Mavzu: Ekonometrik modellashtirishda qo’llaniladigan amaliy dasturlar paketlarining xususiyatlari Modellashtirish tushunchasi, turlari



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə1/6
tarix30.12.2023
ölçüsü52,21 Kb.
#166548
  1   2   3   4   5   6
EKONOMETRIKA 4


MAVZU: Ekonometrik modellashtirishda qo’llaniladigan amaliy dasturlar paketlarining xususiyatlari


Modellashtirish tushunchasi, turlari

Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan


tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo’jalik masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda.
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro, ham makrodarajada tabiiy,
zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi.
Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning
eng muhim, ahamiyatli bog’lanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga imkon beradi.

Bir tomondan, modellar oson o’rganiladigan bo’lishi kerak, shuning uchun ular


juda murakkab bo’lmasligi kerak — binobarin, ular albatta faqat soddalashtirilgan nusxalar bo’ladi. Biroq, ikkinchi tomondan, modellarni o’rganishdan olingan xulosalarni haqiqiy ob’ektlarga ham qo’llash lozim, demak, model o’rganilayotgan haqiqiy ob’ektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak.

Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni


tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi:

1) sub’ekt (tadqiqotchi);


2) tadqiqot ob’ekti;


3) o’rganuvchi sub’ekt bilan o’rganilayotgan ob’ektning munosabatlarini


vositalovchi model.

Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila boshlandi


va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya,biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi.

Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb


ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi
modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi.


Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan
ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday
bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar
beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi
muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani echish uchun muhim
bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.

Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo’llash usullari iqtisodiymatematik


usullar deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni o’rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning uyushmasidir. Bu
tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan
kiritilgan. IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil bo’ldi.
Elementlaridan biri iqtisodiy-matematik usullar bo’lgan qarorlarni qabul qilish
tizimi ijodiy yondashuvni talab etuvchi xo’jalik muammolarining to’la tsiklini
qamrab olishi kerak.



Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə