Mavzu: Daromadlar, xarajatlar, soliqlar va yakuniy moliyaviy natija


Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan byudjetga to’lanadigan soliqlar va yakuniy moliyaviy natijani shakllantirish



Yüklə 131,93 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü131,93 Kb.
#164892
1   2   3   4   5   6
Mavzu Daromadlar, xarajatlar, soliqlar va yakuniy moliyaviy nat (1)

3. .Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan byudjetga to’lanadigan soliqlar va yakuniy moliyaviy natijani shakllantirish
Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Soliq to’lovchilar bu yuridik va jismoniy shaxlardir.
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:

  1. davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);

  2. ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);

  3. iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).

Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi:

  • barcha daromadlardan, ularning manbalariga bogʻliq boʻlmagan holda soliq undirishning majburiyligi;

  • soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;

  • samarali ishlovchi korxonalarda hamda xoʻjalik yuritishning ilgʻor shakllari uchun soliq meʼyorlarining ragʻbatlantiruvchi rolini taʼminlash;

  • soliq toʻlovi boʻyicha barcha subʼektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.

  • Soliqlarning va yig‘imlarning turlari

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:

  • 1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;

  • 2) aksiz solig‘i;

  • 3) foyda solig‘i;

  • 4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

  • .

  • 5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

  • 51) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i;

  • 6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

  • 7) mol-mulk solig‘i;

  • 8) yer solig‘i;

  • 9) ijtimoiy soliq.


Yüklə 131,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə