Mavzu. Bank inqirozlari


B yo‘l: Kuchli fiskal dizbalans



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə11/22
tarix08.05.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#108954
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
19- mavzu Банк инқирозлари 3

B yo‘l: Kuchli fiskal dizbalans. Davlat xarajatlarini moliyalashtirishi rivojlanayotgan mamlakatlarni moliyaviy inqiroz tomon etaklashi mumkin. 2001-2002- yildaArgentinada sodir bo‘lgan moliyaviy inqiroz aynan shu turga xos bo‘lib, jumladan, 1998- yilda Rossiyada, 1999 -yilda Ekuadorda, 2001 -yilda Turkiyada yuzaga moliyaviy inqirozlar aynan shu turdagi inqirozning ba’zi elementlarini aks ettiradi.
Mashhur bank o‘g‘risi Villie Suttondan nima sababdan banklarningo‘marganligi so‘ralganda, u shunday jaovb bergan: “CHunki bu erda pul bor”. Rivojlanayotgan davlatlarning hukumatlari aynan shunday qarashga egadirlar. Qachonki ular yirik fiskal dizbalansga yuz tutishsa va o‘zlarining qarzlarini qoplay olishmasa, xukumat banklarni dvalat qarzini sotib olishga aldashadi yoki majburlashadi. Xukumatningushbu qarzlarni qayta to‘lay olish qobiliyatiga ishonchini yo‘qotgan investorlar obligatsiyalarni sotib yuborishadi. Natijada obligatsiyalarning narxi tushib ketadi. Ushbu qarzlarni ushlab turgan banklar balansining aktiv qismida katta o‘ra hosil bo‘lishi natijasida aktivlarning sof qiymati tushib ketadi. Kapital xajmini kamayishi ushbu institutlarning kredit resurslarini pasayishiga olib kelishi oqibatida kreditlash hajmi tushadi. Ushbu holat yanada yomonroq bo‘lishi, ya’ni bank kapitalining pasayishi sarosimani keltirib chiqarishi natijasida ko‘plab banklar bir vaqtda bankrotlikka uchrashi mumkin. Kuchli fiskal dizbalansning bank tizimi kuchsizlanishiga olib kelishi natijasida tanlovning yomonlashishi va psixologik risk muammosiga olib keladi.
Qo‘shimcha omillar. Moliyaviy inqirozning birinchi bosqichida boshqa omillar ham muhim o‘rin egallaydi. Masalan, ba’zi moliyaviy inqirozlarda (masalan Meksika inqirozi) qo‘shimcha yuzaga keltiruvchi omil sifatida xorijiy davlatlarning foiz stavkalarini oshishi, darvoqe AQSHda qattiq monetar siyosatning amalga oshirilishi xizmat qilgandir.Foiz stavkalarning ko‘tarilishi yuqori riskka ega firmalaning baland foiz stavkalarda to‘lovlarni amalga oshirishiga olib keladi. Yomonlashgan tanlov muammosi yanada murakkablashadi. Jumladan, yuqori foiz stavkalar firmalarning pul oqimini qisqartirib, ularni assimetrik muammo chuqurlashgan tashqi kapital bozorlardan fondlarni izlashga majbur qiladi.Xorijiy mamlakatlarda foiz stavkalarning oshishi ichki foiz stavkalarning ko‘tarilishiga olib keladi. Natijada tanlovning yomonlashishi va psixologik risk muammosini chururlashtiradi
Aktivlar bozori rivojlanayotgan davlatlarda rivojlangan davlatlar singari yirik bo‘lmaganligi bois, moliyaviy inqiroz sharoitida past o‘ringa egadir. Qimmatli qog‘ozlar bozorida aktivlarning narxi tushishi, shubhasiz, firmalarning sof qiymatini pasaytiradi va tanlovning yomonlashuvi muammosini chuqurlashtiradi. Firmalarning sof qiymatini tushib ketishi qarz beruvchilar uchun yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun ta’minotning pastligiva yuqori psixologik riskni muammosini yuzaga keltiradi. Firmalarning egalari inqirozdan oldin shug‘ullangan riskli faoliyatini cheklashganida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar ham kamroq bo‘lar edi. Aktivlar narxining tushishi bevosita tanlovning yomonlashishi va psixologik risk muammosini yomonlashtiradi va aktivlarning xisobdan chiqarilishibanklarning balansi holatini bilvosita yomonlashishigaolib keladi.
Rivojlangan davlatlarda bo‘lgani kabi rivojlanayotgan davlat iqtisodiytushkunlik holatiga tushib qolgan bo‘lsa yoki yirik firmalar bankrotlikka uchrasa, odamlarda investitsion loyihalardan oladigan daromadlar to‘g‘risida shubhalar paydo bo‘ladi. Rivojlanayotgan davlatlarda sezilarli nobarqaror siyosiy tizimning mavjudligi noaniqliklarning yana bir manbasi hisoblanadi. Noaniqliklar oshib borsa, qarz beruvchilar uchun yaxshi va yomon kredit riskini ajratib olish va pul qarz bergan firmalarning faoliyatini monitoring qilish juda qiyinlashadi. Bu holat yanada tanlovning qiynlashishi va psixologik risk muammosini chuqurlashishiga olib keladi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə