Muammoli oʻqitishda oʻquv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni mustaqil egallash, ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini rivojlantirish yoʻli bilan ta’lim tashkil etiladi. Bundagi ta’lim texnologiyasi turli tumanligi bilan ajralib turmaydi, chunki ta’lim oluvchilarni faol ishtirok etish faoliyatiga jalb etish bir necha bosqichlardan iborat boʻladi. Ular ketma-ket tartibda va kompleks amalga oshirilishi kerak. Bunday oʻqitishda muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi, chunki mazkur jarayonda fikrlash jarayonida qiyinchilik his qilinadi.
Muammoli oʻqitishda muammoni ilgari surish dastlabki bosqich hisoblanadi. Muammoni hal etishning keyingi bosqichida ta’lim oluvchilar berilayotgan savol boʻyicha mavjud muammoni aniqlaydilar, tahlil qiladilar, javob topish uchun ularning yetarli emasligini aniqlaydilar va yetishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchi bosqich muammoni yechish uchun zarur boʻlgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan faoliyat boʻlib, u ta’lim oluvchida mustaqil fikr shakllanishi orqali aniqlanadi. Shundan keyin muammoni hal etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki gipoteza bilan solishtirish, egallangan bilimlar, malakalarni tizimlashtirish va umumlashtirish jarayonlari amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |