Mavzu. EleKtron hukumat


Aholi va tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron



Yüklə 449,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü449,53 Kb.
#151762
1   2   3
15-mavzu maruza

3. Aholi va tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron 
hujjat aylanishi 
Yangi namunadagi elektron hukumat onlayn formatda mos keluvchi institutlar yig`indisi 
faoliyatida servisga yo`naltirilganlik, chuqur bilimga egalik va shaffoflikni kuchaytirish hisobiga
qo`yilgan maqsadlarga erishishni ta`minlaydi, shu munosabat bilan ko`rsatilgan xususiyatlar uni


shakllantirish bo`yicha choralar ko`rishning asosiy yo`nalishlari sifatida «Hukumatni ilgari surish
3.0»da belgilab berildi.
«Hukumat 3.0» qadriyatlar tizimida asosiy konstruktsiya sifatida shaffoflik nafaqat yuqorida
aytib o`tilgan shakllarda elektron demokratiya uchun, balki sifat jihatidan yuqori darajada xizmatlar 
ko`rsatishda faoliyat samaradorligi va imkoniyatlarni kengaytirishda ham tamal toshi bo`lib xizmat
qiladi. Shu munosabat bilan elektron hukumat shaffofligini ta`minlash quyidagilarni ko`zda tutadi:
1.Rasmiy ma`lumotlarni ochib berish va shu tariqa fuqarolarning davlat organlari faoliyati
haqida axborot huquqini ta`minlash. Bunda oziq-ovqat va sanitariya xavfsizligi, ta`lim muassasalari 
va huquqni himoya qilish organlari ishi kabi aholi uchun eng muhim muammolar bo`yicha
ma`lumotlar mos keluvchi strukturalar tomonidan fuqarolarning so`rovlarisiz majburiy chop etilishi 
lozim, ularning bayon qilinishi esa idrok qilish uchun ochiq bo`lgan va amaliy qiymatga ega 
shaklda bajarilgan bo`lishi kerak.
2.E`lon qilinadigan axborotlardan keng ko`lamli foydalanish asosida tadbirkorlik faoliyatini 
kuchaytirish. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar va xizmatlar yaratish, shuningdek,
yangi ilgari ochiq bo`lmagan ma`lumotlar va dalillar bilan tanishib chiqishni hisobga olgan holda o`z 
ishini muvofiqlashtirish hisobiga axborotni o`sish manbasiga aylantirishga erishiladi va shu tariqa keng
ommalar tashabbusi va ijodkorligini to`laroq ishga solish uchun tamal toshi shakllantiradi. Bu
maqsadda ochib beriladigan ma`lumot turlarining 2260 dan 6150 gacha, ularning manbalarini
17%dan 40%gacha oshirishdan tashqari, ulardan foydalanishga ko`maklashish uchun butun boshli 
faoliyat majmuini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xususan, gap «kreativ iqtisodiyot» sohasida yangi tashkil qilingan korxonalarga ma`lumotlarni 
amaliyotda qo`llash strategiyalarini ishlab chiqishda, axborotlashtirishga ulanishda «zaif nuqtalar»ni 
aniqlash va bartaraf qilish, u yoki bu soha bo`yicha ma`lumot oladigan ixtisoslashgan professional 
jamiyatlar tashkil qilish haqida boradi. Bilimlar aylanish ko`lamini kengaytirish bo`yicha harakatlar 
natijasida 150 mingta yangi ish o`rni va 21,2 mlrd dollar miqdorida iqtisodiy samara bashorat qilinadi.
3.Davlat va jamiyat hamkorligini mustahkamlash va davlat boshqaruvida oddiy fuqarolar rolini 
har tomonlama kuchaytirish. Aholi va hukumat organlari o`rtasida keng ko`lamli virtual
kommunikatsiyani yo`lga qo`yish, mamlakatda demkoratik fuqarolik jamiyatini yanada
rivojlantirishlan tashqari, asosiy maqsadlashtirish instituti sifatida davlat faoliyati samaradorligini
sifat jihatidan oshirishga xizmat qilishi ko`zda tutilgan. Bir tomondan, bu amalga oshirilayotgan 
yo`nalishlarni optimallashtirish va yangi yo`nalishlarni aniqlash bo`yicha g`oyalar ishlab chiqish uchun
jamoaviy ong kabi kuchli vositani safarbar qilish yo`li bilan erishiladi. Boshqa tomondan, davlat 
loyihalarini internetda muhokama qilish talablari kuchga kirishi tufayli tegishli sifatda mos keluvchi 
ishlarni bajarish, byudjet mablag`larini maqsadli sarflash, davlat strukturalari faoliyatini xalq
tomonidan nazorat qilish mexanizmlari ob`ektivligi va korruptsiyadan xoli ekanligi yaqqol ko`zga 
tashlanib turadi.
Elektron hukumatning uchinchi variantida chuqur bilimga egaligi davlat instantsiyalari
o`rtasida axborot oqimlari harakat yo`lida cheklovlarni olib tashlash, shuningdek, quyidagilarga


asoslangan holda muayyan chora-tadbirlar borasida ma`lumot almashinish texnik paltformalari va
tashkiliy sxemalari bo`yicha intellektal qarorlar va ilg`or AKT joriy qilish hisobiga ro`y beradi:
milliy rivojlanish strategiyalarini amalga oshirishda hukumatning strukturali darajalari va
bo`g`inlari o`rtasida o`zaro aloqalar mexanizmi tizimida «zaif nuqtalar»ni hal qilish. Buning uchun
umummilliy ahamiyatga molik davlat siyosatining 140 ta ustuvor vazifasi bo`yicha operatsion 
interfeyslar va ma`lumotlar to`plamlari ishlab chiqiladi. Shu tariqa ushbu blok doirasida virtual elektron
hukumatga uning uchun yangi bo`lgan real hukumat siyosatini hayotgag tatbiq etish bo`yicha
funktsiyalarni yuklagan holda davlat ma`muriyati servisi institutidan kiber-makonda mos keluvchi 
faoliyat yuritishga tuzatish kiritgan holda muvofiqlashtirish va davlat boshqaruvi institutiga aylanishi 
ro`y beradi;
u yoki bu muammoning jihatlari yig`indisi bo`yicha ma`lumotlar ochiqligini ta`minlash
yo`li bilan barcha darajadagi hukumat qarorlari asoslanganligi va tizimliligini kuchaytirish. Bu
birgalikda ko`riladigan choralar samaradorligini baholash va harakatlar mos keluvchi strategiyalarini 
ishlab chiqish uchun uning rivojlanishi istiqboldagi tendentsiyalari va vaziyatlarni har tomonlama
kompleksli tahlil qilish imkonini beradi. «Big Data» texnologiyasi va uning asosi davlat
strukturalari saytlaridagi platformalar to`plami sifatida ilovalarni dasturlash yordamchi interfeyslari 
axborot o`zaro aloqalarining yangi modeli uchun strukturali asos bo`lib xizmat qilishi ko`zda 
tutilgan;
virtual kommunikatsiya tarmoqlarini milliy ko`lamdagi umumiy hukumat tarmog`iga
integratsiya qilish vositasida real vaqt rejimida davlat ma`muriyatchiligini amalga oshirish hamda
geografik jihatdan uzoq masofada joylashganlik sharoitlarida ishning bir tartibda borishini
ta`minlash va sinxronlashtirish uchun telekonferentsiyalar asosida joylarda hukumat organlari va
markaziy darajadagi instantsiyalar o`rtasida masofaviy audiovizual o`zaro aloqalarni keng tarqatish.
Bunda davlat xizmatchilari tomonidan kelib tushayotgan axborotlarni tezkor qayta ishlash va vaqt
tejash maqsadida ularni planshetlar bilan ta`minlash ko`zda tutilgan. Shuningdek, turli muassasalar
xodimlari birgalikda foydalanishi uchun mo`ljallangan turar-joy massivlari hududida mehnat
faoliyati intellektual markazlarini tashkil qilish va ularning ishini «bulutli» AKT-platformalarga
o`tkazish yo`nalishi davom ettirilgan.
Har joyda manzur AKT negizida kunu-tun rejimida ishlaydigan uzluksiz faoliyat ko`rsatadigan
elektron hukumat shakllanishi mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va turmush sifatini
oshirishga yo`naltirilgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va fuqarolarga servis xizmatlari ko`rsatish yangi
kontseptsiyasini amalga oshirish uchun poydevor bo`lib xizmat qiladi. Bunda asosiy e`tibor 
quyidagilarga qaratiladi:
huquq-tartibot, fuqarolar xavfsizligini himoya qilish, favqulodda vaziyatlarga javob qaytarish, 
yuridik yordam (onlayn notarius xizmati va advokat maslahati), fermer xo`jaliklarini qo`llab-quvvatlash
kabi yo`nalishlar bo`yicha mobil telefon platformalari negizida ma`muriy servis qamrovi geografiyasini 
va ko`lamini kengaytirish;


yagona darcha» tamoyilida turli idoralarning veb-resurslari va AKT tizimini
integratsiyalashni chuqurlashtirish hisobiga ularga ulanish qulayligini ta`minlash bilan birga
fuqarolarning turli toifalari uchun individuallashtirilgan xizmatlar ko`rsatish. Ushbu masalada
pensiya, nogironlik, dekret ta`tili, ishsizlik bo`yicha nafaqat rasmiylashtirish, bolani bog`chaga yoki
maktabga joylash, tug`ilganlik haqida, nikoh haqida, o`lim haqida guvohnoma berish, turli 
guvohnomalar berish kabi xizmatlar uchun zarur bo`lgan hujjatlar haqida bitta veb-sayt doirasida to`liq
axborot taqdim etish muhim yangilik kiritish hisoblanadi;
qariyalar va imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun davlat xizmatlari qulayligini oshirish
va ulanishni engillatish uchun elektron hukumat to`siqlarsiz veb-muhitini shakllantirish. Ijtimoiy
nafaqalar olish uchun majburiy jarayonlar sonini optimallashtirgan holda ularni bajarish; «yagona 
darcha» tamoyili bo`yicha ixtisoslashgan tuman ijtimoiy rdam markazlari tashkil qilish, hujjatlar, pul, 
oziq-ovqat va tibbiy vositalar etkazib berishni ta`minlash uchun ularning pochta bo`linmalari bilan
hamkorligini yaxshilash, qariyalar va nogironlarning maxsus xodimlar bilan virtual muloqot qilishi 
uchun AKT-uskunalar bilan qamrab olishni kengaytirish bilan benefitsiariylarning o`zi emas, davlat 
organlarining vakillari shug`ullanadi;
KO`B sub`ektlari tashkiliy shakllarini (XK, KO`B, venchur kompaniya, start-ap va h.k.) 
hisobga olgan holda ular uchun «yagona darcha» tamoyili bo`yicha ma`muriy, axborot va maslahat
xizmatlari ko`rsatish vositasida, shuningdek, «Minwon 24» profilli internet maydonchasida davlat 
strukturalari va muayyan amaldorlar ishi bo`yicha biznes shikoyatlari va murojaatlariga tezkor ko`rib 
chiqish va javob qaytarish negizida poraxo`rlikni tugatish maqsadida «kreativ iqtisodiyot» poydevori 
sifatida KO`Bni qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish va shu tariqa davlat instantsiyalari faoliyatining
jamiyatga hisobot berishini va shaffofligini kuchaytirish.
Asl xalq elektron hukumatini shakllantirish mexanizmlari sifatida quyidagi sanab o`tilgan 
yo`nalishlar bo`yicha amaliy yuzada strategiyalarni amalga oshirishni ta`minlaydigan qator tematik
vazifalar doirasida qabul qilish ko`zda tutiladi:
elektron hukumat xizmatlarini integratsiya qilish, eng avvalo, har bir alohida shaxsning
buyurtmasi bo`yicha shakllantiriladigan individuallashtirilgan xizmatlar taqdim etish maqsadida
fuqarolarga xizmat ko`rsatish sohasida;
elektron hukumat institutlari sohasida innovatsion jarayonlarni jadallashtirish negizida
ma`muriy xizmatlar taqdim etish intellektual tizimlarini tashkil qilish;
real vaqt rejimida jamoat xavfsizligi masalalari bo`yicha sifat jihatidan bu masalada 
elektron hukumatning institutlari rolini oshiradigan xabardor qilish tizimi yaratish;
onlayn ma`muriyatchilik institutlari o`zbek modeli sifatida etakchilik va uzluksiz ilg`or
rivojlanish uchun asos sifatida elektron hukumat institutlari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va 
takomillashtirish.
Mos keluvchi yo`nalishlar bo`yicha vositalar sifatida, bu ham onlayn ma`muriyatchilikni 
rivojlantirish yuqori darajalariga xos bo`lgan vazifalarni hal qilish uchun jalb etiladigan
mexanizmlarga nisbatan yaqqol namoyon bo`ladigan kabi, quyidagilar belgilandi:


elektron hukumat institutlarini boshqarish to`laqonli tizimini takomillashtirish;
onlayn ma`muriyatchilik jarayonlarida yangiliklar kiritshga muvofiq elektron hukumat 
tizimlarini strukturali qayta qurish;
elektron hukumat institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlari samaradorligini 
oshirish;
elektron hukumat institutlari tizimida band bo`lgan inson resurslari sifatini to`xtovsiz oshirish;
onlayn ma`muriyatchilik sohasida O`zbekiston Respublikasi global etakchiligini 
mustahkamlash.
Bunda ko`rsatilgan qadamlarni amalga oshirish imkoniyati uchun poydevor yaratadigan
belgilangan maqsadlarga erishish uchun boshlang`ich shart-sharoitlar amalda evolyutsion
rivojlantirishning yuqori darajalarida onlayn ma`muriyatchilik tizimini yanada takomillashtirish
bo`yicha sa`y-harakatlar va yuqorida belgilangan dastur ustuvorliklari hisoblanadi:
1.Aholi va biznes uchun «yagona darcha» tamoyili bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatish
kanallarini integratsiya qilishni ko`zda tutgan holda ikkala holatda ham birinchi o`ringa markaziy
va mahalliy hukumat organlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati yuritish va kundalik hayotdagi
masalalar bo`yicha instantsiyalar taomillari bilan bog`liq tashkilotlar axborot resurslarini birlashtirish 
qo`yiladi.
2. Qaror qabul qilish shaffofligini oshirish va ma`muriy axborot almashinish ko`lamini
kengaytirish maqsadida ma`muriy servis platformalarini raqamli shaklga o`tkazish vositasida «On-
nara» tizimini mahalliy hukumat organlari darajasiga joriy qilish, shuningdek, mamlakatning ma`muriy
poytaxtida joylashtirilgan davlat instantsiyalari sinxron va murakkab faoliyat ko`rsatishi uchun maxsus 
virtual makon yaratish ko`zda tutilgan.
3.Jamoat tartibini ta`minlash intellektual tizimiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish
bo`yicha ilg`or xizmatlarga tayangan holda quyidagilar yaratildi:
milliy xavfsizlikni ta`minlash va huquq-tartibotni himoya qilish uchun javobgar strukturalar,
shuningdek, migratsiya va konsullik muassasalari o`rtasida virtual o`zaro aloqalar uchun maydoncha;
va GPS-texnologiyalarga asoslangan favqulodda vaziyatlarga shoshilinch javob 
qaytarish va oldini olish idoralararo tizimi;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo`yicha real vaqt rejimida 
yangilanadigan ma`lumotlar milliy tizimi;
qalbakilashtirilgan tovarlar va muddati o`tib ketgan tibbiy vositalar va mahsulotlar sotishga
yo`l qo`ymaslik bo`yicha iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini 
ta`minlash monitoring tizimi.
4.Maxfiy ma`lumotlar, jumladan, foydalanuvchilar ma`lumotlar himoyasini uzluksiz
kuchaytirish, davlat strukturalari portallari va veb-resurslarning axborot xavfsizligini kuchaytirish, 
«har erda hozir-nozir» AKT asosida inklyuziv elektron hukumatni rivojlantirish negizida. Shunisi 
diqqatga sazovorki, ushbu blok doirasida istiqbolga davlat strukturalari, aholi va biznes o`rtasida
kommunikatsiya kanali sifatida internet-televideniedan foydalanish rejalashtirilmoqda.


Hozirgi bosqich sharoitlarida o`zgarishlar bo`yicha bu qarashlar nafaqat natijaning o`zini, balki 
uni olishga jalb qilinadigan vositalarni ham qamrab oladi. AKTga foyda olishni (u baribir AKT 
ekspansiyasining nou-xau eksporti va apparat ta`minoti, ichki bozordagi sotish, sektorlar faoliyatini 
optimallashtirish, AKT negizida mustaqil tarmoqlar vujudga kelishining ikkinchi darajali natijasi 
sifatida hosil bo`ladigan) ko`zlamagan holda axborot tarqatishning infratuzilma asosi roli ajratilgan
«bilimlar jamiyati»dan farqli ravishda hozirda AKT yordamida bilvosita qo`shilgan qiymat yaratish 
emas, balki bevsita innovatsion g`oyalarni aniqlash va ularni mahsulotlar, xizmatlar va echimlarda
moddiy tusga keltirish, buning uchun yangicha texnologik uklad – «kreativ iqtisodiyot»ning
o`zagini tashkil qiladigan zarur bo`lgan ijodiy va tadbirkorlik tashabbuslarini rag`batlantirish amalga 
oshirilmoqda.
Boz ustiga, hozirgi AKT texnik imkoniyatlari ma`lumotlarni oddiy masofadan uzatish bilan 
cheklanmaydi. AKT sanoatida FTT bilan bir qatorda, AKT barcha sektorlarda mavjudligi, jumladan,
AKT-konvergentsiyalar ko`rinishida, xuddi ularni ITTKI sohasiga keng joriy qilish kabi, iqtisodiyot va 
jamiyat uchun tizimli va tarmoqli jihatdan integratsiyalangan shunga o`xshash konfiguratsiyali
salohiyatga murojaat qilishda umuman boshqacha tartibdagi istiqbollar ochib beradi.
AKTda sifatli strukturali o`zgarishlar hosil qilish salohiyati mavjudligida, mos ravishda,
ularning XXI asrdagi texnologik ukladning shakllanishi va rivojlanishidagi rolining o`zgarmasligi,
2030 yildan boshlab amalga oshirila boshlagan yangi iqtisodiy tashkilot shakllantirish bo`yicha 
maqsadli strategiyalar, shubhasizki, nafaqat AKTdan har tomonlama foydalanish mexanizmlari borasida, 
balki intellektual va ilmiy hajmdor o`sish manbalari, iqtisodiyotning magistral evolyutsiya
tendentsiyalari nuqtai nazaridan ham namunali bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasining jahon xo`jaligida etakchi pozitsiyalarini yanada kuchaytirish,
nou-xau va mahsulotlar yangi bozorlari yaratish kabi asosiy vazifalarni bajarish uchun poydevor
bo`lib xizmat qilar ekan, «kreativ iqtisodiyot» strukturalash bo`yicha harakatlar Dasturi AKT va
fan sohasini texnologik rivojlantirish darajasini uzluksiz oshirish, tarmoqlararo konvergentsiya va
IITKI va AKT sanoati o`rtasida fanlararo sohani ham, ratsionalizatorlik va ilg`or g`oyalarni hayotga 
tatbiq etishga xizmat qiladigan 6 ta yo`nalish bo`yicha choralar ko`rish vositasida mos keluvchi
ishlab chiqarishlar o`sishini qo`llab-quvvatlashni ko`zda tutadi.
«BigData» texnologiyalarini qo`llash masalalarida quyidagilarga e`tibor qaratish lozim.
Hozirgi kunda meta-ma`lumotlar qo`llash sog`liq saqlash, fan, ishlab chiqarish, foydali
qazilmalar qazib chiqarish, davlat boshqaruvi masalalarida ulkan salohiyatga ega. Bunda
«BigData»dan foydalanish uchun boshlang`ich shart-sharoitlar ma`lumotlarning elektron shaklda
mavjudligi hisoblanadi. Shu munosabat bilan ma`lumotlar jismoniy mavjudligini ta`minlash borasida 
quyidagilarga asosiy e`tibor qaratish zarur:
muayyan davrdan boshlab (masalan, 01.01.2015 y.) davlat sektorining barcha muassasalarida
qaydlarni elektron shaklda yuritish. Buning uchun birinchi navbatda, barcha darajadagi hukumatlar
va mintaqaviy kesimda barcha instantsiyalar va strukturalarni shaxsiy komp`yuterlar bilan yuz foiz 
ta`minlash ko`rinishida moddiy-texnika shartlari yaratish, elektron blanklarni to`liq (so`zlarni 


qisqartirmasdan) va to`g`ri to`ldirish, qidiruv qiziqligi va aniqligi uchun atamalar va registr bir xilligini
ta`minlash masalalariga alohida e`tibor qaratgan holda personalni tarmoq konfiguratsiyasi ma`lumotlari 
bilan ishlashga o`qitish zarur;
hozirgi paytgacha davlat instantsiyalarida qog`oz shaklida to`plangan ma`lumotlar 
to`plamini izchillik bilan elektron shaklga o`tkazish. Bunda so`zlar va simvollarni EHM tanib olishi
uchun hujjatlarni grafik tasvir sifatida saqlanib qoladigan, tarkibidagi axborot esa komp`yuter
dasturi tomonidan o`qilmaydigan oddiy skanerlash amaliyotidan voz kechish lozim.
O`zbekiston Respublikasi uchun «BigData» dasturiy ta`minoti («Hadoop», «Developer»,
«NoSQL», «SQL», «MapReduce», «BigData», «Linux», «Scala») «bulutli» texnologiyalar, mashina
yordamida o`zini-o`zi o`qitish, satistika, mamlakatning ixtisoslashgan OTM – TATU va TDTUda
bashorat qilishga, shuningdek, barcha tabiiy-ilmiy (sog`liqni saqlash, kimyo, fizika, farmatsevtika, 
muhandislik) va qisman gumanitar (iqtisodiyot, tarix, pedagogika, sotsiologiya, siyosatshunoslik)
yo`nalishlaridagi bakalavriat va magistratura talabalarini meta-ma`lumotlar bilan ishlash usullari va
texnologiyalaridan foydalanishga o`qitishga qaratiladigan istiqbolga yo`naltirilgan kadrlar tayyorlash
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda mos keluvchi o`quv kurslari va dasturlar ishlab chiqish nuqtai 
nazaridan ayni damda kelajak uchun kadrlar tayyorlash masalalari bilan tizimli ravishda foydalanadigan
AKT-sanoati yagona o`yinchisi bo`lgan «IBM» bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish ayniqsa foydali bo`lib 
ko`rinadi.
Apparatli quvvatlar – infratuzilma xarakterli sharoit ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
«BigData» ta`rifining o`zi apriori, oddiy komp`yuterlar hisoblash quvvatlaridan jiddiy ortiq bo`lgan
ma`lumotlar hajmini nazarda tutadi.
O`zbekiston Respublikasida uchta SEVM – Matematika instituti, Turin politexnika va TsOD
«Infokom» mavjud bo`lib, ular ilk palladanoq quvvatlarning vazifalar bilan etarlicha yuklanmagani,
birinchi navbatda, «BigData» mutaxassislarini superkomp`yuterlar bilan ishlashga o`qitish mumkin 
bo`lgan jiddiy muammoga duch keldilar. Istiqbolda asosli ravishda mahalliy meta-ma`lumotlar
bozorining va iqtisodiy qadriyatlar manbasi sifatida axborotning ahamiyati o`sishi bilan vakolatli
davlat strukturasining ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o`rtasida vositachi sifatida jalb qilgan
holda manfaatdor mahalliy kompaniyalar uchun boshqa davlatlarda superkomp`yuterlar vaqtini ijaraga 
olish imkoniyatlari ham ko`zda tutilishi zarur, chunki bu, to`liq yuklanmaganlik bilan izohlanadigan
o`zini oqlamaslik, dasturiy va texnik yangilanishni hisobga olgan holda superkomp`yuterlar xarid 
qilishdan ko`ra ancha arzonga tushadi.
Bunda «BigData»dan foydalanish uchun poydevor shakllantirishda davlat tomonidan bu yangi 
texnologiyalar muhimligi va amaliy foydaliligi, kiritilgan mablag`larning zudlik bilan muayyan
moliyaviy natijalarda moddiy tusga ega bo`lishini kutmasdan, o`rta muddatli davrda bu bilan
bog`liq jiddiy xarajatlarga tayyorlikni tushunishi (va asta-sekinlik bilan biznesni meta-ma`lumotlarni
iqtisodiy boylik va o`sish manbasi sifatida qabul qilish) hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi o`ziga xosliklari, uning rivojlanish va modernizatsiya qilish 
strategiyasi ustuvorliklari, zamonaviy holati va tarmoqlar bo`yicha istiqboldagi vazifalari, shuningdek,


AKT sohasi uchun belgilangan maqsadli mo`ljallar mamlakat iqtisodiyotini optimallashtirish
bo`yicha AKT salohiyatini to`laqonli safarbar qilish va ochib berish uchun qator yo`nalishlarni 
ifodalashga imkon beradi va muallif tomonidan yanada chuqurroq va batafsilroq ko`rib chiqish uchun 
o`sish manbasi sifatida quyidagilar taklif qilinadi:
1.Hayot faoliyatining barcha sohalariga AKT keng joriy qilish bo`yicha O`zbekiston
Respublikasi strategik kursini muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek, tashabbus qilingan 
yo`nalishlar bo`yicha, xususan, elektron hukumatni ilgari surish bo`yicha muhim o`zgarishlar va 
natijalarga erishish aholida, davlat muassasalarida (ayniqsa, mahalliy hukumat organlari, tuman
ma`muriyati, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari), shuningdek, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda
shaxsiy komp`yuterlar mavjudligi, yuqori tezlikdagi keng polosali tarmoqlar tarqalganligi bilan 
chambarchas bog`liq.
2.AKT-sanoatining salohiyati faqat kontseptsiyalar va ma`lumotlar uzatish bilan cheklanib
qolmaydi. Hatto muhimroq iqtisodiy samaralar ham, AKTdan foydalanishdan ko`ra, ularning asosiy
vazifasi bo`yicha bugungi kunda ommalashayotgan konvergentsiya – AKT va boshqa tarmoqlar 
ixtisoslashgan bazaviy texnologiyalar bilan birlashtirish asosida innovatsion muhandilik-konstruktorlik 
echimlari va nou-xau ishlab chiqish oqibatida hosil bo`ladi. Shu tariqa, boshqa sektorlarda «zaif
nuqtalar»ni bartaraf qilish va ratsionallashtirishdan tashqari, AKT sanoati va u bilan bog`liq
tarmoqlar kompleksini yanada kengaytirishdan tashqari, o`zining moliyalashtirish manbalari,
qo`shilgan qiymat yaratish zanjirlari, sub`ektlar o`rtasidagi o`zaro aloqalar bilan birga yangi
intellektual ishlab chiqarish va texnologiyalar vujudga kelishi ham o`ringa ega bo`ladi. So`nggi holatda 
mavjud konverteng nou-xau texnologik imkoniyatlari, ilg`or texnologiyalar va ularning tizimli 
integratsiyasi asosida murakkab qarorlardan kelib chiqib, ular tomonidan ishlab chiqish uchun 
platformalarni ham qayd etish lozim.
3.Axborotni qo`shilgan qiymatga aylantirishga «BigData»dan foydalanuvchi va ta`minotchi kabi,
ma`lumotlar va g`oyalar aylanishida ishtirok etadigan davlatning o`zi ham munosib hissa qo`shadi.
Birinchi sifatda gap ma`lumotlar nomenklaturasi va ko`lamini kengaytirish, shuningdek, nodavlat 
sektori yuridik shaxslari uchun shunga o`xshash talablar joriy qilish, shu tariqa axborot ko`lami va
hajmini kengaytirish jamoatchilik bilan tanishtirish haqida boradi.
«BigData»dan davlat organlari tomonidan mavjud yondashuvlarni takomillashtirish, amalga
oshirilayotgan yondashuvlarni takomillashtirish, ko`rilayotgan choralar aniq mujallanganini oshirish va 
aniqlashga yo`naltirilgan foydalanish esa yangi yo`nalishlar ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
4.Kreativ iqtisodiyot shakllanishi nafaqat muomaladagi axborot hajmi bo`yicha, balki uni
qayta ishlashga, g`oyalar hosil qilish va tatbiq etishga jalb qilingan sub`ektlar soni borasida
ko`lamlar bilan bog`liq. Jamiyatda g`oyalar vujudga kelishiga xizmat qiladigan intellektual muhit
yaratish o`qish davrida qiziquvchanlik, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish shuningdek, 
«BigData» sohasidagi va tarmoqdagi fanlararo profil` kadrlari tayyorlash bo`yicha yangi vazifalar 
qo`yib, ta`lim tizimi vositasida amalga oshiriladi.


5.Kelgusida innovatsion tovarlar, xizmatlar, echimlarda moddiy tusga keltirish maqsadida 
g`oyalar ishlab chiqish va transfer virtual maydonlari yangi texnologik uklad – istisnosiz barcha
fuqarolar va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning ijodiy va tadbirkorlik tashabbuslari bilan ilgari 
suriladigan «kreativ iqtisodiyot» shakllanishi uchun strukturali asos sifatida namoyon bo`ladi.
Elektron hukumat kanallari foydalanuvchilarning «zaif nuqtalar»ni ko`rsatishi va ularni bartaraf qilish 
bo`yicha takliflar berishi bilan jamiyatdan davlatga intellektual mahsulotlar oqimi bilan bu maydonlar 
turlarida bittasi hisoblanadi, xolos, asosiy platformalar sifatida esa «BigData» - turli manbalar va
hayot faoliyati sohasidan katta hajmdagi, ularga ulanish foydalanuvchilar toifalari bilan cheklanmagan 
strukturalanmagan ma`lumotlar ishtirok etadi.
6.Boshqa ilg`or innovatsion texnologiyalar bilan bo`lgani kabi, AKT ilgari surishda ham etakchi 
rol` davlatga tegishli. Biroq, tijorat nuqtai nazaridan ham (sektori infratuzilmasini shakllantirishga
kiritilgan mablag`lar o`zini qoplashi uchun), strategik jihatdan ham (bilimlar aylanishini yo`lga
qo`yish borasida), kommunikatsiya tarmoqlari va apparat quvvatlari o`rnatgan holda tarmoqlarni
foydalanuvchilar uchun ulanish va axborot almashinishni ta`minlaydigan texnik vositalar, ya`ni 
komp`yuterlar bilan jihozlash davlatdan qattiq e`tibor talab qiladi.
Bunda maxsus subsidiyalash sxemalaridan foydalangan holda komp`yuterlashtirish
jarayonlarida harakatlar qo`llash uchun fokus-guruh sifatida byudjet tashkilotlaridan tashqari, ular
sub`ektlarini daromadlar bo`yicha differentsiatsiya qilish fuqarolik «axborotlashgan jamiyati» 
shakllanishini to`xtatib turadigan turli nomutanosibliklar va raqamli uzilish sababi hisoblanadigan uy 
xo`jaliklari sektori ham namoyon bo`ladi.
7. O`zbekiston Respublikasida innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilishga yanada
ko`maklashish bo`yicha galdagi chora-tadbirlardan tashqari xorijdan buyurtmalar bo`yicha tijorat
asosida IITKI bajarish vositasida eksportga g`oyalar ishlab chiqish istiqbolli bo`lib ko`rinadi.
Bunda hamkorlar izlashda O`zbekiston Respublikasi rivojlangan ilmiy bazaga va tayyor ishlanmalarga 
ega bo`lgan tadqiqotlar yo`nalishlari bo`yicha «zaif nuqtalar» mavjud mamlakatlarga yo`nalish olish
zarur, shunda quyidagilar hamkorlikning tashkiliy shakllari sifatida namoyon bo`lishi mumkin:
O`zbekiston Respublikasida 100% xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar sifatida tabiiy-
ilmiy va muhandislik-texnik profildagi xorijiy ITI filiallarini ochish, bu erda tadqiqotlar mahalliy
olimlar va mutaxassislar tomonidan hamkor-mamlakat mablag`lariga va uning buyurtmasi bo`yicha 
bajariladi;
manfaatdor davlatlar bilan paritetli asoslarda qushma korxona tamoyili bo`yicha fanlararo
IITKI, biotibbiyot, nanotexnologiyalar, atom energetikasi va qayta tiklanadigan energiya manbalari,
intellektual asbobsozlik, chiqitlarni qayta ishlash va agrotexnologiyalar sohasida tadqiqotlarga
ixtisoslashgan tadqiqotchilik markazlari va eksperimental laboratoriyalar tashkil qilish;
mahalliy OTM, ITI va yuridik shaxs tashkil qilmagan holda NNTda ishlar (xizmatlar) 
bajarish shartnomalari asosida xorijiy buyurtmalar bo`yicha tadqiqotchilik dasturlarini amalga oshirish.
Iqtisodiy samarani maksimallashtirishga yopiq ilmiy-texnik tsikl yaratish bo`yicha chora-tadbirlar,
jumladan, mahalliy erkin iqtisodiy hududlarda buyurtmachi-mamlakat kompaniyalari brendlari ostida


birgalikdagi IITKI natijalari bo`yicha mahsulot ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish hisobiga tashkil 
qilish ham xizmat qiladi.
Iqtisodiyot sektori va hayot faoliyatining barcha sohalarida AKT muvaffaqiyatli joriy qilish 
uchun asosiy ahamiyat alohida eslab o`tishga loyiq, jumladan, ko`rsatilgan yo`nalishlar bo`yicha,
kiber-xavfsizlikni ta`minlash masalalari, AKT-konvergent tarmoqlar uchun profilli muhandislik 
ixtisosligi bo`yicha ham, AKT sohasida ham chuqur bilimga ega bo`lgan kadrlar tayyorlash.
Umuman olganda, O`zbekiston Respublikasida AKT ilgari surishning taklif etilgan bloklari 
innovatsion jarayonlarni faollashtirish, modernizatsiya qilish, intellektual servis turlari va yuqori
texnologiyali ishlab chiqarish turlarini shakllantirish, O`zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan
ilmiy-texnik hamkorlik munosabatlarin yangicha mazmunga boyitishga xizmat qilishdan tashqari, AKT
sohasida ham, AKT-konvergentsiyalari uchun bazaviy bo`lgan iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha ham 
maqsadli dasturlar ishlab chiqishda yo`nalish sifatida xizmat qilish hamda pirovardida, O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan AKT sohasida strategik muhim vazifa sifatida belgilab berilgan qisqa
muddat ichida nafaqat axborot-kommunikatsiya xizmatlari ko`rsatish bo`yicha mavjud ortda qolishni
bartaraf qilish, balki AKT joriy qilish darajasi yuqori bo`lgan etakchi mamlakatlar qatoriga
chiqishda foydali bo`lishi mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Elektron hukumatning mazmun va mohiyati izohlang?
2. O`zbekiston Respublikasida va dunyo mamlakatlarida elektron hukumatning rivojlanish 
bosqichlarini aytib bering?
3. Elektron hukumatning samaradorligi qanday baholanadi?
4. Elektron hukumatda axborot tizimini tashkil etish qanday amalga oshiriladi?
5. Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida zamonaviy axborot kommunikatsiya tizimi qanday joriy 
etish mumkin?
6. O`zbekistonda aqlli va xavfsiz shahar tushunchasi bo`yicha nimalarni bilasiz?
7. O`zbekistonda AKT rivojlanish bosqichlarini izohlang?
8. Davlat va jamiyat boshqaruvi organlarining tezkorligi va shaffofliginita`minlashda elektron 
hukumatning o`rni qanday?
9. Elektron hukumatning shakllarining asosiy yo`nalishlari nimalardan iborat?
10. Kelajakda elektron hukumat va aholi hamda tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro 
munosabatlarini qanday amalga oshirish mumkin?
11. O`zbekiston Respublikasida elektron hukumat qanday dasturiy ta`minnotidan 
foydalaniladi?

Yüklə 449,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə