Mavzu: boshlang’ich sinf o’quvchilariga savod o’rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanish mundarija


Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida



Yüklə 57,77 Kb.
səhifə3/10
tarix10.04.2023
ölçüsü57,77 Kb.
#104972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu boshlang’ich sinf o’quvchilariga savod o’rgatish davrida

Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash tamoyillari.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning birinchi bosqichida kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab qolish, uning rivojlanishi uchun huquqiy-me`yoriy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlarni yaratish, o`quv uslubiy majmualar hamda ta`lim jarayoni didaktik va axborot ta`minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish ko`zda tutilgan. Uning ikkinchi bosqichida milliy dasturni keng miqyosda to`liq amalga oshirishga erishish, ta`lim faoliyatining samaradorligini ta`minlash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishni yo`lga qo`yish, shuningdek, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta`lim jarayonini rivojlantirish dasturini ro`yobga chiqarish va shu asosda o`quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash amalga oshiriladi, ta`lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta`lim tizimi jahon axborot tarmog`iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog`i bilan to`liq qamrab olinadi, deb ko`rsatilgan.
O`quv jarayonida axborot va pedagogik texnologiyalarni uzviy bog`langan holda olib borish bu jarayonning samaradorligini oshirishga olib keladi.
Multimedia vositalari asosida o`qitish jarayonida aniq predmetni kompyuter asosida to`liq o`qitish, ma`ruza matnlarini tahrirlash, talabalar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma`ruza matnlarini bayon etish uslubini yaxshilash, talabalar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida yaratilgan animatsiya elementlarini dars jarayonida ko`rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo`ladi.
Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari bilan ishlaydigan talabalar quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari kerak:

  • ma`ruza matnlari, amaliyot bilan bog`liq topshiriqlarni tayyorlash;

  • uslubiy ko`rsatmalarni, nazorat savollarini, to`g`ri javoblar variantini tuzish;

  • har bir mavzu bo`yicha dinamik ko`rinishda aks etuvchi jarayonlarning animatsiyalarini tasavvur qilish;

  • o`zlashtirilishi murakkab bo`lgan mavzular bo`yicha talabalar bilan suhbat o`tkazish kabi talablar qo`yiladi.

Qo`yilgan ushbu talablar bo`yicha axborot texnologiyalarining multimedia vositalari asosida dars jarayonini tashkil qilish pedagog-o`qituvchilarning yumushini osonlashtirib, o`quv jarayonini boshqarish, uning samaradorligini yanada ko`tarishga erishiladi. Shu bilan bir qatorda ta`lim muassasasi rahbariyatiga talaba, guruh, mutaxassisliklar bo`yicha test natijalarini ko`rib borish va ularning o`zlashtirish darajasiga baho berish, o`qituvchilarning ma`ruza matnlari va boshqa mustaqil ishlarga mo`ljallangan materiallarining tayyorlash sifatiga baho berish, multimedia vositalari asosida laboratoriya ishlarini bajarish uchun kompyuterda modellashtirilgan virtual stendlar joriy etish, kursni o`zlashtirish bo`yicha uslubiy materiallarni tayyorlash uchun takliflar ishlab chiqish kabilarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
O`qitish nazariyasi va bu sohaga tegishli bir qator ilmiy tadqiqotlar natijalari shuni ko`rsatadiki, o`qitish asosan an`anaviy tushuntirish usullariga asoslangan. Shu bois ma`lum bir fanning o`qitish usullarini o`rganish va izlanishlar hamda yuqori saviyali pedagog va o`qituvchilarning bu boradagi tajribasi bugungi kunda emperik ko`rinishdagi o`qitishdan, boshqa turdagi, ya`ni isbot qilish, namoyish qilish va ularni zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib, noan`anaviy darslarni amalga oshirishi dolzarb masala ekanligini ko`rsatmoqda. Gipermatn, grafik va kompyuterning ovoz dasturlarining yaratilishi kompyuter texnologiyalaridan ta`lim tizimida samarali foydalanish bilan bir qatorda noan`anaviy darslarni tashkil etishga asos bo`lmoqda. Taraqqiy etgan xorijiy davlatlar va respublikamizdagi yetakchi ta`lim muassasalarida kompyuter texnologiyalari asosida o`qitish dasturlari tahlili VDV sifat jihatidan yangi o`qitish vositalari bo`lib, ular an`anaviy o`qitish metodlaridan tubdan farq qilishini ko`rsatmoqda. Bunday yondoshishning asosiy vositalaridan biri sifatida, bizning fikrimizcha, kompyuterda modellashtirish nazariyasini ko`rsatish mumkin. Bu sohadagi natijalar tahlil qilinganda bir nechta yo`nalishlarni ko`rish mumkin:
1) Gnoseologiya yo`nalish. Bu yo`nalishda kompyuter modeli asosan materialni tushunib yetish uchun oraliq ob`yekt sifatida qaraladi va ayrim elementlar orasida mavjud bo`lgan umumiy xossalarni ifoda etmasdan, balki har xil sohalarning birlashmasini ifoda etadi.
2) Original o`rnida kompyuter modelidan foydalanish. Bu yo`nalish o`qitilayotgan fanlarning ob`yektlarini natural ko`rinishida olish mumkin bo`lmagan ma`lumotlarini ifoda etish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o`z navbatida originalning tabiatini aniqlash, uning ichki, tashqi xossalarini va rivojlanish jarayonini kuzatish imkoniyatini yaratadi.
3) Analitik yo`nalish. Bu yo`nalish son va sifat ko`rsatkichlari asosida talabalarni tayyorlashga oid jarayonning ma`lum bir qismini tasvirlash imkoniyatini yaratadi va u ma`lumotlarni uzatish, tushunish, ko`nikish va o`zlashtirishni nazorat qilish kabi funksional vazifalarga yo`naltiriladi.
4) Umummetodologik yo`nalish. Bu yo`nalish o`qitilayotgan fanlarning talabalar va talabalar dunyoqarashining shakllanishiga bog`liqlik tomonlarini baholashga qaratilgan.
5) Psixologik yo`nalish. Bu yo`nalish kompyuter texnikasi va texnologiyasi yordamida o`qiyotgan talabalarning sotsial, psixologik, biologik xususiyatlarini o`rganish uchun qo`llaniladi.
6) Pedagogik yo`nalish. Bu yo`nalish ilg`or texnologik vositalar yordamida talabalarning tarbiyalanganlik darajasini, bilim saviyasini aniqlash va uning kelgusidagi ahvolini bashorat qilish uchun qo`llaniladi.
Hozirgi vaqtda bir soha bo`yicha ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar bo`yicha izlanishlarni va ularni tadbiq etish uslublarini boshqa sohalarga tarqatish hamda ulardan samarali foydalanish masalalari qaralmoqda. Bunga misol tariqasida kompyuter texnologiyasidan foydalangan holda o`qitishni keltirish mumkin.
Kompyuter-axborot texnologiyalari modelidan foydalanish masalasi o`qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda dars jarayonida namoyish qilinishi kerak bo`lgan ob`yektning ichki, tashqi xossalarini ko`rsata olishdek muhim vazifani amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari o`quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir:
- differensial va individual o`qitish jarayonini tashkil qilishi;
- o`qish jarayonini baholash, teskari (qarshi) aloqa bog`lashi;
- o`zini-o`zi nazorat qilish va tuzatib borishi;
- o`rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini ko`rsatishi.

  • fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanishi;

  • talabalarga fanni o`zlashtirish uchun strategik ko`nikmalar hosil qilishi va hokazo.

Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni ulardan o`quv jarayonida pedagogik dasturiy vositalar yordamida foydalanish va kelgusida ta`lim tizimida o`quv jarayoni uchun ma`lumotlar bazasini va virtual stendlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi.

Yüklə 57,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə