Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja: Kirish



Yüklə 51,97 Kb.
səhifə12/13
tarix20.10.2023
ölçüsü51,97 Kb.
#128385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
12 Mavzu Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtis

Qisqa xulosalar
Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish) yo'li bilan tavakkal qilib, o'z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy,
]| ^
ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo'lishi lozim. Tadbirkorlik
ijtimoiy munosabatlar namoyon bo'lishining shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshirishga ko'maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobiliyati va mahoratini namoyon etish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko'paytirish va jahon integratsiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va uning huquqiy bazasini mustahkamlashga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikni har tomonlama qo'llab- quvvatlash tizimi yaratilib, u qonunlar, Prezident Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini o'z ichiga oluvchi tegishli me'eriy- huquqiy xujjatlarga asoslanadi. O'zbekiston xususiylashtirishdan olingan barcha mablag'lar byudjetga emas, balki xususiylashtirilgan korxonalari qo'llab- quvvatlashga, tadbirkorlik va bozor tarkiblarini rivojlantirishga yo'naltirilgan yagona davlatdir.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasi shundan guvohlik beradiki, uzoq davom etadigan iqtisodiy inqiroz muhitida asosan iste'mol tovarlari ishlab chiqaradigan mayda korxonalar yirik korxonalarga nisbatan kamroq jabrlanadi. Shuning uchun bizning mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni qo'llab- quvvatlash dasturini ishlab chiqilib, ularni rivojlantirishga aloxida ahamiyat berilmokda.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-kuvvatlash tadbirlari qonuniy-huquqiy ta'minot, moliyaviy kredit ta'minoti, sug'urta bilan ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash shakllarida amalga oshiriladi.
Bularga davlat korxonalar tomonidan biror iqtisodiy faoliyatni bajarishga ixtirolar, ishlab chiqarish tajribasi, tijorat axborotlaridan ma'lum vaqtda foydalanish huquqini ifodalovchi ruxsatnomaning berilishi, ya'ni litsenziya berilishi katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 51,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə