Dogmatik oʻqitish – bu jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi boʻlib, u oʻrta asrlarda keng tarqalgan. Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada ularning ilk koʻrinishlari iste’molda boʻlib, unda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi oʻrin tutgan.
Bu borada musulmon pedagogik konsepsiyasi sezilarli darajadagi ma’naviyatlilik va intellektuallik xususiyatlariga hamda mazmun-mohiyatga ega boʻlgan. Ularning gʻoyalari boʻyicha oʻz faoliyatlarida bilimlardan faol va ijodiy foydalana oladigan odamgina komillikka erishish mumkin, degan hukumiy fikr shakllangan.
“Haqiqiy gʻoyalar” deb nom olgan pedagogik tizimning asosiy tayanch nuqtasi haqiqiy bilimlarni oʻzlashtirishdan iborat boʻlgan. Abu Ali ibn Sinoning “Donishnoma” va “Bilimlar kitobi” nomli asarlarida ham mazkur muammo yechimiga alohida e’tibor qaratilgan. Ularda ta’kidlanishicha haqiqiy bilimlarni oʻzlashtirishga ikkita toʻsiq halaqit qiladi. Ular: soʻzlarning aniq emasligi; fikrlarning tushunarli emasligi. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishda logika fani yutuqlari va ulardan iste’molda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |