Mavzu: Dehqonchilikda kompleks va mikroo’g’itlarni qo’llash Reja: Kompleks o’g’itlar va ularning turlari


AMMONIY FOSFAT ASOSIDAGI 0 ‘G‘ITLAR



Yüklə 40,07 Kb.
səhifə3/9
tarix23.12.2023
ölçüsü40,07 Kb.
#157312
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Dehqonchilikda kompleks va mikroo’g’itlarni qo’llash Reja

AMMONIY FOSFAT ASOSIDAGI 0 ‘G‘ITLAR
Ammoniy fosfat asosidagi murakkab o‘g‘itlarni fosfat va nitrat kislotalarni ammiak bilan neytarllash asosida olinadi. Bunday o‘g‘itlar oziq moddalar miqdorining yuqoriligi (50—70%) va suvda eriydigan
fosfor miqdorining ham yuqoriligi (90—100%) bilan tavsiflanadi. Monoammoniy fosfat asosida, kaliy qo'shib olinadigan murakkab o‘g‘it nitroammofoska deb nomlanadi. Bunga mos holda diam m oniyfosfatdan diam m onitrofos va diammonitrofoska olinadi. Bunda azot, fosfor va kaliyning har xil nisbatlardagi murakkab o‘g‘itlarini olish mumkin . Karboammofos—suvda eriydigan shaklda bo‘lgan amid va ammiak ko‘rinishidagi azot, fosfor va tarkibida kaliy ham bo‘lgan o‘g‘it hisoblanadi.
Karboammofoska mochevina, fosfat kislota, ammiak va kaliy tuzlaridan ishlab chiqariladi. U 60% gacha oziq moddalari (N,P20 5 va K20) ga ega. Karboammofoska azotning fosfor va kaliyga nisbatini 1:1:1 ; 1,5:1:1 ; 2:1:1; 1:1,5:1 holatlarida ishlab chiqarilishi mumkin. Kaliy qo'shmasdan 60% gacha oziqa moddalari (N va P20 5 30% dan) tutuvchi karboammofos olinadi. Bunda azot va fosforning o‘zaro nisbati karboammofoskadagidek bo‘lishi mumkin. Nitroammofosfatlar ammofos asosida olinadigan murakkab o‘g‘it, bu o‘g‘itlar va karboammofosfatlar granullangan tarzda (granulalarning kattaligi 1—3 mm) chiqariladi. Mochevina fosfatlari. Mochevina fosfat (issiq) termik fosfat kislotani sintetik mochevina bilan ta’sirlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Uni ishlab chiqarish mochevinani fosfat kislota bilan kompleks birikma hosil qilishiga asoslangan. Qo'shimcha ravishda ammiak kiritish va kaliy xlorid qo‘shish mumkin. 0 ‘g‘it tarkibida 36% gacha N, 48% gacha P20 5 yoki 24% gacha N va P20 5 boMishi mumkin. Fosfor amidlari — yuqori darajada konsentratlangan o‘g‘itlarda azot va fosforning umumiy miqdori 120—147% gacha yetib boradi, bu miqdor ammofoska va diammofoskalarga qaraganda deyarli ikki marta ziyod miqdorni tashkil qiladi.
Polifosfatlar
Polifosfatlar — yuqori konsentratlangan murakkab o‘g‘it boiib hozirgi kunda ishlab chiqariladigan boshqa o‘g‘itlardan fosfat komponentini o‘ziga hos tuzililishga egaligi bilan farqlanadi. Polifosfat anionni shakllanadigan zanjir va halqalarini hosil qiluvchi makroergik P—O—P bogiar o'sim liklarda sodir bo‘ladigan ba’zi fiziologik- biokimyoviy jarayonlarga bu o‘g‘itlarning ta’sir kuchini ko'rsatadi. 0 ‘simlikIarning ildiz tizimini va tuproq mikroflorasining P—O—P bogiarni gidrolizlash qobiliyati hamdao‘simliklarning gidrolizlanmagan P—O—P bog'dan ham qisman yuta olish qobiliyatini boiishi bu o‘g‘itlarning fiziologik ta’sir xususiyatini belgilaydi. Polifosfatlarning gidrolizi quyidagicha boiadi:

Yüklə 40,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə