Mavzu: Davlatning institutsional tashkilot sifatida



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə6/13
tarix01.05.2022
ölçüsü2,79 Mb.
#86360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Abdusattorov Abdulaziz

Davlat mexanizmi

Jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat idoralari va muassasalari tizimi. Davlat idorasi (organi) — davlat mexanizmining qonunga muvofiq ravishda oʻz tuzilishiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish boʻyisha aniq belgilangan vakolatiga ega boʻlgan hamda davlat mexanizmining boshqa qismlari bilan uzviy aloqadorlikda boʻlgan va yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismidir.


Demak, davlat-umumiy muammolar va ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar va xalqning oʻzaro munosabatini tartibga soladi — ijtimoiy yondashuv.

Davlat sinflarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, sinfiy kurash bir sinfning boshqasini bostirish quroli boʻlib xizmat qiladi — sinfiy yondashuv.

Davlat jamiyatning va davlatning oʻzining hayotini tashkil etuvchi huquq manbaidir — siyosiy-huquqiy yondashuv.

Davlat butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega boʻlgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega boʻlgan yagona siyosiy tashkilotdir.



Davlat-jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruhlar, sinf, tashkilot, hamkorlikdagi faoliyatini va oʻzaro munosabatini tashkil etuvchi, yoʻnaltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir. Davlat-hokimiyatning bosh institutidir. Hokimiyat davlat orqali oʻz siyosatini amalga oshiradi

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə