|
![](/i/favi32.png) Mavzu: Bolalar bilimini diagnostika qilishning pedagogik asoslari Reja: I. KirishIjtimoiy psixologik-pedagogik diagnostika - bu yo‘nalish sotsiologiya, ijtimoiy
|
səhifə | 4/4 | tarix | 26.06.2023 | ölçüsü | 10,72 Kb. | | #119003 |
| Mavzu Bolalar bilimini diagnostika qilishning pedagogik asoslar-fayllar.orgIjtimoiy psixologik-pedagogik diagnostika - bu yo‘nalish sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogikani o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, shaxslar, pedagoglar, ota-onalar guruhlarini, shaxslarga ommaviy kommunikatsiya vositalarining (radio, televizor, gazetalar va h.k.) ta’sirini, shaxslarning burch va xuquqlari, ular orasidagi munosabatlarni o‘rganishga yo‘naltirilgandir. XULOSA munosabatlaridagi muammolarni aniqlash. Diagnostika pedagogik jarayonni gumanizatsiyalash dasturiga kiritilgan. Diagnostik faoliyatning maqsadi o‘qituvchiga pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va baholash mezonlarini belgilashga, muammolarni oson hal qilish yo‘llarini aniqlashga, o‘quvchilarning faoliyatini boshqarishga va o‘zining kasbiy faoliyatini tuzatishga, pedagogik o‘zaro ta’sir samaradorligini baholashga imkon beruvchi yaxlit axborotni aniqlashdan iborat. Pedagogik diagnostika – pedagog shaxsi va u bilan muloqotga kirishuvchilarning pedagogik tizim natijalarini tahlil qilish va tavsiyalar berish jarayoni. O‘zining ish faoliyatida integral pedagogik diagnostikadan foydalangan o‘qituvchi zudlik bilan hal etilishni talab qilayotgan va ayni paytda bir necha muddatga ortga surilgan o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni uddalash imkoniga ega bo‘ladi. O‘zi ishlayotgan sinf jamoasini to‘liq o‘rganish o‘qituvchi uchun muhim hisoblanadi. Har qanday psixologik-pedagogik diagnostika shaxsning kechagi yoki bugungi kundagi rivojlanish darajasini, o‘quv jarayonining tashkil qilinganlik darajasini ko‘rsatib berish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Diagnostik jarayonida o‘rganilayotgan ob’ektning kelajagi, ertangi kuni ham taraqqiyot tendensiyalari, ham ma’lum omillar ta’sirining oqibatlari ochib berilishi kerak. Shu holdagina prognoz mohiyatidan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan xatolar, shaxs taraqqiyotidagi ko‘zga tashlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, to‘g‘ri yo‘lga solish imkoniga ega bo‘lamiz. Shu sababli psixologik-pedagogik diagnostika metodlarining prognostik bo‘lishi eng muhim talablardan biridir. TAVSIYA
Bolalar bilimini diagnostika qilishning pedagogik asoslari bilan tanishib chiqdik. Bolalar bilimini yanada oshirish uchun birinchi navbatda tarbiyachilar bilimi oshirish kerak.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida dars jarayonida olib borilayotgan metodlarni yanada takomillashtirish kerak . Sababi bolalarni yoshligidan bilimini puxta qilib tarbiyalansa kelajakda yetuk kadrlar yetishib chiqishi uchun asos bo‘ladi.Bolalarni nafaqat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida balki oilada ham to‘g’ri tarbiyalash muhum ahamiyatga ega.YOSHLAR KELAJAK POYDEVORI..
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |
|
|