Dars maktabdagi ishlarning asosiy shakli sifatida.
Dars oʻquvchilarning doimiy tarkibi, mashg‘ulotlarning aniq belgilangan qolipga ega (har bir dars 45 minut davom etadi); jadvali oldindan tuzilgan va oʻquv ishlari biror aniq mavzuda tashkil etiladigan va shu kabi oʻziga xosliklarga ega boʻlgan ta’limning jamoa shakli hisoblanadi.
Darsda oʻqituvchi bilan oʻquvchining oʻzaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. Oʻqituvchi darsda istisnosiz barcha oʻquvchilarning faoliyatlarini qoʻllaydi va nazorat qiladi, shuningdek, oʻquvchilarning oʻzlari orasidagi oʻzaro aloqa va oʻzaro nazoratni qoʻllabquvvatlaydi. Oʻqituvchining darsdagi ishi barcha oʻquchilarning darsning oʻzidayoq oʻrganilayotgan bilim asoslarini egallashi, zarur koʻnikma va malakalarni hosil qilishi uchun zamin yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |