Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə2/139
tarix22.03.2024
ölçüsü2,17 Mb.
#183519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàììîë 3

O’quv materiallari

3-366




Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari

382-406




Glossariy

390-406




Ilovalar:

Fan dasturi







Ishchi fan dasturi




Tarqatma materiallar




Testlar




Ishchi fan dasturiga muvofiq baholash me’zonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar







O’UM ning
elektron variant








MA’RUZALAR MATNI


1-MAVZU: DIN IJTIMOIY MADANIYAT HODISA SIFATIDAGI AHAMIYATI.
REJA:


1.Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod, aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati.
2. Dinning funksiyalari. Din dunyoqarash shakli va uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri.
3. Dinlarning tasnifi. Dinlar paydo bo‘lishining geografik va xronologik tasnifi.
4. Diniy eʼtiqodlarning evolyutsiyasi: politeizm, genoteizm, monoteizm.
5. Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari.
6. Dinshunoslikning boshqa ijtimiy fanlar bilan o`zaro aloqasi. Qiyosiy dinshunosliklikning metodlari.


Tayanch tushunchalar: Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod,aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati. Dinning funksiyalari va ijtimoiyahamiyati. Din dunyoqarash shakli va uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri. Dinlarningtasnifi. Dinlar paydo bo‘lishining geografik va xronologik tasnifi. Diniyeʼtiqodlarning evolyutsiyasi: poleteizm, genoteizm, monoteizm. Ibtidoiy eʼtiqodlar,milliy dinlar, jahon dinlarining shakllanishi va o‘ziga xos jihatlari. Diniytaʼlimotlarda xudo va g‘ayritabiiy kuchlar haqidagi eʼtiqodlar dinamikasi. Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari. Dinshunoslikning boshqa ijtimiy fanlar bilan o`zaro aloqasi. Ijtimoy muhit va diniyan’analarning shaxsning diniy e’tiqodi va individual tarbiyasiga ta’siri.
1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojo’ylik, diniy e’tiqod, aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati.
Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir.
O’zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, G’arbda XIX asrning o’rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo’l bosib o’tib, ko’plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis-kadrlarni tarbiyalay boshladilar.
Din - e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo’yib bo’lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson o’z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko’p qirrali bo’lmog’i, birovning g’arazli sharhisiz asl matnlar shaklida bo’lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo’lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo’lgan sharoitlarda o’quvchilarning ko’z o’ngida mazkur mualliflarning obro’sizlanishiga yoki o’quvchini noto’g’ri tasavvurga ega bo’lib qolishiga olib keladi.
Din va Qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a’zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to’la ma’lumot beradi. O’quvchilarda qonunga hurmat hissini, o’zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg’ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o’z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o’tkazish g’ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo’ravonlik, tajovuzkorlikka yo’l qo’ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi.
O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo’lishi ham juda muhimdir.
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va eng go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq yo’q. Chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi.
Rus tilida din ma’nosini anglatadigan «religiya» so‘zining kelib chiqishi borasida lug‘atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o‘tilgan. Ulardan ba’zilariga ko‘ra mazkur atama lotincha «religio» so‘zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik, taqvodorlik, xudojo‘ylik, mo‘minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo, ziyoratgoh, ibodat– topinish–sig‘inish va u bilan bog‘liq diniy marosimlar» degan ma’nolarni anglatadi.
Dinlar tarixi, ular bilan bog‘liq jarayonlar, dinning inson hayotining
turli jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan “Dinshunoslik” deb ataladi.
Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
Din falsafasi, “din”ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida aqliy va betaraf yo‘l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir Yaratuvchi kuch e’tiqodiga falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. Shu tufayli ham Din falsafasi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi masalasi bilan mashg‘ul bo‘lish emas, diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog‘liq dalillarning tanqid yoki tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini ko‘rib chiqadi.
Din falsafasini boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jihat bu, undagi hukm berish, xulosa yasash xususiyatidir. Boshqa din ilmlari, baho berish, munosabat bildirish metodiga suyangan holda diniy masalalarni hal qilishsa; Din falsafasi, ular yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqyosda foydalanadi va bu natijalar sababli bir qancha hukmlarni chiqaradi. Hatto Din falsafasi, dinni maqsad qilib olgan ilm turlari qo‘lga kiritgan natijalar va bu natijalarga erishish uchun ular qo‘llagan metodlar haqida ham hukm chiqarishi mumkin.
Din falsafasi, dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bo‘lgan bog‘liqligini o‘rganadi. Bu ilm turining e’tiborida bo‘lgan mavzularning boshida Xudoning borligi, sifatlari, yaratuvchi–koinot munosabati, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg‘ambarlik va vahiy kabi keng miqyosda metafizik bir xarakterga ega masalalar asosiy o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari ilm–iymon, ilm–din, din–madaniyat (din–san’at, din–til–adabiyot) diniy tajriba, diniy his kabi asoslar ham bu ilm turining sarhadlariga kiradi.
Teologiya atamasi (deus - Xudo, logos- ta'limot) qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan va dastlab hyech qanday falsafiy yukka ega bo‘lmagan. «Teologiya» so‘zi ilohlar to‘g‘risidagi dostonlarda qo‘llanilgan, bunday asarlarning mualliflarini esa teologlar deb atashgan.
Arastu «teologiya» atamasidan falsafaning muayyan qismini belgilash uchun foydalanib, mazkur atamani sharhlashda burilish yasadi. U nazariy falsafani matematikaga, fizikaga va teologiyaga ajratdi. Arastu ilohiyot ilmini «birinchi falsafa», oliy mushohada fani yoki «oliy falsafa» deb nomladi. U ilohiyot ilmini borliq, uning ibtidosi va mavjudligi sabablari to‘g‘risidagi fan sifatida belgilab berdi.
Teologiya «ilohiy haqiqat» bilan, falsafa esa yaxlit fan sifatida – tabiiy olam bilan shug‘ullanadi. Falsafa o‘zini bilishning hamma narsani, shu jumladan dinni ham o‘z muhokamasiga, tafakkur ila bilish doirasiga tortishi lozim bo‘lgan oliy ko‘rinishi sifatida his eta boshladi. Shu bois falsafa ilmning tili va tushunchalaridan Xudoning g‘oyalarini hamda «ilohiy haqiqatni» asoslash uchun foydalanuvchi falsafiy teologiya g‘oyalari tez suratlarda rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda teologiya (konfessiyaviy, cherkov teologiyasi) tushunchasi nazariy ilohiyot, ilohiy haqiqat sifatida qabul qilinadigan matnlar asosida tuzilgan, Xudoning mohiyati va xatti-harakatlari to‘g‘risidagi xilma-xil xulosalar va ta'limotlar majmui sifatida tushuniladi. Falsafiy teologiya esa sof falsafiy vositalar orqali, ya'ni ilohiy haqiqat dalili va mazmunidan qat'i nazar, falsafiy asoslash, isbotlash va sistemalashtirish mezonlari hamda standartlariga muvofiq Xudo to‘g‘risidagi ta'limotni yaratishga bo‘lgan intilish sifatida anglanadi. Bu Xudoni falsafiy anglash demakdir. Falsafiy teologiyaning vazifasi Xudo to‘g‘risida falsafiy ta'limot yaratishdan iborat. Uning maqsadi birinchidan, Xudoning mavjudligini, ikkinchidan, imkoniyat darajasida, Xudoning tabiatini tushuntirib berishga, uchinchidan Xudo va Olam o‘rtasidagi, Xudo va inson o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflashga qaratilgan.
Dinshunoslikda dinga «dinning o’zi nima?», «uning mohiyati nimadan iborat?» degan savol nuqtai nazaridan yondashishdan tashqari «din qay tarzda faoliyat olib boradi?» degan savol nuqtai nazaridan ham yondashuv mavjud. Bu masala bilan ko’proq din sotsiologiyasi shug’ullanadi.
Teosofiya qadimgi ildizlarga ega bo'lgan falsafiy harakatdir, ammo bu atama ko'pincha XIX-asrning ikkinchi yarmida yashagan rus-german ruhiy lideri Yelena Blavatskiy tomonidan asos solingan teosofik harakatni anglatadi. Bir qator ruhiy kuchlarni, jumladan telepatiya va xayolparastlikni da'vo qilgan Blavatskiy butun umri davomida ko'p sayohat qilgan. O'zining katta asarlariga ko'ra, unga Tibetga sayohatlari va turli ustalar suhbatlaridan so'ng koinot sirlari to'g'risida tasavvur berilgan.
Hayotining keyingi davriga kelib, Blavatskiy teosofik jamiyat orqali o'z ta'limotini yozish va tarqatish uchun tinimsiz mehnat qildi. Kompaniya 1875- yilda Nyu-Yorkda tashkil etilgan, ammo tezda Hindistonga, so'ngra Yevropaga va AQSHning qolgan qismlariga tarqaldi. O'zining eng yuqori cho'qqisida bu falsafa juda mashhur edi, ammo XX asr oxirlarida Jamiyatning faqat bir necha bo'limlari qoldi. Ammo teosofiya Yangi asr dini bilan chambarchas bog'liq va ko'plab kichik ruhiy yo'naltirilgan guruhlar uchun ilhomdir.
Aqida (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirmasdan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan diniy talablar.Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi koʻrsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik va shialik yoʻnalishi ilohiyotida eʼtirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari
Sunniylik 7 ta:

  1. Allohning yagonaligiga

  2. Farishtalarga borligiga

  3. Muqaddas bitiklarga

  4. Paygʻambarlarga

  5. Oxiratga

  6. Taqdirga

  7. Inson qazo qilganidan soʻng qayta tirilishiga ishonish


Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə