Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sodda masalalar yechishga o’rgatish metodikasi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


O’qituvchi: --- Barakalla. Yaqinda biz qaysi bobomiz tavalludlarini nishonladik? O’quvchilar



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix11.12.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#148004
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
BMI

O’qituvchi:
--- Barakalla. Yaqinda biz qaysi bobomiz tavalludlarini nishonladik?
O’quvchilar:
---Buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizning tavalludlarini 
nishonladik! 
O’qituvchi:
--- Yaxshi, Bu bobomizning necha yillik tavalludlarini nishonladik?
O’quvchi:
--- 681 yillik tavalludlarini nishonladik!
O’qituvchi:
--- Endi kim aytadi, 681 sonida nechta yuzlik, nechta o’nlik va nechta 
birlik bor? 
O’quvchi:
--- 6 ta yuzlik, 8 ta o’nlik va 1 ta birlik bor.
 
O’qituvchi:
--- 410 sonini kim tahlil qiladi? 
O’quvchi:
--- 4 ta yuzlik, 1 ta o’nlik.
 
O’qituvchi:
--- Konstitutsiyada biz hozir bilishimiz kerak bo’lgan 41-42-
moddalarni kim eslatadi? 
 
O’quvchilar moddalarni aytib o’tadilar. 
41-modda. Har kim be’pul ta’lim olish huquqiga ega. 
42-modda. Har kim malakali, bepul tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
O’qituvchi:
---Yaxshi, hammamiz bu moddalarni bilamizmi?
O’quvchi:
--- Haaa! 
O’qituvchi:
--- Judayam yaxshi, Respublikamizning muhim siyosiy kunlari va
qarorlaridan xabardorsiz… 
O’qituvchi:
---Endi mana shunday muhim siyosiy ma’lumotlardan chetlashmagan 
holda darsni davom ettiramiz. 
II. Asosiy qism: 
1) Uyga vazifa tahlili


~ 51 ~ 
O’qituvchi:
--- Uyga topshiriq qilib nima berilgan edi?
O’quvchi:
---Uyga vazifa qilib 837-838-misol va masalalarni bajarib 
kelish berilgan.
O’qituvchi:
--- Yaxshi, hammamiz bajarganmizmi?!
O’quvchilar:
--- Ha-a-a!
O’qituvchi:
--- Uyga vazifani tekshirish uchun sizlar bilan “piramida” o’yinini 
o’tkazamiz. Hozir sizlarni 3 guruhga ajrataman. Har bir guruh o’zi uchun 
belgilangan plakatdagi tarqatmali savollarga javob beradi. Qay darajada vazifani 
bajarganingizni savolga bergan javobingizdan bilib olamiz.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə