar blokining sovitish gilofiga tarkatiladi. Sungra, suyuklik tyermostat 5 klapani va yukorigi patrubok 6 orkali radiatorning yukorigi bachogiga utadi. Keyinchalik, radiatorda ventilyator 7 yordamida sovitilgan suv uning pastki bachogi 12 ga okib tushadi. Shu tarzda tizimdagi suyuklik nasos yordamida majburiy uzluksiz xarakat kiladi. Sovik dvigatyelni yurgazilganda uni tyez isitish uchun sovitish tizimida tyermostat urnatiladi. Dvigatyel endi yurgazilganda suyuklikning xarorati past bulganligi sababli tyermostat klapani yopik bulib gilofdagi suyuklik kichik doira buylab ya'ni radiatorga utmasdan nasosga kaytadi. Suyuklik, radiatorga utmasdan, kichik doira buylab aylanganligi sababli u tyez isiydi. Tizimdagi suyuklik xarorati 68-72 S ga kutarilganda, tyermostat ichidagi tyez buglanuvchi aralashmaning kengayishi xisobiga uning klapani ochila boshlaydi. Keyinchalik suyuklikning xarorati 85 S ga yetishi bilan klapan tulik ochiladi va suyuklik katta doira buylab, radiator orkali aylanadi.
Moylash tizimi ichki yonuv dvigatellarining harakatlanuvchi detallari va uzellarida ishqalanishga bo‘ladigan isroflarning kamayishini, shuningdek, detallarni ishqalanishi tufayli hamda yonish kamerasidan issiqlikning silindr devorlariga o‘tishi tufayli yuzaga keluvchi issiqlikdan himoyalanishni ta’minlaydi. Sistemadagi moydan detallarni zanglashdan saqlash va yonish kamerasini karter tomondan zich (germetik) bo‘lishini ta’minlash (bu ishni zichlovchi halqalar sirtlari bilan porshen sirti o‘rtasidagi tirqishga to‘ldirilgan moy baki bajaradi) va bu bilan karterga gaz o‘tishining oldini olish uchun foydalaniladi. Kuchaytirilgan ichki yonuv dvigatellarida yonish kamerasi hisobiga qizdirilgan detallarni (birinchi navbatda porshen) sovutish moylash sistemasining maxsus vazifalaridan biri hisoblanadi. Aralashma hosil bo‘lishini va yonishni tashkil qilishning muayyan usullarida porshenga rostlanadigan miqdorda moy uzatishdan yonish kamerasi devorining haroratini ko‘zda tutilgan darajada tutib turishi uchun foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ishlatiladigan mashinalar dvigatellarning deyarli barchasida kombinatsiyalashgan moylash sistemalari qo‘llaniladi. Bunday sistemalarda moylash nuqtalarining bir qismi (tirsakli valning o‘zak va shatun podshipniklari, taksimlash valining tayanchlari, klapanlari koromislolari, taqsimlash sherternyalari, moy hamda yonilg‘i nasoslarining yuritmalari) bosim ostida uzatiladigan moy bilan moylanadi. Boshqa qismi esa (silindrlar devorlari taqsimlash valining mushtchalari, turtkichlar, shtangalar va hokazo) harakatlanuvchi uzellarning tirqishlaridan chiqayotgan moyning sachratilishi bilan, shuningdek karter bo‘shlig‘ini to‘ldirib turgan moy tumani bilan moylanadi. Ish rejimi tez, jadallashtirilgan ichki yonuv dvigatellarida porshen barmoqlari, trubokompressorlar va odatda moy sachratish usulida moylanadigan ko‘pgina boshqa detallar ham bosim ostida moylanadi. Qizigan ichki yonuv dvigatelining moylash sistemasidagi bosim nominal rejimda 0,25...0,50 MPa ni (salt ishlash rejimida 0,07...0,1 MPa ni) tashkil etadi va sirkulyatsion nasos yordamida hosil qilinadi. U ko‘pgina dvigatellarda moyning zarur miqdori karter paddonida (ho‘l karterli sistema) saqlanadi. O‘nqir-cho‘nqir notekis joylarda yoki tog‘ sharoitida ishlashga mo‘ljallangan mashinalarda quruq karterli moylash moylash sistemasi qo‘llaniladi. Bunday sitstemada moyning asosiy qismi maxsus idishda saqlanadi. Mazkur sistema qo‘llanilgan dvigatelni karter paddonida moy rezervuari yo‘qligi sababli birmuncha pastga tushirish mumkin bo‘ladi. Bunday sistema bug‘lanish va sachratish tufayli bo‘ladigan moy isrofi kam bo‘lishini ta’minlaydi, shuningdek havo ishtirokida issiq yuzalarga tegishi tufayli moyning eskirishini kamaytiradi. Ammo uning konstruksiyasi murakkabroq va narxi qimmatroqdir. Moy filtrlari muhim ahamiyatga ega. Chunki ular moyni metall zarrachalar, qurum, smola va changlardan tozalaydi. Moy yetarli darajada tozalanmasa, dvigatelning ishqalanuvchi detallari tez yeyiladi. Moylash sistemasining tuzilishi va ishlashini murakkabroq o‘rganib tahlil qilish uchun quyida uning sxemasini keltiramiz (1.3-rasm). Moylash sistemasi quyidagi tartibda ishlaydi: moy paddoni 1 dan dastlab tozalash filtri o‘rnatilgan qabul qilgich orqali nasos 2 vositasida to‘liq oqimli dag‘al tozalash filtriga va keyin magistral 7 orqali bosim bilan moylanadigan uzellarga uzatiladi. Tirqishlardan sizib chiqqan qizigan moy boshqa detallarga sachraydi hamda karter va boshqa bo‘shliqlarda moy tumanini hosil qiladi. Ayni paytda moyning 10-15% qismi mayin filtri 5 ga keladi, undan chiqqandan keyin esa karterga tushadi. Sistemada asosiy oqimga parallel qilinib ulangan moy sovutgich 6 bo‘lib, u moyni haroratini pasaytirishga mo‘ljallangan, ish rejimi jadal kechadigan, ayniqsa porshenlarni sovitish uchun moydan foydalaniladigan dvigatellarda qo‘llaniladi. Bunday moylash sistemasidan o‘tuvchi issiqlik miqdori 1,5 barobar va bundan ham ortiq ko‘payishi mumkin. Ish rejimi o‘rtacha bo‘lgan dvigatellarda karterdagi moy uni havo oqimi bilan shamollatish orqali sovitiladi, issiqlik almashinuvini jadallashtirish uchun karter devorlariga ba’zan qobirg‘alar qilinadi. Mashinalar qiya joylarda harakatlanganda va harakat rejimi keskin o‘zgarib turganda karterni moy qabul qilgichiga havo kirib qolib, sistemadagi bosim pasayishi va moylash rejimi buzilishi mumkin. Quruq karterli sistemaning moy nasosida haydash bo‘linmasi va so‘rish bo‘linmasi 9 ba’zan ikkita bo‘ladi. Bu bo‘linmalar qabul qilish bo‘shliqlari 10 dan moyni olib, sovigandan so‘ng uni idish 8 ga yo‘naltiradi. Hozirgi vaqtda dketma-ket ulangan mayin tozalash filtridan foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Ammo buning uchun ularning o‘tkazish qobiliyatini ko‘p marta oshirish talab etiladi. Moyning to‘liq bunday oqimli tarzda tozalanishi detallar yeyilishini ancha marta kamaytirishni va dvigatelni motoresursi oshishini ta’minlaydi. Moylash sistemasida moyni sifatini tozalab mashinaning moylanadigan qismi va detallarga yotqizish eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu muammoning yechimini topish biz mutaxassislarning asosiy kasbiy vazifalardan biridir. Moylash sistemasi ish jarayonini yaxshilash natijasida bir qangcha zaruriy vazifalarni yechimini topamiz, ya’ni avtomobillarning chidamli, uzoq muddat nuqsonsiz ishlashi ta’minlanadi va natijada ekspluatatsion ko‘rsatgichlari yaxshilanadi, hamda iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. 1.3. Ichki yonuv dvigatellarining moylanish shart-sharoitlari Ishqalanuvchi yuzalarga uzatiladigan moyning asosiy vazifasi ishqalanishdagi isroflarni va detallarni yeyilishini kamaytirishdan iborat. Mavjud ichki yonuv dvigatellarida sirpanishdagi ishqalanish ko‘proq uchraganligi sababli faqat ana shu ishqalanishga ko‘proq to‘xtalamiz. Sirpanishdagi ishqalanish quruqlayin, suyuqlikli va chegaraviy bo‘lishi mumkin. Quruqlayin ishqalanishda ikki detalning qattiq sirtlari bir-biriga tegib turadi va ularning o‘zaro harakatlanishida ikkala detalning sirtidagi mikronotekisliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’sirlashadi, natijada ular elastik yoki plastik deformatsiyalashadi, chiqiq moylar qirqilib, yeyilish mahsullari paydo bo‘ladi. Sirpanishning bunday o‘zaro ta’sirlashuvi issiqlik ajralib chiqishi va harakatni ko‘tarilishiga olib keladi. Natijada ishqalanishni yengishga sarflanadigan ish ortadi, materiallarning texnologik jihatdan hosil qilingan qattiqligi, mustahkamligi va boshqa mexanik xossalari buziladi. Sirtqi qatlamlarning strukturasi o‘zgaradi. Yeyilish va issiqlik ta’siridan kengayishi oqibatida detallarning geometrik o‘lchamlari o‘zgaradi. Yopiq tutashmalarda ko‘zda tutilgan o‘rnatishlar buziladi. O‘rnatishlarning buzilishi bu detallarning bir-biriga nisbatan qo‘zg‘aluvchanligi buzilishi va ularning qadalib qolishiga, shuningdek uzellarning butunlay ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ichki yonuv dvigatellarida quruqlayin ishqalanish bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Suyuqlikli ishqalanishda detallarning yeyilishi va energiya isrofi kamayadi. Shu nuqtai nazardan eng maqbul va eng foydali ishqalanish suyuqlikli ishqalanish hisoblanadi. Bunday ishqalanishda moy qatlami ishqalanuvchi qattiq sirtlarni bir-biridan batamom ajratib turadi. Bu holda ishqalanishga bo‘ladigan isroflar asosan moyning qovushqoqligi bilan belgilanadi. Ishqalanuvchi sirtlar orasiga moy qatlamini kiritish ularning bir-biriga nisbatan harakatlanishdagi o‘zaro ta’sirlashuv tarzini tamomila o‘zgartiradi. Suyuqlikli ishqalanish tirsakli valning shatun va o‘zak podshipniklarida yuzaga keladi. Chegaraviy ishqalanishda ham ishqalanuvchi sirtlar orasida moy qatlami bo‘ladi, ammo bunda qattiq yuzalar bevosita bir-biriga tegadi va buning oqibatida ular yeyiladi. Ichki yonuv dvigatellarining ko‘pgina detallari ana shunday sharoitda ishlaydi. Bunda uzatiladigan moy miqdoriga, detallarning tezlik va yuklanish rejimlariga detallar harorati va boshqa omillarga bog‘liq ravishda uzellarning ishlash tarzi suyuqlikli ishqalanishdan ko‘p yoki kam darajada farq qiladi. Bunday hollarda oraliq ta’sirlar yarim suyuqlikli, yarim quruqlikli ishqalanish atamalari qo‘llaniladi. Ma’lumki, mumkin qadar suyuqlikli ishqalanish bo‘lishini ta’minlashga harakat qilinadi, ammo ta’sir etuvchi omillarning ko‘pligi hamda detallar, uzellar va umuman ichki yonuv dvigatellari ishining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli bunga hamma vaqt ham erishib bo‘lmaydi. Sistemadagi moy harakatining haddan tashqari ko‘tarilishi, podshipnikbop antifriksion materiallarni chidamliligiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Biroq moy harakatining ko‘tarilishi qovushqoq ishqalanishdagi isroflarni, binobarin, solishtirma yonilg‘i sarfini kamaytiradi. Demak, moyning mumkin qadar yuqori bo‘lishi, ammo podshipniklarning ishonchli moylanishi va ishlash qobiliyati nuqtai-nazardan ruxsat etilgan chekli qiymatdan oshib ketmasligi kerak. Moyning eng yuqori haroratini bir xil darajada tutib turish uchun katta yuklanish bilan ishglaydigan ichki yonuv dvigatellarining moylash sistemasida sovitgichlar qo‘yiladi. Hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan barcha mashina dvigatellari turli iqlim sharoitlarida va atrof-muhitning har xil haroratlarida, yuklanish va aylanish chastotasi keng doirada o‘zgarib turadigan sharoitlarda ishlaydi. Bu sharoitlarning hammasi moyning qovushqoqligi hamda podshipniklardagi va moylanadigan boshqa uzellardagi moy qatlamining ko‘tarilib turish qobiliyati anchagina o‘zgarishlarga olib keladi. Shuning uchun mashina detal va uzellari ishonchli moylanishini ta’minlash uchun ish sharoitiga moslab qovushqoqligi yaxshi bo‘lgan moyni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ish sharoiti yoki ish rejimi o‘zgarganda qovushqoqligi kam o‘zgaradigan, qovushqoqlik temperatura xarakteristikalari yaxshilangan moylarni qo‘llash yo‘li bilan moyning qovushqoqlik xossalari, ichki yonuv dvigatellaridan foydalanish talablarini birmuncha yaxshilashga erishiladi. Ichki yonuv dvigatellarining yuklanishi va aylanish chastotasi o‘zgarganda ham moyning qovushqoqligi kam o‘zgarishi kerak.

Yüklə 106,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə