Mavzu: Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyutsiyasi Guruh: i-107


Rivojlanish konsepsiyalari. Shakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari



Yüklə 181,05 Kb.
səhifə3/5
tarix31.07.2023
ölçüsü181,05 Kb.
#120143
1   2   3   4   5
Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyutsiyasi

Rivojlanish konsepsiyalari. Shakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari.

  • Rivojlanish konsepsiyalari. Shakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari.
  • Ziddiyatlar – narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish va bir-biriga o‘tish munosabatlaridir. Ziddiyatlar borliqning barcha hodisalari va jarayonlariga xos bo‘lib, o‘zgarish va rivojlanishning manbai, harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni shu sababli ziddiyat dialektik ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh kategoriya hisoblanadi. Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki ularning tarqalish jarayoni hamdir. Shu tufayli ham, Gegel g‘oyalariga asoslanib, ziddiyat tarqalishining quyidagi bosqichlari (fazalari) farqlanadi: ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat va asos (ya’ni ziddiyatning yechilishi).
  • Dialektik ziddiyat – bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita birligidir. Qarama-qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi bo‘g‘inlar esa – ularni yechish mexanizmidir. Quyidagi dalillar bog‘lovchi bo‘g‘inlar roli va qarama-qarshiliklar tushunchasiga misol bo‘lishi mumkin: Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi holati, balki o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi genetik kod bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‘ta boy va o‘ta qashshoq qatlamlari qarama-qarshiliklari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘rta sinf bajaradi. O‘rta sinf mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil etishi lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror bo‘lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan. Zero, mayda mulkdorlar olgan daromadining bir qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor kon’yunkturasini o‘rganadi va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi. Yana bir misol – shaxs va jamiyat munosabatlari. Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklar hisoblanadi, shaxs a’zo bo‘lgan ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi. Bu va boshqa dalillar bilishda ichki qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham, bog‘lovchi bo‘g‘inlarni ham hisobga olish muhim ekanligini ko‘rsatadi. XX asr 30-yillarining boshida ingliz fizigi Pol Dirak pozitronlar, ya’ni elektronlarga o‘xshash, lekin musbat zaryadga ega bo‘lgan zarralar mavjudligini bashorat qildi. Garchi olim o‘z nazariyasida biron-bir xato topmagan bo‘lsa-da, aksilzarralar mavjudligiga uning ishonchi yuq edi.

Yüklə 181,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə