Mavzu: Cho`yan po`lat va rangli metaldan tayyorlangan quymalarni o`rganish Reja: Kirish i-bob. Cho`yan po`lat va rangli metaldan tayyorlangan quymalarni o`rganish



Yüklə 65,22 Kb.
səhifə7/11
tarix11.12.2023
ölçüsü65,22 Kb.
#147660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Cho`yan po`lat va rangli metaldan tayyorlangan quymalarni o`rganish.

ÇELIKLER ISHLASH METODLARNI
Bu har doim asosiy qabul keyin yakunlandi metall tizimini yaratish yakuniy jarayon emas. Keyinchalik, mahsulot xususiyatlarini yaxshilash maqsadida qo'shimcha ishlash vositalari foydalanish mumkin. Bunday usullar, zarb shtamplash va haddeleme shaklida deformatsiyalari o'z ichiga oladi. Bu tayyor po'lat bo'ladi zarur texnik xususiyatlari, bir kompleks hosil qilish uchun ishlab chiqarish bosqichida yordam beradi. chiqishi da po'lat tayyorlash plastik tuzilishi beradi, va shuning uchun asosiy ishlov berish texnik juda turli bo'ladi. Shunday qilib, deformatsiyalar tosh tashqari tavlama va normalashtirish usullarini qo'llash mumkin.

________________________________



M. A. Babajonov ―Texnologik jarayonlarni loyixalash‖ Cho`lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent 2009 yil.
II-BOB . Quymakorlik texnologiyasining samaradorligi. Quymalar оlishning maxsus turlari
2.1. Quymakorlik texnologiyasining samaradorligi
Quymakorlik texnologiyasining samaradorligi uning universalligi bilan tushuntiriladi, qotishmalardan har qanday tarkibli va massasi bir necha grammdan yuzlab tonnagacha bo'lgan quymalar tayyorlash imkoniyatini yaratadi.
O`ymakorlik ishlab chiqarishi cho'yandan, po'latdan va rangli metall qotishmalaridan turli konfiguratsiyadagi talab qilingan xossali shakldor quymalarni tayyorlash imkonini yaratadi. Quymaning yuqori ekspluatatsion va mexanikaviy xossalari ularning sanoatda keng qo'llanilishini ta'minlaydi. Quyish yo'li bilan boshqa texnologik usullarda tayyorlash imkoniyati bo'lmagan oddiy va murakkab shaklli quyma(zagotovka)larni tayyorlash mumkin. Masalan, mashinalarning korpusli detallari ko'pincha quyib olinadi. Quymakorlikning muhim vazifasi - tayyor detal shakli va o'lchamlariga yaqin bo'lgan quymalar olish bo'lib, bunda kesib ishlov berish sezilarli darajada kamaytiriladi.
Quymalar olish jarayonining mohiyati shundan iboratki, ma'lum tarkibli suyuqlantirilgan metall ichki yuzasi tayyor detal o'lchami va konfiguratsiyasiga maksimal darajada yaqin qilib tayyorlangan qolipga quyiladi. Keyingi kristallanish jarayonida metall unga berilgan shaklni saqlab qotib qoladi. Barcha ma'lum
shakllantirish usullaridan(bolg'alash, kesib ishlov berish, payvandlash, kukun metallurgiyasi va boshqalar) quymakorlik yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi, chunki nisbatan kam miqdorda energiya, material va ishchi kuchini sarflab, bevosita eritmadan kerakli konfïguratsiyali buyum tayyorlash imkonini beradi.
Quyma tayyorlash jarayonining asosiy bosqichlari. Quymakorlik deganda, suyuqlantirilgan metallni qolipga quyish yo'li bilan shakldor detallar yoki zagotovkalar tayyorlash bilan shug'ullandigan mashinasozlik sanoatining sohasi tushuniladi. Qolipda metall qotganidan keyin quyma(quyma detal yoki zagotovka) hosil bo'ladi. Zagotovkalar keyinchalik mexanik ishlov berishga tortiladi. Quyish usuli bilan sanoat jihozlarini 50% atrofida detallari tayyorlanadi. Bolg'alarning 95%, metall kesuvchi asboblarning 80%, to'qimachilik dastgohlarining 55% iga yaqin detallari quyma holatida tayyorlanadi.
Quymakorlikning mashinasozlikdagi roli. Quyish usuli bilan boshqa ishlov berish usullari(bolg'alash, shtamplash, payvandlash) yodamida olib bo'lmaydigan yoki tayyorlash qiyin bo'lgan juda murakkab konfïguratsiyali buyumlar tayyorlash mumkin. Ko'pincha quyma detal narxi boshqa usul bilan olingan xuddi shu detal narxidan arzonroq bo'ladi. Quyma massasi judayam har xil bo'lishi mumkin - bir necha grammdan(asbob detallari) yuzlab tonnagacha(dastgoh staninalari).
Quyish usuli orqali ichki yonuv dvigatellari detallari (silindrlar bloki, porshenlar), nasoslarning ishchi g'ildiragi, gaz turbinalari lopostlari, dastgohlar staninalari kabi muhim detallar tayyorlanadi. Ko'pincha quymakorlik qoliplarini qolip aralashmasidan tayyorlashadi. Bunday qoliplar bir martalik bo'lib, quyma olingandan so'ng qolip buzib tashlanadi. Tayyorlangan quymalarning 75% qum qoliplarda, 20% metall qoliplarda va qolgan 5% quyishning boshqa usullari yordamida olinadi. Quyma detallar cho'yan, po'lat, mis, alyuminiy, magniy va boshqa qotishmalardan tayyorlanadi. Quymakorlikda texnika yutuqlariga erishishgani sari olinayotgan quymalar sifati ham to'xtovsiz o'sib bormoqda, quymalar mustahkamligi, aniqligi va yuzalar g'adir-budurligi bularga misol bo'la oladi. Bundan bir necha yil avval eng yaxshi(uglerodli) po'lat quymalar uchun mustahkamlik chegarasi 343-490 N/m2, kulrang cho'yanniki esa 98-117 N/m2 dan oshmas edi, bunda cho'zilish 0,1% ga teng. Hozirgi kunda esa quyma detallar uchun hozirda maxsus sifatli po'latlar ishlab chiqilgan, ular kerakli termik ishlov berilgandan so'ng cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi 1960 N/m2 dan oshadi. Yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan cho'yanlar 11% cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi 680 N/m2 dan oshadi. Qimmatbaho po'latlarni o'rnini bosadigan yangi arzon va sodda tarkibga ega bo'lgan po'lat sortlari ishlab chiqilmoqda.
Tayyor detal yoki buyum o'lchami va shakliga maksimal darajada yaqin bo'lgan quymalar olish quymakorlikning asosiy vazifasi bo'lib turibdi, bunda ayniqsa ko'p mehnat talab qiladigan mexanik ishlov berish jarayonini faqat tozalab ishlov berish va jilvirlash bilan chegaralash lozim. Bunga maxsus va aniqroq bo'lgan quyish usullarini(kokilga quyish, bosim ostida quyish, markazdan qochma usulda quyish, suyuqlanuvchan modellar bo'yicha quyish, qobiq qoliplarga quyish va boshqalarni) joriy qilish va takomillashtirish orqali erishish mumkin. Quymalar quymakorlik sexida tayyorlanadi, tayyorlanish texnologik jarayoni ketma-ketligi
Quymalar tayyorlashning ketma-ketligi
Quymalarni quymakorlik qoliplarida olinadi, bunda qolip bo'shlig'i quyma konfiguratsiyasiga mos keladi. Qolipni qolip aralashmasidan tayyorlashadi, qolip aralashmasi formovka materiallaridan(qum, gil va suv qo'shimchasi, bog'lovchi materiallar va boshqalar) iborat. Qolip aralashmasi quymakorlik opokalariga quyib, ularda model izi qoldiriladi. Model quymaning tashqi konfiguratsiyasiga ega, uni yog'ochdan va metalldan tayyorlashadi. Quymaning ichki yuzasi qolipga o'rnatiladigan quymakorlik sterjeni yordamida hosil qilinadi. Quymakorlik sterjenlari qum va bog'lovchi materiallardan iborat bo'lgan sterjen aralashmasidan tayyorlanadi. Qolip bo'shlig'i va sterjen orasida suyuq metall quyiladigan bo'shliq hosil bo'ladi. Metall qotganidan keyin quyma hosil bo'ladi.
Quymakorlik qolipi - ishchi bo'shlig'iga suyuqlantirilgan metall quyilib, quymani shakllantiruvchi element.
Qolip aralashmasi - tarkibi metallmas quyma qoliplar tayyorlash texnologik jarayoni shartlariga mos keluvchi ko'p komponentli formovka materiallari arlashmasi.
Formovka materiali - qolip va sterjen aralashmalari tayyorlash uchun ishlatiladigan barcha tabiiy va sun'iy materillar.
Quymakorlik opokasi - quymkorlik qolipini tayyorlashda qolip aralashmasini ushlab turuvchi, suyuq metallni qolipga quyishda va qolip transportirovkasida foydalaniladigan moslama.
Quymakorlik sterjeni - bo'shliq yoki boshqa quyma konturlarini, teshiklar hosil qilish uchun ishlatiladigan quymakorlik qolipi elementi.
Qoliplash(formovkalash) bo'limida model bo'yicha qolip aralashmasidan quymakorlik qolipini tayyorlanadi. Buning uchun plitaga modelni yarmi o'rnatiladi, aralashma opokaga 4 joylanadi va u zichlanadi. Opokani 1800 ga ag'darib, modelning qoliplangan yarmiga qolgan yarmi va quyish tizimi 2 joylashtiriladi. Keyin ikkinchi opoka 3 o'rnatiladi, unga qolip aralashmasi joylanib zichlanadi. So'ngra qolipni yuqoridagi yarmi ko'tariladi, yarimformalarda model bo'lakalari va quyish tizimi modeli olinadi, qolipga sterjen 6 o'rnatilib qolipning ikki yarimtaliklari biriktiriladi. Sterjenlash bo'limida sterjen aralashmasidan sterjen yashiklarida sterjenlar tayyorlanadi. Sterjenlarning kerakli mustahkamligini hosil qilish uchun ular quritgichlarda yoki sterjen yashiklarida quritiladi.
Suyuqlantirish bo'limida maxsus pechlarda metall suyuqlantirilib, qoliplarga quyiladi. Metall qotganidan so'ng qolip buzib quyma ajratib olinadi.
Tozalash bo'limida quymadan sterjenlar qo'parib olinadi, litniklar va quymaning ortiqcha qismlari qirqiladi, quyma kuygan qolip aralashmasidan tozalanadi. Tozalab olib, nazorat qilingandan so'ng quyma mexnik ishlov berish sexlariga yoki tayyor mahsulot omboriga yuboriladi. Hozirgi kunda quymakorlik qoliplari va quymalar olishning yuzdan ortiq usullari mavjud. Po'lat va cho'yan quymalar massasining 80 % i qum-gilli qoliplarda tayyorlanadi. Bu usul bilan ham mayda, ham katta quymalar, po'lat va cho'yandan tashqari boshqa rangli metall qotishmalaridan tayyorlangan sodda va murakkab shaklli quyma detallar olish mumkin.Qoliplarda quymalar olishning ilg'or usullari, maxsus aralashmalardan tayyorlangan, masalan, o'ziqotuvchi suyuq, egiluvchan, qum qoliplarda quyishga nisbatan sezilarli ustunlikka ega. Quymakorlikda quyishning maxsus usullaridan foydalaniladi: metall qoliplarda quyish(kokil), markazdan qochma usulda quyish, bosim ostida quyish, suyuqlanuvchan modellar bo'yicha quyish va boshqa usullar. Bunday usullar bilan yuqori aniqlikka ega, eng kichik o'lcham dopusklari va yuza tozaligi yaxshi bo'lgan quymalar olish mumkin. Bu metall kesuvchi dastgohlarda mexanik ishlov berishni kamaytirib yoki umuman yo'q qilib, ish unumdorliginioshiradi, detall tannarxini kamaytiradi va metallni tejash imkonini beradi, ayniqsa kamyob qimmatbaho qotishmalarni tayyorlaganda. Biroq quyishning maxsus usullarini yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda qo'llash maqsadga muvofiqdir.

_______________________________


T. Abdurashidov ―Plasmassalarni qayta ishlash texnologiyasi‖ T. : ―Musiqa‖ nashriyoti. 2010 yil.
Choʻyan — har xil buyumlar (kozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari, panjaralar va boshqalar) quyish uchun ishlatiladigan moʻrt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan) Ch. tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqsorda doimiy qoʻshilmalar — kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt boʻladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqa, shuningdek, 2% dan ortiq marganets hamda 4% dan ortiq kremniy boʻlgan Ch. legirlangan (maxsus) Ch. deyiladi.
CH. kulrang, oq va oraliq turlarga boʻlinadi. Kulrang Ch.da uglerod erkin holatda — bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq Ch.da uglerodning qammasi yoki juda koʻp qismi temir karbidi Gʻe3S — sement holida, oraliq Ch.da esa uglerodning bir qismi sementit va bir qismi grafit holida boʻladi.
Kulrang Ch. tarkibidagi grafitning shakliga koʻra, oddiy kulrang Ch., bolgʻalanuvchan va juda puxta Ch.larga boʻlinadi. Oddiy kulrang Ch.da grafit plastinka (yaproq) shaklida, bolgʻalanuvchan Ch.da — bodroqsimon (pagʻapagʻa), juda puxta Ch.da esa shar shaklida boʻladi. Kuymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang Ch. quymakorlik choʻyani deb ham ataladi. Ok Ch. qayta ishlanuvchi Ch. deyiladi, chunki u, asosan, poʻlat ishlab chiqarishga yaraydi. Oq Ch.ni termik ishlab, yumshatish yoʻli bilan bolgʻalanuvchi Ch. hosil qilinadi. Oddiy kulrang Ch. harflar (KCH) va ikki xonali ikki son bilan belgilanadi. Mac, KCH 1228 da KCH (SCH) harflari ("kulrang choʻyan", ruscha "seriy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) kulrang Ch. ekanligini, 12 soni uning choʻzilishdagi, 28 soni esa egilishdagi mustahkamlik chegarasini (kg/mm2) bildiradi. Bolgʻalanuvchan Ch. BCH (KCH) harflari va ketmaket keladigan ikki son bilan belgilanadi, mac, BCH504 da BCH (KCH) harflari ("bolgʻalanuvchan choʻyan", ruscha "kovkiy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) Ch.ning bolgʻalanuvchanligini, 50 soni choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini (% qisobida) bildiradi.
CH.lar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari (domna pechi, elektr pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang va oq Ch.lardan tashqari, ferroqotishmalar deb ataladigan Ch.lar x.am olinadi; bunday Ch.lar tarkibida kremniy va marganets miqdori odatdagi Ch.lardagiga qaraganda ancha koʻp boʻladi.
Mashinasozlikda Ch.ning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. Alyuminiy Ch. — tarkibida alyuminiy miqdori koʻp boʻlgan Ch., u olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada magnitmas material sifatida ishlatiladi. Antifri ksion Ch.— yeyilishga chidamli Ch., podshipniklar va boshqa ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy ishlatiladi. I yeye i qbardosh Ch. — tra koʻtarilganda mustahkamligi uncha pasaymaydi; yukrri trada ishlaydigan Ch. armaturalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh Ch. — yuqori tralarda oksidlanishga yaxshi qarshilik koʻrsatadi; bu xossa unga koʻproq miqdorda xrom qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi, 1100°S gacha trada ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Korroziyabardosh Ch. — zararli muhitlar — kislota, ishqor va boshqalarga kimyoviy turgʻunligi yukrri boʻlgan legirlangan Ch.lar jumlasiga kiradi.
Magniyli Ch. — tarkibidagi grafit shar shaklida boʻlgan kulrang (juda puxta) Ch.; suyuq Ch.ga magniy yoki uning qotishmalaridan qoʻshish yoʻli bilan Ch. grafiti shar shakliga keltiriladi, katta yuk (kuch) tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas Ch. — asosi austenit boʻlgan koʻp legirlangan Ch.; magnit kirituvchanligi juda kichik boʻladi; asosan, elektrotexnikada ishlatiladi.
Choʻyan tova
Choʻyan — temirning uglerodli qotishmasi (C 2,14 % dan koʻp). Uglerod choʻyan tarkibida sementit va grafit koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tarkibidagi grafit shakli va sementit miqdoriga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: oq, kulrang, bolgʻalanuvchan va mustahkamligi yuqori choʻyanlar. Choʻyan moʻrt jismdir.
Poʻlat — temirning uglerod (2%) va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik P.ning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganets, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan P.lar tarkibida doimiy qoʻshilmalar: kremniy Si, marganets Mp, oltingugurt S va fosfor R boʻladi. P.ning choʻyandan farqi shuki, choʻyan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qoʻshilmalar ham koʻproq boʻladi. P. toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin oʻzgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolgʻalanuvchan boʻlib qoladi (qarang Poʻlatni toblash). Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdo-riga qarab, P. uglerodli va legirlangan xillarga boʻlinadi. Uglerodli P.ga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha marganets, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltingugurt va 0,035% gacha fosfor boʻladi) qurilish va mashinasozlik poʻlati; asbobsozlik poʻlati kiradi. [[Legirlangan poʻlat jumlasiga kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori legirlangan (legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) P.lar kiradi (qarang [[Legirlangan poʻlat). Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga boʻlinadi. Alohida xossali P. zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va yemirilishga chidamli, magnit xususiyatli va boshqa sifatlarga ega boʻladi.
P. suyuq, plastik va qagtiq holatda ishlab chiqarilishi mumkin, lekin asosan, suyuq holatda ishlab chiqariladi. Suyuq P. konverter, marten pechi, elektr pechi, tigel va boshqa pechlarda oli-nadi. Plastik P. pudlinglab olinadi (qarang Pudlinglash). Qattiq holatdagi P. temir rudasini baraban shaklidagi pechlarda qaytarib yoki elektroliz qilib olinadi.
Xom ashyo sifatida domna choʻyani va temir-tersaklar ishlatiladi. Ular pechda qizdiriladi. Kimyoviy reaksiya natijasida choʻyan va temir-tersaklar tarkibidagi S, Si, Mp, R va S oksidla-nib temirning kaytarilishi natija-sida P. hosil boʻladi. Lozim boʻlsa (mas, legirlangan poʻlat olishda), P. tarki-biga zarur kimyoviy elementlar qoʻshiladi. Fosfor va oltingugurt P.ning xossalariga salbiy taʼsir etgani sa-babli P. ulardan tozalanadi (rafina-siyalanadi). Bunda asos harakterli flyusdan foydalaniladi.
P.ni qaytarish, yaʼni uning tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish uchun suyuq P.ga qaytaruvchilar (tarkibida Mp, Si, Al, Ca boʻlgan qotishmalar) qoʻshiladi. Ular temir ok-sidi tarkibidagi kislorod bilan birikib, uni tozalaydi. Qaytarish diffuziya yordamida ham bajarilishi mumkin. Bu usulda kukun holida maydalanib tosh-qol (shlak) ustiga solingan qaytaruvchilar toshqolda erib, tarkibidagi te-mirni qaytaradi. Bu esa, taqsimlanish qonuniga binoan, P. tarkibidagi temirning ham qaytarilishiga sabab boʻladi. P. ishlab chiqarish tayyor ggoʻlatni kovshlar yordamida maxsus metall qoliplarga kuyish bilan yakunlanadi.
Dunyo miqyosida P. ishlab chiqarish barcha metallar umumiy miqdorining 20—25 foizini tashkil etadi. P. qurilish, mashinasozlik, asbobsozlik va boshqa sohalarda qoʻllaniladigan asosiy material hisoblanadi.[1]
Poʻlat ishlab chiqarish
Poʻlat (pols. stal, nem. Stahl) — temir va uglerod (va boshqa unsurlar) deformatsiyalanuvchan (bolgʻalanuvchan) qotishmasi, tarkibidagi uglerod miqdori 2,14 % dan oshmaydi va 0,02 % dan kam emas. Uglerod temir qotishmalarida mustahkamlik va qattiqlik xususiyatlarini oshirib, plastiklik va yopishqoqlik xususiyatlarini pasaytiradi. Poʻlat — mashinasozliktransportqurilish va boshqa koʻp sohalarda muhim material hisoblanadi. Asboblozlik poʻlatlari oʻzining oson kesiluvchanligi bilan ajralib turadi.

______________________________


. A. S. Iskandarov. ―Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar‖ T. : ―Fan va texnologiya‖ 2004 yil

Yüklə 65,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə