Mavzu: Elektraviy korroziya paydo bo’lishi va ungs texnalogik omillarning ta’siri. Reja


Kislorodli qutibsizlanishli korrozion jarayon



Yüklə 317,58 Kb.
səhifə6/8
tarix28.11.2023
ölçüsü317,58 Kb.
#138350
1   2   3   4   5   6   7   8
Elektraviy korroziya paydo bo’lishi va ungs texnalogik omillarning ta’siri.

4. Kislorodli qutibsizlanishli korrozion jarayon. Elektrolitda erigan kislorod ishtirokida amalga oshadigan katod reaksiyasidagi metall korroziyasi jarayoni kislorodli qutibsizlanishli korroziya deyiladi. Neytral va ishqorli eritmalarda O2+H2O+4e-=4ON-, nordon eritmalarda esa O2+4N++4e-=2N2O.
Kislorodli qutibsizlanish bilan atmosferadagi yoki suv va eritma bilan aloqada bo‘lgan metallar korroziyalanadi. Bunday korroziya daryo va dengiz kemalarining qoplamalarida, kimyo korhonalarining sovitish tizimi jihozlarida, magistral quvur o‘tkazgichlarda uchraydi. Metallarning kislorodli qutibsizlanishli korroziyasi kislorodning suvdagi erish ehtimoli kam bo‘lishiga qaramasdan keng tarqalgan va termodinamik extimoli katta (tahminan 0,008 g/dm3). 16.4-jadvalda kislorod potensiali elektrodi muvozanat qiymatining rN ga bog‘liqligi keltirilgan. Qiymatlar kislorod bosimini 0,1 va 0,021 MPa uchun (kislorodning atmosferadagi parsial bosimi) keltirilgan. 25 0S da kislorod potensiali elektrodi muvozanat qiymatining rNga bog‘liqligi



Kislorod bosimi R(O2), MPa

Yer, V, rN muhitda

0

7

14

0,021

+ 1,218

+0,809

+0,381

0,1

+ 1,229

+0,815

+0,400




Katod oldi qatlamini ishqorlatish ba’zan Al, Zh, Pb, Sn amfoter metallarda ikkilamchi korrozion jarayonni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu metallar kislota va ishqorlarda tez korroziyaga uchraydi.
Kislorodning tiklanishini katod jarayoni quyidagi ketma ket jarayonni o‘z ichiga oladi:
-havodagi kislorodning elektrolitda erishi;
-erigan kislorodni elektrolit hajmida metall yuzasiga ko‘chishi;
- kislorodning ionlashuvi;
- metaldan elektroltit ichkarisiga ON- ionlari massasini o‘tishi.
Ko‘p hollarda katod jarayonining sekin boruvchi bosqichi kislorodning tinch elektrolitlardagi diffuziyasidir, eritmani aralashtirishda esa – kislorodning ionlashuvidir.
Aralashtiriladigan elektrolitda kislorodning muvozanat potensialidan uncha katta bo‘lmagan og‘ishida qayta kuchlanishi tok zichligiga chiziqli bog‘langan bo‘ladi. Qutiblanishning yuqori qiymatlarida Ye va lgi orasida Tafel bog‘liqligi kuzatiladi.
a qiymati katod materialiga bog‘liq. Bir qator metallar uchun (Fe, Cu, Al, Pt) b doimiysi 0,10÷0,13 V ga teng. Bu birinchi elektronni qo‘shilish bosqichini sekinligi kislorodning qayta kuchlanishining sababchisi ekanini bildiradi (n=1).
Aralashtiriladigan elektrolitda kislorodning razryadlanish jarayoni konsentratsion qutiblanish sababli qiyinlashadi. U kislorod molekulalarini katodga transportirovka qilishning qiyinligi tufayli yuzaga keladi va natijada potensialga bog‘liq bo‘lmagan diffuzion tokni hosil bo‘lishiga olib kenladi. Potensial elektromanfiy tomonga siljiydi (16.3- rasm).
Potensialning manfiy qiymatlar tomoniga yetarli siljishida vodorod ajralib chiqish jarayoni boshlanadi. Katod qutiblanishi egri chizig‘ining Ye - i koordinatalaridagi umumiy ko‘rinishi 16.3-rasmda keltirilgan. AVS uchastkasi O2 ning tiklanishi. SK chiziq esa O2 ning chegaraviy diffuzion tokdagi tiklanishini tasniflaydi. KDF uchastkasi kislorodni ionlashuvi v vodorod ajralishining birgalikdagi jarayonini ko‘rsatadi. Uziq chiziq bilan esa vodorod ajralishning parsial eg‘ri chizig‘i belgilangan.


Yüklə 317,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə