Mavzu: Bolalarni noananaviy ashyolar va texnik usullar yordamida rasm chizishga òrgatish metodlari


BIRINCHI KICHIK GURUHDA O'RGATISHNING MAZMUNI VA VAZIFALARI



Yüklə 99,07 Kb.
səhifə7/8
tarix25.12.2023
ölçüsü99,07 Kb.
#161493
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalarni noananaviy ashyolar va texnik usullar yordamida rasm chizishga òrgatish metodlari

BIRINCHI KICHIK GURUHDA O'RGATISHNING MAZMUNI VA VAZIFALARI.
• Birinchi kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
Ikki yoshli bola qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlashi mumkin, lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobliyatlari yo'q, qo'l harakatlari yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta'sir qilish bilan bog'liqdir. Birinchi kichik guruhda o'rgatishning vazifalari quyidagilar:
• Rasm chizish jarayoniga natija beruvchi jamoat ishi deb qiziqishni uyg'otish.
• Rasm chizish materiallari - «qalam, bo'yoqlap» va ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish.
• Katta yoshli odam chizgan rasmni, predmetning tasviri deb tushunishni o'rgatish.
• To'g'ri va egri chiziqlarni hamda tomonlari berk shakllarni chizish prinsiplarini o'rgatish.
• Bu guruhning dasturi keyingi guruhlarning dasturidan bosqichma-bosqich murakkablashib borishi bilan farqlanadi. Rasm chizishning birinchi mashg'uloti qog'oz va qalam bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu materiallarning o'yinchoqlardan bolalarga ma'lum bo'lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini bajarish mumkin. Qog'oz toza edi, qalamning harakatlanishidan unda izlar paydo bo'ldi. Qalamning ochilgan uchi qog'ozda iz qoldiradi. Ikki uchi esa iz qoldirmaydi. Agar sekin bosilsa, qog'ozda uning izlari ko'rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog'oz yirtilib ketishi mumkin. Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko'rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishni uyg'otadi. Bulardan tashqari, oddiy texnik ko'nikmalarni qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish, bo'yoqni mo'yqalamning uchiga olishni bilish kabilarni o'rgatishni dastur o'z ichiga olgan.
IKKINCHI GURUHDA O'RGATISHNING MAZMUN VA VAZIFALARI.
• Ikkinchi guruhda o'rgatishning mazmun va vazifalari.
• Hayotining 4-yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma'nosini tushuna boshlaydilar. Ular o'zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o'xshatib chizadilar. Pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o'xshash belgilarini topishga urunishni rag'batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda, turli shakllarni to'g'ri tasvirlashga o'rgatib borish zarur. Bu yoshda tasviriy faoliyatni o'rgatish vazifalari bir rejaga qo'yilgan.
• Sodda predmetlarning asosiy belgilar(rang, shakl)ini berib, turli xil to'g'ri va aylanasimon shakllarning tasviriga o'rgatish.
• Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilishni rivojlantirish;
• Kompozitsion ko'nikmalarni, qog'ozning o'rtasiga tasvirlarni joylashtirishni rivojlantirish.
• Texnik ko'nikmalarni o'zlashtirish.
• Bu guruhda to'g'ri va egri chiziqlarni to'g'ri chizishga o'rgatish birinchi vazifa bo'lib qoladi. Bunda turli chiziqlarni turlicha - chapdan o'ngga, tepadan pastga, kesishgan chiziqni chizishga o’rgatiladi. Bularni, masalan, tizimcha, yo'lakcha, qalam, yomg'ir shaklida chizish mumkin. Ikki kichik guruh bolalariga bir xil shakldan (qorbobo, ikki yoki uch aylanadan iborat) yoki ikki xil shakldan iborat (quyi bitta aylana va birgina to'g'ri chiziqdan iborat) bo'lgan predmetlarni chizish ancha qiyin, chunki uch yoshli bolaning tahlil (sintez) qilib fikrlashi yaxshi rivojlanmagani uchun bu guruh dasturida faqat ikki xil shakldan iborat bo'lgan predmetni, masalan, (quyoshning nurlari, archaning ignachalari) tasviri kiritilgan. Shakl qanchalik murakkablashsa, rangdan foydalanishi ham shunchalik murakkablashadi. Bolalar rasmda aniq predmetlarning tasviri uchun shu predmetga mos rangni ishlata olishni o'rganadilar. Masalan, qizil rang bayroq, sariq rang quyosh, yashil rang archa va boshqalar.
O'rta guruhda rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
• O'rta guruhda rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
• Bu guruhda o'rgatishning vazifalari quyidagilar:
• To'g'ri to'rtburchakli va aylanasimon shakldagi predmetlarning tasviri ularning tuzilishini, asosiy qismi va detallarini berishga o'rgatish.
• Rangdan badiiy ifodalash vositasi sifatida foydalanishga o'rgatish.
• Qog'oz markazida predmetni joylashtirishda kompozitsion uquvni bilishni rivojlantirish.
• Rasmni qalam va bo'yoq bilan bo'yashda texnik ko'nikmalarni mustahkamlash.
• Bu guruhda bolalarga ritmik joylashgan predmet qismlarining tasviri (yuqorida, pastda, bir tomonda, boshqa tomonda) hamda bir qancha proportsional joylashgan qismlarning tasviri o'rgatiladi. Bu alohida qismlarni o'zaro solishtirish va tahlil qilish imkonini beradi. Masalan, Qorbobo va archa 2 tomonlama joylashgan novdalari bilan. Bu guruhda tasviri qiyin bo'lgan obyektni, ya'ni odamning rasmini chizish mashg'ulotlarga kiritiladi. Odam rasmini chizishdan oldin bolalar soddaroq shakllarni, ya'ni qorbobo nevolyashka, matreshka, qo'g'irchoqlarni chizishga o'rgatilgan edi.
• Katta guruhda rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari. Bu guruhda bolalarning tasviriy va yorqin obrazlarni yaratish qobiliyatlarini o'stiruvchi turli usullardan foydalanib, chizishga o'rgatiladi. Bunda quyidagi vazifalar bor:
Predmetning shaklini, uning belgilarini, hajmini va qismlarining joylashishini o'rgatishni davom ettirish.
• Predmetning shaklini, uning belgilarini, hajmini va qismlarining joylashishini o'rgatishni davom ettirish.
• Rasmda sodda harakatlarni tasvirlashga o'rgatish.
• Rang qobiliyatlarini rivojlantirish va mustahkamlash.
• Qalam bilan (shtrixlash usullari) va bo'yoqlar, mo'yqalam harakatlarining usullari bilan ishlashda texnik ko'nikmalarni rivojlantirish.
• Rangli bo'rlar, ko'mirlar, akvarel bo'yoq bilan chizish usullarini o'rgatish.
• Bu yoshda bolalar rasmda bir xil predmetning o'xshash va farqli tomonlarini tasvirlash va topishga o'rganadilar. Masalan, 2ta olma shakli va rangi bilan farqlanadi yoki lavlagi bilan turup, ular sabzavotlar uchun umumiy bo'lgan dumaloq shaklda. Bu guruhda bolalar yana asosiy spektr ranglari bilan tanishib, rasmda ularning chiroyli turlanishlarini keltirib chiqarishni o'rganadilar. Bolalar rangli qalamlardan tashqari oddiy qora qalam bilan predmetning umumiy belgilarini chizib olish uchun foydalanadilar.
• Bu guruhda tasvirlash qobiliyatiga va ko'nikmalarga o'rgatish yakunlanadi. Bunda quyidagi asosiy vazifalar bor:
• Naturadan va tasavvur qilishdan predmetning xarakterli belgilari, tuzilishi, hajmining tasviriga o'rgatish.
• Shakl va bo'yoqlarning boyligini tasvirlab berishga, yorqin obrazlar yaratishga o'rgatish.
• Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish (predmetning hajmi va shaklining xarakterini hisobga olib, predmetni qog'ozda joylashtirish).
• Rang qobiliyatlarini rivojlantirish (bir xil rangning turli ottenkalarini bera olish qobiliyati).
• Texnik ko'nikmalarni rivojlantirish (bo'yoqlarni boshqacharoq bo'yoq olish uchun aralashtirish, predmet shakli bo'yicha qalamda shtrix o'tkazish).

Yüklə 99,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə