Mavzu: boshlang’ich sinf o’quvchilariga savod o’rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanish mundarija



Yüklə 57,77 Kb.
səhifə8/10
tarix10.04.2023
ölçüsü57,77 Kb.
#104972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu boshlang’ich sinf o’quvchilariga savod o’rgatish davrida

Elektron o`quv adabiyotiga qo`yiladigan didaktik, pedagogik va psixologik talablar.
Didaktik talablarga ilmiylik, o`zlashtirishning tengligi, muammoni qo`yish va har tomonlama asosli tarzda bilim olishlik, o`qish jarayonida talabaning faol va ongli ishtiroki, bilim olishning tizimli va bosqichma – bosqich amalga oshirilishi, bilimni mustahkam o`zlashtirilishining ta`min etilishi, ta`lim tizimida bilimni o`zlashtiruvchi, rivojlantiruvchi, mutaxassis – xodim va tarbiyalovchilar vazifalarining yaxlitligi, o`rganuvchi uchun o`qish mustaqil holda bo`lishligining ta`minlanishi, o`qitishning interaktivligi, o`qitishning uyg`unligini ta`minlash, o`quv materialini taqdim etishda tizimli yondoshishlar kiradi.
Psixologik talablar: elektron o`quv adabiyot haqida gapirilganda, ularning psixologik, estetik, gigiyenik va tibbiy-psixologik tomonlarini ham e`tiborga olish lozim bo`ladi. Buning sababi, inson organizmi elektron ko`rinishdagi ma`lumotlarni qabul qilishning o`ziga xos xususiyatlarini talab qiladi. Ammo shunday psixologik to`siqlar bo`lishi mumkinki, talabalar kompyuter ekranidagi ma`lumotlarni to`g`ridan-to`g`ri qabul qila olmasliklari mumkin.
Ma`lumotlarni qabul qilishda uning faqat mazmuni emas, balki o`lchami, harflarning ko`rinishi, rangi va tasvirning harakati kabi faktorlar ham muhim rol o`ynashi mumkin. Shuning uchun elektron o`quv qo`llanmaning matni o`zining xususiyatlariga ega bo`lishi kerak. Talabalarning ma`lumotlarni qabul qilishi uchun elektron o`quv qo`llanmadagi o`ziga xos xususiyatlar, ya`ni o`chib-yonish, rangni ajratib ko`rsatish, tagiga chizib qo`yish, ovoz kabi vositalar ta`sir etishi mumkin.
Shu narsani esdan chiqarmaslik lozimki, bunday vositalarning ko`p miqdorda bo`lishi insonning sog`lig`iga ta`sir ko`rsatishi mumkin. Elektron o`quv adabiyotni yaratishda yana bir muhim muammo - bu foydalanuvchilarga qancha miqdorda ma`lumot berish mumkinligi bilan bog`liqdir. Odatda, inson organizmi tashqaridan kelayotgan ma`lumotlarga nisbatan moslashishini talab etadi. Shu sababli bu sohadagi izlanishlar shuni ko`rsatadiki, elektron o`quv adabiyotlar bilan ishlashda mashq qilish rejimida yoki ko`proq mustaqil ishlash soatlarida foydalanish maqsadga muvofiq. Ma`lumki, ma`lumotlarni ortiq darajada qabul qilinishi ularning diqqatini jalb qilmaydi.
Bu muammolarni yechish uchun berilayotgan ma`lumotlarning sifatini oshirish va bundan tashqari, elektron o`quv adabiyotda bir qator imkoniyatlar yaratish lozimki, ular yordamida ko`pgina parametrlarni o`zgartirish mumkin bo`lsin. Masalan, ovozni o`chirib qo`yish, pasaytirish, ko`tarish, ranglarni o`zgartirish va hokazo.
Elektron o`quv adabiyotlarning samaradorligiga erishish kompyuter bilan o`zaro muloqotning psixologik tomonlarini hisobga olish asosida amalga oshirilib, ularga: - elektron o`quv adabiyotlardagi o`quv materialini taqdim etish, anglash (kognitiv) jarayonining verbal - mantisiy, sensor - perseptiv (his qilish, sezish) va ifodalanish darajasiga mos kelishi kerak. Shuningdek, anglash bilan bog`liq psixologik jarayonlarga axborotni qabul qilish (asosan, ko`rish hamda eshitish, his qilish), e`tibor qilish (uning turg`unligi, jamlanishi, bir narsadan ikkinchisiga o`tishi, taqsimlash va e`tibor darajasi), fikrlash (nazariy tushuncha, amaliy-ko`rgazmali va amaliy - harakatli), tasavvur qilish, xotira (oniy, qisqa va uzoq muddatli, qisqa muddatli, qisqa muddatli xotirada ma`lumotni joylashtirish xodisasi) va boshqalar;
- elektron o`quv adabiyot undan foydalanuvchi uchun qulay, fanni o`zlashtirishga ijodiy yondoshish va sihat-salomatligi uchun maqbul mehnat sharoitlarini yaratish kabi asosiy talablar kiradi.

Yüklə 57,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə