Mavzu: Elektraviy korroziya paydo bo’lishi va ungs texnalogik omillarning ta’siri. Reja



Yüklə 317,58 Kb.
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü317,58 Kb.
#138350
  1   2   3   4   5   6   7   8
Elektraviy korroziya paydo bo’lishi va ungs texnalogik omillarning ta’siri.


Mavzu: Elektraviy korroziya paydo bo’lishi va ungs texnalogik omillarning ta’siri.
Reja
1. Elektrokimyoviy korroziya mohiyati.
2. Elektrokimyoviy korroziya termodinamikasi.
3. Vodorodli va kislorodli qutbsizlanish.


1. Metallardagi elektrokimyoviy korroziya.
Elektrokimyoviy korroziya mohiyati. Elektrokimyoviy korroziya metallar korroziyasining keng taqalgan turidir. Elektrokimyoviy mexanizm bo‘yicha metallar elektrolitlar (dengiz suvi, kislota eritmalari, ishqorlar, tuz eritmalari) bilan kontaktda bo‘lganda, ya’ni elektr o‘tkazuvchi muhit bo‘lganda korroziyaga uchraydi. Odatdagi atmosfera sharoitida va yerda ham, Havodagi hamda yerdagi komponentlarni erigan plyonkasi bo‘lgani sababli metalllar elektrokimyoviy mexanizm bo‘yicha korroziyalanadi.
Elektrokimyoviy korroziya–geterogen va ko‘p bosqichli jarayon. Elektrokimyoviy korroziyaning birinchi manbai ushbu muhitdagi metallarning termodinamik jixatdan barqaror emasligidir.
Barcha korrozion jarayonlarni yuzaga kelishi erkin energiyaning kamayishi bilan bog‘liq va o‘z-o‘zidan amalga oshadi.
Elektrokimyoviy korroziyani amalga oshishi uchun majburiy bo‘lishi kerak bo‘lgan sharoit elektr o‘tkazuvchi muhit-kislota, ishqor va tuzlar eritmalarining mavjudligidir. Tabiiy sharoitlarda elektrokimyoviy korroziya hamma joyda uchraydi. Misol uchun: atmosfera, dengiz suvi, yer osti korroziyasi va boshqalar. Neft va gazni transportirovka qiluvchi magistral quvur o‘tkazgichlar ham korroziyaga uchraydi. Sanoatda korroziyaning elektrokimyoviy turi suv muhitida boradigan texnologik jarayonlarda uchraydi. Misol uchun noorganik kislotalar N2SO4, NO3, NS1, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda va shu kabi jarayonlarda elektrokimyoviy korroziya amalga oshadi.
Elektrokimyoviy korroziya mexanizmi. Kimyoviy reaksiyadan farqli ravishda elektrokimyoviy jarayonlar na faqat ta’sirlanuvchi moddalarni konsentratsiyasi, xarorat va boshqa ko‘rsatgichlari bilan nazorat qilinadi, balki ko‘p jixatdan korroziyalanuvchi metallning elektrod potensialiga bog‘liq bo‘ladi. Bu teng holatda anod va katod jarayonlariga tegishlidir.



Yüklə 317,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə