Masofaviy ta’lim – bu masofadan turib oʻqitishning usullariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyasidir. U oʻquv adabiyotlarining almashinish vositalari (Yer sun’iy yoʻldoshi, televidenie, radio, kompyuter aloqa va boshqalar)ga tayanib, ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan mamlakat aholisining keng qatlamiga va xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlari majmuidan iborat.
Masofaviy ta’lim tizimida boʻlajak mutaxassislarni tayyorlashning samaradorligini oshirishda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi shaxsining muntazam aloqasini ta’minlash asosiy vazifa boʻlib hisoblansa quyidagi ta’limiy imkoniyatlarni qoʻlga kiritish mumkin:
masofaviy ta’lim oʻqishga ijobiy yondashuvni ta’minlaydi;
pedagogik jarayon maqsadi sifatida ta’lim oluvchiga yoʻnalish berish imkoniyati bor;
metodologik, nazariy, uslubiy bilimlarni egallashga imkon yaratadi;
bilish faoliyatini mustaqil tashkil etish imkonini beradi;
ta’limning turli axborotlarini topish va oʻzlashtirish imkonini beradi;
zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil etiladigan bilish faoliyatini amalga oshirish borasida samarali qoʻllaniladi;
axborotlarga boʻlgan ehtiyojlarni qondirishda, axborot olish va undan foydalanish samaralarini hosil qilish borasidagi ishlanmalarni tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |