K.D.Ushinskiy har bir darsning bir – biri bilan ketma – ket bogʻlangan quyidagi uchta qismini ajratib koʻrsatdi:
1) Ilgari oʻrganilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni anglashni amalga oshirish va ta’lim oluvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadli koʻrsatmani yaratishga qaratilgan qism. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga goʻyoki “eshik” hisoblanadi.
2). Asosiy masalani hal etishga yoʻnaltirilgan qism. Bu qism darsning muhim markaziy qismi hisoblanadi.
3). Amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, koʻnikma va malakalarni mustahkamlashga qaratilgan qism. Bu qism darsning xulosalash va umumlashtirish qismi boʻlib, hisoblanadi.
Darsni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga A.Disterveg ham katta hissa qoʻshdi. U ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning faoliyatiga taalluqli oʻqitish tamoyillari va qoidalari tizimini ishlab chiqdi hamda ta’lim oluvchilarning yoshi imkoniyatlarini hisobga olishni zarurligini asoslab beradi.
Dostları ilə paylaş: |