Mavzu: Ekonometrik modellashtirishda qo’llaniladigan amaliy dasturlar paketlarining xususiyatlari Modellashtirish tushunchasi, turlari


Iqtisodiy-matematik modellar turli asoslarga ko’ra tasniflanadi



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü52,21 Kb.
#166548
1   2   3   4   5   6
EKONOMETRIKA 4

Iqtisodiy-matematik modellar turli asoslarga ko’ra tasniflanadi.

Amaliy maqsadiga ko’ra iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiy jarayonlarning


umumiy xususiyatlari va qonuniyatlarini tadqiq qilishda ishlatiladigan nazariyanalitik modellarga va tayinli iqtisodiy masalalarni echishda qo’llaniladigan amaliy modellar (iqtisodiy tahlil, bashoratlash, boshqarish modellari)ga bo’linadi.
Iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiyotning turli tomonlari (xususan, uning
ishlab chiqarish-texnologik, ijtimoiy, hududiy tuzilmalari)ni va uning alohida qismlarini tadqiq qilish uchun mo’ljallanishi mumkin. Modellarni tadqiq qilinayotgan iqtisodiy jarayonlar va muammolar mazmuni bo’yicha tasniflashda butun iqtisodiyot modellari (makroiqtisodiy modellar)ni va uning quyi tizimlari — tarmoqlar, hududlar va hokazolarning modellari, ishlab chiqarish, iste’mol, daromadlarni shakllantirish va Moddiy modellar asosan o’rganilayotgan ob’ekt va jarayonni geometrik, fizik, dinamik yoki funktsional tavsiflarini ifodalaydi. Masalan, ob’ktning kichiklashtirilgan maketi (masalan, litsey, kollej, universitet) va turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bunga misol bo’la oladi.
Bu modellar yordamida turli xil texnologik jarayonlarni optimal boshqarish, ularni joylashtirish va foydalanish yo’llari o’rganiladi. Umuman olganda, moddiy modellar tajribaviy xarakterga ega bo’lib, texnika fanlarida keng qo’llaniladi.
Abstrakt (ideal) modellar inson tafakkurining mahsuli bo’lib, ular tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar sistemasidan iborat. Iqtisodiy tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida, asosan, abstrakt modellashtirishdan foydalaniladi.
taqsimlash, mehnat resurslari, baholarni shakllantirish, moliyaviy aloqalar va shu
kabilar modellarining majmualari (mikroiqtisodiy modellar)ni ajratib ko’rsatish
mumkin. Tuzilmaviy modellar ob’ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ichki
parametrlarini, ular orasidagi o’zaro bog’liqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyot miqyosidagi tadqiqotlarda ko’proq tuzilmaviy modellar qo’llaniladi, chunki quyi tizimlarning o’zaro bog’liqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun katta ahamiyatga ega. O’ziga xos tuzilmaviy modellar sifatida tarmoqlararo aloqalar modellarini olish mumkin. Funktsional modellar iqtisodiy boshqarishda keng qo’llaniladi, bunda ob’ektning holati («chiqish»)ga «kirish»ni o’zgartirish yo’li bilan ta’sir ko’rsatiladi.
Iste’molchilarning tovar-pul munosabatlari sharoitidagi xatti-harakatlari modeli
bunga misol bo’la oladi. Aynan bir ob’ekt bir vaqtning o’zida ham tuzilmaviy, ham
funktsional model bilan tasvirlanishi mumkin. Masalan, alohida tarmoq tizimini
rejalashtirish uchun tuzilmaviy modeldan foydalaniladi, iqtisodiyot miqyosida esa har bir tarmoq funktsional model bilan ifodalanishi mumkin. Statik modellarda barcha bog`lanishlar vaqtning tayinli payti yoki davriga tegishlidir. Dinamik modellar iqtisodiy jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflaydi. Qaralayotgan vaqt davrining uzunligiga qarab bashoratlash va rejalashtirishning qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha), uzoq muddatli (10-15 va undan ko’proq yilgacha) modellari farqlanadi. Iqtisodiymatematik modellarda vaqtning o’zi yo uzluksiz, yo diskret ravishda o’zgarishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarning modellari matematik bog’lanishlarning shakli bo’yicha
juda xilma-xildir. Ayniqsa tahlil va hisoblashlar uchun eng qulay bo’lib, shu tufayli
keng tarqalgan chiziqli modellar sinfini ajratib ko’rsatish muhimdir. Chiziqli va
chiziqli bo’lmagan modellar orasidagi farqlar nafaqat matematik nuqtai nazardan, balki nazariy-iqtisodiy jihatdan ham muhimdir, chunki iqtisodiyotdagi ko’p bog’lanishlar aniq chiziqli bo’lmagan tabiatga ega: ishlab chiqarish o’sganda
resurslardan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish ko’payganda yoki
daromadlar o’sganda aholi talabi va iste’molining o’zgarishi va h.k. Iqtisodiyot modellari fazoviy omillar va shartlarni o’z ichiga olishiga qarab fazoviy va nuqtaviy modellar farqlanadi.



Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə