Mavzu: Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi. O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim mazmuni



Yüklə 44,51 Kb.
tarix07.06.2023
ölçüsü44,51 Kb.
#115813
Didaktikaning maqsad va vazifalari


MAVZU: Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi.
O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim mazmuni.
R ej a :
1. Didaktika – ta’lim nazariyasi sifatida.
2.Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi.Didaktikaning asosiy kategoriyalari
3. Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Asosiy tushunchalar: didaktika, ta’lim, ijtimoiy tajriba, jarayon Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o‘qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo‘lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo‘lganda ham shunday bo‘lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo‘lganida ham shunday bo‘lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o‘rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o‘z nazariyasiga ega bo‘lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o‘zgarishlar olib keldi: aynan o‘sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi. Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan. Bu so‘z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi. Bu tushunchani shunga o‘xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592- 1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so‘z yuritadi. Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o‘rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko‘rsatadilar. Hozirgi davrda didaktika o‘qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo‘yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o‘rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o‘qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bo‘lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog‘liq. Ko‘pchilik olimlar ta’lim obyekt deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi - o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi - boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o‘quvchining o‘quv materialiga bo‘lgan munosabati, ya’ni, bilimlarni o‘rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko‘p. Darhaqiqat, o‘qish, o‘rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o‘rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlar yetakchi o‘rin egallashi lozim ekanligi anglanadi. Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o‘rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o‘quvchining bilimni o‘zlashtirishlarini ta’minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma’lum ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shartsharoitni yaratishdan iborat. Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o‘rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o‘rganish obyekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi. Umumiy didaktikaning predmeti dars o‘tish (o‘qituvchi faoliyati) va bilim olish (o‘quvchining o‘rganish faoliyati)ning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi hisoblanadi. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: - ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish; - ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; - ta’lim jarayoni uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash. Didaktika nazariy va bir vaqtning o‘zida meyoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo‘llash meyorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-meyoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi. Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi. Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi: falsafiy tushunchalar; xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo‘lgan tushunchalar. Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-qarshilik”, “bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo‘llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi: ta’lim - o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon; dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli; bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni; ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. o‘quv fani – ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan hamda o‘zida muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba. ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati. Didaktikada “idrok etish”, “o‘zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo‘lgan tushunchalar ham qo‘llaniladi. Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to‘ldirilib borilmoqda. Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta’lim, bilim, ko‘nikma, malaka, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim natijasi. So‘nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda. 1) bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui; 2) bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni; 3) ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati; 4) malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli; 5) ta’lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon; 6) ta’lim metodlari – ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui; 7) ta’lim mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati; 8) ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar; 9) ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; 10) ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati; 11) ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya; 12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi; 13) ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash; 14) ta’lim tizimi – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui. Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologikpedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi. Didaktik tizim (yunoncha «systema» – yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko‘rsatish demakdir. U ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar: an’anaviy; progressiv; zamonaviy. Ta’lim nazariyasida Y.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega. An’anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan bog‘liq. U Y.A.Komenskiyning sinf-dars an’anaviy tizimini tanqidiy nuqati nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi. I.F.Gerbart ta’lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat. o‘quvchilarning intellektual rivojlanishini ta’minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir. Progressiv (pedotsentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol o‘ynashini e’tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi. Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo‘lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o‘zlashtirishda samaradorlikka erishish g‘oyasini ilgari suradi. Mazkur g‘oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o‘quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi. D.Dyuining nazariy g‘oyalari muammoli ta’limning asosi bo‘lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta’lim deb nomlanuvchi, ushbu g‘oya o‘qituvchi rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o‘quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta’minlashga erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta’limning vazifasi faol o‘rganish jarayonini rag‘batlashtirish, o‘quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi XX asrning 50- yillarida keng tarqaldi. Uning g‘oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g‘oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Psixolog L.S.Vo‘gotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “Yaqin rivojlanish zonasi” g‘oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko‘ra bola kattalar yordamida bilim olib, o‘zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi +onunida ta’lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g‘oyalarga muvofiq tashkil etilishi e’tirof etilgan. Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, uning sha’ni, obro‘si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste’dodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik, ta’lim dasturlarini tanlashda o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi. Respublika uzluksiz ta’lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi. Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko‘rsatmalar to‘plami bo‘lib, u ta’limning konseptual modeli sifatida qo‘llaniladi. Bugungi kunda ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan: An’anaviy – konservativ paradigma (bilim paradigmasi). Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma. Fenomenologik (gumanistik) paradigma. Texnokratik paradigma. Ezoterik paradigma. Ayni vaqtda ta’lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud: 1. +adriyatli (aksiologik) yondashuv - madaniyat inson hayotining mazmuni sifatida tushuniladi. 2. Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi. 3. Shaxsiy yondashuv - madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo‘ladi. Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi. Har bir paradigma muayyan ta’limiy muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Xususan: - ijtimoiy institut sifatida o‘quv muassasalarining vazifalari; - ta’limning samarali tizimi; - o‘quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala; - ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari; - muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi. Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud: 1. Bilim olishning an’anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshqalar) Unga ko‘ra ta’limning asosiy maqsadi - “Bilim, qanchalik qiyin bo‘lmasin bilim olish”. An’anaviy paradigma maktabning maqsadi yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – билим, кўникма ва малакалар, илғор ғоялар va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga yetkazish muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta’lim olish, taraqqiyot va madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish. 2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Ganye, B.Skinner va boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta’lim mazmuni emas, balki o‘quvchilar tomonidan turli bilimlarni o‘zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior - xulqi) konsepsiyasi tashkil qiladi. Maktabning maqsadi – o‘quvchilarda g‘arb madaniyati ijtimoiy qoidalari, talablari va ko‘zlagan maqsadlariga mos keladigan moslashtiruvchi “xulqiy repertuar”ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaqtda, “xulqi” atamasi bilan “insonga xos hamma ta’sirlanishlar – uning fikrlari, sezgi va harakatlari” ifodalanadi (R.Tayler). Bunda ta’limning asosiy metodlari, o‘rgatish, trening, test sinovlari, individual ta’lim, tuzatishlari bo‘lib qoladi. Buning oqibatida, ta’limninggina emas, balki dars berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi. P.Blum barcha o‘quvchilar faqat o‘zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli o‘qishlari mumkin deb hisoblaydi. O‘quvchining optimal qobiliyatlari ma’lum sharoitlarda, o‘quvchiga ta’lim berish natijasi uning sur’ati bilan aniqlanadi. Olimning firicha, ta’lim oluvchilarning 95 foizi ta’lim muddatlariga bo‘lgan cheklashlar olib tashlanganda o‘quv kursining butun muzmunini o‘zlashtirib olishga qodirlar. Ana shu nuqtai nazardan o‘quvchilar tomonidan bilimlarning muvaffaqiyatli o‘zlashtirishini ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi, uning mohiyati quyidagichadir: Butun sinf yoki kurs uchun to‘la o‘zlashtirish etaloni, mezonnini aniq belgilab olish asosida o‘qituvchi ta’lim yakunida erishilishi kerak bo‘lgan aniq natijalarning ro‘yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni tuzadi. O‘quv birliklari, ya’ni, o‘quv materiallarining yaxlit bo‘limlari ko‘rsatiladi, ularni o‘zlashtirish natijalari aniqlanadi, yakuniy bahoga ta’sir ko‘rsatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning vazifalari – tuzatish, korreksiyalashdan iborat. To‘la o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan har bir o‘quv kurs materiallarini o‘zlashtirish darajasini baholash uchun test sinovlarini o‘tkazish. Bu o‘rinda har bir o‘quvchiga baho va ta’lim maqsadlarining ahamiyatini tushuntirish muhim. Predmetlarni bo‘sh va o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning qobiliyatlarini jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi. Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, A+SH va boshqalar) ta’lim tizimlari tajribasi ratsionalistik (bixevioristik) paradigma g‘oyalariga muvofiq ish ko‘rilganda 70 % o‘quvchilar yuqori natijalarni qayd etganliklarini ko‘rsatadi. Yuqorida qayd etilgan ta’lim yo‘nalishlari o‘zida insonparvarlik g‘oyalarini ifoda etmagan, ular bola dunyoqarashining rivojlanishi, shaxsning rivojlanishida shaxslararo munosabatlarning muhim o‘rin tutishini nazarda tutmaydi. 3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga ko‘ra (A.Maslou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vo‘godskiy va boshqalar) ta’lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida o‘ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ular bolani rivojlantirish maqsadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yo‘naltiradi. Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon» – hisoblangan, ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. Uning vakillari o‘quvchini nodir shaxs deb hisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o‘quvchi hamda o‘qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi. Gumanistik paradigma g‘oyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o‘quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida qo‘yidagi g‘oyalarga amal qilinmoqda: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash – ham katta boylikdir”1. Ezoterik paradigma (yunoncha «esoterikos» ichki, sirli, yashirin, faqatgina biluvchilar uchun mo‘ljallangan insonning dunyo bilan o‘zaro aloqalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqat abadiy va o‘zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo‘lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o‘quvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, o‘qituvchining himoyalash vazifasi muhimdir, u o‘quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma’naviy, jismoniy, psixik jihatdan rivojlantirishga yo‘naltiradi. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning o‘zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o‘rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o‘rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo‘lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi. So‘nggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim “tabiatda” - Internet, “ochiq maktablar” – kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) muvofiq o‘qitish samarali deya hisoblaydi. Pedagogik hamkorlik mazmuni va metodikasi xususiyatlari quyidagilardan iborat: Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv maktab ta’limi tizimida bola shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o‘rin tutadi. Maktabning maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iborat. Shaxsga yo‘naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g‘oyalar muhim o‘rin tutadi: 1. Shaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola maktabda – to‘la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda subyekt; shaxsning rivojlanishi – ta’lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o‘z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g‘oyalarlarni aks ettiradi. 2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo‘lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o‘z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o‘qituvchi va o‘quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish kabi holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlash inkor etiladi. 3. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o‘quv fanini o‘quvchiga emas, balki bolani o‘quv faniga yo‘naltirishdan iborat. Individual yondashish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: materialni o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga mo‘ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko‘ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish. 4. Shaxsning ijobiy «Men-konsepsiyasi»ni shakllantirish. Men-konsepsiyasi – bu shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo‘lib, ijobiy Menkonsepsiyasi (Men o‘zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag‘batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Salbiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o‘qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. O‘qituvchining vazifasi har bir o‘quvchi timsolida komil shaxsni ko‘rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat («Hamma bolalar iste’dodli» tarzida). 5. “Nimaga?” va “qanday ta’lim?” masalasini hal etishga yangicha yondashish. Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat. 6. Zamonaviy maktabda tarbiyalash konsepsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g‘oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo‘yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish. Pedagogik hamkorlik yuqorida qayd etilgan g‘oyalar asosida shaxsga yo‘naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta’lim texnologiyasining mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta’lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-sharoit yaratish, falsafasi esa insonni shakllantirishdan emas, balki unga o‘zi o‘zini tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. o‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi. I.P.Podlasiy ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatadi: 1. ta’lim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi. 2. ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari. 3. ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti. 4. ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: metodlarni qo‘llashda bilimlari va ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quv jarayonini tashkil etish. 5. ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi. 6. ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ichki rag‘batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari. zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko‘plab soni ma’lumdir. ular qatoriga quyidagilar kiradi: didaktik qonuniyatlar. gnoseologik qonuniyatlar. psixologik qonuniyatlar. kibernetik qonuniyatlar. sotsiologik qonuniyatlar. tashkiliy qonuniyatlar. didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir. tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab. ta’lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi. ibtidoiy jamiyatda insoniyat o‘sib kelayotgan avlodga mavjud bilimlarni uzatish asosida amaliy bilimlari asta-sekin shakllangan. o‘sha davrdayoq ta’lim amaliy qoidalari ishlab chiqilgan va avloddan-avlodga uzatib kelingan. antik davrda asosan ajdodlar tajribasi an’analar tarzida umumlashtirilib, amaliy ta’lim masalalari hal etilgan. platon va aristotellar tavsiya hamda qoidalar to‘plami ko‘rinishida amaliyotiy ta’lim mohiyatini umumlashtirishga uringanlar. sharqdagi uyg‘onish davrida (ix-xi asrlar) arab, musulmon madaniyatining yaqin va markaziy osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyati bilan birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha synkretismos – birlashish, yaxlitlik, qo‘shilish) madaniyat birlashgan turi yuzaga kelgan. allomalar muhammad al-xorazmiy (787-850 yillar), abu nasr forobiy (870-950 yillar), al-kindiy (800-870 yillar), abu rayhon beruniy (973-1050 yillar), abu ali ibn sino (980-1037 yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo‘ldilar. bu madaniyatning asosiy markazlari suriya, eron, markaziy osiyo hududlarida joylashgan. sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida ta’lim usullari, qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta’lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. biroq ta’lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug‘ullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. ta’limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga o‘rgatish san’ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. sharq allomalari tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham qo‘llanilmoqda. quyidagi jadvaldan sharq allomalari muhammad al-xorazmiy, abu nasr forobiy, al-kindiy, abu rayhon beruniy, abu ali ibn sino, muslihiddin sa’diy, abdurahmon jomiy, alisher navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko‘rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi1(93-betga qarang). xvii asrda pedagogika amaliy tabiatshunoslik sifatida biologiya qonuniyatlariga bo‘ysunishi e’tirof etilgan. pedagogikani tubdan to‘la qayta qurishni chex olimi y.a.komenskiy va ingliz pedagogi djon lokk amalga oshirdilar. ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko‘ra guruhlaganlar: ijtimoiy-tarixiy. tabiiy-tarixiy. psixologik. keyinchalik bir guruh ilg‘or pedagoglar umumiy tamoyillar bilan qanoatlanmay, didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. xususan, y.a.komenskiy didaktikaning tematik belgilariga ko‘ra guruhlangan quyidagi qoidalar tizimini ilgari surdi: “ta’lim va oson o‘qishning asosiy qoidalari” (“buyuk didaktika” - xvii bob); “tabiiy o‘qish va ta’limning asosiy qoidalari”; “fanlarga o‘qitish san’atining to‘qqiz qoidasi” (xx bob) va boshqalar. disterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta bo‘lib, ular muayyan loyihalarga taalluqli ekanligiga ko‘ra guruhlarga ajratadi (birinchi guruh – o‘qituvchiga nisbatan, ikkinchisi – dars tashkil etilayotgan fanga nisbatan, uchinchisi – o‘quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). shu bilan birga disterveg mazkur qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi. ta’lim tamoyillari. didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko‘ra tashkil etiluvchi ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi meyoriy asoslari (qoidalari) o‘z ifodasini topgan. ta’lim tamoyillarini bilish o‘quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o‘quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta’lim shakli va metodlarini tanlashimkonini beradi. shu bilan birga bu tamoyillar o‘qituvchilar va o‘quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o‘zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi. ta’lim tamoyillari o‘zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko‘rinishlari o‘zgardi. bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. o‘qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda. tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiradi. ta’limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin: i. ta’limning mazmunli tamoyillari. ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g‘oyalarni ifodalaydi: - fuqarolik; - ilmiyligi; - tarbiyalovchi ta’lim; - fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi); - tabiat bilan uyg‘unligi; - madaniyat bilan uyg‘unligi; - insonparvarligi. Fuqarolik tamoyili. Unga ko‘ra ta’lim mazmunini shaxsning subyektivligini rivojlantirish, uning ma’naviyligi va ijtimoiy yetukligiga yo‘naltirishda namoyon bo‘lishi kerak. U ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o‘zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog‘liq. Ta’limning ilmiyligi tamoyili ta’lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to‘plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o‘qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni o‘quvchilarni obyektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini talab etadi. Ta’limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta’lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta’lim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ta’lim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, o‘quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog‘liq. Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi tamoyili umuiy o‘rta ta’lim maktablaridayoq o‘quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o‘tadilar. Mazkur holat an’anaviy didaktikada ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi kabi ifoda etiladi. O‘qishda fundamentallik bilimlarning ilmiyligi, to‘la va chuqur bo‘lishini ko‘zda tutadi. U odamdan yuksak intellektual salohiyat, fikrlash layoqatining tadqiqotchilik ko‘rinishda bo‘lishi, bilimlarini doimiy ravishda to‘ldirib borish istagi va malakalarini talab etuvchi zamonaviy ilmiytexnik taraqqiyotga asoslangan. Fundamental bilimlar aniq bilimlariga qaraganda sekin eskiradi, shuningdek, inson va xotirasiga emas, ko‘proq uning fikrlash layoqatiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’limning fundamentalligi bilimlar mazmunining muntazamligi, nazariy va amaliy jihatdan o‘zaro nisbatda bo‘lishni talab etadi. Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Y.A.Komenskiy o‘zining tabiatga uyg‘un bo‘lishi g‘oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta’kidlaydi. Ertalabki soatlar mashg‘ulotlarni bajarish uchun juda qulay hisoblanadi. O‘quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Demak, tabiat bilan uyg‘unlik g‘oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta’lim tamoyilining asosi hisoblanadi. O‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878-1934 yillar) ta’lim va tarbiyani yo‘lga qo‘yishda tabiatga uyg‘un bo‘lishi g‘oyasining davomchisi bo‘lgan. O‘zining “Turkiy guliston yohud axloq” nomli asarida bola shaxsining tabiiy mukammalligiga ishonch bildiradi. A.Avloniy bola tabiatan go‘zallik va mehribonlik bilan uyg‘unlikda tug‘iladi deb yozadi. Allomaning fikricha, ta’lim va tarbiyaning vazifasi bola shaxsining rivojlanishi uchun yordam beruvchi sharoitlarni yaratishdan iborat. Abdulla Avloniy bolani milliy madaniyat, vatanga muhabbat asosida tarbiyalash g‘oyasining tarafdori bo‘lgan, bu xususida allomaning asarlarida quyidagi fikrlar o‘z ifodasini topgan: “.... odam tug‘ilgan va o‘sib ulg‘aygan shaharni va shu shahar joylashgan mamlakatni bu odamning Vatani deb aytadilar. Biz turkistonliklar o‘zimizning quyoshli diyorimizni jonimizdan ham ortiq yaxshi ko‘rishimiz kabi arablar o‘z Arabistonini, ... eskimoslar esa o‘zlarining Shimolini yaxshi ko‘radilar” deb yozadi. A.Avloniyning fikricha, xalqparvarlikka asoslangan ta’lim va tarbiya yoshlarga vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatishga undashi kerak. Ta’limda insonparvarlik tamoyilini bolaning shaxs sifatidagi qadr-qimmati, uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta’minlash, uni rivojlantirishi, ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, unga hayotda o‘z o‘rnini topishda yordam ko‘rsatishi va hokazolarni nazarda tutadi. “Insonparvarlik” va “odamiylik” so‘zlari yunoncha humanus “odamiylik” bir so‘zdan kelib chiqqan. Insonparvarlik, odamiylik ma’naviy-axloqiy tushunchalardir. Insonparvarlik g‘oyasi antik davr faylasuflari (Suqrot, Aflotun, Arastu va boshqalar) qarashlarida ilk bor ko‘zga tashlanadi. Markaziy Osiyoda insonparvarlik g‘oyalari Sharq Uyg‘onish davrida keng rivojlandi. Abu Nasr Forobiyning fikricha, bolani eng avval o‘qimishli, saxovatli inson qilib tarbiyalash kerak, zero, salbiy nuqsonlar bolalikdan paydo bo‘ladi. Shu bois oilada tarbiyani yo‘lga qo‘yishda xato qilmaslik zarur. O‘zbekiston Respublikasida huquqiy, demokratik jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda uzluksiz ta’lim tizimi oldida barkamol, har tomonlama rivojlangan, erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi. Mazkur vazifa ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘lish orqali ijobiy hal etiladi. Bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘lish ularning taqdiri haqida qayg‘urish, uning qobiliyatini ko‘ra olish, unga ishonish, shuningdek, bolaning xatoga yo‘l qo‘yish, shaxsiy nuqtai nazarga ega bo‘lish huquqini qadrlashni nazarda tutadi. Ta’limning tashkiliy–metodik tamoyillari. Ta’limni tashkil etish metodikasi ta’lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday talablar ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o‘z ifodasini topgan: - ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi; - ta’limda onglilik va ijodiy faollik; - ta’limda ko‘rgazmalilik; - ta’limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi); - ta’limning tushunarliligi; - guruhli va individual ta’lim birligi; - ta’limning o‘quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi; - oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi; - pedagogik hamkorlik. Ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyili bilish bosqichlarining obyektivligini anglatadi. Izchillik ta’lim mazmuni, uning shakli va usullari, o‘quv jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan subyektlarning o‘zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida parsial (yunoncha partialis - qisman) va xususiy o‘quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o‘zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi. Izchillik ta’lim jarayonining ma’lum tizim va ketma-ketlik asosida bo‘lishini nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o‘rganmay turib hal etib bo‘lmaydi. Muntazamlik va ketma-ketlik u yoki bu o‘quv materialini o‘zlashtirish sur’ati, uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi. Ta’limning muntazamliligi va ketma-ketligi ma’lum fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, borliqni yaxlit idrok etish o‘rtasidagi qarama-qarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holatlar birinchi navbatda dastur va darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fanlararo hamda fanlar ichidagi bog‘liqlikni ta’minlash evaziga namoyon bo‘ladi. Onglilik va ijodiy faollik tamoyili. Uning asosini fanni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘luvchi qoidalar majmuini shakllantirish tashkil etadi. Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog‘liq: ta’lim motivlari, o‘quvchilarning faollik darajasi, o‘quvtarbiyaviy jarayonning samarali tashkil etilishi, o‘qituvchi tomonidan qo‘llanuvchi ta’lim metodlari va vositalarining samaradorligi va boshqalar. O‘quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur tamoyil o‘quvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi. Ko‘rgazmalilik tamoyili ta’lim jarayonini tashkil etish asosida yotuvchi muhim qoidalardan biri hisoblanadi. Y.A.Komenskiy uni didaktikaning “oltin qoidasi” deb atagan. Unga binoan ta’limda inson sezgi organlaridan foydalanish kerak. “Agarda biz o‘quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak, unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko‘rish bilan Ta’limga intilishimiz kerak – deb ta’kidlaydi u – agarda qandaydir predmetni baravariga bir necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo‘lsa, mayli ular baravariga bir necha sezgilari bilan o‘rganilsin”1. Tajribalar asosida o‘rganilayotgan narsani namoyish etish va jarayon mohiyatini hikoya qilib berish o‘zlashtirish darajasini birmuncha oshiradi. Xususan, axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15 foiz, ko‘rib qabul qilish esa – 25 foizni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida ularni bir vaqtda ishtirok etishi natijasida ma’lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 foizgacha ortadi. Ko‘rgazmalilikdan o‘quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish mumkin: yangi materialni o‘zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashkil qilish hamda o‘quvchilarning dastur materiallarini o‘zlashtirishlarini tekshirish va baholashda. Ta’limning samaradorligi va ishonchliligi tamoyili. An’anaviy didaktikada u mustahkamlik tamoyili kabi ifoda etiladi. Agarda o‘qitish jarayoni ta’lim maqsadlariga erishishni ta’minlamasa, u holda ushbu jarayonni tashkil etish zaruriyati yuzaga kelmaydi. Shu bois ta’lim samarali, shuningdek, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Ta’limning ishonchliligi va mustahkamliligini ta’minlash uchun o‘quvchilar o‘qish jarayonida o‘quv-o‘rganish harakatlarining quyidagi to‘la siklini o‘zlashtira olishlari zarur: o‘rganilayotgan materiallarni dastlabki qabul qilish, uni chuqurroq anglab yetish, eslab qolish, o‘zlashtirilgan bilimlarini qo‘llash bo‘yicha ma’lum faoliyatni amalga oshirish, ularni takrorlash va tizimlashtirish. Ta’limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an’anaviy hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo‘yiladi. Chuqur, mustahkam bilimning asosiy belgisi eng fundamental g‘oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni tushunish, chuqur o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan materiallar mazmunini puxta anglashdan iborat. Ta’limning tushunarliligi tamoyili o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog‘lig‘iga yomon ta’sir etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Ta’limning tushunarli bo‘lishi o‘quvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib o‘qishning mazmunini to‘g‘ri aniqlash demakdir, ya’ni, har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘quvchilar egallab olishi zarur bo‘lgan bilim, amaliy ko‘nikma va malakalari hajmini to‘g‘ri aniqlashdir. Bu tamoyil o‘quv jarayonini o‘quvchilarda qiyinchiliklarni yengish istagini hosil qiluvchi va shaxsiy muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuyg‘usini yuzaga keltirishga yo‘naltirilganligini ifodalaydi. Bu bolalarda ko‘zga tashlanuvchi qattiq hayajonlanish, shuningdek, o‘quv masalalarini yechishdagi ishonchsizlikni yo‘qotishga yordam beradi. Guruhli va individual ta’limning birligi tamoyili shaxsning, bir tomondan atrofdagilar bilan munosabatda bo‘lish, ijtimoiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga intilishi, ikkinchi tomondan esa, yakka holda ta’lim olishga bo‘lgan xohishini aks ettirishga xizmat qiladi. Muomala faoliyatning alohida turi bo‘lib, uni tashkil etish jarayonida boshqalar haqidagi tasavvur va tushuncha yuzaga keladi. Atrofdagilar bilan munosabatni yo‘lga qo‘yish o‘zaro aloqalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini, alohida bo‘lish esa shaxsning ijtimoiylashuvi hamda rivojlanishini ta’minlaydi. An’anaviy ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra guruhli hisoblanadi, zero, u 30-40 nafar o‘quvchilardan iborat o‘quv guruh (yoki sinf)larida tashkil etiladi. 100-200 nafar talabalardan iborat kurslarda esa ta’limga sarflanadigan harakatlarni kamaytirish maqsadida ma’ruzalar o‘qish tashkil etiladi. Guruhli ta’lim munozara, muzokara tashkil etish uchun qulay sharoitga ega bo‘lib, o‘quv masalalarini yechishning eng samarali yo‘llarini birgalikda izlashni ta’minlaydi, o‘zaro yordam ko‘rsatish uchun sharoit yaratadi, o‘quvchilarning mas’uliyat hissini oshiradi. O‘quv muvssasalarida guruhli ta’limni tashkil etish jamoani shakllantirishning asosiy shakli sanaladi. Ta’limning o‘quvchilarning yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi tamoyili o‘quvchilarning yoshiga ko‘ra va individual yondashuvni anglatadi. Yoshiga muvofiq yondashish o‘quvchilarning psixik xususiyatlari, shaxsiy rivojlanganlik darajasi, ma’naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy yetukligini baholay olishni nazarda tutadi. Agarda qo‘yilayotgan talablar yoki ta’limning tashkiliy tuzilishi o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab ketsa, o‘quv faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondoshish o‘quvchilarning murakkab ichki dunyosini o‘rganish, yuzaga kelgan munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi sodir bo‘ladigan ko‘p turdagi sharoitlarni aniqlashni talab etadi. Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birgaligi tamoyili pedagog tarbiyalanuvchini shaxs sifatida hurmat qilishi zarur. Oqilona talabchanlik maqsadga muvofiq bo‘lsa, ta’lim-tarbiya jarayoni, shaxsning to‘liq va barkamol rivojlanishini ta’minlay olsa samarasi ancha yuqori bo‘ladi. O‘quvchilarga nisbatan talabchanlik ularni tartibli, intizomli bo‘lish, burchlarni o‘z vaqtida bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini ta’minlashi lozim. Shaxsga hurmat insondagi ijobiy xislatlariga tayanishni ko‘zda tutadi. Hamkorlik tamoyili ta’lim jarayonida shaxsning ustuvor mavqeini ta’minlash, uning o‘z-o‘zini anglashini anglatadi. Bu tamoyil o‘zaro munosabatlar jarayonida subyektlar o‘rtasidagi aloqalarning dialog shakli, shaxslararo munosabatlar mazmunida esa empatiya (yunoncha «empathlia» – birgalikda tashvishlanish, ya’ni, boshqa odamning tashvishlarini tushunish)ning ustunligiga erishishni talab etadi
Yüklə 44,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə