Mavzu: Elastiklik nazariyasi reja


Taklif elastikligi va uning asoslari



Yüklə 66 Kb.
səhifə6/7
tarix27.12.2022
ölçüsü66 Kb.
#97958
1   2   3   4   5   6   7
5-мавзу Х.Файзуллаев М-92-2 гурух

Taklif elastikligi va uning asoslari.
Taklifning narx bo’yicha elastikligi - bu narxning bir foiz o’zgarishiga javoban, taklif qilinadigan tovarning miqdorini foiz bo’yicha o’zgarishini bildiradi. Bunday elastiklikning qiymati musbat bo’ladi, nima uchun deganda, ishlab chiqaruvchilar uchun yuqori narx, ularni ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga rag’batlantiradi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra taklif elastikligi quyidagicha hisoblanadi:
Taklif elastikligi ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi omillar bo’yicha qaralishi mumkin: foiz stavkasi; ish haqi; xom ashyo, yarimfabrikatlar narxi. Masalan, ko’pgina sanoat mahsulotlari uchun xom ashyo, yarim fabrikatlar narxiga nisbatan taklif elastikligi manfiydir. Xom ashyo narxining oshishi firmalar xarajatlarining oshishini bildiradi, shu sababli boshqa shart-sharoitlar o’zgarmaganda taklif qilinadigan mahsulot miqdori kamayadi.
Taklif chizig’i holatini siljishiga olib keladigan determinantlar quyidagilar: resurslar narxi; ishlab chiqarish texnologiyasi; soliq va dotatsiyalar; boshqa tovarlar narxi; narx o’zgarishini kutish; bozordagi sotuvchilar soni.
Bozor sharoiti o’zgarishlarining tahlili.
Bu erda chiziqli taklif va talab chiziqlari yordamida qanday qilib oddiy hisob-kitoblar qilinishini qarab chiqamiz. Buning uchun, bozor ma’lumotlariga muvofiq talab va taklifning chiziqli grafiklarini chizishni qarab chiqishimiz kerak. (Biz hozir, statistik usullar orqali quriladigan chiziqli regressiya, tenglamalarni hisoblashni qaramaymiz.) Faraz qilaylik, biror tovar uchun ikkita miqdor berilgan bo’lsin: tovar narxi va uning miqdori, bu ko’rsatkichlar bozorda muhim ko’rsatkichlar hisoblanadi (bu ko’rsatkichlar bozorda o’rtacha ko’rsatkich bo’lib, bozordagi muvozanatlik holatida aniqlangan, yoki bozordagi shart-sharoitlar turg’unlashgan davrdagi ko’rsatkichlar bo’lsin). Bu ko’rsatkichlarni muvozanat ko’rsatkichlar deb qaraymiz va quyidagicha belgilaymiz: muvozanat narx, muvozanat tovar miqdori . Berilgan tovarning muvozanat nuqta yoki uning atrofidagi narx bo’yicha taklif va talab elastikligini mos ravishda va harflari bilan belgilaymiz.
Bu ko’rsatkichlarning, ya’ni son miqdori, faraz qilaylik, statistik hisob-kitoblar orqali aniqlangan va ular asoslangan bo’lsin. Berilgan ma’lumotlar asosida taklif va talab chiziqlarini quramiz. Taklif va talab chiziqlari yordamida, talab va taklif miqdorining siljishlarini, narxning o’zgarishini, berilgan tovar miqdorining boshqa tovar narxiga nisbatan o’zgarishini va hokazolarni hisoblash mumkin.
Soliq yukini iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o’rtasida taqsimlanishini tovar elastikligiga ko’ra tahlili. Elastiklik nazariyasi firmalar va davlatning iqtisodiy siyosatini belgilashda muhim qurol bo’lib hisoblanadi.
Ma’lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsientlari miqdorining qzgarishiga ko’ra o’zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo’lmasligi soliq yukining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida qanday gaqsimlanishini, ya’ni soliqning qancha qismini iste’molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to’lashini aniqlab beradi.
Faraz qilaylik, davlat bir-birlik tovarga ma’lum t miqdorda (o’zgarmas) soliq belgilasin. Bu o’z navbatida taklif chizig’ini S holatdan yuqoriga S’ –holatga siljitadi.
Umumiy soliq iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o’rtasida taqsimlanib, o’z ichiga soliq yuki ortiqchaligini oladi. Ushbu soliq yuki ortiqchaligi “O’lik yuk” bo’lib, jamiyat uchun sof yo’qotish hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi to’laydigan qism
Iste’molchi to’laydigan qism
Talab chizig’i elastik bo’lganda, soliqning katta qismini ishlab chiqaruvchilar to’laydi.
Soliqning taqsimlanishini taklif chizig’iga nisbatan qaraganimizda buning teskarisini ko’ramiz. Taklif elastik bo’lganda, soliqning katta qismini to’lash iste’molchilar zimmasiga tushadi.
Agar taklif elastik bo’lmasa, soliq yukining katta qismi ishlab chiqaruvchilar zimmasiga tushadi.
Misol. Biror A tovarga bo’lgan taklif elastikligi 0.6. bir birlik mahsulotning narxi 8 dollar. Taklif xajmi 12000 birlik bo’lsin. Taklif bilan narx o’rtasida bog’liqlik chiziqli bo’lganda:
a) Taklif funktsiyasi aniqlansin;
b) Faraz qilaylik, A tovarga talab funktsiyasi vuyidagacha bo’lsin:
Qdq30600-7600*P
Bu erda, Q- tovar miqdori, dona; P- tovar narxi, dollar.
Taklif xajmi 20% ga oshganda yangi muvozanat narx va ishlab chio’arish xajmi aniqlansin.
Echish. Taklif funktsiyasining umumiy ko’rinishi
QsqaQb*P
Endi aniqlangan va berilgan qiymatlarni taklifning umumiy funktsiyasigako’yib a ning qiymatini aniqlaymiz:
12000qaQ900*8 doll.
bundan aq4800.
Demak, taklif funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
Qsq4800Q900*P.
b) Taklif hajmini 20 foizga oshganda muvozanat shartidan 30600-7600*Pq5760Q1080*P
Misol. Shahar metro chiptalarining muvozanat narxi 1doll. Bir kunlik yo’lovchilar soni 21600 kishi. Qisqa muddatli oraliqda talabning narx bo’yicha elastikligi .
Taklifning narx bo’yicha elastikligi.
a) Qisqa muddatli oraliqda avtobus chiptalariga bo’lgan talab va taklif funktsiyalari aniqlansin.
b) Faraz qilaylik, benzin narxi oshishi munosabati bilan ko’pchilik yo’lovchilar shaxsiy engil metrodan foydalanmay qo’yishdi. Natijada metrochiptalariga talab 20 foizga oshdi. Chiptalarning yangi muvozanat narxi aniqlansin.
v) Shahar ma’muriyati chiptalarga bo’lgan narxni oshirishni man qildi.


Xulosa
Raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste’molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko’rsatib beradi. Taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishiga, taklif miqdorining o’zgarishi deyiladi. Taklif miqdorining o’zgarishi, ya’ni taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishi, faqat narx ta’siri ostida bo’ladi. Narxdan boshqa taklifga ta’sir qiluvchi omillar taklif chizig’ini unga pastga yoki chapga-yuqoriga siljitadi. Taklif chizig’ining o’zini o’ngga yoki chapga siljishiga taklifning o’zgarishi deyiladi.
Bozor muvozanati bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bo’ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. Bu nuqtada tovar tanqisligi ham, ortiqcha tovar ham bo’lmaydi.
Elastiklik - bir o’zgaruvchining boshqa bir o’zgaruvchi ta’siri ostida o’zgarishini o’lchaydigan o’lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o’zgaruvchining bir foizga o’zgarishini natijasida boshqa bir o’zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o’zgarishini ko’rsatadigan sondir. Ma’lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsientlari miqdorining qzgarishiga ko’ra o’zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo’lmasligi soliq yukining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida qanday gaqsimlanishini, ya’ni soliqning qancha qismini iste’molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to’lashini aniqlab beradi.

Yüklə 66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə