Mavzu: falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#139575
1   2   3
Nozima2005

Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning oʻzi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar "animizm" deb ataladi. Animizm soʻzi -anima "jon" degan ma’noni anglatadi. Jon oʻz mohiyatiga koʻra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta’kidlangan. Platonning "ideyalar tugʻma boʻladi" degan gʻoyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qoʻshdi. Platon ta’limotiga koʻra "ideyalar" mohiyati abadiy va oʻzgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud boʻlib, ularni odam koʻzi bilan koʻra olmaydi.

Sharqda psixologik qarashlarning paydo boʻlishida buyuk Sharq mutafakkirlarining roli katta boʻlgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek kabilar oʻzlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar, ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari oʻsha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shugʻullangan olimlardan biridir. Uning ruh, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan soʻng ham zamonaviy psixologiyada oʻz qimmatini yoʻqotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi boʻlib psixoterapevtik usullarni qoʻllab koʻrgan olimlardan biridir. Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta koʻlamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U determinizm (lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanligi haqidagi ta’limot targʻibotchisi edi


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə